1-amaliy: KORPORATIV BOSHQARUVNING NAZARIY ASOSLARI Testlar
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv organlari to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang.
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi, ijroiya organi;
ichki audit xizmati, moliyaviy masalalar bo‘yicha direktor, xodimlar bo‘limi;
tashqi auditorlik tashkiloti, konsalting tashkiloti, bosh hisobchi;
yurist-maslahatchi, korporativ konsultant, sanoq komissiyasi;
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi vakolati hisoblanmaydigan masalalar berilgan javobni belgilang;
to‘lanadigan dividend miqdori bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, joriy faoliyatni boshqarish, qimmatli qog‘ozlarni fond bozorida joylashtirish;
to‘lanadigan dividend miqdorini tasdiqlash, ustavni tasdiqlash, kuzatuv kengashi a’zolarini saylash, ustav kapitalini oshirish;
taftish komissiyasini saylash, ijroiya organi a’zolari bilan mehnat shartnomasini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilish, ustav kapitalini kamaytirish;
kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatini muddatidan oldin tugatish, korporativ boshqaruv kodeksini tasdiqlash.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishning kuzatuv kengashiga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan vakolatlari keltirilgan javobni belgilang.
aksiyalarni joylashtirish narxini belgilash, ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash, yillik biznes rejani tasdiqlash;
ustavga o‘zgartirishlar kiritish, taftish komissiyasi xulosalarini eshitish, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash;
korporativ boshqaruv kodeksini, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlar miqdori bo‘yicha qaror qabul qilish, ichki hujjatlarni tasdiqlash.
Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga umumiy rahbarlikni qaysi korporativ boshqaruv organi amalga oshiradi?
kuzatuv kengashi;
taftish komissiyasi;
minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi;
bosh hisobchi va moliyaviy masalalar bo‘yicha direktor.
Qanday holatda kuzatuv kengashining vazifalari ustav asosida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi zimmasiga yuklatilishi mumkin?
ovoz beruvchi aksiyalar egasi bo‘lgan aksiyadorlarning soni o‘ttiz kishidan kam bo‘lgan holatda;
barcha aksiyadorlar ovoz beruvchi aksiyalar egalari hisoblanganda;
qonunchilikda bunday holat mavjud emas, kuzatuv kengashi tashkil etilishi shart;
ustav kapitalining sakson foizi imtiyozli aksiyalar hisobiga shakllantirilganda.
Kuzatuv kengashi a’zolariga to‘lanadigan haq miqdori kim tomonidan belgilanadi?
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi;
ijroiya organi rahbari;
bosh hisobchi;
imtiyozli aksiyalar egalari.
Qaysi javobda kuzatuv kengashi vakolatlari noto‘g‘ri keltirilgan?
to‘lanadigan dividendlar miqdori bo‘yicha qaror qabul qilish, taftish komissiyasini saylash, ustavga o‘zgartirish kiritish;
aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlarini chaqirish; aksiyadorlik jamiyati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibini tayyorlash, aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasini belgilash, korporativ maslahatchini tayinlash;
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash, ichki audit xizmatini tashkil etish, dividend miqdori bo‘yicha tavsiyalar berish;
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kuzatuv kengashiga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan vakolatlari qanday tartibda o‘tkaziladi?
ustavda belgilash yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolatlari kuzatuv kengashiga o‘tkazilishi mumkin emas;
ijroiya organi qarori asosida kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda;
kuzatuv kengashi tashkil etilmagan holatda umumiy yig‘ilish qarori bilan.
Aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashining son tarkibi qaysi hujjat asosida belgilanadi?
ustavda;
“Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi nizomda;
aksiyadorlar bilan ishlash bo‘limi nizomda;
“Ijroiya organi to‘g‘risida”gi nizomda.
Aksiyadorlar soni besh yuzdan ortiq bo‘lganda kuzatuv kengashining son tarkibi nechtadan kam bo‘lishi mumkin emas? Aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq bo‘lganda-chi?
mos ravishda etti va to‘qqiz a’zodan;
mos ravishda sakkiz va o‘n a’zodan;
mos ravishda besh va o‘n a’zodan;
qonunchilikda faqatgina toq sonda bo‘lishi belgilangan.
Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a’zolari saylovi qanday tartibda ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
kumulyativ;
oddiy;
malakali ko‘pchilik;
qayta ovoz berish.
Aksiyadorlik jamiyatining kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish vakolati jamiyatning ustavi asosida kim tomonidan amalga oshiriladi?
direktor yoki jamiyat boshqaruvi
kuzatuv kengashi;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi;
bosh hisobchi va xodimlar bo‘limi boshlig‘i.
13.Past qiymatda investitsiyalar jalb qilish aksiyadorlarda to’lanadigan dividentlarni maksimallashtirish kompaniyaning bozordagi ulushi va kapitallashuv darajasini oshirib borishi bu.....
a)korporativ boshqaruvning asosiy vazifasi
b)korporativ boshqaruv tarifi
c)korporativ boshqaruv sebekti
d)korporativ boshqaruv ishtirokchilari
14.Korporativ boshqaruv obektiga nimalar kiradi?
a)korporativ munosabatlar va korporativ mulklar
b)korporativ shaxslar ishtirokchilar
c)kuzatuv kengashi
d)kapitalchilar
15.Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqargan holda maxsus boshqaruvchi joriy moliyaviy xo’jalik faoliyatini boshqarishni kimga yuklaydi?
a)menejerlarga shartnoma asosida
b)aksiyadorlarga
c) kuzatuv kengashi
d)ishtirokchilar
Do'stlaringiz bilan baham: |