Shaxsiy ximoya vositalari nafas a’zolarini, ko‘z va teri qavatlarini radioaktiv moddalar(RM), zaharli moddalar (ZM), bakteriologik vositalar (BV), va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) ta’siridan saqlaydi.
Shaxsiy himoya vositalari turlari:
1. Himoya xususiyatiga ko‘ra - filtrlovchi va ayiruvchi (izolyasiyalovchi) turlarga bo‘linadi. Filtrlovchi vositalarning himoyalash xususiyati havoni filtrlovchi materiallar orqali o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, unda havo RM, ZM, BV va KTZMdan tozalanadi. Izolyasiyalovchi vositalarning himoyalash xususiyati odam organizmini tashqi muhitdan to‘liq ajratishga qaratilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |