1. Aktsiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan o‘rni



Download 64,28 Kb.
bet3/10
Sana19.07.2022
Hajmi64,28 Kb.
#824860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
moliya aksiz

Aktsiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq ob‘ekti va bazasi. Aktsiz solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning qanday tartibi




1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ilovalari asosida tayyorlandi.
o‘rnatilganligidan qat‘iy nazar aktsizosti tovarlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari, oddiy shirkat aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarganda oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aktsiz solig‘ini to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida korxonalar tushuniladi.
Soliq kodeksining 230-moddasiga ko‘ra quyidagi operatsiyalar aktsiz solig‘i solinadigan ob‘ekt hisoblanadi:

    1. aktsiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: tovarni sotish (jo‘natish);

garov bilan ta‘minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirish;
aktsiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish;
aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;
aktsiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;

    1. aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;

    2. aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;

    3. aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aktsiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish;

    4. ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun topshirish;

    5. aktsiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish.

Tekinga beriladigan aktsizlanadigan mahsulot bo‘yicha quyidagilar soliq solish ob‘ekti bo‘lib hisoblanadi:
-aktsiz solig‘ining qat‘iy stavkalari belgilangan alkogolli mahsulot, tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, vino bo‘yicha -sotilgan mahsulot hajmi natura ifodasida;
-boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo‘yicha soliq to‘lovchida tovarni berish paytida shakllangan narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan, biroq mazkur aktsizlanadigan tovarni ishlab chiqarish bo‘yicha haqiqatda shakllangan xarajatlardan past bo‘lmagan qiymat.
Quyidagi aktsizosti tovarlarga aktsiz solig‘i solinmaydi:

  1. aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;

  2. keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;

  3. tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki avariyalar yuz berganda yordam ko‘rsatish uchun, insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida, shuningdek xayriya maqsadlari uchun aktsiz to‘lanadigan tovarlarni davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilishga;

  4. aktsiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga;

  5. vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.

Aktsizlanadigan tovarlar uchun soliq solish bazasi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • aktsiz solig‘ining qat‘iy stavkalari belgilangan tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, kon’yak, aroq va boshqa alkogolli aroq mahsulotlari, filtrli va filtrsiz sigaretalar, neft mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg‘isi va aviakerosin) bo‘yicha -sotilgan mahsulotning natural ko‘rinishidagi xajmi;

  • aktsiz solig‘i to‘lanadigan boshqa mahsulotlar (zargarlik buyumlari, kumushdan qilingan oshxona buyumlari, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, “GM

Uzbekistan” aktsionerlik jamiyati avtomobillari) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘i hisobga olmagan holda, shartnomaviy narxlar bo‘yicha yuklab jo‘natilgan tovarning qiymatiga foiz hisobida.
Buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyodan mahsulotga aktsiz solig‘ini hisoblash chog‘ida aktsiz solig‘i solinadigan mahsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi:
-aktsiz solig‘ining qat‘iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha tayyor mahsulotning fizik hajmidan kelib chiqib;
-boshqa mahsulotlar bo‘yicha tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan beriladigan xom-ashyo qiymatidan kelib chiqib.


  1. Download 64,28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish