1. Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari



Download 2,2 Mb.
bet2/93
Sana23.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#841031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
barcha javob (1)

.MAJOLIS UN-NAFOIS" ("Nafislar majlislari") — Alisher Navoiy tazkirasi (1490—91; 1497—98 yilda qayta ishlangan). Turkiy tazkirachilikning ilk namunasi. Asarda 15-asrda Xuroson va qoʻshni mamlakatlarda yashagan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa maʼlumotlar berilgan. Maʼlumotlar yillar, geografik oʻrinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib joylashtirilgan. 8 kiyem — "majlis"dan iborat. 1—2majlislarda muallifning salaflari — tazkira yozilayotgan vaqtda hayot boʻlmagan shoirlar, 3majlisda oʻziga zamondosh shoirlar haqida maʼlumotlar keltirilgan. 5—6 majlislarda Xuroson, Samarqand, Xorazm, Qarshi, Badaxshon, Qazvin, Sova, Kirmon, Sheroz va boshqa joylardan chiqqan kalam axdlari haqida; 7majlisda esa temuriylarga mansub shoirlar haqida fikr yuritilgan. 8 majlis Sulton Husayn Boyqaroga bagʻishlangan.
2. Мумтоз адабиётда janrining poetik takomili (g'azal, tarixi, lug'aviy ma'nosi, poetik xususiyatlari)
G`AZAL (arab. - ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda bo`lish) - 1) Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. G`. atamasi dastlab 6 - 7-a.larda arab she`riyatida paydo bo`lgan. So`ng O`rta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga o`tib, 13- 14-a.larda to`la shakllangan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli G`. namunasi ham uchraydi. Aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matla` yoki mabda`, oxirgisi maqta` deb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham o`zaro qofiyalansa, zebi matla` yoki husni matla` deyiladi. G`.ning paydo bo`lishi va rivojlanishi musiqa san`ati b-n chambarchas bog`liq. Dastlab G`.ga taxallus qo`yilmagan, bu keyinchalik an`anaga aylangan. G`. dastlab ishqiy mavzuda yozilgan bo`lsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mav`iza (pand-nasihat) va hajviy G`.lar yuzaga keldi. G`. tuzilishiga ko`ra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) G`.; yakpora G`.; voqeaband G`.; musalsal G`. Ma`no jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona G`.larga bo`linadi. 15-a.dan G`. o`zbek she`riyatida asosiy va yetakchi janrga aylandi. Alisher Navoiy o`zbek tilida 2600 dan ortiq G`. yaratib, bu janrning g`oyaviy-tematik doirasini kengaytirdi, G`.ni hayotga yaqinlashtirdi, G`.da realistik tamoyillarni kuchaytirdi. Keyinchalik o`zbek she`riyatida Hamza, Cho`lpon, Xurshid, G`afur G`ulom, Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy, Chustiy, Xolis, Vosit Sa`dulla, Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va b. G`.ni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar, shu b-n birga, an`anaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham ko`plab badiiy barkamol G`.lar yaratdilar; 2) musulmon Sharq madaniyatidan keng o`rin olgan mumtoz musiqa janri. Dastlab (mas., Abdulqodir Marog`iy ko`rsatishicha, 14- 15-a.larda) navbat deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida, asosan, fors tilidagi she`rlar b-n ijro etilib, 2 sarxona va bozgo`ydan iborat bo`lgan. So`ngra Navoiy, Kavkabiy, Noiniy, Chishtiy va b.ning asarlarida G`. O`rta Sharq xalqlarida eng sevimli musiqa janrlaridan biri sifatida ta`riflangan. Hozirda, asosan, lirik- falsafiy (jumladan, tasavvufiy) mazmundagi g`azal namunalari, yakkaxon xonanda va cholg`u ansambli tomonidan ijro etiladigan, yirik shakldagi musiqa janri sifatida Pokiston, Shimoliy Hindiston, Bangladesh, Eron, Afg`oniston va ayrim arab mamlakatlarida tarqalgan. Kuylar diapazoni kengligi, ohang va ritmik rivojining murakkabligi b-n ajralib turadi. G`. raga singari kichik cholg`u-vokal muqaddimasi b-n boshlanadi, unda xonanda yuqori pardalarda ijro etiladigan aylanma tuzilmalar, glissando (sirg`anuvchi ohanglar) va b. uslublardan foydalanib, asarning asosiy tovushqatori, shuningdek, badiiy o`ziga xosligini namoyon etadi. Cholg`u ansambli tarkibida sitor, sarangi, bansuri nay, tanpura, fisgarmoniya va tabla (yoki faqat sisgarmoniya va tabla) cholg`ulari qo`llanadi. 20-a.da G`.ning zamonaviy shakllari rivoj topib, ular konsert dasturlari, kino musiqasida keng ijro etilmoqda.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish