Go’sht pepton agari
Sovuq go’sht pepton buloniga 1,5-2% agar qo’shib, uni bo’ktirish maqsadida 5-10 minut shu holda qo’yiladi, so’ngra suv hammomida agar erib bo’lguncha qizdiriladi. Shu tariqa tayyorlangan go’sht pepton agari probirkalarga quyilib, avtoklavda 1200 da 30 minut sterillanadi. Agar-agar muhitining suyulish harorati 1000 atrofida, qotish harorati esa 40-450.
Kartoshkali oziqa muhiti.
400 gramm kartoshka ustiga 1litr vodoprovod suvidan solib 15 minut qaynatiladi. qaynatma filtr qog’oz yoki paxta bilan filtrlab olinadi va probirka hamda kolbalarga solinadi. Avtoklavda 1 atm. bosimda 30 minut sterillanadi. Kartoshka suviga 20 gramm agar qo’shib zich oziqa muhit tayyorlanadi. Oziqani qaynatib, rN aniqlab, belgilanadi. Avtoklavda 1 atm. bosimda 30 minut sterillanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |