5- amaliy mashg’uloti.
Mavzu : SSMA/CD va markerli ulanish algoritmlarini o’rganish.
Ishdan maqsad: SSMA/CD va markerli ulanish algoritmlarini amaliy o’rganish.
Topshiriq: 1. O’tilgan ma’ruza matni va tavsiya etilgan adabiyotlardan mavzuga oid bilimlarni takororlash.
2. Xisobot tuzing va unda keltirilgan bayon asoslarini aytib bering.
Nazariy qism
Tarmoq har doim bir necha abonentlarni birlashtiradi va ulardan har bin o'z paketlarini uzatish huquqiga egadir. Lekin bir kabel orqali bir vaqtning o'zida ikkita paket uzatish mumkin emas, aks holda konflikt (kolliziya) holat hosil bo'lishi mumkin, bu holatda har ikki paketni yo'qotish mumkin bo'ladi. Demak, axborot uzatishni xohlagan abonentlar o'rtasida tarmoqqa ega bo'lishning (zaxvat seti) qandaydir navbatini o'rnatish kerak. Bu, avvalam- bor, «Shina» va «Halqa» topologiyasida ko'rilgan tarmoqlarga tegishlidir. Xuddi, shuningdek, «Yulduz» topologiyasidagi tashqi abonentlarning paket uzatish navbatini o'rnatish zarurdir, aks holda, markaziy abonent ularga ishlov berishga ulgura olmaydi.
Shuning uchun har qanday tarmoqda axborot almashinuvini boshqarishning u yoki bu usulidan foydalaniladi (tarmoqqa ega bo'lish yoki arbitraj usullari deyiladi), abonentlar o'rtasidagi konflikt holatlarining oldini oladi yoki bartaraf qiladi.
Tanlangan usulning unumdorligiga ko'p narsa bog'liq: kompyuter o'rtasidagi axborot uzatish tezligi, tarmoqning yukla- nish imkoniyati, tarmoqning tashqi hodisalarga e'tibor qilish vaqti va hokazolar. Boshqarish usuli — bu tarmoqning eng asosiy ko'rsatkichlaridan bin. Axborot almashinuvini boshqarish usulining turi ko'pincha tarmoq topologiyasining xususiyatlaridan kelib chiqadi, lekin bir vaqtning o'zida u tarmoq topologiyasiga juda bog'lanib qolmagan. Axborot almashinuvining boshqarish usullari ikki guruhga bo'linadi:
markazlashtirilgan usul, bu holda hamma boshqarish bir joyga jamlangan. Bunday usullarning kamchiligi: markazning buzilishlarga barqaror emasligi, boshqarishni tez amalga oshirib bo'lmasligi. Afzalligi — konflikt holati yo'qligi;
markazdan tarqatilgan boshqarish usullari, bu holda mar- kazdan boshqarish bo'lmaydi. Bu usullarning asosiy afzalligi: buzilishlarga barqarorligi va boshqarish vaziyatdan kelib chiqilgan holda amalga oshirilishi. Lekin konflikt hollar bo'lishi mumkin, ularni hal qilish kerak.
Axborot almashish usullarini turlarga ajratishga boshqacha yondashish ham mavjud:
determinatsiyalangan usul — aniq qoidalar orqali abonentlarning tarmoqqa egalik qilishi almashib turadi. Abonentlarni tarmoqqa egalik qilish o'rinlarining u yoki bu sistemasi mavjud, bu tarmoqqa egalik o'rinlari (prioritet) turi abonentlar uchun turlichadir. Bu holda konflikt, odatda, to'liq o'rinsizdir (yoki ehtimoli kam), lekin ba'zi abonentlar o'z navbatini ko'p kutishiga to'g'ri keladi. Bu usulga, masa- lan, tarmoqqa markerli ega bo'lish, ya'ni axborot uzatish huquqi — estafeta singari abonentdan abonentga o'tadigan usul ham kiradi;
tasodifiy usullar — axborot uzatuvchi abonentlarga navbat tasodifiy ravishda beriladi, deb qabul qilingan. Bu holda konflikt bo'lish ehtimoli mavjud, lekin uni hal qilish usuli taklif qilinadi. Tasodifiy usullar tarmoqda axborot oqimi ko'p bo'lganda determinatsiyalangan usulga nisbatan yomon ishlaydi va abonentga tarmoqqa ega bo'lish vaqtiga kafolat bermaydi (abonentda axborot uzatishga xohish bo'lgan vaqtdan, o'z paketini uzatguncha bo'lgan vaqt oralig'i). Tasodifiy usulga misol — CSMA/CD.
Ko'p tarqalgan uch boshqarish usulini ko'rib chiqamiz, bu usullar uch asosiy topologiyaga tegishlidir.
«Yulduz» topologiyasiga markazlashtirilgan boshqarish usuli ko'proq monand tushadi, chunki bu holda markazda nima joylashganining ahamiyati yo'q: kompyuter (markaziy abonent) 1.2-rasmdagidek yoki maxsus konsentratorli almashinuvni bosh- qaruvchi, lekin o'zi axborot almashishda ishtirok etmaydi (1.5- rasm). Aynan ikkinchi holat 100 VG Any—LAN tarmog'ida tatbiq etilgan.
Eng oddiy markazlashtirilgan usul quyidagidan iborat. O'z paketlarini uzatishni xohlagan abonentlar markazga o'zining so'rovini jo'natadi. Markaz paketni uzatish huquqini navbat bilan beradi, masalan, abonentlarning joylashish holatiga qarab, soat milining yo'nalishi bo'yicha navbat berish mumkin. Qaysidir abonent o'z paketini jo'natib bo'lgandan so'ng, axborot jo'natish huquqini paket jo'natishga so'rov bergan (soat milining yo'nalishi bo'yicha) keyingi joylashgan abonentga beriladi (3.5-rasm).
So'rovlar yo'nalishi
Do'stlaringiz bilan baham: |