15-amaliy mashg’ulot
Mavzu: To`lov balansi. Valuta kursi (4 soat)
Reja:
2. Joriy operatsiyalar hisobi va kapital harakati hisobi balansi;
3. To`lov balansi tahlili
4. To`lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari.
5. Valuta va jahon valuta tizimi tushunchasi.
6. Valuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish;
7.Xarod qobiliyati pariteti;
8. Makroiqtisodiyotning nominal va real valuta kurslariga ta’siri.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishini o`rganish; joriy operatsiyalar hisobi balansini tavsiflash; kapital harakati hisobi balansini tavsiflash; valuta va jahon valuta tizimi tushunchasini o`rganish; valuta kursi va uni belgilovchi omillarni aniqlash; to`lov balansi qoldig`i va valuta ayirboshlash natijalarini hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Materiallar va jihozlar: o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar: to`lov balansi, joriy operatsiyalar hisobi, kapital harakati hisobi balansi, valyuta munosabatlari, valyuta tizimi, valyuta bozori, konvertirlanadigan valyuta, nisbiy real foiz stavkalari, xarid qobilyati pariteti.
Umumiy ma’lumotlar:
Mamlakatning to‘lov balansi mamlakatning harid qobiliyatini ifoda etuvchi ko‘rsatkich bo‘lib, mamlakatning ma’lum bir vaqt davomidagi barcha tushumlari va chetga qilgan barcha xarajatlari unda o‘z aksini topadi. To‘lov balansning asosiy moddalari joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operatsiyalar hisoblanadi hamda ular makroiqtisodiy modellarda ham qo‘llaniladi.
To‘lov balansning asosiy moddalari bir-birlari bilan o‘zaro bog’langan, ya’ni birinchisining taqchilligi kapitalning sof oqib kelishi bilan moliyalashtiriladi. Bu ikki bo‘lim aslida bir-birlarini baravarlashtirib turishi lozim, ammo haqiqatda doimo taqchillik yoki ortiqchalik hollari mavjud. Mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy valyuta rezervlari yordamida to‘lov balansni tartibga soladi, ya’ni uning qoldig'ini nolga keltiradi.
To‘lov balansi taqchilligi Markaziy bank rasmiy zahiralarini qisqartirish
hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda chet el valyutasi taklifi oshadi. To‘lov balansining ijobiy qoldig’i Markaziy bankning rasmiy valyuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valyuta zaxiralarini to‘ldirish uchun chet el valyutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa iqtisodiyotga, investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o‘sishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |