1. Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari



Download 2,2 Mb.
bet4/93
Sana23.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#841031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
barcha javob (1)

6. Мумтоз поэтикаda muammo janri
Muammo (arab. — koʻr, koʻr qilingan) — oʻzbek mumtoz adabiyotida sheʼriy janr; poetik sanʼat turi. Unda biror soʻz, ism (yoki bosh harflari), sana va boshqa yashirib beriladi. Koʻpincha 1 bayt, baʼzan 2 baytdan iborat boʻlib, unda biror soʻz yoxud fikr soʻz oʻyini asosida yashiringan boʻladi. Agar sheʼriy bayt boshdan oxir shu asosga qurilgan va tugallangan boʻlsa, M. deyiladi. Shunchaki baytlar orasida kelsa, sheʼriy vosita, poetik sanʼat deb qaraladi. M.ni tuzish (yaratish) va ochish (yechish)ning bir necha usullari mavjud. Koʻpincha undagi biror soʻz ochqich vazifasini oʻtaydi. Arab tili grammatikasi qoidalari, arab alifbosi harflarining shakliy ramzlari, abjad hisobi va boshqalarni bilish M. uchun zarur. Oʻzbek mumtoz adabiyotida M.chilik zexn va idrokni tarbiya qilish maktabi hisoblangan. Shoirning mahorati M.ni yecha olish qobiliyatiga qarab belgilangan.
Dastlab Sharafiddin Ali Yazdiy ("Hulali mutarraz dar fanni muammo va lugʻz" — "Muammo va lugʻz fani toʻgʻrisida bezatilgan ipak kiyimlar"), soʻng Abdurahmon Jomiy ("Risolai muammoi kabir" — "Muammo haqida katta risola"; "Risolai muammoi sagʻir"— "Muammo haqida kichik risola"), Alisher Navoiy ("Risolai mufradot") va boshqa M. yozish qoidalari xaqida asarlar yozganlar. Navoiyning 500 ga yaqin, Boburning 600 ga yaqin M.lari yetib kelgan.




8.Mustazod (ar. “orttirilgan”, “ziyoda qilingan”) - har bir misrasidan so'ng
yana yarim misra orttiriluvchi she’r shakli. Bunda orttirilayotgan yarim
misra tarkiban asosiy misraning birinchi va to'rtinchi ruknlariga teng bo'ladi.
Mustazod uchun g'azal asos - zamin vazifasini o'taydi. Ikkala janming
qofiyalanish tizimi, baytlar soni, matla’ va maqta’, taxallusning mavjudligi
bu fikrni isbotlaydi. Lekin g'azal aruz tizimining barcha bahrlarida yaratilgani
holda mustazod faqat hazaj bahrining hazaji musammani axrabi makfufi
mahzufi mustazod (ruknlari va taqti’i: mafulu mafoiylu mafoiylu fauvlun
maf ulu fauvlun— V /V— V /V— V /V— /— V/V — ) vaznida yoziladi.
Turkiy adabiyotda mustazodning ilk namunalari Hofiz Xorazmiy va
Gadoiy ijodida uchraydi. Hofiz Xorazmiy devonida har biri 7 baytdan iborat
ikki mustazod, Gadoiy devonida esa besh baytli bir mustazod mavjud.
Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida mustazod janriga alohida
ta’rif berib, uning ohangi surud nag'amoti (kuy ohangi)ga mos kelishini
aytadi: "...xalq orasida bir surud borekandurkim, hazaji musammani axrabi
makfufi mahzuf vaznida anga bayt boshlab bitib, aning misraidin so'ngra
hamul bahrning ikki rukni bila ado qilib, surud nag'amotig'a rost keltururlar
ermish va ani “mustazod” derlar ermish, andoqkim, mustazod:
Ey husnunga zarroti jahon ichra tajalli.
Maf’uvlu mafoiylu mafoiylu fauvlun.

9.Адабиётшуносликка доир фанлар тизимида мумтоз поэтиканинг ўрни-


Sharq musulmon mumtoz poetikasi dastawal ilmi balog'a (balog'at
ilmi) doirasida vujudga kelgan. "Balog'afning lug'aviy ma’nosi “bulug1 va
vusul”, ya’ni “erishish va yetishish” bo'lib, istiloh sifatida Qur’oni Karim va
hadisi sharif tili bo'lmish arab tilining sir-asrorlarini ochuvchi, uning nozik
va nafis jihatlarini ko'rsatuvchi, balog'ati va fasohatini anglashni o'rgatuvchi
ilm “balog'at ilmi” deyiladi. U ilmi bayon, ilmi maoniy, ilmi badi’lardan iborat.
Aslida ilmi balog'a dastlab ilmi bayon shaklida paydo bo'lgan. Islom olamining
mashhurolimlaridan bo'lgan Fazl ibn Rabiy’ning majlisida yig'ilganlar Qur’oni
Karimdagi "Zaqqum” to'g'risidagi oyatni tushunmaganliklari, undagi zaqqum
daraxtining mevasi va shaytonning boshi haqidagi jumlalarni sharhlashni
so'raganiarida ularga Abu Ubayda javob beradi. U xalq orasida mashhur
bo'lgan yalmog'iz kampirning o'tkir va uchli tishlari haqidagi baytlarni
o'qib, “Ushbu bayt ma’nosini qanday tushunsangiz, oyatning ma’nosi ham
shunday bo'ladi. Chunki oyatdagi o'xshatilmish ham, o'xshatiladigan ham
noma’lum bo'lgan narsalar. Arablar surati xunuk barcha narsalarni shaytonga
o'xshatishni odat qilganliklari uchun oyatda ham shunday o'xshatish kelgan”
degan mazmundagi fikrni aytadi. Shundan so'ng Qur’oni Karimdagi bu
tariqa nozik o'rinlar haqida kitob yozishga ehtiyoj tug'iladi va Abu Ubayda
Ma’mar ibn al-Musanniy al-Basriy tomonidan "Majoz ul-Qur’on” asari (hijriy
ikkinchi asr) vujudga keladi. Bunda tashbih, istiora va kinoya ilmi bayonning
asosiy badiiy vositalari sifatida xizmat qilgan.
jihatdan to’g’ri tuzilgan gapning sharoit taqozosiga mos bo’lhlt
usullarini o’rgatadi. Bu ilm mantiq va obrazlar haqidagi ilm bo'lib, u haqdl
dastlab asar yozgan olim Amr ibn Bahr al-Johizdir. Lining “Al-bayon v≪|
tabyin” va “I’joz ul-Qur’on” asarlarida ilmi ma’oniy haqida fikr yuritiladi
Ushbu ilmda iyjoz (fikrni qisqa va lo'nda ifodalash), itnob (fikrni ko'p so'zlai
vositasida ifodalash) va musawa (so'z va ma’no tengligi) usullari muhim
ahamiyat kasb etadi.
Keyinchalik bu ilmlar qatoriga ilmi badi’ haqidagi ilm ham qo'shilib, undii
badiiy nutq vositalari (badiiy san’atlar) tadqiq qilingan va ilmiy bayon uchun
asos vazifasini o'tagan tashbih, istiora va kinoya san’atlaridan boshqa
barcha san’atlar ushbu ilmning o'rganish ob’ektini tashkil qilgan. Bu ilm
haqida ilk asar yozgan muallif sifatida Abdulloh ibn Mu’tazz nomi keltiriladi.
Ilmi baiog'a dastavval Qur’oni karim oyatlarini sharhlashga ehtiyoj
tufayli paydo bo'lgan bo'lsa, keyinchalik badiiy asarlarni ham shu ilm
asosida tadqiq qilish boshlanadi. Mahmud Zamaxshariy o'zining “Alkashshof”
asariga yozgan muqaddimasida balog’at ilmining ahamiyati
haqida shunday yozadi: "... faqih fatvo ilmida eng mashhuri bo’lsa ham,
mutakallim butun dunyoni o'zining so'z san’ati bilan lol qoldirsa ham,
hofiz Ibn Qirriyadan ham zehnliroq bo'lsa-da, nahvchi Sibavayhidan ham
bilimdon bo'lsa, lug’atshunos har bir so'zni mohirona sharhlasa-da, ularning
barchasi maoniy va bayon ilmlarini bilmay, Qur’on ma’nolarini tushunishga,
haqiqatni bilishga ojiz bo'ladilar”.
XI asrdan boshlab poetika masalalari ilmi adab (adabiy ilmlar) doirasida
ish olib borgan. Mahmud Zamaxshariy o'zining “Aruzi Qistos” asarida
adabiy ilmlarning 12 ta turini keltirib o'tadi. “G'iyos ul-lug'ot” muallifi
Muhammad G'iyosuddin ularga ba’zi o'zgarishlar asosida quyidagi ilmlarni
kiritadi: 1) sarf (morfologiya) ilmi; 2) ishtiqoq ilmi - so'zlar yasalishi qonunqoidalarini
o'rgatuvchi fan; 3) lug'at ilmi (leksikologiya); 4) bayon ilmi; 5)
maoniy ilmi; 6) badi’ ilmi; 7) nahv ilmi (si.ntaksis); 8) qofiya ilmi; 9) aruz ilmi;
10) tanqidchilik ilmi; 11) insho ilmi; 12) kitobat ilmi.
.


Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish