6-ta’rif. Agar tajriba natijasida hodisa ro‘y berganida hodisa muqarrar ro‘y bersa, hodisa hodisani ergashtiradi deb ataladi va kabi yoziladi.
Masalan, tajriba 36 qartali dastadan bitta qartani tortishdan iborat bo‘lsin. hodisa “g‘isht” qarta, hodisa esa qizil belgili qartaning chiqishidan iborat bo‘lsin. U holda ravshanki .
7-ta’rif. Agar hodisa hodisani ergashtirsa va o‘z navbatida hodisa hodisani ergashtirsa, u holda va ekvivalent yoki teng kuchli hodisalar deb ataladi va kabi yoziladi.
Masalan, tajriba qartalar dastasidan bitta qartani tortishdan iborat bo‘lib, hodisa “g‘isht” yoki “toppon” qarta, hodisa esa qizil belgili qartaning chiqishidan iborat bo‘lsa, u holda = bo‘lishi ravshan.
8-ta’rif. Tajriba natijasida va hodisalardan kamida bittasining ro‘y berishidan iborat hodisa ularning yig‘indisi deb ataladi va + bilan belgilanadi.
9-ta’rif. Tajriba natijasida va hodisalarning birgalikda ro‘y berishidan iborat hodisa ularning ko‘paytmasi deb ataladi va kabi belgilanadi.
10-ta’rif. Agar va hodisalar bir paytda ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan hodisalar, ya’ni bo‘lsa, u holda va birgalikda bo‘lmagan hodisalar deyiladi. Aks holda ular birgalikda hodisalar deyiladi.
Boshqacha aytganda tajribada birining ro‘y berishi qolganlarining ro‘y berishini yo‘qqa chiqaradigan hodisalarga birgalikda bo‘lmagan hodisalar deb atalar ekan.
Masalan, tashlash natijasida bir vaqtda gerbli va raqamli tomonlar tushish hodisalari birgalikda bo‘lmagan hodisalardir.
11-ta’rif. Agar va hodisalarning yig‘indisi muqarrar hodisa, ko‘paytmasi esa mumkin bo‘lmagan hodisa, ya’ni + = , · = bo‘lsa, u holda va hodisalar o‘zaro qarama-qarshi hodisalar deyiladi. Odatda hodisaga qarama-qarshi hodisa kabi belgilanadi.
Demak, + = , · = .
Masalan, tangani bir marta tashlashdan iborat tajribada gerbli va raqamli tomonlarini tushishi hodisalari qarama-qarshi hodisalardir. Shunga o‘xshash nishonga qarata o‘q uzishdan iborat tajribada o‘qning nishonga tegish hodisasi va xato ketish hodisalari qarama-qarshi hodisalardir.
12-ta’rif. Tajriba natijasida hodisaning ro‘y berishdan hodisaning ro‘y bermasligidan iborat hodisa va hodisalar ayirmasi deb ataladi va - kabi belgilanadi.
Masalan, tajriba to‘liq qartalar dastasidan bitta qartani topishdan iborat bo‘lib, hodisa “g‘isht” qartaning hodisa esa istalgan “dama” qartaning chiqishdan iborat bo‘lganda - hodisaning ro‘y berishi chiqqan qarta “dama”dan farqli “g‘isht” qarta bo‘lishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |