2-mashq. I.Tilning eng asosiy poydevori va boyligi so‘zdir. Aytilgan so‘zni
kishi eshitar ekan, uni ongli ravishda borliqdagi biror tushuncha bilan bog‘laydi.
So‘z ifoda etgan turli tushunchalar odam miyasida umumlashib, biror ma’no
bildiradi. Demak, so‘zning aytilishi va ifoda etgan tushunchalar hamda
tushunchalarning umumlashuvi natijasida hosil bo‘lgan ma’no tilda doim o‘z aksini
topadi.
II.Jannat xola endi cho‘ldan bir qadam ham boshqa yoqqa jila olmasdi. Uning
yuragi shu cho‘lda. To‘qayga pinhoniy qatnab yurishiga, chodirdan ustara
yo‘qolishiga sabab bor edi.
Tursunboy shu to‘qayda. Uning qamishlar orasida yashirinib yurishini Jannat
xoladan boshqa hech kim bilmasdi (S.Ahm.).
III.Umr yo‘ldoshi urushda halok bo‘lgandan keyin Sharofat ikkinchi bor
turmush quradi va shaharga ketadi. O‘g‘li Akbarali esa ota yurtida, bobolari qo‘lida
qoladi. Oradan o‘tgan yillar mobaynida ona-bola hamisha aloqada bo‘lishadi.
Sharofat xola uchun o‘zi dunyoga kelgan Shodasoy qishlog‘iga qaytib borish ulkan
bir orzuga aylanadi (A.Mux.).
Topshiriqlar. 1.Matnda berilgan birliklar orasidan lug‘aviy ma’no
anglatuvchi birliklarni ajratib oling. 2.Ajratib olingan lug‘aviy birliklarni o‘xshash
belgilari asosida guruhlang. 3.Guruhlardagi qatorni boyiting. 4.Guruhlarning bir-
biridan farqli tomonlarini bayon qiling. 5.Har bir guruhning o‘ziga xos
xususiyatlarini alohida-alohida sharhlang.
2-mashq.
I. [yoz], [rasm],[daftar], [bahor], [yaxshi], [yosh], [bola],[kel], [oz], [o‘qi],
[aql],[tekis], [ezgu].
II. [paxta],[bolalik],[katta],[oq],[buyuk],[oltin], [odob], [sekin], [gapir], [bor],
[mustahkam], [besh], [musaffo], [chiq].
III. [til], [komil], [muqaddas], [kiyik], [ozodlik], [qaror], [to‘rt], [yigirma],
[ek], [ich], [tabiat], [bir], [ishon].
Topshiriqlar. 1.Berilgan leksemalarni o‘xshash belgilari asosida guruhlang.
2.Guruhdagi sirani davom ettiring. Guruhlarning o‘zaro umumiyligini toping. 3.Har
bir guruhning o‘ziga xos farqli belgilarini bayon qiling. 4.a) har bir guruh ichidagi
birliklarning umumiy belgisini aniqlang; b) har bir guruh ichidagi birliklarning bir-
biridan o‘zaro farqlovchi belgisini sharhlang. 5.Har bir guruhdagi birliklarni
o‘xshash va farqli xususiyatlari asosida tasnif qiling va izoh yozing.
Adabiyotlar
1. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. -
Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
3. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
4. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. –
Toshkent, 2017.
5. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z,
2013.