Tezkor savol-javoblar
1. So‘zlarning ijtimoiy xoslanishi nima?
2. So‘zlarda gender xoslanish bo‘lishi mumkinmi?
3. Katta va kichik so‘zlarining birlashtiruvchi belgisi nima?
4. Uzun va qisqa so‘zlarining farqlovchi beligisini ayting.
5. So‘z qaysi holatda iste’moldan chiqadi?
6. So‘zning iste’mol darajasi qachon pasayadi?
7. Nisbatni to‘ldiring: sichqon/mushuk = .../bo‘ri.
8. Qaysi so‘z qaysi sababga ko‘ra ortiqcha: platina, oltin, temir, cho‘yan?
9. Nutqda so‘z nechtagacha ma’no ifodalashi mumkin?
10. Leksema terminini tilshunoslikka kim olib kirgan?
11. Leksema ilk bor qaysi lug‘atda aks etgan?
12. Bo‘sh joyni to‘ldiring: [chiroq]/[yorug‘] = [...]/[ovoz].
13. Bo‘sh joyni to‘ldiring: [sovuq]/[burun] = [...]/ [yuz].
Do'stlaringiz bilan baham: |