Edit - kiritish qatori. Forma oynasida matnli qator kiritish va taxrirlashda ishlatiladi.
Memo - ko‘pqatorli matn muxarriri. Kupqatorli matnlarni kiritish yoki chiqarishda ishlatiladi.
Button - buyruq tugmasi (Obrabotchik sobitiya OnClick). Bu komponenta dasturchi tamonidan berilgan bir necha buyruqlarni bajarishda ishlatiladi.
CheckBox - bog‘liq bo‘lmagan tanlash tugmasi (pereklyuchatel). Dasturda bu komponenta asosiy mantiqiy xossasi (Checked) o‘zgartiriladi.
RadioButton - bog‘liq bo‘lgan tanlash tugmasi (pereklyuchatel). YAngi tutanlash tugmasi bosilganda, oldin tanlangan tugma avtomatik ravishda ozod etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |