Tashqi havo harorati
Tashqi to‘siq konstruksiyalarning issiqlik fizik hisoblarini bajarish uchun qurilish joylarining eng sovuq va issiq, havo haroratining davomiyligi, qaytarilishi hisobga olinadi. Issiqlik fizik hisoblar uchun tashqi havo haroratini tanlashda keyingi 50 yil mobaynida metrologik stansiyalarda qayd qilingan 8 ta eng sovuq qish faslining o‘rtacha obu-havosi qabul qilinadi. Eng sovuq qish faslida tashqi havo haroratining o‘zgarishi 2.1-rasmda ko‘rsatilgan.
2.1 rasmdan ko‘rinib turibdiki juda sovuq havo harorati qisqa vaqtda kuzatiladi. O‘rtacha eng sovuq sutkalik harorat, o‘rtacha minimal haroratga yaqin bo‘lsa, o‘rtacha eng sovuq besh kunlik harorat esa minimal haroratdan ancha yuqori.
Issiqlik fizik hisoblar uchun tashqi havoning ma’lum kunlarda eng sovuq o‘rtacha harorati, qabul qilinadi. Qabul qilinadigan haroratga quyidagilar kiradi. O‘rtacha eng sovuq sutkalik harorat — tst ; o‘rtacha eng sovuq besh kunlik harorat — t5t ; o‘rtacha eng sovuq uch kunlik harorat — t3t .
1.1-rasm. Eng sovuq qish faslida tashqi havo haroratining o‘zgarishi:
1 – ko‘p yillik o‘rtacha sutkalik harorat; 2 – eng sovuq qish fasli uchun o‘rtacha sutkalik harorat; 3 – hisobiy haroratning o‘zgarishi; t besh kun- eng sovuq besh kunlikning o‘rtacha harorati;
t o‘rtyanv-eng sovuq oyining o‘rtacha harorati; tsutka – eng sovuq sutkaning o‘rtacha harorati; tmin – hisoblangan minimal harorat.
Bu ko‘rsatkichlardan birini qabul qilish uchun tashqi to‘siq konstruksiyaning issiqlik inersiyasini hisoblash kerak. Issiqlik inersiya quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
D = R1S1 + R2S2 + .......... +RnSn ;
Issiqlik inersiyasi to‘qrisida 3-bobda batafsil to‘xtalib o‘tilgan.
Qurilish joylarini tanlash. SHamol yo‘nalishi.
Bino, yashash maskanlari va shaharlarni loyiha qilishda va qurishda qurilish mintaqasi, shamol esishining takrorlanishi va tezligi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, sanoat va qishloq xo‘jalik binolarini loyiha qilishda, tabiatni va yashash massivlarini ekologik himoya qilishda shamol esishi e’tiborga olinadi. Mintaqalarda shamolni jug‘rofiy qutb tomonlaridan esishining takrorlanishi va tezligi meterologik stansiyalarda qayd qilinib boriladi.
SHamol esishining takrorlanishi va tezligini ko‘rsatkichlari ixtiyoriy masshtabda chiziladi. Bu chizma, “SHamol yulduzi” yoki “SHamol yo‘nalishi” deyiladi. SHamol esishining takrorlanishini va tezligini ko‘p yillik kuzatish ko‘rsatkichlari asosida yillik, fasliy va oylik yulduzi chiziladi.
Jug‘rofiy qutb va tomonlardan shamol esishining takrorlanishi va tezligini aniqlash uchun qurilish me’yorlari va qoidalari QMQ 2.01.01-94 Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy ma’lumotlardan foydalanib shamol yo‘nalishi chiziladi.
Samarqand uchun 1.2-rasmda shamol yo‘nalishi (guli) ko‘rsatilgan.
Ko‘rinib turibdiki, shamolning asosiy esish yo‘nalishi Samarqand uchun sharq va janubiy sharq.
1.2.- rasm. Samarqand shahri uchun shamol yo‘nalishi.
2.1.- jadval
Samarqand shahri uchun shamol esishining
takrorlanishi va tezligi
Tomonlar
|
YAnvar
|
Iyul
|
SHamol esish holati
|
SH
|
SH SHq
|
SHq
|
J SHq
|
J
|
JG‘
|
G‘
|
SHG‘
|
SH
|
SH SHq
|
SHq
|
J SHq
|
J
|
JG‘
|
G‘
|
SHG‘
|
SHamol esishi-
ning takror
lanishi,%
|
3
|
3
|
35
|
32
|
2
|
6
|
12
|
7
|
12
|
15
|
38
|
22
|
0
|
1
|
4
|
8
|
SHamol tezligi, m/sek.
|
1,3
|
1,2
|
2,5
|
2,7
|
2,2
|
4,2
|
2,9
|
2
|
2,1
|
2,8
|
2,8
|
2,4
|
-
|
1,4
|
2
|
2
|
Tashqi to‘siq konstruksiyalardan issiqlik miqdorining sarf bo‘lishiga shamolning ham ta’siri bor. Qurilish me’yorlari va qoidalariga asosan shamoldan himoya qilingan binolarning tashqi to‘siq konstruksiyalaridan sarf bo‘ladigan issiqlik miqdorini 5 % va ochiq joyda qurilgan binolarning tashqi to‘siq konstruksiyalaridan sarf bo‘ladigan umumiy issiqlik miqdorini 10 % zi shamol ta’sirida bo‘ladi. Sovuq kish faslida shamol tezligi katta bo‘lsa sarf bo‘ladigan issiqlik miqdori 30 % ga etadi. Amerika qo‘shma shtatlarida shamol ta’sirida sarf bo‘ladigan issiqlik miqdori 30-40 %. Buyuk Britaniyada 15-50 %, Olmoniyada 7-40 % ni tashkil etadi.
Quyidagi jadvalda ba’zi jamoat, yashash va sanoat bino xonalari ichki havosining hisobiy harorati va nisbiy namlikni qiymatlari keltirilgan.
1.2-jadval
№
|
Bino yoki xonalar turi
|
Havo harorati va namligi.
|
Tn , 0S.
|
, %
|
1.
|
YAshash xonalari
|
18-20
|
50-60
|
2.
|
Maktab sinf xonalari
|
20-21
|
50-60
|
3.
|
Davolash muassasalari: operatsiya xonalari
|
22
|
55-60
|
4.
|
Bolalar muassasalari
|
20
|
50-60
|
5.
|
Teatr va klublar
|
16-20
|
45-50
|
6.
|
1 gurux sanoat binolari: mashina ta’mirlash, quyma mexanik ta’mirlash, yog‘ochni qayta ishlash sexi.
|
16
|
50
|
7.
|
2 gurux sanoat binolari: qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqarish sexlari, galvanik sexlar.
|
16-20
|
50-60
|
Do'stlaringiz bilan baham: |