Oqova suvlarni biologik tozalash
Bu usul tabiiy va sun’iy tozalash inshootlarida bajariladi. Barcha hollarda ham biologik tozalash saprofit bakteriyalar, sodda hayvonlar, suv o‘tlari va boshqa suv organizmlari yordamida organik iflosliklarni parchalab mineral moddalarga aylantirishdan iborat.
1. Tabiiy tozalash inshootlari. Tabiiy tozalash inshootlari ikki xil bo‘ladi: 1) assenzatsiya (filtrlash) shudgorlari. Bular yer maydonining shudgorlab qo‘yiladigan maxsus uchastkalari bo‘lib, oqova suvlar ulardagi yumshatilgan tuproq orqali filtrlanadi. Bunda tuproq sirtida qolgan qattiq chiqindilar mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, organik o‘g‘itga aylanadi va ma’lum vaqt o‘tgach, yig‘ib olib, ekinzorlarga solinadi; 2) suqorish maydonlari. Bular assenzatsiya shudgorlaridan shunisi bilan farqlanadiki, assenzatsiya shudgorlari faqatgina Oqova suvlarni tozalash maqsadlarida foydalanilsa, suqorish maydonlaridan ekin ekish maqsadlarida ham foydalanadi. Bunday maydonlarda Oqova suvlar ekinlar uchun ham namlik va ham ozuqa manbai bo‘lib xizmat qilganligi uchun ularda hosildorlik ancha yuqori bo‘ladi. Shudgorga suv tashlash vaqt-vaqti bilan amalga oshirilishi kerak, chunki suv muttasil quyib turilsa u tuproq bo‘shliqiga havo kirishiga xalal beradi. Agar oqovalar tarkibida moy bo‘lsa, tuproq yuzasini yog‘li plyonkalar qoplab, tuproq aeratsiyasini buzadi.
2. Sun’iy tozalash inshootlari. Bularga biofiltrlar, aerotenklar va bioprudlar (biologik suv havzalari) kiradi.
Biofiltrlar. Bu inshootlar to‘rt burchak yoki doira ko‘rinishida pishiq g‘isht yoki temir-betondan minorasimon qilib qurilgan, 6-8 m balandlikdagi bino bo‘lib, ichida simto‘rlar yordamida ikki qatlamli filtrlar joylashtirilgan. Filtr sifatida qattiq g‘ovak yengil materiallardan, ko‘pincha maydalangan granit toshchalari (sheben) dan foydalaniladi. Ustki qatlamda filtrlovchi materialning qalinligi 1,8 m, pastki qatlamda esa 0,2 m bo‘ladi. Biofiltrda suvning tozalanishi ikki pog‘onadi kechadi. Dastlabki pog‘onada suvda erigan va kolloid holdagi organik moddalar filtrlovchi qatlamdagi faol mikroorganizmlar pardasiga singadi, keyin esa mikroorganizmlar ularni parchalab mineralga aylantiradi va nitrifikatsiya jarayoni kechadi. Bu inshootda tuproqqa qaraganda oqova suv tarkibidagi organik moddalarning oksidlanishi tez kechadi va suv 2-3 soatda tozalanadi. Filtrlarga sun’iy havo yuborish bilan oksidlanishni yanada tezlatish mumkin.
Aerotenklar. Bu inshootlardagi faol balchiq biotsenozi parchalovchi mikroorganizmlardan iborat bo‘lib, ular organik iflosliklarni o‘z yuzasiga singdiradi, oksidlaydi va parchalab zararsizlantiradi. Aerotenkdagi biologik oksidlanish shartli ravishda uch davrga bo‘linadi: birinchi davrda oqovа suv faol balchiq bilan aralashgandan so‘ng suv tarkibidagi moddalar balchiq zarralar sirtiga singadi, yog‘lar va uglevodlar oksidlanaboshlaydi, buning natijasida oqovaning kislorodga biokimyoviy talabi 40-80% kamayadi; ikkinchi davrda sekin oksidlanuvchi organik moddalar parchalanadi; uchinchi davrda ammoniy tuzlarning nitrifikatsiyasi boshlanadi. Bu uchchala davr 6-8 soat davom etadi. Aerotenkda tozalashning birinchi davri tugab, oqova suv bilan faol balchiqning aralashmasi ikkilamchi tindirgichga borib tushadi va bu yerdan u regeneratorga haydaladi. Regeneratorda balchiqning faol holati qayta tiklanadi va u yana aerotenkka qaytariladi.
Biologik suv havzalari. Bu havzalarning kattaligi bir gektar va undan ortiq, chuqurligi esa 0,5-1,0 metr bo‘ladi. Bunda oqova suvlar tarkibidagi bakteriyalar quyosh nurida halok bo‘ladi va kimyoviy moddalar suv tubiga cho‘kadi.
Oqova suvlarni zararsizlantirish. Oqova suvlar tozalashdan o‘tgandan keyin xloratorda ularga suyuq holdagi xlor qo‘shib zararsizlantiriladi. Bu jarayonga bakteriologik tozalash usuli ham deyiladi. Agar shunday qilinmasa, bu suv ochi? Suv havzasiga tashlanganda atrof-muhitga turli xil kasalliklar tarqalishi mumkin. Suvni xlor bilan zararsizlantirishda xlorning me’yori 10 mg/litrga teng.
Cho‘kma loyqani zararsizlantirish. Tozalash inshootlarining har bir bosqichida cho‘kma loyqalar hosil bo‘ladi. Bu cho‘kmalarning tarkibida 92,5-96% namlik bo‘lib, quruq qoldiqining 70-80% ni organik moddalar tashkil qiladi. Namlik darajasi yuqori bo‘lganligi uchun cho‘kmalar sekin quriydi, tarkibidagi chirindilar qo‘lansa hid tarqatadi.
Cho‘kmalar metantenklarda yig‘iladi. Metantenk temir-betondan qurilgan tagi konussimon berk hovuz bo‘lib, uning tepa qismida bijg‘ish jarayonida ajraladigan metan gazini yig‘ib olish va uni foydalanishga yuborish uchun maxsus qalpoqsimon gumbazi mavjud. Bijg‘ish jarayoni ikki xil harorat chegarasida kechishi mumkin: 25-370C va 40-550C da. Ushbu haroratlarga muvofiq ravishda bijg‘ish davomiyligi 14-15 va 6-7 kunni tashkil qiladi.
Suv havzasiga tashlanadigan oqova suvlarni tozalash usullarining iqtisodiy samaradorligi oqova suvlardan muhitga etkaziladigan zararni hisoblashga asoslangan . Hisob- kitoblarda suv havzasiga tozalanmay tashlanadigan oqova suvlarning mutlaqzarari bilan uning tozalanib tashlanishdagi amaldagi zarari o‘rtasidagi farq aniqlanadi, chunki oqova suv tozalanganida ham uning tarkibida ba’zi ifloslantiruvchi moddalar qoladi va oqova suv bilan suv havzasiga tushadi.
Oqova suvlarni tozalashning iqtisodiy samaradorligini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin:
S = Sk * Oo.z - (Ex +Mk * Kx )
Oo.z = Mz-Az
Bu erda :
S- iqtisodiy samaradorlik
Sk- suv havzasiga 1 mln m3 oqova tushishidan ko‘riladigan bir yillik zararning solishtirma ko‘rsatkichi (O‘rta Osiyoda Sk =145000 so‘m)
Oo.z - oqova suvni tozalash natijasida oldi olingan zarar
Mz – mutlaq zarar (oqova suvni tozalamay tashlanadigan zarar)
Az – amaldagi zarar (oqova suvni tozalangandan keyingi zarar)
Ex – oqova suvni tozatozalashdagi ekspluatatsion xarajatlar
Mk- suv tozalash inshootidan foydalanish samaradorligining me’yoriy koeffitsienti (0,5)
Kx – oqova suvni tozalashdagi kapital xarajatlar
Mz va Az quyidagicha topiladi:
Mz Az
Bu erda:
Q – oqova suvning sutkalik hajmi, me/sut
N – yil davomidagi ish kuni soni
K1 K2- oqova suvga toza suv qo‘shilishining karralik koeffitsienti bo‘lib, quyidagicha aniqlanadi:
;
Bu erda:
S1 - oqova suvdagi ifloslovchi moddalarning oqova tozalanmasdan oldingi konsentratsiyasi
S2 - oqova suvdagi ifloslovchi moddalarning oqova tozalangandan keyingi konsentratsiyasi
Misol:
Oqova suvdagi ifloslovchi moddalarning oqova tozalanmasdan oldingi konsentratsiyasi S1 = 1700mg/l. Tozalangandan keyingi konsentratsiyasi
S2- 110 mg/l. Suv havzasidagi RECHK 137mg/l. Oqova suvning sutkalik hajmi - 19000 m3/sut. Suv tozalash inshootini qurish uchun sarflangan kapital xarajatlar 16 mln. so‘m, inshootning ekspluatatsion xarajati - 3,9 mln. sum.
ECHISH:
№5 TOPSHIRIQ VARIANTLARI
№
|
Tozalash
dan oldingi kons. S1
mg/l
|
Tozalashdan keyingi kons. S2 mg/l
|
Yil davomidagi ish kuni soni
|
Suv havzasining RECHK
|
Oqova suvning sutkalik hajmi
m3/sut
|
Suv tozalash inshootining xarajatlari
|
|
|
|
|
|
|
Kapital xarajatlar (mln.so‘m)
|
Ekspluatatsion xarajati (mln. so‘m)
|
1
|
2500
|
120
|
255
|
127
|
12000
|
16,6
|
3 4
|
2
|
1800
|
143
|
248
|
130
|
16000
|
15,7
|
2,0
|
3
|
1950
|
115
|
240
|
135
|
15000
|
14,8
|
3,8
|
4
|
2200
|
125
|
245
|
128
|
14000
|
13,4
|
4,0
|
5
|
1700
|
105
|
240
|
125
|
13000
|
14.0
|
1,9
|
6
|
2150
|
153
|
250
|
135
|
17000
|
12,8
|
2.8
|
7
|
2300
|
138
|
245
|
130
|
16000
|
14,5
|
2,9
|
8
|
2400
|
156
|
247
|
137
|
15000
|
15,7
|
3,9
|
9
|
2250
|
123
|
240
|
134
|
14000
|
16.2
|
2,6
|
10
|
1750
|
135
|
243
|
125
|
12000
|
14,3
|
2,5
|
11
|
1850
|
126
|
245
|
130
|
13000
|
13.9
|
3,4
|
12
|
1600
|
130
|
240
|
135
|
18000
|
16,5
|
1,8
|
13
|
1200
|
95
|
240
|
115
|
16000
|
15,5
|
2,5
|
14
|
1500
|
105
|
240
|
120
|
25000
|
16,8
|
4.3
|
15
|
1300
|
120
|
240
|
137
|
21000
|
14,6
|
3.2
|
Xulosa
Sanoat va maishiy oqova suvlarni tozalash ishini hisob-kitoblar asosida to‘g‘ri tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Etarli darajada tozalanmagan oqovalar atrof-muhitga patogen mikroorganizmlarni va badbo‘y hidli gazlarni tarqatish manbasi bo‘ladi. Shuningdek, etarli darajada tozalanmasdan ochiq suv havzasiga tashlanadigan oqovalar iste’moldagi suvlarni ifloslab, inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Nazorat savollari
1. Oqova suvlar qanday usullarda tozalanadi?
2. Oqova suvlarni tozalashning mexanik usuli nimaga asoslangan?
3. Tindirgichlarning qanaqa turlarini bilasiz?
4. Biologik tozalash usuli qanday inshootlarda bajariladi?
5. Faol balchiq nima va uning vazifasi nimada?
6. Biofiltr qanday funktsiyani bajaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |