1-amaliy mashg’ulot mavzusi: Hozirgi kunda barkamols haxsni tarbiyalashda pedagogik konfliktologiya fanining ahamiyati.
METODIK KO’RSATMA.
Pedagogik konfliktologiya bu o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ziddiyatlarini o’rganuvchi fandir. Zamonaviy sharoitda pedagogik konfliktologiyaning o’qitilishi o’qituvchining pedagogik madaniyatini rivojlantiradi. Pedagogik konfliktlar deganda biz o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ta’lim jarayonida kuzatiladigan ziddiyatlar, tortishuvlar kelishmoqchmiliklar, qarama-qarshiliklarni tushunamiz.
Xo’sh barcha fanlar singari konfliktologiya fanining ham yuzaga kelishi shakllanishi rivojlanish tarixi mavjud. Konfliktologiya fani ilmiy fan sifatida yuzaga kelishi 1960 yilga borib taqaladi. 1990 yildan boshlab Rossiya boshqa jahon mamlakatlarida keng o’rganila boshlandi. Bu kichik fan sohasi ham boshqa fanlar singari o’zining bazasiga katogoriya va metodologiyasiga ega. Konfliktologiya fanda uch yo’nalishda ish olib boradi.
Teoriyasi, metodologiya va konfliktologik tajriba.
Ta’limda konfliktologik bilimlarning shakllanishi.
Konfliktologiyada prognozlash.
Konfliktlar-jamiyat barcha sohasidagi bir biridan ajralmas hodisalardir. Konfliktologiya fani faqat 20 asrda vujudga keldi. Chunki shu asrda “konflikt” hodisasi yangi tavsiflar va ko’rinishlarga ega bo’ladi. Yangi fanning paydo bo’lishi ko’plab ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar bilan bog’liq. 20 asrdagi ikki jahon urushlarini konfliktli ziddiyatlarini o’z masshtablari va oqibatlari bo’yicha ommaviy yo’qotish qurolining takomillashtirilishi va ko’p sonli odamlarning halokati jamiyatni katastroflar va inqirozlar kutilishi sharoitiga keltirib qo’yadi.
1-topshiriq mazmuni. “Pedagogik konflektlar va ularning mohiyati” mavzusi “SWOT – tahlil” asosida tahlil qilish.
Eslatma: topshiriqni bajarishda “SWOT – tahlil” jadvalidan foydalaning va qoidasiga amal qiling.
Topshiriqni bajarishga 15 daqiqa ajratiladi.
“SWOT - tahlil” jadvali
Qoidaga ko’ra, SWOT – tahlil muvaffaqiyatni tashkillashtirishiga bog’liq bo’lmay,balki muhokamaning natijalari kelgusidagi aniq taklif va loyihalarni ishlab chiqishda hisobga olinishi mumkin. Bundagi ketma-ketliklar quyidagicha bo’lishi kerak:
|
Tahlil tarkiblari
|
Natijalarni amalga oshirishning xususiyatlari
|
S
|
Kuchli tomonlari (tashkillashtirishningichki manbalari)
|
|
W
|
Kuchsiz tomonlari (tashkillashtirishning ichki muammolari)
|
|
O
|
Imkoniyatlar (tashqaridan)
|
|
T
|
Xavflar (tashqaridan)
|
|
“SWOT – tahlil” jadvalining nomi inglizcha so’zlarning bosh harflaridan tuzilgan:
Strengths – kuchli tomoni, tashkillashtirishning ichki manbalari mavjudligi nazarda tutiladi;
Weakness – kuchsiz tomoni yoki ichki muammolarning mavjudligi;
Opportunities – tashkillashtirishdan tashqarida rivojlanish uchun mavjud, imkoniyatlar;
Threats – tashqi muhitda tashkillashtirishni muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi xavf-xatarlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |