1. Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari


-savol: "Saddi iskandariy" dostoni kompozitsiyasi (muqaddima, asosiy qism, xotima, asosiy qism kompozitsiyasining o`ziga xosligi, 4 qism, bo’limlar, hikoyat



Download 2,2 Mb.
bet54/93
Sana23.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#841031
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   93
Bog'liq
barcha javob (1)

256-savol: "Saddi iskandariy" dostoni kompozitsiyasi (muqaddima, asosiy qism, xotima, asosiy qism kompozitsiyasining o`ziga xosligi, 4 qism, bo’limlar, hikoyat)
Javob: Akad. B.Valixo‘jayevning ta’kidlashlaricha,«Saddi Iskandariy» 1484-yilning ikkinchi yarmida (taxminan noyabr oylarida) yozib tugatilgan. Bu holni Alisher Navoiyning shaxsiy kotiblaridan biri bo‘lmish Abduljamil kotibning yaxlit "Xamsa"ni 1484-yilda ko‘chirgan va hozirda O‘z RFA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga saqlanayotgan nusxasi ham tasdiqlaydi. Bunga ilova tarzida shuni ham eslatish joizki, Abdurahmon Jomiy o‘zining "Xiradnomai Iskandariy" dostonini 1484-yilning 28-dekabrida yozib tugatgan edi. Ayni ana shu dostondan Alisher Navoiy "Xamsa"siga Abdurahmon Jomiy tomonidan berilgan yuksak baho o‘rin olgan:
"Saddi Iskandariy" Navoiy «Xamsa»si tarkibidagi hajman eng katta doston bo‘lib, 89 bob 7215 bayt (14430 misra)dan iborat. Doston an’anaga muvofiq aruzning mutaqoribi musammani mahzuf yoki maqsur (fa’uvlun fa’uvlun fa’uvlun fa’ul yoki fa’uvl) vaznida bitilgan.«Muhokamat ul-lu g‘atayn» asaridagi e’tirofga ko‘ra ushbu dostonning yozilishida Abdurahmon Jomiy «Xiradnomai Iskandariy» dostonining ta’siri mavjudBiroq mazkur ikki doston deyarli bir vaqtda yozilganligi tufayli, yuqoridagi ma’lumotni bevosita emas, bilvosita tushunish lozim b o‘ladi. Ya'ni «Xiradnoma»ning o‘zi emas, Hazrat Jomiyning o‘ta muhim maslahatlari Navoiyga turtki bergan.Oldingi dostonlarda bo‘lgani kabi «Saddi Iskandariy» dostoni boblarini ham uch qismga ajratishimiz mumkin: muqaddima, asosiy qism va xotima boblari. Dostonning muqaddima boblari:
Hamd 103
Munojot 60
Na’t (madhiya) 56
Na’t (me’roj) 122
«Xamsa»ni mukammal qilish haqida 74
So‘z ta’rifida, Nizomiy va Amir Xusrav tavsifi 105
Abdurahmon Jomiy haqida 44
Inoyat quyoshi fasfida 159
Shohi G‘oziy (Husayn Boyqaro) madhi 82
Sulton Badiuzzamon madhi 40
Jami 10 bob 845
Dostonning asosiy qismi ya’ni bevosita mavzu bilan bog‘liq qismining o‘zi ham muqaddima asos va xotimaga bo‘linadi. Muqaddimada Ajam sultonlarining to‘rt tabaqasi (XI-XIV boblar) hamda Iskandar sujetining annotatsiyasi (XV bob) beriladi. Iskandar sarguzashtlari bilan aloqador bo‘lgan asosiy qism 16-80-boblarni o‘z ichiga oladi\
Xotima boblari yetti hakimning Iskandar onasiga nasihatlari (81-bob), qo‘li kesilgan kishi haqida hikoyat (82-bob) hamda ikki hamdardning bir-biriga ulfat bo‘lishi haqida (83-bob)dir.Dostonning xotima qismi olti bobni o‘z ichiga oladi.
Xotima boblari
Muzaffar mirzo madhi va unga nasihat va duo (84-85-boblar) 38,110
Gadoyi kamsarmoya haqida hikoyat (86-bob) 12
Aytguvchiga emas aytilganga ko‘ngil berish haqida (87-bob) 30
Darveshaliga nasihat (88-bob) 32
Xotima (89-bob) 267
Jami 489


257-savol: Iskandar haqidagi syujet tarixi haqida qisqacha ma`lumot bering (tarixiy va diniy manbalar, Arrian, Kalisfen, Tabariy, Bal’amiy, Firdavsiy, Nizomiy, “Shohnoma”, “Iskandarnoma”, tarixiy shaxs va badiiy timsol).
Javob: Dastlab Iskandar mavzusi Firdavsiyning “ Shohnoma” dostonida qalamga olingan. Keyin - roq Nizomiy Ganjaviy u haqda maxsus “ Iskandarnoma” degan doston yozadi. Xusrav Dehlaviy bu dostonga javob tarzida “ Oyinayi Iskandariy” asarini yozgan bo'lsa, Abdurahmon Jomiy o ‘z dostonini “Xiradnomayi Iskandariy” deb ataydi. Alisher Navoiy esa bu mavzuni turkiy tilda qayta ishlab, o ‘z asariga “ Saddi Iskandariy” (“ Iskandar devori” ) deb nom beradi.Tarixiy Iskandar(Aleksandr makedonskiy)-eramizdan oldingi IV asrda yashagan mashhur fotih sarkarda va quruqlik va suv shohi.Yevropada asosan Plutarix va Arrian Flaviy asarlari yordamida tarixda muhrlangan mazkur shaxs haqida sharqdagi mualliflar Abu Hanifa Ahmad ad-Dinovariyning “Axbor at-tavil”,Tabariyning “Tarixi rusul val-muluk”(payg’ambarlar va shohlar tarixi),Bal’amiyning “Tarixi Tabariy”hamda “Nizom ut tavorix”asarlarida ma’lumot berilgan.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish