TSpeedButton va TBitBtn tugmalari.
Bu tugmalar TButton vazifalarini bajaradi. Yagona farqi matndan tashqari racmlarni ham aks ettiradi. TSpeedButton tugmasi fokus olmaydi. Bu shuni bildiradiki, agar matn qatorida satr terib, bu tugma bosilsa, shu hodisa qayta ishlangandan so‘ng fokus yana matn qatoriga qaytib keladi. TAB tugmasi bilan bu tugmani ajratib bo‘lmaydi.
Tugmaga rasm o‘rnatish uchun ikki marta Glyph xossasi qatorida chertish lozim. Natijada rasm paydo bo‘lgan yuklash oynasida Load tugmasini bosish lozim. Ko‘p rasmlar Program Files\Common Files\Borland Shared\Images \Buttons katalogida joylashgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |