Karbonat angdrid gazi muhitida eritib qoplash rejimlari
Ta’mirlanadigan detal diametri mm
|
Tok kuchi A
|
Elektr yoyi kuchlanishi V
|
Suyuqlantirib qoplash tezligi m/soat
|
10...20
|
70...95
|
18...19
|
20...60
|
20...30
|
90...120
|
18...19
|
30...60
|
30...40
|
110...140
|
18...19
|
40...60
|
9.2-jadval
Detallarni turi va ishlash sharoitiga qarab payvandlash turini tanlash jadvali.
Detal nomi
|
eyilganlik miqdori
|
Tiklash usuli
|
Taqsimlash vali
|
2 mm
|
|
Rama qismi
|
4 mm
|
|
Silindr gilzasi
|
0,2 mm
|
|
Hisobot shakli va mazmuni
1.Ishning nomi va maqsadi.
2.Payvandlashning elektr yoyi sxemasini tahlil qilib yozib chiqish.
3.Keltirilgan detallarni tiklash usulini tahlil qilib jadvalga yozish.
Sinov savollari
1. Elektr payvandlashda tok kuchining miqdori qancha bo‘ladi?
2. Elektr payvandlashda tok kuchlanishining miqdori qancha bo‘ladi?
3. Karbonat angidrid gazi muhitida payvandlashni tushuntirib bering.
4.Elektr payvand yoyi anod sohasida harorat qanday bo‘ladi?
5. Elektr payvand yoyi katod sohasida harorat qanday bo‘ladi?
10-Amaliy mashg‘ulot
Detallarni kavsharlab qayta tiklash texnologiyasini o‘rganish
Mashg‘ulotning maqsadi: Detallarni kavsharlash turlari va unda qo‘llaniladigan flyuslar turlarini o‘rganib tahlil qilish.
Nazariy kism. Eritilgan oraliq metall yoki uning qotishmasi yordamida metall jismlarni ajralmas brikmasini hosil qilish jarayoniga kavsharlash deb ataladi. Erib turib, sovish jarayonida qattiqlashib, jismlar o‘zaro mustahkam bog‘lanadi. Oraliq metall (yoki qotishma), to‘ldirgich (pripoy) deb atalib, payvandlanayotgan metalga nisbatan, past haroratda erishi talab qilinadi. Ishlatish vazifasiga qarab to‘ldirgichlar quyidagicha guruxlarga bo‘linadi: juda tez eriydigan, tez eriydigan, o‘rtacha eriydigan, sekin eriydigan va juda sekin eriydigan. Ularning bunday ajratilishi ularning erish haroratidan kelib chiqqandir. Shuning uchun juda tez eriydigan erish harorati 145o S gacha, tez eriydigan to‘ldirgichlarniki – 145…450o S orasida, o‘rtacha eriydiganlarniki – 450…1100o S orasida, sekin eriydigan to‘ldirgichlarniki – 1100…1850o S orasida va juda sekin eriydiganlari – 1850o S haroratdan yuqori bo‘ladi.
To‘ldirgichlarga qo‘yiladigan asosiy texnologik talablar quyidagilardir: yuqori suyuqlanib oqishi, briktiriladigan yuzalarga yaxshi yopishishi, ishlov berilayotgan yuzada engil oqishi, asosiy metalga nisbatan erish harorati pastligi, hosil bo‘ladigan chokning etarli darajada mustahkamlmgi va plastiklagi, zanglashga qarshi bardoshliligi va to‘ldirgichning issiqlikdan kengayish koeffitsienti asosiy metal issiqliknan chiziqli kenegayishi koeffisientiga yaqinligi.
To‘ldirgichlarni umuman ikki guruhga ajratish mumkin – yumshoq (erish harorati 450o S gacha) va qattiq (erish harorati 450o S dan yuqori).
Birinchi guruhga yengil eriydigan, qo‘rg‘oshin, qalay, vismut, kadmiy, surma va boshqalar asosidagi to‘ldirgichlar bo‘lib, ular boshqa metal yuziga yaxshi xo‘llanishi, yuqori plastikligi va mo‘rtlanishning yo‘qligi bilan harakterlanadi. Asosiysi kavsharlash jarayonida to‘ldirgichlar oddiy elektr eritgich (payalnik) yordamida eritilib, amalga oshiriladi. Birinchi guruhdagi to‘ldirgichlar yuqori bo‘lmagan haroratda va yuqori bo‘lmagan urilish kuchlanishlarida ishlaydigan detallarni kavsharlashda ishlatiladi. Yumshoq to‘ldirgichlarni shuningdek, qalay-qo‘rg‘oshinli deyilib, uning tarkibida asosan qalay, qo‘rg‘oshin va ozroq surma bo‘ladi. Tarkibida surma bor - yo‘qligiga qarab; surmali – POSSu 10-2, POSSu 15-5, POSSu 25-2 va boshqalar, kam surmali – POSSu 30-0,5, POSSu 40…0,5 va boshqalar, hamda surmasiz - POS10, POS18, POS40, POS50, POS61 i POS90 to‘ldirgichlar kiradi. Harflar so‘nggidagi raqamlar to‘ldirgich tarkibidagi qalayning o‘rtacha miqdorini foiz xisobida, chiziqchadan keyingi son esa surmaning foiz miqdorini bildiradi.
POS18 to‘ldirgich oddiy holatlarda qo‘llansa, POS30, POS40 – esa ma’suliyatli brikmalarni, ya’ni yuqori ishonchlilik va zichlilik, POS61, POS50 – esa ishlatish davrida oksidlanmaydigan ma’sul brikmalarni kavsharlashda foydalaniladi. Bu to‘ldirgichlarning mustahkamlik chegarasi 28…32 MPa/m 2 teng bo‘ladi.
Ikkinchi guruxga, ya’ni qiyin eriydigan to‘ldirgichlarda xam yuqorigidek bo‘lib, uning erish harorati asosiy metallnikidan 50…75 o S ga farq qiladi. Po‘latlarni kavsharlashda, yuqori haroratga chidaydigan va mustahkam yopishish xususiyatiga zga bo‘lgan, mis va uning qotishmalari, kumush va uning qotishmalari, nikel asosidagi qotishmalar va boshqalar to‘ldirgich sifatida qo‘llaniladi. Mis (M1, M2 rusumida) va mis-ruxli (LK-62-0,5, PMS36, PMS48 va PMS54 rusumida) qattiq to‘ldirgichlar sim yoki prutok ko‘rinishda bo‘lib, undagi dastlabki son rux miqdorini, qolgani rux bo‘ladi. PMS54 misli, bronzali va po‘lat buyular kavsharlanib, bukuvchi va uriluchi yuklamalari yo‘q bo‘lgan brikmalarga qo‘llaniladi. PMS48 – erish harorati 900o S dan yuqori bo‘lgan, uriluvchi, tebranuvchi va bukuvchi yuklanishlari bo‘lmagan mis qotishmalarini kavsharlashda ishlatiladi, PMS36 – latunlarni kavsharlashda qo‘llaniladi. Bu to‘ldirgichlarni tortilishga mustahkamlik chegarasi 210…250MPa/m2.
Kumush to‘ldirgichlar esa yengil eriydigan va standart guruhlarga bo‘linadi. engil eriydigan kumush to‘ldirgichlarni erish harorati 183…324o S bo‘lib, uning tarkibi kumushning qalay va qo‘rg‘oshin birikmalari bo‘lsa, ba’zi holatlarda surma va kadmiy qo‘shiladi. Ularning quyidagicha rusumlari bor; PSr 2,5, PSr 3-97, PSr 10-90 va boshqalar bo‘lib, tarkibidagi kumush miqdori 10% ( harflardan keyingi birinchi son) dan kam bo‘ladi. Bunday to‘ldirgichlar simlar va boshqa elektrotexnik birikmalarni kavsharlashda qo‘llaniladi.
Standart to‘ldirgichlarga (erish harorati 500…822 o S) asosan kumush, mis va rux qotishmasi kiradi. Shuningdek ozroq miqdorda qalay kadmiy fosfor va marganets bo‘lishi ruxsat etiladi. Standart to‘ldirgiyalar po‘lat, mis va ularning qotishmalarida tayyorlangan ma’sul detallarni kavsharlashda ishlatilinadi. Na’muna sifatida to‘ldirgichlarning PSr10, PSr12M, PSr25, PSr45, PSr65 va PSr70 rusumlarini ko‘rsatish mumkin. Rusumdagi raqam kumush miqdorini bildiradi. Bunday to‘ldirgichlar yuqori fiziko-ximik xususiyatlari bilan harakterlidir.
10.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |