1. Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari


Mustaqillik davri navoiyshunosligi (mafkura, tasavvuf, 20 tomlik, N.Komilov, I.Haqqulov, B.Valixo’jayev)



Download 2,2 Mb.
bet88/93
Sana23.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#841031
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
barcha javob (1)

Mustaqillik davri navoiyshunosligi (mafkura, tasavvuf, 20 tomlik, N.Komilov, I.Haqqulov, B.Valixo’jayev).
1991-yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, navoiyshunoslikda ham yangi davr boshlandi. Chunki bu davrda milliy istiqlol g’oyasi talablari asosida xalq va mamlakat tarixi, qadriyatlari, boy ilmiy-adabiy merosiga xolisona va ilmiy asosda baho berish, uni ilk va ishonchli manba’larga tayanilgan holda o’rganishga keng yo’l ochildi. Bu esa Alisher Navoiy hayoti, faoliyati va merosini chuqur o’rganish va yoritishga yangi ufqlarni ochib berdi. Shuning natijasida Alisher Navoiyning yigirma tomlik mukammal asarlar to’plamining nashri amalga oshirilmoqda, ilgari nashr qilinmagan «Munojot», «Siroj ul muslimin», «Badoye’ ul-bidoya», «Navodir un-nihoya» asarlari bosilib chiqdi. Shu yillarda Alisher Navoiy merosining kam o’rganilgan qirralari (masalan, tasavvuf muammolari) keng tekshirilib, bu sohada anchagina ilmiy va ilmiy-ommabop asarlar yaratildiki, bunda adabiyotshunoslardan N.Komilov, I.Haqqulov, R.Vohidov, S.Olimov, N.Jumayev, S.G’aniyeva, M.Muhiddinov, Sh.Sirojiddinov, D.Salohiy va boshqalarning munosib hissalari bor.Mustaqillik davrida Toshkent va Navoiy shaharlarida Alisher Navoiyga bag’ishlangan muhtasham yodgorliklar maydonga keldi. Hozirgi kunda – Alisher Navoiy hayoti va xususan, ko’pqirrali merosini o’rganishda shoir va nosirning badiiy mahorati, badiiyati olamining ko’lam va mohiyatini kashf etish, ularni keng kitobxonlarga tushinarli tarzda sharh va talqin qilish hamda istiqlol ma’naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini belgilash asosiy yo’nalish bo`lib qolmoqda.1999-yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zMU madaniyot saroyida atoqli olmon adibi, davlat arbobi, qomusiy ilm sohibi Yohann Volfgang Gyote tavalludining 250 yilligiga bag`ishlab “Gyote va Navoiy” mavzuida tadbir o`tkaziladi.Mustaqillikka erishilgach, Alisher Navoiy lirikasida yangi ufq ochildi desak mubolag`a bo`lmaydi. Chunki tasavvufiy, diniy g`azallari, ruboiylari to`g`ri talqin etila boshlandi.Navoiyshunoslikda yana shunday an’ana paydo bo`ldiki, shoir ijodiyotidan fikr yurituvchi, muammoli sahifalarini ochishga xizmat qiluvchi turli navoiyshunoslarning maqolalari to`planib, kitob holida nashr etila boshlandi. Jumladan, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyotida chop etilgan “Navoiyga armug`on” deb nomlangan majmua uch marta nashr etildi. Unda Navoiy lirikasiga doir turli qorong`u masalalarni oydinlashtiruvchi maqolalar o`z aksini topgan. “Navoiy va ijod saboqlari” to`plami ham navoiyshunos olimlarning Navoiy ijodidan, xususan, lirikasidan qilgan tadqiqotlari natijasida yuzaga kelgan. Bulardan tashqari Navoiy lirikasi bo`yicha har-xil jurnal va to`plamlarda navoiyshunos olimlarning g`azal, ruboiy, tuyuq kabi janrlari tadqiqi ham ko`plab uchramoqda. Masalan, «Qaro ko`zim», «Kelmadi», «18 ming olam», «Oraz.» g`azallari, «Fido», «G`urbat.», «Ey umri aziz» kabi ruboiylari adabiyotshunoslikda ko`pgina bahslarga sabab bo`lgan, har-xil navoiyshunoslar o`z nuqtai nazaridan fikr bildirganlar. Bu kabi maqolalar bir tomondan navoiyshunos olimlarning Navoiy ijodiyotiga munosabati, shoir merosi ustida katta qiziqish va muhabbat bilan ilmiy-tekshirish ishlarini olib borganlarini ko`rsatsa, ikkinchi tomondan bu merosning, xazinaning benihoyat kengligi, uning yechilmagan, lekin hal etilishi zarur va foydali bo`lgan masalalari ham ko`p ekanligidan dalolat beradi.XX asr o`zbek matnshunosligi, navoiyshunosligi va mumtoz adabiyotimiz matnlari, nashr ishlarini Suyima G`aniyeva nomi va faoliyatisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Zehn-u zakovati yuksak bu olimamizning ishlari faqat mamlakatamizda emas, balki Rossiya, Turkiya, Eron, Tojikiston, Ozarbayjon kabi xorijiy o`lkalarda ham yaxshi ma’lum.Suyima G`aniyevada haqiqiy olim – o`tkir didli, tolmas tadqiqotchi uchun zarur bo`lgan deyarli barcha fazilat va xususiyatlar mavjud desak, aslo mubolag`a bo`lmaydi. U, avvalo, til biladi. Fors va rus tillarida havas qilarli tarzda o`qib, yoza oladi. Buning eng e’tiborli dalili «Kalila va Dimna» ning o`zbek tiliga o`girilishi, Alisher Navoiyning rus tilidagi o`n jildlik asarlar to`plamida «Majolis un-nafois», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlarining Suyima G`anieva tarjimasida chop ettirilganidir.Suyima G`aniyevaning alohida e’tibor va tahsinga loyiq xizmati – bu Alisher Navoiy asarlarini nashrga tayyorlashi hisoblanadi. Olima «Majolis un-nafois»ning ilmiy-tanqidiy matnini chop ettirgach, «Navoiy dastxati» kitobini o`quvchilar hukmiga havola etdi. Alisher Navoiy mukammal asarlar to`plami (20 tomlik)da u «Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub», «Munshaot», «Vaqfiya», «Hamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Nazm ul-javoxir», «Muhokamat ul-lug`atayn» kabi asarlarni izoh va tarjimalar bilan nashrga tayyorlanganki, bu olimaning zahmatkashligi, shijoati va fidoiyligining daxlsiz isbotidir.Keyingi yillardagi mashhur nashrlardan Alisher Navoiy 20 tomligining bir necha jildi Suyima G`anievaning mashaqqatli mehnati tufayli yuzaga kelgan. Olimaning Navoiy merosi yuzasidan olib borgan ko`p yillik izlanishlari natijasi bo`lmish «Navoiy nasri nafosati», «Navoiy yodga olgan asarlar», Navoiyning «Xamsat ul-mutaxayyirin» asari (tabdil matn, izoh, tarjima va so`zboshi bilan) nashrlar matnshunoslar uchun qo`llanmalar sifatida tan olindi.Suyima G`anieva hozirgi kunda ham Navoiy ijodi, mumtoz adabiyot, adabiy manbashunoslik, tarjimashunoslik bilan bog`liq bir qator fanlardan talabalarga saboq berib kelmoqda. Mustaqillik yillari ta’lim sohasidagi barcha o`zgarishlarga munosabatini hozirjavoblik bilan bildira olgan murabbiy sifatida, «Navoiy asarlari matnshunosligi», «Balog`at ilmi», «Insho san’ati», «G`arb va Sharq adabiy aloqalari», «Qo`lyozmalar nashri» kabi o`quv

216



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish