Button tugmachasi. Button tugmachasi bosilishi natijasida kutilishi lozim bo‘lgan jarayonlar (masalan, hisoblashlar yoki bajarilishi lozim bo‘lgan operatsiyalar) bajarilishga tushiriladi.
Button tugmachasini ekranga joylash uchun C++ Builderning Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan “Ok” piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda tugmacha qo‘yilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada Bottom1 tugmachasi hosil qilinadi. Tugmacha nomini o‘zgartirish Caption xosasiga kirilib o‘zgartiriladi.
Dasturdagi hisoblash jarayonlari, kiritish va chiqarish operatsiyalari hosil qilingan tugmachani ikki marta tez-tez bosish bilan “sobitiyani qayta ishlash” darchasiga o‘tilib, u yerdan modul ichiga kerakli operatorlarni yozish bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |