1-amaliy mashg’ulot. Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja



Download 413,5 Kb.
bet10/13
Sana31.12.2021
Hajmi413,5 Kb.
#216356
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1 amaliy mashgulot Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish

2. Foydalanilishiga ko‘ra - umumharbiy, maxsus, fuqarolar uchun mo‘ljallangan va sanoatda qo‘llaniladigan himoya vositalariga bo‘linadi.

3. Vazifasiga ko‘ra - nafas olish organlarini himoyalovchi, terini himoyalovchi, shaxsiy tibbiy va zararsizlantirish vositalariga bo‘linadi.

Nafas olish organlarini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalariga protivogazlar (gazniqoblar), resperatorlar, matoli niqoblar va paxta-dokali bog‘lagichlar kiradi.

Protivogazlar nafas olish organlarini, yuz va ko‘zni har xil zaharli ta’sirlardan saqlashga mo‘ljalangan. Protivogazlar filtrlovchi va izolyasiyalovchi turlarga bo‘linadi.

Filtrlovchi protivogazlarga GP-4, GP-5, GP-5M, GP-7, GP-7V; bolalar uchun mo‘ljallangan PDF-D, PDF-SH, PDF-2D, PDF-2Sh; chaqaloqlar uchun himoya kameralari KZD-4, KZD-6 kiradi.

Izolyasiyalovchi protivogazlarga IP-4, IP-6, IP-46, KIP-5, KIP-7, KIP-8 va boshqalar kiradi.

GP-5 protivogazi komplekti shlem-niqob, filtrlovchi-yutuvchi quticha va sumkadan iborat. Protivogaz komplektiga qo‘shimcha sifatida oynaning ichki tomoniga qo‘yiladigan, terlatmaydigan plyonkalar solingan metall quticha kiradi.

Protivogaz niqobi tabiiy yoki sun’iy kauchuk asosida olingan rezina materialdan tayyorlanib, unga ko‘rish uchun oynak, nafas olish va nafas chiqarish klapanlari o‘rnatiladi. Filtrlovchi-yutuvchi quticha metalldan ishlangan bo‘lib, uning ichi ikki bo‘linmadan iborat. Qutichaning pastki tomonida chang va tutunga qarshi filtr, yuqori qismida maxsus kimyoviy moddalar bilan ishlov berilgan aktivlashtirilgan ko‘mir qatlami o‘rnatilgan.

Filtr havoni aerozollardan tozalash uchun xizmat qiladi, aktivlashtirilgan ko‘mir kimyoviy neytrallash usuli bilan zaharli moddalarni yutish uchun mo‘ljallangan.

Protivogazlarning o‘lchami 2 xil usulda aniqlanadi:



  • yuzning o‘lchamini aniqlash orqali;

  • dahan bilan qosh suyagi orasidagi masofani o‘lchash orqali.

Birinchi usul bilan protivogazlar 5 xil o‘lchamda ishlab chiqariladi. Kerakli razmerni aniqlash uchun santimetr lentasi bilan bosh o‘lchanadi: aylanasiga engak orqali o‘tib, boshning tepa qismida yana engakka qaytiladi.


O‘lchash natijasi (sm)

Shlem-niqobning kerakli o‘lchami

63 gacha

63,5-65,6

66-68

68,5-70,5



71 dan yuqori

0

1

2



3

4

Ikkinchi usul bilan 3 xil o‘lchamdagi protivogazlar ishlab chiqariladi:

1-o‘lcham 99 – 109 mm gacha;

2-o‘lcham 109 – 119 mm gacha;

3-o‘lcham 119 mm dan katta.

Protivogaz sumkada sharoitga ko‘ra 3 xil holatda olib yurilishi mumkin: "safar", "tayyorgarlik", "jangovar" holatda.

Izolyasiyalovchi protivogazlardan kimyoviy zaharli moddalar konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan va tutun bosgan joylarda qutqarish ishlari olib borilganda foydalaniladi. IP-46 (yoki IP-46M) izolyasiyalovchi protivogazlari quyidagi asosiy qismlardan iborat:

- yuz qismi;

- natriy peroksid to‘ldirilgan regenerativ patron;

- regenerativ patronnish u neonga o‘rnatilgan briket va kislotali ampuladan iborat ishga soluvchi moslama;

- kislorod uchun rezina xalta;

- dyuralyuminiydan ishlangan korkas (g‘ilof);

- sumka.


Natriy peroksidi kimyoviy bog‘langan kislorodni ajratib, ajralib chiqarayotgan havodagi karbonat angidridni va suv bug‘larini yutadi. Atmosferada bug‘uvchi gazlar (masalan, is gazi) bo‘lsa, gopkalipt patronidan foydalanish kerak. Unda is gazi karbonat angidridga aylanadi.

Resperatorlar asosan nafas olish organlarini radioaktiv va mexanik changlaridan himoya qiladi. Hozirgi vaqtda R-2, R-2D, RU-60M va ShB-1 "lepestok" resperatorlari keng qo‘llanilmoqda.

R-2 filtrlovchi yarim niqob 2 ta nafas olish, 1 ta nafas chiqarish klapanlari, burun qisqichi va tasmalari mavjud. U yuzga kiyiladi, engak va burun uning ichida qolishi kerak, tasmalar boshga tortiladi.

ShB-1 resperatori "lepestok" - sintetik filtrlovchi materialdan tayyorlangan bo‘lib, bir marta foydalanish uchun mo‘ljalangan. Uni kiyish uchun resperator paketdan olinib, rezina shnuri kerak bo‘lgan uzunlikda cho‘zib bog‘lanadi, engakdan boshlab yuzga kiyiladi, alyuminiy plastinka qisiladi va tasmalar ensaga bog‘lanadi.

R-2 resperatori 3 xil o‘lchamda ishlab chiqariladi:

1-o‘lcham 99 – 109 mm gacha;

2-o‘lcham 109 – 119 mm gacha;

3-o‘lcham 119 mm dan katta.

Matoli niqoblar nafas organlarini saqlovchi vositalarning asosiylaridan hisoblanib, u radioaktiv va biologik moddalardan himoya qiladi. Lekin bu vosita zaharli moddalardan saqlay olmaydi.

Changga qarshi matoli niqoblar oynali korpusdan va bog‘ichdan iborat. Niqob qalin matodan tayyorlanadi yoki oddiy matodan 4-5 qavat qilib tikiladi, ko‘rish uchun mo‘ljallangan teshiklarga o‘lchovi 5,5x4,5 sm li oyna qo‘yiladi, bog‘ich 35x70 sm qilib tikiladi.

Niqobning cheti peshanaga, chakkaga, yonoqqa va engakka zich yonishib turishi kerak. Buning uchun uning choklariga rezina qo‘yilib tikiladi.



Paxta-dokali bog‘lagich. Buning uchun 100x50 sm li doka olinib, o‘rtasiga eni va bo‘yi 20x30 sm va qalinligi 1-2 sm qilib paxta solinadi, so‘ng u doka bilan o‘raladi. Dokaning uchlarini 35 sm dan kesib bog‘ich ulanadi, bog‘lam engak, og‘iz va burun berkiladigan qilib tikiladi. Bog‘ich uchlari boshning tepa suyagi va ensa ustidan bog‘lanadi.

Nafas a’zolarini himoyalash uchun yuqorida ko‘rsatilgan vositalardan birortasi topilmaganda dastro‘mol, sharf, sochiq va shunga o‘xshash vositalar bilan og‘iz va burunni berkitish kerak.




Download 413,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish