1 amaliy mashg’uloti. Mavzu : Analog-raqamli va raqam-analogli o’zgartirgichlarni o’rganish. Ishdan maqsad



Download 0,94 Mb.
bet5/17
Sana17.04.2023
Hajmi0,94 Mb.
#929277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1 amaliy mashg’uloti. Mavzu Analog-raqamli va raqam-analogli o

Ishdan maqsad:


Topshiriq: 1. O’tilgan ma’ruza matni va tavsiya etilgan adabiyotlardan mavzuga oid bilimlarni takororlash.
2. Xisobot tuzing va unda keltirilgan bayon asoslarini aytib bering.


Nazariy qism
MUX (multiplexor) — multipleksor,
CDMA texnologiyasidan foydalanish g’oyasi ilk bor 1980 yilning o’rtalarida tug’ildi va kodlash va dekodlash jarayonlari ilk bor optika tizimida amalga oshirildi.Bugungi kunga qadar optik CDMA ustida amalga oshirilgan ilmiy ishlar natijasi shuni ko’rsatyaptiki, boshqa multipleksorlash tehnologiyasiga qaraganda, masalan WDMA (wavelength division multiple access) va TDMA (time division multiple access), keng polasali ko’p kirishli tolali optik tarmoqlar hosil qilish uchun CDMA juda ajoyib echimdir. OCDMA tehnologiyasi yuqori tezlikli keyingi avlod maxalliy (next generation network LAN) tarmoqlarini qurish uchun asosiy tehnologiya sifatida qaralmoqda. OCDMAda vaqt bo’yicha sinxronlash (time synchronization) va to’lqin uzunligini boshqarish (wavelength control) kabilar talab qilinmaydi va shu bilan bir qatorda kechikishlar (latensy) va vaqtni boshqarish (time menagement) muammolari bo’lmaydi.
SDMA - texnologiya foydalanuvchilarga alohida yagona (unique) koddan foydalanib ko’p sonli abonentlarga tarmoqqa ulanish imkoniyatini yaratib beradi. Lekin tizimda foydalanuvchilar soni oshishi bilan ko’p kirishli xalaqitlar (multiple access interference, (MAI)) ham oshadi. OCDMA tizimda boshqa texnologiyalar (TDM, WDM) bilan taqqoslaganda, ko’p sonli kanallar multipleksorlanadi va tarmoqda axborot ishonchliligi potentsiyali va asinxron ma’lumotlarni uzatish imkoniyati mavjuddir. Qo’shimcha qilib, uni arxitekturasida tarmoqni boshqarish, nazorat qilish va xar xil formatdagi va tezlikdagi ko’p sinfli trafikni boshqarish TDM va WDM tizimiga qaraganda oddiy va shuningdek konfiguratsiya qilish oson va arzon. OCDMA tarmog’ining yashovchanligi mustahkam yaratilgan kodlar orqali ta’minlanadi. Kuyida OCDMA tizimida hosil bo’ladigan xalaqitlar va shovqinlarni ko’rib chiqamiz.
Optik CDMA tarmog’ining imkoniyatlarini yanada yaxshilash maqsadida, turli xil kodlash usullari taklif etilgan (optikortoganalkodlar, kogarent, kogarent bo’lmagan kodlar, 2D kodlar, 3D kodlarvax.k.). Shunga qaramasdan OCDMA tizimida ikkita asosiy shovqin manbalari mavjud bo’lib, ular tizimni taminlay olishi mumkin bo’lgan kanallar sonini cheklab qo’yadi. Bu shovqin manbalari ko’p kirishli xalaqitlar KKX (multiple access interference, MAI) va optik bit shovqin OBSh (optic beat noise, OBN) lardir. Tarmoqdagi kanallarning bir xil chastota polosasidan va bir xil vaqt intervalidan foydalanganligi sababli bu ikkala shovqinlar hosil bo’ladi. Har bir qabul qiluvchi tomonidan bir xil chastota polosali kanallardan kelayotgan signallarni qabul qilishi natijasida optik CDMA tarmog’ida KKX vujudga keladi.
1.1. WDM texnologiyasiga kirish

Aloqa tarmoqlariga bo’lgan talablarning kundan-kunga oshishi tufayli shu talablarni qondiruvchi yangi texnologiyalar yaratilmoqda va amalda qo’llanilmoqda.


SDHG’SONET ierarxiyasining uzatish tezliklarini ko’llagan holda optik tolali aloqa tarmoqlari rivojlana boshladi. Natijada kam kanalli uzatish tezliklaridan STM-1ga (tezligi 155 Mbit/s) undan keyin STM-4 (tezligi 622 Mbit/s) undan keyin esa STM-16 (tezligi 2.5 Gbit/s) ga o’tish amalga oshdi. Bunday jadal rivojlanishning zaruriyati Internet trafiklariga ya’ni uning xizmat turlariga bo’lgan qiziqish bilan ham bog’liqdir. Internet tarmoqlariga ulanuvchi kanallar xajmining oshishi o’z navbatida foydalanuvchilarga multimediyalardan foydalanish imkonini beradi. Bu esa tarmoqqa ulanuvchi operatorlarni sonini oshirishga majbur qiladi va natijada kanallar soni singari ularning uzatish tezliklari ‘am oshadi. Bunday tezliklardan foydalanish uchun STM-64, STM-256 texnologiyalari yaratildi. Lekin ma’lumotlarni uzatish xajmining yanada oshishi va o’tkazuvchanlik qobiliyatining mavjud bo’lgan optik tolalar orqali tez to’lishi yana muammolarni yuzaga keltirdi. Bunday muammolarni hal qilish uchun esa 3 variantdan foydalanishga to’g’ri keladi:
- yangi optik kabellarni yotqizish;
- vaqtli multipleksorlashga ega bo’lgan apparaturalardan foydalanish;
- WDM texnologiyalaridan foydalanish;
Birinchi variantda tarmoqdagi mavjud bo’lgan optik kabellarni o’rniga yangisini yotqizish iqtisodiy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Ikkinchi variantda esa, yotqizilgan optik kabellar orqali STM-64, STM-256 kabi texnologiyalarning yuqori tezlikli oqimlarini uzatish mumkin. Umuman bunday tezliklarda eng asosiy vazifani signalning aks qaytishi va polyarizatsion modali dispersiya amalga oshiradi. Dispersiyani sozlash uchun, manfiy qiymatga ega bo’lgan tolali optik kabelning bir bo’lagidan foydalaniladi. Shuningdek, uzatish tezligining oshishi bilan yorug’lik oqimining so’nishi oshadi va foto qabul qilgichning sezuvchanligini pasaytiradi ya’ni xatolikning paydo bo’lish chastotasi belgilangan chegaraga mos keladi, bu esa kirish signalining minimal quvvatini oshiradi. Qabul qilinadigan signalni etarli quvvat bilan ta’minlash uchun qo’shimcha ravishda kuchaytirgich va regeneratorlarni joylashtirishga to’g’ri keladi.
To’lqin uzunligi bo’yicha ajratilgan optik multipleksorlash (WDM Wawelength Division Multiplexing), optik zichlashtirish bo’yicha yangi texnologiyalardan hisoblanadi. Hozirgi paytda WDM, ma’lumotlarni uzatuvchi analog tizimlar uchun chastota bo’yicha multipleksorlash (FDM), kabi optik sinxron tizimlarda ham xuddi shunday vazifani o’taydi. Shu sababli WDM li tizimlar, chastota bo’yicha optik multipleksorlovchi (OFDM) tizimlar nomini oldi. Lekin bunday texnologiyalar bir-biridan keskin farq kiladi. FDM da bir yon chastota oralig’iga ega bo’lgan amplitudaviy modulyatsiyalash mexanizmi qo’llaniladi. OFDM modulyatsiya mexanizmida esa, tashuvchi chastotalar alohida manbalar (lazerlar)da ishlab chiqiladi. Bunday signallar bitta ko’p chastotali signalga multipleksorlar yordamida birlashtiriladi. Uning har bir tashkil topuvchisi (tashuvchisi) turli sinxron texnologiyalar qonuni bo’yicha shakllangan raqamli signallarning oqimlarini uzatishi mumkin. Masalan bitta tashuvchi ATM trafikni, boshqasi SDH ni, uchinchisi esa PDH ni uzatishi mumkin. Buning uchun tashuvchi uzatuvchi trafikka mos keluvchi raqamli signal bilan modulyatsiyalanadi.
Quyidagi 1.1-rasmda WDM li tizimlarning asosiy sxemasi ko’rsatilgan.


1.1-rasm. WDM li tizimlarning asosiy sxemasi


Tizimning uzatuvchi qismi turli manbalardan kirishdan ma’lumotlar oqimi (tashuvchining to’lqin uzunligiga ega bo’lgan kodlangan raqamli impulslar raqamli ketma-ketligi)ni qabul qiladi. Bunday oqimlar mos keluvchi interfeyslarda (Int) qayta ishlanadi va optik modulyatorlar (M) yordamida tashuvchisi modulyatsiyalanadi. To’lqin uzunligiga ega bo’lgan modulyatsiyalangan optik tashuvchilar WDM MUX multipleksorlari yordamida modulyatsiyalanadi va kuchaytiriladi. Undan keyin esa chiqishdagi agregat oqimlar tolaga uzatiladi. Qabul qiluvchi qismda esa tola chiqishidan oqim qabul qilinadi va kuchaytiriladi, demultipleksorlanadi ya’ni to’lqin tashuvchiga ega bo’lgan oqimlarga ajratiladi, detektorlanadi (Dgs), kirishdagi filtr esa o’zaro o’tuvchi shovqinlarni kamaytirish va detektorlashda shovqin bardoshlikni oshirish uchun qo’llaniladi va DM yordamida demodulyatsiyalanadi ya’ni chiqishda kodlangan boshlang’ich impulslar ketma-ketligi hosil bo’ladi.

1.2. WDM texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari


Afzalliklari:


WDM texnologiyasi quyidagicha afzalliklarga ega:
kanallarning o’tkazuvchanlik qobiliyatini yuqoriligi;
ma’lumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi (10 Gbit/sgacha);
bitta tola orqali trafiklarni ikki tomonlama uzatish imkoni;
tor oraliqli, yarim o’tkazgichli lazerlardan foydalanish imkoni (spektrning nurlanish kengligi 0.1 nm);
keng polosali kuchaytirgichlardan va yaqin kanallarni ajratishda optik filtrlardan foydalanish;
qo’llaniladigan multipleksor va demultipleksorlarning narxini arzonligi.
Kamchiliklari:
WDM texnologiyasi quyidagicha kamchiliklarga ega:
yaqin chastotalarni qo’llaganda DWDM tizimlarining eng qimmatba’o elementlaridan biri bo’lgan, ishlab chiqaradigan nurlar yuqori mo’tadilli to’lqin uzunligi bo’lishini ta’minlovchi tor oraliqli yarim o’tkazgichli lazerlarni talab qilishi;
multipleksorG’demultipleksorlarda signal quvvatlarini zaiflashishi;
ko’p ‘ollarda WDM qurilmalarini va vaqtli multipleksorlash qurilmalarini ishchi to’lqin uzunliklariga mos kelmasligi;
kommutatsiya tugunlarining sifatini pastligi;
sanoat standartlarining mavjud emasligi;
ma’lumotlarni uzatishda turli texnologiyalarning ma’lumotlarini multipleksorlash lozimligi tufayli boshqarish muammolarining yuzaga kelishi;
bir nechta tashuvchilarni bir vaqtda uzatish, nafaqat signalni zaiflashishiga balkim uni buzilishiga va boshqa kanallarning signallarini o’tishiga ‘am olib keladi.

1.3. DWDM texnologiyasi


Telekommunikatsiyaning odatdagi texnologiyasi, bitta optik tola bo’yicha bitta signal uzatish imkonini beradi. Spektral yoki optik zichlashtirish usullarining maonosi shundan iboratki, bunda bitta tola bo’ylab SDH ning juda ko’p alohida signallarini uzatishni amalga oshirish mumkin va shunga mos holda aloqa liniyasining o’tkazuvchanlik qobiliyati ham oshadi. Bunday texnologiya, spektrlarni yuqori zichlashtiruvchi texnologiyalar tarkibiga kiradi va bu AT&T kompaniyasi tomonidan yaratilgan.


DWDM (Dence Wavelenght Division Multiplexing) – transport texnologiyasi bitta optik juftlik orqali katta tezlikni taminlaydi. Bunday yuqori tezlikga, to’lqin uzunligi bo’yicha multipleksorlash orqali erishiladi ya’ni har bir optik juftlik orqali bir-biriga bog’liq bo’lmagan bir necha oqim uzatiladi va ularning har biri o’zining optik diapozoniga ega. Bunday qurilma 16128 kanalni qo’llash imkoniga ega va uning har birida shaffof holda tezligi 100 Mbit/sdan 100 Tbit/sgacha bo’lgan axborotli oqim uzatiladi.
DWDM magistrallarini qurishda, yuqori tezlikli abonentni ulovchi interfeyslarga ega bo’lgan DWDM multipleksorlarini qo’llash lozim. Multipleksorlar orasidagi masofa 100 kmni, regeneratorlar orasida esa 500600 km va undan ko’pni tashkil kiladi. Mustahkam DWDM tarmoqlarini qurish uchun esa Add-Drop (OADM) multipleksorlari qo’llaniladi (kirishG’chiqishni taominlovchi) va bunday optik satxdagi DWDM magistrallari (optik signalni elektrik signalga o’zgartirmasdan) tarqaluvchi optik transport tarmoini tashkil qilish imkonini beradi. Bunday texnologiya yordamida bitta optik tola orqali 2 Gbit/sli 10 ta kanalni zichlashtirish mumkin. Bunda yorug’lik oqimlari turli to’lqin uzunliklarida uzatiladi, ya’ni bir tola bo’ylab yuzlab standart kanallar (160 tagacha to’lqin uzunlik)ni uzatish mumkin. Quyidagi 1.2-rasmda optik tolaning ko’rinishi ko’rsatilgan.

Optik tola

1.2-rasm. Optik tolaning ko’rinishi

DWDM ning printsipial sxemasi juda oddiy. Bunday texnologiyada bir tola orqali SDH ning bir nechta optik kanalini uzatish uchun, signallarning optik to’lqin uzunligi o’zgartiriladi, multipleksor yordamida ular aralashtiriladi va optik liniyaga beriladi. Qabul kiluvchi punktda teskari jarayon amalga oshadi. Quyidagi 1.3-rasmda DWDMning optik multipleksor va demultipleksorlarini ishlash printsipi ko’rsatilgan.



1.3-rasm. DWDMning optik multipleksor va demultipleksorlarini ishlash printsipi

Bunday texnologiya turli to’lqinlar oqimini ajratib olish uchun maxsus aniqlikga ega bo’lgan qurilma bilan taominlangan. Optik toladan o’tganda signal so’nganligi tufayli ularni kuchaytirish uchun optik kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Bu esa maolumotlarni optik signaldan elektrik signalga o’zgartirmasdan 4000 kmgacha uzatish imkonini beradi. DWDM tarmoqlari quyidagicha asosiy afzalliklarga ega:


uzatish tezligining yuqoriligi;
xalqa topologiyasi asosida 100 % li zaxirani taominlash imkoniyati;
optik toladagi kanallarning shaffofligi tufayli kanal satxida har qanday texnologiyani ko’llash imkoni;
optik magistraldagi kanallar sonini soddagina oshirish imkoni.
1.4. CWDM texnologiyasi

CWDM tizimlari odatdagi WDM tizimlariga nisbatan ancha qo’pol, ya’ni 20 nm chastotatalr to’rida qo’llaniladi. Agar 8 tadan ortiq WDM kanallari talab qilinsa, unda DWDM tizimlarini o’rin almashtiruvchi sifatida qaraladi.


Bunday tizimlar birinchi navbatda shahar tarmoqlarida yoki “Metro” (ya’ni ingliz adabiyotlarida oldingi IEEE 802G’6, ISOG’IEC 8802-6 standartlari bo’yicha MAN-Metropolitan Area Network sinfli, uch sathli (LAN MAN WAN) tarmoqlarda qo’llanila boshlangan.
ITU-T ning G.694.2 taklifiga binoan, 20 nm qadamli 18 tashuvchini qo’llash tavsiya etilgan.
CWDM texnologiyasi Gigabit Ethernet ning bir nechta kanallarini, fizikaviy optik tolaning bir juftiga to’lqinli (spektral) zichlash uchun qo’llaniladi, bu esa tola resursini tejaydi va optik multipleksorlardan foydalanib yangi topologik echimlarga ega bo’lish imkoniyatini beradi.
CWDM tizimlarida yonma-yon turgan axborot kanallarining spektrlari anchagina uzoq masofada joylashgan bo’lib, uchinchi shaffoflik oynasi uchun odatda 20 nm (2500 GGts) ga teng bo’ladi.
CWDM texnologiyasining asosiy maqsadi optik aloqa liniyasining axborot sig’imini talab darajasida juda arzon narxda (DWDM ga nisbatan) kengaytirishdir. Ushbu maqsadga kanallar orasida keng spektrli roaliqlardan foydalanish orqali erishiladi.
Zamonaviy SWDM qurilmalarining ko’pchiligi S va Ldiapazonini va qisman S diapazonini egallaydi. Jihozlarning muvofiqligini ta’minlash uchun xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi (ITU-T), SWDM kanallari to’lqin uzunligining spektron sohalarini aniqladi va kanallar orasidagi masofani 20 nm ga teng qilib oldi. Undan tashqari, ancha ilgargi tizimlar SWDM dan 800 nm to’lqin uzunligi atrofida ishlovchi ko’p modali tolali aloqa liniyalaridan foydalana boshlashgan. Bunday tizimlar ikki yoki to’rtta kanalni quvvatlay oladi va olislik 2 km dan kam bo’lgan hollarda axborotni uzatish tezligini 500 Mbit/s dan kamroq bo’lishini ta’minlaydi.
Qo’llaniladigan to’lqinli zishlashtiruvchi tizimlar bir nechta variantlarga ega. 1.1-jadvalda tasniflanishning eng ko’p tarqalgan varianti keltirilgan.

1.1-jadval. WDM texnologiyalari tasniflanishi



Tasniflar

SWDM (zich bo’lmagan SU)

DWDM (zich SU)

NDWDM (yuqori zichlikdagi SU)

Kanallar orasidagi masofa

20-25 nm

1,6 nm
200, 100, 50 GGTs

0,4 nm
25, 12.5 GGts

Diapazon

O,E,S,C,L

S,C,L

C,L

Kanallar soni

Maksimum 18 ta

O’nlabG’yuzlab

O’nlab

Narxi

Past

Yuqori

Yuqori

Bu erda:
O – birlamchi diapazon (Original,1260-1360 nm);


E – kengaytirilgan diapazon (Extended,1360-1460 nm);
S – qisqa to’lqinli diapazon (Short wavelength, 1460-1530 nm);
C – standart diapazon (Conventional, 1530-1570 nm);
L – Uzun to’lqinli diapazon (Long wavelength, 1570-1625 nm).

SWDM texnologiyasi kanallar orasidagi intervalning etarlicha kattaligi (20 nm yoki 25 nm) bilan tavsiflanadi. Bu esa unga boshqa WDM texnologiyalariga nisbatan keng chastotalar sohasiga ega bo’lishini ta’minlaydi. Bu optik aloqa tizimlari uchun bir nechta standart chastotalar diapazoni (“shaffoflik oynasi”) ga ega bo’lish imkonini beradi. SWDM tizimlarida 18 tagacha kanal tashkil qilish va ko’p modali hamda bir modali tolalardan foydalanish mumkin.


Shunga qaramasdan SWDM tizimlarida ikkita muammo mavjud:
ancha kichik bo’lgan to’lqin uzunliklarida deyarli ikki marotaba ko’p yo’qotish mavjud, bu esa uzatish masofasini sezilarli darajada kamaytiradi;
tolada gidroksil ON guruhining mavjudligi sababli 1383 nm to’lqin uzunligida yutilishning eng yuqori qiymatiga egaligi sababli kanallar sonida cheklanish mavjud.
SWDM tizimlarida bitta kanal bo’yicha uzatish tezligi 2 Gbit/s bo’lganida 16 kanal bo’yicha 40 Gbit/s tezlik ta’minlanadi. Agar tizim 1270-1610 nm bo’lganda to’lqin diapazonidan foydalansa, uni FS-CWDM (Full-spectrum CWDM) tizim deyiladi. Hozirgi vaqtda SWDM texnologiyasi olislik parametri bo’yicha DWDM texnologiyasiga qo’yiladigan talablarni bajarilishini ta’minlashi mumkin.
SWDM qurilmasi uzatiladigan axborotning ixtiyoriy turi va tezligi uchun shaffof hisoblanadi hamda magistral tarmoq va ulanish tarmog’i orasida bo’g’in bo’lishi mumkin. SWDM texnologiyasi axborotni uzatishning turli protokollariga invariantdir (bog’liq emas). Bu esa yagona transport muhitida turli telekommunikatsiya xizmatlarini yaratish imkoniyatini beradi.
SWDM tizimlarida kanallararo chastotaviy masofaning olisligi DWDM tizimlariga nisbatan aktiv va passiv komponentlar narxining sezilarli darajada arzon bo’lishiga imkoniyat yaratadi. Uzatish tizimining mukammalligiga ko’ra SWDM texnologiyasi turli tarmoq topologiyalarining konstruktsiyalash imkonini beradi.
Ulardan eng ko’p tarqalganlarini ko’rib chiqamiz:
“nuqta – nuqta” topologiyasi. Axborot kanallari bo’yicha ikkita nuqta orasida uzatiladi. Turli tolalardagi oqimlarning birlashishG’ajrashishi ro’y beradigan tugunlarida multipleksorG’demultipleksor o’rnatiladi. Bynday tizimlar yordamida ko’p sonli video va audio ma’lumotlarni vaqtning real masshtabida optik tarmoqda tolalarning cheklangan holida ham uzatish masalalarini echish mumkin;
tarmoqlanuvchi topologiya. Axborotni tugundan tugunga uzatish alohida kanallarni kiritishG’chiqarish yo’lga qo’yilgan oraliq tugunlar orqali amalga oshiriladi. Oraliq tugunlardagi yo’qotishlar hisobiga aloqa olisligi bir oz kamayadi. Bunday tizim transport magistrallarida, neft va gaz uzatmalarida va boshqa davomli ob’ektlarda videokuzatuvlarda qo’llaniladi;
“halqa” topologiyasi. Bunday topologiya parametrni qo’riqlash masalasini hal qiladi. “Halqa” uzilgan holda ham tarmoq ixtiyoriy tugunlar orasida axborotni uzatish qobiliyatini saqlab qoladi.
2002 yilda Halqaro Elektraloqa Ittifoqi SWDM tizimi uchun tashuvchi chastotani aniqlovchi G.694.2 standartni qabul qildi. Ushbu tavsiyaga ko’ra, S,S va L diapazonlaridan tashqari SWDM tizimlarida ikkita yangi to’lqin uzunlikdagi diapazon paydo bo’ldi – diapazon O (1260-1360 nm) va diapazon E (1360-1460 nm).
SWDM tizimlari nisbatan kam sonli (16-18 ta) optik kanallarni ta’minlaydi, lekin bu kamchilik deb hisoblanmasligi kerak, chunki kanallarning bunday sonda bo’lishi, odatda, aloqa operatorlarining o’tkazish sohasidagi zamonaviy talablaridan ustundir. SWDM tizimlaridagi qo’shni kanallarning to’lqinlari orasidagi masofaning nisbatan katta bo’lishi kirishG’chiqishli optik multipleksorlarning va optik kross-kommutatorlarning narxlarini arzonlashishiga, bu qurilmalar uchun arzon kommutatsiyalash elementlarining yaratilishiga zamin tayyorlaydi.
802.11a va g standartlari esa 5 va 2,4 gigagerts chastotada ishlaydi, shunga muvofiq maksimal axborot uzatish tezligi 54 Mbit/s.ni tashkil etadi. Uning qo’llanilishi axborotlar uzatish tezligini 802.11g standartiga qaraganda 4 marta (maksimal 56 Mbit/s.) oshirishga imkon beradi. Nazariy jihatdan uning axborotlar uzatish tezligi 600 Mbit/s.ga etishi belgilangan. Yana bir e’tibor qaratiladigan jihati, bu texnologiyada signallarning kichik radiusda tarqalishi axborotlarga ishlov berishni, kodlashni ham

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish