1-Amaliy mashg‘ulot Avtotransport vositalarining yonilg‘i moylarini ifloslanishini o‘rganish Ishdan maqsad


Elektrod va uning qoplamasi, qoplamaga qo‘yilgan talablarni o‘rganish



Download 1,69 Mb.
bet49/61
Sana31.12.2021
Hajmi1,69 Mb.
#216636
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Bog'liq
ATVDQTM. Amaliy mashg'ulotlari (2)

Elektrod va uning qoplamasi, qoplamaga qo‘yilgan talablarni o‘rganish
Ishdan maqsad. Dastaki elektr yoyli payvandlashda qo‘l­lanila­di­gan elektrodlar va ularning qoplamalarining turlari, bu qop­lamalarga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish.

Nazariy qism. Elektrodlar payvandlashda suyuqlanmaydigan materiallar – grafit, ko‘mir hamda volframdan va suyuqlanuvchi materiallar – kam uglerodli po‘lat, cho‘yan, rang­li me­tal­­­lar va ularning qotishmalaridan sim sterjenlar ko‘ri­nishida tay­yor­lanadi. Suyuqlanadigan elektrodlarning kimyoviy tarkibi payvand­lanadigan metall tarkibiga yaqin bo‘lib, unda zararli qo‘shimcha­larning miqdori imkon boricha kam bo‘lishi va suyuq­lanish harorati aso­­­siy metalning suyuqlanish haroratiga yaqin bo‘lishi lozim.

Dastaki usulda payvandlashda ishlatiladigan po‘lat elektrodlar maxsus payvandlash simlaridan tayyorlanib, ularning diametri 1–12 mm oralig‘ida, uzunligi 350–450 mm bo‘ladi. Simlarning diame­tri 1–4 mm bo‘lsa, elektrod uzunligi 350 mm, 4 mm dan ko‘p bo‘lsa, 450 mm qilib tayyorlanadi.

YArim avtomat va avtomat payvandlashda qo‘llaniladigan elek­trod simlar o‘ram ko‘rinishida bo‘ladi. Payvandlash elektrod­lari­ning qanday metalldan tayyorlanganligi payvandlanadigan metal­lning turiga va kimyoviy tarkibiga bog‘liq holda bo‘lishi lozim. Hozirgi kunda elektrod uchun ishlatiladigan po‘lat simlar uch toi­faga bo‘linadi:

1.Tarkibida 0,12% gacha uglerod bo‘lgan, kam uglerodli va o‘rtacha uglerodli, shunindek, ba’zi kam legirlangan po‘latlarni payvandlashga mo‘ljallangan uglerodli: Sv–08, Sv–08A, Sv–12GA, Sv– 10A, Sv–10G va shu kabi simlar.

2.Tegishli markalardagi kam legirlangan po‘latlarni payvand­lashda ishlatiladigan: Sv–08GS, Sv–08G2S, Sv–12GS, Sv–18XMA, Sv–10X5M, Sv–20XGS va shu kabi simlar.

3.Maxsus po‘latlarni payvandlash uchun mo‘ljallangan ko‘p legirlangan: Sv–06X14, Sv–07X19N9, Sv–07X25N20 va shu ka­bi simlar.

Bunday belgilashda Sv – payvandlash (svarochnыy) simi, birinchi raqam simning tarkibidagi uglerod miqdorining yuzdan bir ulushini, keyingi harflar va ulardan so‘ng turgan sonlar simning tarkibidagi legirlovchi elemenlarning foiz miqdorini bildiradi. Bunday simlar faqat elektrod o‘zaklar uchungina qo‘llanilmasdan, balki flus ostida avtomat, yarim avtomat himoya gaz muhitida va gaz alangasi bilan payvandlashda ham chokbop payvandlovchi sim sifatida foyda­lani­ladi.

Xuddi shunday elektrod o‘zaklar sifatida: cho‘yanlarni payvand­lashda M1, M2, M3 rusumdagi mis simlar; alumin qotishmalarini payvandlashda AK, AD, AM rusumidagi alumin simlar qo‘l­lani­ladi.




Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish