258-savol: “Sab’ayi sayyor” dostoni xotimasi, shoirning Bahrom bilan g’oyibona uchrashuvi (Bahrom nutqini tavsiflash
Javob: Navoiy dostonning o ‘ ttizinchi bobida tush ko‘ rganligini aytadi. Tushida shoirni shdft Bahrom yo‘qlab, uni nazm mulkida sohibqiron deb atab, yozgan dostoniga yuqori baho beradi va farzandi qatorida sanalmish Sulton Husayn Boyqaroni ogohlantirishini iltimos qiladi hamda unga quyidagi so'zlarni yetkazishni aytadi:
K i jahon kimsaga vafo qilmas,
Shohlig‘ tarkiga kiro qilmas.
Shahki, ming yil oning hayotidur,
G'araz - o'lganda yaxshi otidur.
259-savol: “Sab’ayi sayyor” dostonida Xorazmlik musofir hikoyati tahlili (oq, yeti, Dilorom, asosiy sujetga ulash).
Javob: Juma uchun uning homiysi Zuhra (Venera) rangiga mos oq qasr barpo qilingan edi. Muborak juma (odina) kunida Bahrom oppoq - kofuriy kiyimda oq qasr ichida fil suyagidan yasalgan taxt ustida o‘ tirib, oq kiyimli go‘ zal bilan billur jomda oq may ichadi va Chin go'zali qoshida xorazmlik musofirning hikoyasini tinglaydi. Musofir o ‘ zining Xorazmdan ekanligini, soz chalishini, iqlimdagi barcha ustozlar uning shogirdlari ekanligini, kutilmaganda bir chinlik savdogarning go‘ zal kanizagi Xorazmga kelgach, uning ishi kasodga uchraganini, kanizak huzuriga borib arz qilganini, uning sozini tinglab, tarixi bilan qiziqqanini va kanizak unga boshidan o ‘ tganlarni so‘ zlab ber- ganini aytadi. Shoh Bahrom aytilganlardan bu kanizak Dilorom ekanligini bilib, Diloromni olib kelish uchun Xorazmga sipohlarini jo ‘natadi.
260-savol: "Sab`ayi sayyor" dostonidagi "Muqbil va Mudbir" hikoyati tahlili (qasr, iqlim, rang, hafta kuni, sayyoh timsoli, hikoyatning qisqacha mazmuni, asosiy timsollar, g’oya va tarbiyaviy ahamiyati).
Javob: Payshanba kuni shu kun homiysi Mushtariy (Yupiter) rangiga mos sandal qasrda shoh Bahrom Muqbil va Mudbir haqidagi qissani tinglaydi. Unga ko‘ ra, Muqbil va Mudbir Boxtar degan joydan Xovarga yo‘ l oladilar. Muqbil ibodatli, rostgo‘y bo‘ lib, Mudbir kazzob va pastkash edi. Ular qaynoq vodiyi hamimdan birga o'tadilar. Mudbirning axmoqona gaplaridan Muqbil ko‘p ozor chekib, undan voz kechmoqchi bo‘lsa, Mudbir unga yolvorib, tavba qiladi. Ular shu tariqa safarda davom etadilar. Dengiz sohiliga borib, bir kemaga chiqadilar. Muqbil odatdagidek ibodat qilib, tasbih o‘girib o ‘tirsa, Mudbir Xudoga shirk keltirib, valdiray boshlaydi. Shunda to‘ fon boshlanib, ularning kemasini g ‘ arq qiladi. Bu ikkisi taqdir taqozosi bilan qutulib, qirg‘ oqqa chiqib, o ‘rmonga duch keladilar. Shu yerdagi bir daraxt kovagida buloq bo‘ lib, uning suvini ichgan odam mutlaqo ochiqmaligi, suvsamasligi, lekin yolg'on gapirsa, yorilib o‘ lishi haqida yozilgan bo‘ ladi. Muqbil va Mudbir bu suvdan to‘yib ichib, yozuvni o ‘qisalar, buloq suvida boshi bilan sho‘ ng‘ ib cho‘milgan odam g ‘aroyib voqealarni ko'rishi aytilgan ekan. Faqat rostgo'y odam cho‘ milishi mumkin, yolg‘onchi esakuyar ekan. Natijada, suvga Mudbir tusholmaydi, Muqbil buloqqa sho‘ ng‘ ib, bir qasrga duch keladi, u yerda bir mahvashga oshiq bo‘lib qoladi... 0 ‘ ziga kelib, suvdan chiqqanida esa oshiq bo'lgan go‘ zal ishqida o ‘ zini yo'qotib bexud bo‘ ladi. Muqbil va Mudbir qirg‘oqda bir kemaga duch keladilar. Bu kema sandal daraxti yog‘ochi bilan to‘ la bo‘lib, odamlari o‘ lib yotardilar. Gap shundaki, Xovar mamlakati shohining qizi kasalga chalingan bo‘ lib, tabiblar unga sandal daraxtidan yasalgan qasrda yashashni tavsiya qilganlari uchun ko‘ plab savdogarlar shu daraxt yog'ochlarini olib kelayotganlarida, dengizda po'rtanaga tushib, chiqolmay, ochdan o ‘lgan edilar. Ular qirg‘ oqqa borganlarida, Xovar shohiga duch keladilar. Mudbir o‘ zini savdogar, kema egasi, Muqbilni qulim, deb tanishtiradi va shu zahoti yorilib o ‘ladi. Muqbil esa bor gapni yashirmay aytib beradi. Shoh uni o ‘ziga kuyov qilishni xohlab, to‘y boshlaydi. Malikaning qasriga borgan Muqbil xuddi buloqda ko‘ rgan holatiga duch keladi: sandal qasr, go‘ zal qizlar va... o‘ sha u sevib qolgan mahvash. Keyin ma’ lum bo‘ ladiki, bu go‘ zal Xovar shohining qizi bo‘ lib, unga jinlar shohi oshiq bo‘lgan ekan. Lekin qizga yetisholmagan jinlar shohi o‘ sha oroldagi daraxt kovagida qizning suvratini, uning qasrining nusxasini paydo qilib, o‘ zini ovutib o ‘tirarkan. Muqbil shunga duch kelgan ekan. Shu tariqa Xovar shohining go‘ zal qizi va rostgo‘y Muqbil vaslga erishadilar. Hikoya yakunlangach, xushnud bo‘ lgan shoh Bahrom uyquga ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |