1-Amaliy mashg‘ulot Avtotransport vositalarining yonilg‘i moylarini ifloslanishini o‘rganish Ishdan maqsad



Download 1,69 Mb.
bet50/61
Sana31.12.2021
Hajmi1,69 Mb.
#216636
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
Bog'liq
ATVDQTM. Amaliy mashg'ulotlari (2)

Elektrod qoplamalar. Metall suyuqlanganda havo kislorodi bilan birikishi uning oksidlanishiga va legirlovchi elementlarning (uglerod, marganets, kremniy va b.) kuyib ketishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, suyuqlangan metallga havodan azot singib, uning plastikligi pasayishi va mustahkamlik chegarasi ortish manbayiga aylanadi. Mazkur salbiy hodisalardan himoyalash maqsadida, payvandlash va suyuqlantirib qoplashda elektrod qoplamasi yoki flyuslardan foyda­laniladi. Qoplamasiz metall elektrodlar bilan pay­vandlashda yoyning barqaror yonmasligi va yoy vannasining tashqi muhitdan muhofaza etilmasligi sababli chok sifatli bo‘lmaydi. Shu sababli chokning sifa­tini oshirish maqsadida elektrod simlar sirtidan maxsus, tarkibli qoplama bilan qoplanadi. Elektrod qop­lamalari yoyning barqarorligini ta’minlab, suyuqlangan yoy van­naga atrof-muhitdan kislorod va azot­ning o‘tishidan himoya etadi va uni zarur elementlar bilan legirlaydi.

Qoplamalar yupqa yoki qalin bo‘lishi mumkin. Yupqa qoplama­larning qalinligi 0,1−0,3 mm bo‘lib, asosiy vazifasi yoyning bar­qa­ror­ligini ta’minlash hisoblanadi. Ular atomlari engil ionlash­adigan moddalardan–granit, dala shpati, xromit, potash, kaliy seli­trasi, mar­mar va bo‘rdan tashkil topadi.

Mas’uliyatli choklarni payvandlashda qalin qoplamali elektrod­larni qo‘llash tavsiya etiladi. Bunday qoplamalarning qalinligi 0,7 mm dan 2,5 mm gacha bo‘lishi mumkin.

Qalin qoplamalar yoyning barqarorligini ta’minlaydi, yoy va uning vannasini tashqi muhitdan muhofaza etib, suyuq metallni oksidlan­masdan sekinroq sovushini ta’minlab uning yuzasida mu­ho­fazalovchi shlak qatlamini hosil etadi va vujudga kelgan chok tarkibidagi qotishmaning sifatini yanada yaxshilash uchun xizmat qiladi:

Qoplama turiga qarab elektrodlar quyidagi xillarga bo‘linadi:

A – tarkibida temir, marganets, kremniy va ba’zan, titan oksidlari bo‘lgan kislotali qoplamalar. Chok qotishmasining oksidlanishi, zichligi yuqoriligi bilan farq qiladi va o‘zgarmas hamda o‘zgaruvchan toklarda (to‘g‘ri va teskari qutbli) payvandlashga imkon beradi;

B – asos sifatida tarkibida kalsiy ftor (dala shpati) va kalsiy karbonat (mramor, bo‘r) bo‘lgan asosli qoplama. Asosli qoplamali elektrodlar bilan payvandlash teskari qutbli o‘zgarmas tok bilan bajariladi. Chok qotishmasi kristallanish va sovuq darzlar hosil bo‘lishiga kamroq moyil bo‘lganligi sababli bunday qoplamali elektrodlar bilan qalin po‘latlarni payvandlashda foydalaniladi;

S – selluloza qoplamali elektrodlar, bularning asosiy kompo­nen­t­lari yoyni tashqi gazdan muhofaza qiladi va yupqa shlak hosil qiladi. Sel­luloza qoplamali elektrodlardan, odatda, yupqa po‘latlarni pay­vandlashda foydalaniladi;

R – rutil qoplamali elektrodlar, ularning asosiy komponenti – rutil (TiO2). SHlak va gaz yordamida muhofaza qilish uchun bu turdagi qoplamaga tegishli mineral va organik komponentlar, jarayonning unumdorligini oshirish uchun esa ba’zan temir kukini qo‘shiladi. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda payvandlana­yotganda metallning sachrashi juda kam miqdorda ro‘y beradi. YOy­ning barqarorligi yuqori, chokning shakllanishi hamma fazoviy sharoitlarda yaxshi;

P – qolgan barcha turdagi qoplamalar. Aralash turdagi qopla­ma­lar­da tegishlicha qo‘shaloq shartli belgilardan foydalaniladi.

Payvandlash yoki eritib qoplash sharoitida fazoviy vaziyatlarga qarab qo‘llaniladigan elektrodlar turkumiga: 1) hamma vaziyatlar uchun; 2) yuqoridan pastga qaratib vertikal payvandlashdan tashqari ham­ma vaziyatlar uchun; 3) pastki, gorizantal vaziyat va vertikal tekis­likda pastdan yuqoriga qaratib vertikal vaziyatda payvandlash uchun; 4) pastki va pastki «qayiqcha» vaziyat uchun mo‘ljallangan elektrodlar kiradi.



Konstruksion po‘latlarni payvandlash uchun mo‘ljallangan elek­trod­larning shartli belgisida: elektrod markasining belgisi, uning turi, o‘zakning diametri, qoplama turi va davlat standartining tartib raqami ko‘rsatiladi. Masalan
GOST 9466–75
bu erda: E46A – davlat standarti bo‘yicha elektrodning turi (E – yoy bilan payvandlashga mo‘ljallangan elektrod; 46 – kgk/mm2 hisobida chok metallining kafolatlangan minimal mustahkamlik chegarasi – 460 MPa; A – chok qotishmasining yuqori plastik xossalari kafolatlangan); UONI–13/45 – elektrod markasi; 3,0 – diametri; U – uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni payvandlash uchun; U – qalin qoplama; 2 – qoplamaning sifati, 2 guruh; E – elektrod; 432 (5) – davlat standarti bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkich bo‘lib, eritib yopishtirilgan va chok metallining xususiyatlarini ko‘rsatadi; 43 – cho‘zilishga vaqtinchalik qarshilik ko‘rsatish, 430 MPa; 2 – nisbiy uzayish, kamida 22%; 5 – zarbiy qovushqoqlik, kamida 34% J/sm2 (–40oS da); B – asos qop­la­mali; 1 – hamma fazoviy vaziyatlarda payvandlash uchun; 0 – tes­kari qutbli o‘zgarmas tokda.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish