Xarita va globus bilan ishlashni bir-biriga uyg‘unlashtirish tabiatshunoslik bo‘yicha bilimlarning to‘g‘ri va chuqur bo‘lishini ta’minlaydi. Geografik tushunchalarni shakllantirishda globusdan foydalanish ko‘rgazmali tasavvurlar hosil qilishga yordam beradi.
Nazorat savollari: 1. Tabiatshunoslik darslarida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali qurollarning turlarini sanab bering.
2. Plan xaritadan nima bilan farqlanadi?
3. Tabiatshunoslik darslarida modellashtirishdan qanday maqsadda foydalaniladi?
4. Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasini sharxlab bering.
5. Suratlar bilan ishlash metodikasini sharxlab bering.
6. Tabiatshunoslik bo‘yicha dastur materialini o‘zlashtirib olinish uchun zarur bo‘lgan modellarni necha guruhga ajratish mumkin?