2.Korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va modellari Testlar
Korporativ nazorat mexanizmi, qarorlar qabul qilish tartibi, amaldagi moliya tizimi bilan bevosita bog‘liq holda kompaniya ichki boshqaruviga kapital bozorining ta’siri, korporativ qonunchilik, aholining iqtisodiy taraqqiyot natijasida shakllangan iqtisodiy xulq-atvor me’yorlarini yaxlit tarzda qamrab olgan tushuncha qaysi javobda keltirilgan?
korporativ boshqaruv modeli;
korporativ nazorat modeli;
moliya bozori modeli;
iqtisodiy taraqqiyot modeli.
Aksiyadorlik jamiyatining muhim ishtirokchilari, muhim ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmi, model bo‘yicha aksiyalarga egalik qilish tarkibi, moliyaviy resurs jalb qilish imkoniyati, direktorlar kengashi tarkibi, qonunchilik doirasi, axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha talablar, aksiyadorlar ma’qullashi talab etiladigan korporativ xatti-harakatlar:
korporativ boshqaruv modelining asosiy belgilari yoki elementlari;
korporativ boshqaruv modellaridagi o‘zaro keskin farqli jihatlar;
korporatsiyalar rivojlanish evolyutsiyasida yuzaga kelgan amaliyotlar;
kompaniyalarda amal qilish va e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar.
Jahon amaliyotida korporativ boshqaruvning tan olingan bazaviy modellari qaysi javobda berilgan?
anglo-amerika modeli, nemis modeli, yapon modeli, oilaga tayangan modeli;
xitoy modeli, britan modeli, o‘zaro hamkorlik modeli;
o‘zaro hamkorlik va agentlik modeli, italyan modeli, bozor modeli;
bozor modeli, xitoy modeli, koreys modeli.
Axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha eng qat’iy talab qaysi modelda kuzatiladi?
anglo-amerika;
oila;
yapon va nemis;
xitoy;
Anglo-amerika modelida korporatsiyalarni moliyalashtirishning eng asosiy manbasi qaysi institut hisoblanadi?
fond bozori;
sug‘urta kompaniyalari;
tijorat banklari;
lizing kompaniyalari
Korporativ boshqaruvning anglo-amerika modeliga xos xususiyat keltirilgan javobni belgilang.
aksiyadorlik kapitali tarqoqligi;
banklarning faolligi;
institutsional investorlar ulushi keskin yuqoriligi;
kapitalning nazorat paketi oila a’zolariga tegishli ekanligi.
Qaysi modelda kompaniya ishchi-xodimlari va kasaba uyushma a’zolarining Kuzatuv kengashida ishtirok etishi majburiy etib belgilangan?
nemis;
anglo-amerika;
oila;
yapon.
Qaysi model keyretsu modeli deb ham ataladi?
yapon;
xitoy;
nemis;
anglo-amerika.
Qaysi davlatda ham Germaniyadagi singari banklar yirik aksiyadorlar hisoblanadi va ularga moliyalashtirishning muhim manbasi sifatida qaraladi?
Yaponiyada;
AQShda;
Buyuk Britaniyada;
O‘zbekistonda.
O‘zaro kapital almashinuvi (qarama-qarshi tarzda aksiyalarga egalik qilish) orqali korporativ boshqaruv tashkil etish amaliyoti qaysi modelda nisbatan ko‘proq kuzatiladi?
yapon modelida;
bir pog‘onali umum tanolingan tamoyillarga asoslangan modelda;
kontinental modelda
11. Biznesning asosiy maqsadi oila manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan, minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish esa past darajadaligi kuzatiladigan korporativ boshqaruv modelini ko‘rsating.
oila modelida
oila modeli;
anglo-amerika modeli;
o‘zbek modeli;
yapon modeli.
12. Korporativ boshqaruvning qaysi modelida boshqaruv piramida shaklida amalga oshiriladi?
oila modelida;
tarmoq modelida;
nemis modelida;
yapon modeli.
13.Kengash azolari o’rtacha necha nafar bo’ladi?
a) 12 ta
b) 13 ta
c) 14 ta
d) 15 ta
14.Korporatsiya yaxlit faoliyati bo’yicha javobarlik aynan kimlarga yuklanadi?
a) direktorlar kengashiga
b) ishchilarga
c) xizmatchilarga
d) aksiyani sotganlarga
15.Direktorlar kengashi necha tipda qo’mitalar tashkil etilgan?
a)2ta
b)3ta
c)4ta
d)tashkil etilmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |