1-Amaliy mashg‘ulot Avtotransport vositalarining yonilg‘i moylarini ifloslanishini o‘rganish Ishdan maqsad



Download 1,69 Mb.
bet33/61
Sana31.12.2021
Hajmi1,69 Mb.
#216636
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Bog'liq
ATVDQTM. Amaliy mashg'ulotlari (2)

6-Amaliy mashg‘ulot
Qayta eritib qoplash turlarini tahlil qilish

Ishdan maqsad. Detallarni qayta eritib qoplash turlari bilan tanishish, tahlil qilishni o‘rganish va qulay usulini qo‘llashni o‘rganish.

Nazariy qism. Qattiq metallardan yasalgan detallarni mahalliy eritish yoki plastik deformatsiya natijasida, ularning atomlari orasida hosil bo‘lgan bog‘lanish kuchlaridan foydalanish yo‘li bilan ajralmas birikma hosil qilish jara­yoni qayta eritib qoplash deyiladi. Binobarin, payvandlash aso­san, ikki (o‘rta; material qismlarini erish haroratigacha mahalliy qizdirish yo‘li bi­lan eritib payvandlashga va payvandlanadigan detallarni erish haroratidan past­roq haroratga qizdirib, tashqi kuch ta’siri ostida siqish natijasida payvand choki hosii qilishga (bosim ostida payvandlashga) bo‘linadi. Eritib qoplash payvandlashning bir turi bo‘lib, unda detal yuzasi eri­til­gan metall yoki qotishma bilan qoplanadi.

Ta’mirlash korxonalarida detal­larni ta’mirlashda pay­vandlash­ning qo‘lda bajariladigan va me­xanizatsiyalashgan (avtoma­tik yarim avtomatik) turlari qo‘lla­ni­ladi. Qo‘lda bajari­la­di­gan payvandlashga gaz, elektr, yoki ar­gon yoyi vositasida pay­vandtashlar kiradi. Mexanizatsiyalashgan payvandtash usul­lari flyus qatlami ostida, karboiiat angidrid muhttida, suv bug‘i muhi­tida payvand­lashni, plazma-yoyli, tebranma yoyli va ishqalanish bilan payvand­lashni o‘z ichiga oladi. Ish unumining nisbatan pastligi va payvand sifatining payvandchi ma­la­kasiga uzviy bog‘liqligi, detallarni payvandiash usulida ta’mirlash jarayonini keng Mexanizatsiyalashni taqozo qiladi.

Agar elektrod simini elektr, yoyi hosil bo‘ladigan oraliqqa uzatish, ta’mir­la­na­digan detalni harakatlantirish ham Mexanizatsiyalashgan bo‘lsa, bunday pay­vand­lashni avtomatlashgan payvandlash deyiladi. Yarim avto­matlashgan pay­vand­lashda, odatda, payvandlash jarayoni qisman Mexanizatsiya­lashtiriladi. Bunda elektrod simini elektr yoyi hosil bo‘ladigan oraliqqa uzatishgina Mexanizatsiya­lash­gan bo‘lib, elektr yoyini ta’mirlanayotgan detalga nisbatan yoki, aksincha detalni elektr yoyiga nisbatan harakatlantirish qo‘lda bajariladi.

Payvandlash turlaridan ayrimlarini va ulardan foydalanish sohala­ri­ni ko‘rib chiqamiz,

Gaz yordamida payvandlashda detal qismini va biriktiruvchi materialni eritish uchun yonuvchi gazning texnik kislorod bilan aralashmasi yonishi tu­fay­li ajralib chiqqan issiqlik energiyasi qo‘llaniladi. YOnuvchi gaz sifa­tida Atsetilen, metan, propanlardan foydalanish mumkin. Gaz yordamida pay­vand­lash, asosan, kam uglerodli po‘latlardan yasalgan detallarni, qalin­ligi 2 mm gacha bo‘lgan legir­lan­gan po‘latlarni. cho‘yandan yasalgan detallarni, rangli mlallarni va qattiq qotishmalarni eritib qoplashda qo‘llaniladi.

Elektr yoyi yordamida payvandlashda material qismini eritish uchun yuqori haroratga ega bo‘lgan (7000° gacha), elektr yoyning issiqligidan foydala­ni­ladi. Elektr yoyi vositasida payvandiash po‘latdan, murakkab shaklga ega bo‘lgan cho‘­yan­dan, alyuminiy qotishmalaridan yasalgan detallarni payvandlash va suyuq­lan­tirib qoplashda qo‘llaniladi.

Detallarni flyus ostida avtomatlashgan va yarim avtomatlashgan holda pay­vandiash (eritib qoplash) ilg‘or usullardan hisoblanadi va detallarni ta’mirlash tex­no­logiyasida keng qo‘llaniiadi. Bu turdagi payvandlash flyus qatlami ostida amalga oshiriladi, ya’ni elektr yoyi erigan shlak bilan cheklangan muhitda yonadi, bu esa payvand choklarini havo ta’siridan himoya qiladi. Mazkur usul po‘latdan, rangli metallardan yasalgan detallarni payvandlashda va eritib qoplashda qo‘llaniladi. Flyus qatlami oslida payvandlashning iloji bo‘lmasa yoki uni bajarish juda qimmatga tushsa, payvand chokni havoning ta’stridan himoya qilish uchun argon, karbonat angidrid, suv bug‘i va boshqa gazlar ishlatiladi. Ishlatiladigan gazlarning turi esa ta’mirlanadigan detallarning materialiga bog‘liq. Masalan, argon ga­zi muhitida payvandiash rangli metallarni, karbonat angidrid gazi muhi­ti­da payvandlash va eritib qoplash uglerodli va yupqa po‘lat listlardan yasalgan detal­larni, suv bug‘i muhitida payvandiash po‘lat va cho‘yan detallarni ta’mir­lashda qo‘llaniladi.

Plazma-yoy vositasida payvandiash (eritib qoplash) elektr yoyi plaz­ma­si­ning issiqligidan foydalanishga asoslangan. Bu usul, asosan, qattiq qotish­ma­lardan yasalgan detallarni ta’mirlashda ishlatiladi.

Tebranma yoy vostiasida suyuqlantirib qoplash, flyus va himoya gazlari yordamida av­tomatik eritib qoplashning bir turi hisoblanadi. Bunday eritib qopiash usuli elek­trod yordamida sekundiga 50...110 tebranish chastotasida amalga oshiriladi. Bu usul uglerodli va kam uglerodli po‘lat va cho‘yanlarni suyultirib qoplashda qo‘llaniladi.

Kontaktli payvandlash detaldan elektr toki o‘tkazilganda uning elek­trod bilan tutashuv sohasida issiqlik ajralib chiqishi hisobiga amalga oshi­ri­ladi. Bu usuldan yupqa dvorli va rangli metallardan yasalgan detal­lar­ni payvandlashda foydalaniladi.

Ishqalanish nalijasida payvandlashda detallaming payvandlanadigan sirt­la­ri­ni bir-biriga ishqalash natijasida hosil bo‘lgan issiqiikdan foy­da­la­niladi. Pay­vand­lash­ning bu turi po‘lat va rangli metallardan yasalgan ster­jentarni payvandiash uchun qo‘llaniladi.


Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish