1. Aksiyadorlik jamiyatlarining vujudga kelishi va rivojlanish evolyutsiyasi



Download 33,75 Kb.
bet2/6
Sana09.06.2022
Hajmi33,75 Kb.
#646421
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ochiq aksiyadorlik jamiyati

3.2. Aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari va kamchiliklari
Aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatining rivojlanib borishi mulkdorlar
(aksiyadorlar)ning guruhlanishiga olib keldi. Bunda biznesga boshqa mulkdorlar
aralashuvining oldini olish maqsadida yopiq tarzda aksiyadorlar guruhining amal
qilishi natijasida yopiq aksiyadorlik kompaniyalari shakllandi. Aksiyalar oldi-
sotdisi orqali daromad olish imkoniyatining yuzaga kelishi esa ochiq aksiyadorlik
kompaniyalari faoliyatiga asos bo‘lib xizmat qildi va bunda kompaniyaning o‘zi
ham qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish orqali qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb
qilish imkoniyati tug‘ildi.
Umumiy holda aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin:
Birinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar chiqarish orqali qisqa
muddatda katta miqdorda pul mablag‘lari jalb qilish va bu o‘z navbatida keng
ko‘lamli biznes faoliyatini yuritish imkonini beradi. Bunda ustav kapitali va
aksiyadorlar soni bo‘yicha yuqori chegaralar mavjud emasligi ham cheklanmagan
sonda aksiyadorlar birlashuviga imkon berishini alohida qayd etib o‘tish lozim.
Ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan katta miqdorda kapital jalb
qilinishi o‘z navbatida fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng miqyosda joriy
etish imkonini beradi.
Uchinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari bir birlik mahsulotga xarajatlarni
pasaytirish, xomashyo va materiallarning yirik zahirasiga egalik qilish, qulay
shartlarda (foizlarda) qisqa va uzoq muddatli kreditlar jalb qilish, keng ko‘lamli
difersifikatsiyalangan innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha keng
imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
To‘rtinchidan, bozor ishtirokchilari uchun aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyatining ochiqligi aksiyalar chiqarish bilan birga turli qarz munosabatini
anglatuvchi qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali ham kapital jalb qilish
imkoniyatini taqdim etadi.
Beshinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining mulki to‘liqligicha aksiyadorlar
mulkidan ajratilgan. Aksiyador o‘zi uchun ma’qul risk darajasini o‘zi belgilaydi va
bankrotlik holatida aksiyaga kiritgan kapitalini yo‘qotadi.
Oltinchidan, istalgan aksiyadorning jamiyatdan chiqishi, aksiyadorlik
jamiyati faoliyatining to‘xtatilishiga olib kelmaydi, shuning uchun tadbirkorlik
faoliyatini tashkil etishning boshqa shakllariga nisbatan taqqoslaganda faolit
davomiyligi uzoq hamda chegaralanmagan bo‘ladi.

Ettinchidan, birlashgan kapitalni boshqarish professional asosda amalga


oshiriladi.
Bizga ma’lumki, rivojlangan bozorlarga ega davlatlar kompaniyalar
aksiyadorlik kapitaliga mablag‘lar jalb qilish imkonini beruvchi yuqori darajadagi
ichki investitsion imkoniyatlar va infratuzilmaga ega hisoblanadi. Shunday
bo‘lsada, G‘arbiy Evropada aksariyat xususiy mulkdorlar (xususiy kompaniyalar)
aksiyalarni ochiq joylashtirishga intilmaydilar. Bunga sabab aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyati bilan bog‘liq kamchiliklardir. Umumiy holda aksiyadorlik
jamiyatlarining kamchiliklari sifatida quyidagi jihatlarni keltirish mumkin:
Birinchidan, kapitalning haddan tashqari markazlashuvi aksiyadorlik
jamiyatlarining tarmoq bozorlaridagi iqtisodiy ustunligi kuchayishini keltirib
chiqaradi va ularning monopollashuvi salbiy oqibatlarga olib keladi. Kompaniyalar
tez-tez mayda raqobatchilarni bozordan chiqarish maqsadida bosim o‘tkazishga
intiladi, shuningdek o‘zning bozordagi ustunligini suiiste’mol qiladi. Bu jihat
kichik biznesning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatining ochiqligi va shaffofligi, barcha
moliyaviy hisobotlarni e’lon qilishga majburligi uning raqobatbardoshligini saqlab
qolish uchun sezilarli darajada yuqori kuch talab qiladi.
Uchinchidan, kapitalga egalik qilishning boshqaruvdan ajratilishi mulkdorlar
tomonidan yollanma menejment ustidan samarali nazoratni ta’minlash zarurati
bilan bog‘liq risklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Professional boshqaruv
tez-tez mulkdorlar boyligi va aksiya kursiga ta’sir etuvchi nizolarga olib keladi.
Bosh menejerlarning o‘z boyligini oshirish maqsadida yuqori riskli operatsiyalarni
amalga oshirishi, ba’zida o‘z mansabini suiiste’mol qilishi (masalan, qimmatli
qog‘ozlar bilan bog‘liq firibgarliklar) va boshqa holatlar inqirozli holatlarga olib
keladi.
To‘rtinchidan, mayda va o‘rta darajadagi aksiyadorlar odatda ta’sirli
nazoratni amalga oshirish uchun zarur va etarli darajada axborotga ega bo‘la
olmaydi. Mayda investorlarning manfaatlari qanoatlantirilmasdan qolish holatlari
ko‘p uchrab turadi.
Beshinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarida qaror qabul jarayoni murakkab
hisoblanadi. Strategik masalalar bo‘yicha ijroiya organ direktorlar kengashi va
aksiyadorlarning roziligini olishi lozim, buning uchun esa umumiy yig‘ilish
chaqirish talab etiladi.
Oltinchidan, kompaniya aksiyalarining erkin muomalasi uning boshqa
kompaniyalar tomonidan qo‘shib olinishi yoki uning ustidan nazoratning
almashinuviga imkoniyat yaratadi.
Ettinchidan, ochiq bozorga chiqish katta miqdordagi xarajatlarni talab qiladi.
Aksiyalarni birlamchi ochiq joylashtirish (IPO) to‘g‘risida qaror qabul qilish
vaqtida kompaniya operatsiyani o‘tkazish rejalashtirilayotgan birjaning barcha
listing talablarini o‘rganishi shart.
Sakkizinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarida foydani ikki marta soliqqa tortish
kuzatiladi. Ya’ni hisobot davrida erishilgan foydadan yuridik shaxslar foyda solig‘i
(rivojlangan davlatlarda korporativ soliq) undiriladi. Shuningdek soliqlar

to‘langandan keyingi foyda aksiyadorlar o‘rtasida dividend tarzida taqsimlanganda


ikkinchi marta soliqqa tortiladi. Mazkur jihat jahon amaliyotida aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyatidagi o‘ziga xos kamchilik sifatida tilga olinadi.


Download 33,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish