Edit kiritish qatori. Edit kiritish qatori matnni bir qatordan kiritish va uni tahrirlash uchun ishlatiladi.
Matn kiritish qatorini ekranga joylash uchun C++ Bulderning Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan “ab” piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda matn kiritilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada Edit1 matn kiritish maydoni hosil qilinadi. Matnni kiritish dastur ishchi holatiga o‘tilganda bajariladi.
Matn qatoriga kiritilgan ma’lumot faqat matn, ya’ni String (qator) bo‘lib hisoblanadi. Edit kiritish qatorida kiritilgan ma’lumotni dasturda o‘qib va uni raqamga o‘tkazish uchun ko‘p hollarda Val funksiyasidan foydalaniladi. Bu funksiya C++da quyilagicha yoziladi. Val(Edit1->Text,a,cod) - bu erda Float a; - o‘zgaruchisi bo‘lib, Edit1->Text maydonidagi ma’lumotni raqam qilib o‘zlashtiradi. Int cod; deb e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |