1-amaliy mashg’ulot Operatsiyalarni izchil (ketma-ket) jamlash Ishdan maqsad



Download 91,33 Kb.
bet1/4
Sana24.06.2022
Hajmi91,33 Kb.
#698600
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashgulot


1-amaliy mashg’ulot


Operatsiyalarni izchil (ketma-ket) jamlash


Ishdan maqsad: Ishlab chiqarish jarayonlari va operatsiyalari turlari, ishlab chiqarish sikli, operatsiyalarning ketma-ket jamlash haqida bilim va ko’nikmalarni egallash.
1.1 Asosiy tushunchalar


Ishlab chiqarish jarayonlari va operatsiyalari turlari. Ishlab chiqarish jarayoni qismlar, ya’ni asosiy, ko’makchi va xizmat ko’rsatish kabi o’zaro bog’langan jarayonlar yig’indisidan iborat bo’lib, ular natijasida boshlang’ich material va yarim fabrikatlar tayyor mahsulotga aylanadilar. Asosiy deb mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiya jarayoniga aytilib, uning natijasida zagotovka, detallarning shakli, o’lchami, yuzasi holati, mexanik va fizik yoki o’zga xossalari o’zgaradi, shuningdek ulardan agregatlar shakllantiriladi. Ko’makchi jarayonlar deb mazkur korxonada asboblar, moslamalar, shtamplar, modellar tayyorlash jarayonlarga, shu bilan birga uskunalar, bino va inshootlarni ta’mirlash, elektr energiyasi, siqilgan havo, bug’ ishlab chiqarish kabilarga aytiladi. Xizmat ko’rsatish jarayonlariga mahsulot sifatining texnik nazorati, omborxona operatsiyalari kabilar kiradi.
Texnologik jarayonining tuzilma birligi bo’lib texnologiya operatsiyasi hisoblanadi. U bir yoki bir nechta bir vaqtda ishlov berilayotgan ob’yekt (zagotovka, detal, agregat) bilan, bir ish joyida (dastgoh. press, konveyyerda va h.k.), bir yoki bir guruh ishchilar tomonidan yoki avtomat ishlab chiqarish jarayonida operator kuzatuvi ostida bajariladi. Operatsiya texnologiya jarayonining bir qismi sifatida ishlov berish ob’yekti, ish joyi va ijrochilar o’zgarmasligi bilan tavsiflanadi. Jarayonning mexanizatsiyalashganligi darajasiga ko’ra operatsiyalarning quyidagi turlari farqlanadi:
qo’lda bajariladigan — oddiy yoki mexanizatsiyalangan asbob yordamida qo’lda bajariladigan operatsiyalar (masalan, chilangarlik kesish ishlari, qo’lda shakl berish va h.k.);
mashina-qo’lda bajariladigan — mashinalar yordamida, ammo ishchilarning bevosita va uzluksiz ishtirokida amalga oshiriladigan operatsiyalar (masalan, metall kesish dastgohlarida asbobni qo’lda uzatgan holda detallarga ishlov berish va sh.k.);
mashina – cheklangan miqdordagi ishchilar ishtirokida mashinalar yordamida bajariladigan operatsiyalar (masalan, universal metall kesish dastgohlarida detallarga ishlov berish, bunda ishchi ishtiroki dastgohni boshqarish, detallarni o’rnatish va echib olish, hamda faqat nazorat o’lchovlarini bajarishdan iborat bo’ladi);
avtomat – avtomat uskunalarda bajariladigan (masalan, detallarga avtomat-dastgohlar yoki avtomat liniyalarda ishchi ishtirokisiz, raqamli dasturli boshqaruvga (RDB) ega bo’lgan dastgohlarda, robototexnika komplekslarini qo’llagan holda ishlov berish).
Ishlab chiqarish jarayonini uyushtirish va tejamkorligini tashkil etish uchun ishlab chiqarish sikli davomiyligi, ya’ni bir mahsulot (detal zagotovkasi, agregat, mashina) yoki detallar partiyasi ishlab chiqarish jarayonining boshlanish va tugallanish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish jarayonining vaqtga bog’liq ravishda tashkil etilganligi, harakati jiddiy ahamiyatga ega.
Shuningdek zavod va sexlarning ishlab chiqarish tuzilmasi katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish tuzilmasini qurishda mahsulotning konstruktiv va texnologik xususiyatlari, alohida mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarish ko’lami hisobga olinadi. Bu alohida sex va uchastkalarining o’zaro bog’liqligini shart qilib qo’yadi, ya’ni ishlab chiqarish jarayoni elementlarining makondagi harakatini belgilab beradi.

Download 91,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish