1. Akkumulyatorlar batareyalarida uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar


Yondirish tizimiga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash



Download 91 Kb.
bet9/12
Sana08.04.2023
Hajmi91 Kb.
#925719
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1474959836 65203

Yondirish tizimiga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash
Yondirish tizimini asosiy nosozliklari dvigatelni qiyin ishga tushirilishi, salt yurishda uni turg`un ishlamasligi, hamma ish tartiblarida notekis ishlashi, dvigatelni quvvatini pasayishi va yonilg`i sarfini ko’payishi bo`lishi mumkin. YUqorida sanab o`tilgan nosozliklarni kelib chiqishiga yondirish tizimini ilgarilanish burchagini buzilishi (yondirishni juda ertaligi va kechikishi), bitta yoki bir nechta tsilindrlarni notekis ishlashi hamda yondirishni to`la uzilishi sabab bo`lishi mumkin.
Yondirishni kechikishi dvigatel quvvatini pasayishiga va qizishiga, ertaligi esa dvigatel quvvatini pasayishiga va taqqilagan ovoz chiqishiga olib keladi. Nosozlikni bartaraf qilish uchun yondirish tizimini ilgarilanish burchagini tekshirish va lozim bo`ganda taqsimlagichni yoki datchik-taqsimlagich korpusini burash yo`li bilan sozlanadi.
Bitta tsilindrni notekis ishlashiga yondirish shamini nosozligi, yondirish shamiga ulangan yuqori kuchlanish uzatmasini ihotasini buzilganligi hamda yondirish shami uchida va taqsimlagich qo’qog`i uyachasida uzatmani yaxshi kontaktda bo`lmasligi sabab bo`ladi.
Bir necha tsilindrlarni notekis ishlashiga yuqori kuchlanish markaziy uzatma ihotasini buzilishi, yondirish g`altagi va taqsimlash qo’qog`i uyachasida uni yomon kontaktda bo`lishi, kondensatorni nosozligi, uzgich kontaktlarini kuyishi, ular orasidagi tirqishni noto`g`riligi yoki ihotani buzilishi natijasida uzgichni harakatlanuvchi kontaktini «massa» ga davriy tutashishi, taqsimlagich qo’qog`i va rotorni darz ketishi sabab bo`ladi. YOndirishni buzilishiga ko’pincha tizimga namlikni tushishi sabab bo`ladi: taqsimlagich qo’qog`iga,yuqori kuchlanish uzatmasiga, yondirish shamlari uchliklariga hamda taqsimlagich kontaktlarini ifloslanishi va kuyishi va kontaktlar orasidagi tirqishni buzilishi.
Taqsimlagich kontaktlari orasidagi tirqish kichik bo`lganda kontaktlarni ajralib turish vaqti kamayadi va birlamchi chulg`am hosil qiladigan magnit maydoni to`la yo`qolishga ulgurmaydi. Tirqish juda katta bo`lganda, kontaktlarni tutshib turi shvaqti kamayadi va birlamchi zanjirdagi tok to`la maksimumgacha tiklanishga ulgurolmaydi. Ikkala holatda ham ikkalamchi chulg`amda kuchlanish kamayadi, ayniqsa, tirsakli val aylanishlar soni oshishi bilan tsilindrlarni notekis ishlashi boshlanadi.
Ifloslangan kontaktlar benzin bilan namlangan toza latta yordamida artiladi, oksidlangan va kuygan kontaktlar egovchalar (nadfil) bilan tozalanadi. Kontaktlarni tozalashda bittasidagi tepalikni olib tashlash, ikkinchisidagi chuqurchanii yengil tekislash lozim. Kontaktlarni tozalashda volfram qatlamini yupqaligini hisobga olib, kontaktlarni xizmat muddatini ko’paytirish maqsadida chuqurchalarni to`la yo`qotish mumkin emas. Kontaktlarni tozalashda qattiq zarralar mavjud qumqog`ozni ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki kontaktlarga tushgan qattiq zarrachalar ishlash jarayonida qattiq uchqunlanishiga va kontaktlarni yeyilishini tezlashishiga olib keladi. Kontaktlarni tozalagandan so`ng ular orasidagi tirqishni sozlash va ilgarilanish burchagini tekshirish lozim.
YOndirishni to`la tugatilishi yuqori va past kuchlanishli zanjirlardagi nosozligi tufayli sodir bo`lishi mumkin. Bunday holatlarda avval past kuchlanishli, so`ng yuqori kuchlanishli zanjirlarni nosozligshi tekshiriladi.
YOndirish tizimini kom’leks diagnostikalashda kopchmas yoki kopchma motor-testorlarni qo`llash bilan amalga oshiriladi.
YOndirish tizimini texnik holatini tekshirish qo`yidagi parametrlarni o`z ichiga oladi: yondirishni ilgarilanish burchaklarini tekshirish va sozlash; past va yuqori kuchlanishli zanjirlarni tekshirish; kondensatorni tekshirish. Kontaktli yondirish tizimli dvigatellarda ilgarilanish burchagini tekshirishdan oldin uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni tekshirish va sozlaash lozim.
Uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni tekshiri va sozlash quyidagicha amalga oshiriladi. Taqsimlagich qo’qog`i yechib olinadi, dasta yordamida tirsakli val kontaktlar to`la ajralguncha aylantirildai va shchup yordamida tirqish o`lchanadi, u 0,35…0,45 mm bo`lishi lozim. Agar tirqish noto`g`ri bo`lsa, VAZ dvigatellarida stopor vinti bo`shatiladi, ‘azga otvertka o`rnatiladi va maydoncha uzgich kontakti bilan siljitiladi. Moskvichlarda qo`zg`almas kontakt plastinasidagi ikkita stopor vinti bo`shatildai va ‘azga o`rnatilgan otvertkani aylantirish bilan tirqish o`rnatiladi, shundan so`ng stopor vintlari qotirildai va taqsimlagich qo’qog`i o`rnatiladi.
YOndirishni ilgarilanish burchagini tekshirish va sozlashstrebosko’ yoki nazorat lampasi yordamida amalga oshiriladi. Strebosko’ yordamida yondirishni ilgarilanish burchagini sozlashda, u klemmasi yordamida avtomobilni akkumulyator batareyasiga va o`tkazuvchi yordamida birinchi tsilindrni yondirish shamiga ulanadi, uning li’’illab yonuvchi lampasi ilashma karteridagi maxsus lyuk orqali maxovikdagi (VAZ-2108), tirsakli valni shkividagi (boshqa avtomobillarda) belgiga yo`naltiriladi. VAZ-2108 avtomobilini salt yurishida maxovikda A kesim shkalani o`rtadagi belgisiga maxovikni aylanishi bo`yicha 1…2 bo`lim yetib kelmasligi lozim. Boshqa avtomobillarda shkivdagi belgi blokdagi ikkinchi belgiga mos kelishi lozim. Belgilarni mos tushishi uchun uzgich-taqsimlagichni qotirish bolti bo`shatilib taqsimlagich korpusi aylantiriladi.
YOndirishni ilgarilanish burchagini nazorat lampasi yordamida qo`yidagicha sozlanadi.

  1. Birinchi tsilindr porshenini siqish takti oxiriga o`rnatiladi. Buning uchun birichi tsilindrdagi yondirish shami olinib o`rniga tiqin tiqiladi va tirsakli val tiqin otilguncha aylantiriladi. SHundan so`ng tirsakli valni asta-sekin yondirishni o`rnatish belgisiga mos kelguncha aylantiriladi.

  2. Taqsimlagich qo’qog`i olinadi va uning rotorini birinchi tsilindrga boruvchi uzatma uchun qo’qoqdagi klemmaga mos kelguncha aylantiriladi, so`ng taqsimlagichni blokdagi uyaga o`rnatiladi.

  3. Rotorni yengil aylantirib taqsimlagich valigini uzatma bilan ilashishiga olib kelinadi va taqsimlagich (datchik-taqsimlagich) korpusi gaykasini (gaykalarini) qo`l bilan qotiriladi.

  4. Taqsimlagichni past kuchlanishli klemmasiga nazorat lampasini yoki lampali maxsus tekshirish qurilmasini datchik-taqsimlagich klemmasiga ulanadi va yondirish ishga tushiriladi.

  5. Taqsimlagich korpusini u yoki bu tomonga burab lampani yonish-yonmaslik lahzasi aniqlanadi va korpus holatini gaykani qotirish bilan o`rnatiladi.

  6. Taqsimlagich qo’qog`iga yondirish hamlaridan kelgan uzatmalarni soat strelkasi bo`yicha tsilindrlarni ishlash tartibiga mos ravishda ulanadi. O`rnatilgan taqsimlagichni yondirish burchagini qo`shimcha sozlashda o`rnatish belgisini siljitish lozim.

YOndirishni ilgarilanish burchagini to`g`riligini amalda harakatlanayotgan avtomobilda tekshiriladi. Buning uchun normal haroratgacha qizdirilgan avtomobilni 50 km/soat tezlik bilan yuqori uzatmada harakatlanayotganda gaz pedaliga birdaniga bosiladi, bunda drossel zaslonkasi ochiladi. Bunda dvigatelda qattiq bo`lmagan va tez so`nuvchi detanatsion taqqillash eshitiladi. Umuman taqqillashni bo`lmasa, yondirishni juda kechikishini, davomli taqqillash esa yondirishni juda ertaligini bildiradi.
past va yuqori kuchlanishli zanjirlarni tekshirish. YOndirish tizimi zanjiridagi elektr jarayonlar to`g`risidagi aniq ma`lumotlarni ostsillografli diagnostik stendlar yordamida olish mumkin. Ostsillogramma yordamida yondirish tizimi elementlarini ishga yaroqliligini yetarlicha oddiy va tez aniqlash mumkin. Buning uchun ostsillografni past (yondirish g`altagini birlamchi chulg`ami klemmasiga) va yuqori (yondirish g`altagini ikkilamchi chulg`ami klemmasiga) kuchlanishli zanjirga ulanadi. YOndirish tizimini namunaviy ostsillogrammasida qo`yidagi xarakterli maydonlarni koprish mumkin.
A-yondirish shamlari elektrodlari orasida yoyni yonish davomiyligi maydoni. Uchqun quvvati (egrilik am’litudasi) va yoyni yonish vaqti (egrilik davomiyligi maydoni) uzgich kontaktlari holatiga va ular orasidagi tirqishga bog`liq;
B-yondirish g`altagi qoldiq energiyasining tarqalish maydoni. Bu maydondagi egri chiziq yondirish g`altagi va kondensatorni tebranuvchi konturi sozligini aniqlaydi;
V-tebranishni tugash momentidan kontaktlarni tutashigacha vaqt maydoni;
G-kontaktlarni tutashgan holati burchagi maydoni.
YOndirish tizimini olingan egrilik shaklini etalonli Bilan solishtirish orqali baholanadi.
YUqori kuchlanishli zanjir sozligini tekshirish uchun (past kuchlanishli zanjir soz bo`lganda) taqsimlagich qo’qog`ini yechib olinadi, tirsakli valni aylantirish bilan uzgich kontaktlari to`la tutashtiriladi va taqsimlagichni markaziy klemmasidan yuqori kuchlanish uzatmasi olinadi. So`ngra yondirish ishlatiladi va uzatma oxirini «massa»dan 4…5 mm masofada ushlab turib uzgich kontaktlari ajratiladi. Uzatma oxirida uchqunni yo`qligi yuqori kuchlanish zanjiri yoki kondensator nosozligini bildiradi. Sababini to`la aniqlash uchun kondensatorni almashtiriladi va tekshirish takrorlanadi, agar uchqun bo`lmasa yondirish g`altagini almashtirish lozim.

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish