Detallarning egilishi va bukilishi dinamik urilishlar va qiymati keskin o‘zgaruvchan yuklanishlar ta’sirida sodir bo‘lishi murnkin. Bunga misol tariqasida mashina haydovchisining ehtiyotsizligi natijasida oldingi o‘q g‘ildiraklarining biror to‘siqqa urilishi natijasida oldingi to‘sinning egilishini ko‘rsatish mumkin.
Buralish katta miqdorda burovchi moment uzatuvchi detallarda sodir bo‘ladi. Masalan, orqa ko‘prik yarim o‘qlaridagi buralish traktorni botqoqlikdan chiqarish uchun oldinga va orqaga silkinishlar natijasida sodir bo‘ladi. 2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |