Sinonimik qator Bir sinonimik qatorga kirgan so‘zlar vir xl so‘z turkumiga oid bo‘ladi, biroq ularning o‘zagi, morfemik tarkibi, fonologik strukturasi, ma’no sifatlari va ekspressiv ma’nosi turlicha bo‘ladi. Masalan, aft, bashara, istara, chehra, yuz, nusxa, turq so‘zlarining ma’nolari juda yaqin, biroq ulardan nusxa, turq, bashara so‘zlari bu sinonimik guruhda stilistik jihatdan kishining salbiy va chehra, istara so‘zlari esa ijobiy emotsional-ekspressiv hissiyot uyg‘otish uchun qo‘llanadi (qiyoslang: chehrasi ochiq, turqi sovuq, bashaharai qora, nusxasi qursin kabi). Bu sinonimik guruhga kiruvchi so‘zlar konnotativ (ekspressiv) ma’nolari bilan ajralib turadi. Biroq bu sinonimik guruhga kiruvchi so‘zlar yu so‘zining asosiy ma’nosi (sememasi) bilan birlashgan. Yuz so‘zi mazkur sinonimik qatorning yetakchisi yoki dominanti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |