Transport vositalarini elektr jihozlariga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi
Reja:
1. Akkumulyatorlar batareyalari. 2. Akkumulyatorlar batareyalarida uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar. 3. Akkumulyatorlar batareyalariga TXK va T ishlari texnologiyasi. 4. Batareyali o`t oldirish tizimida uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar. 5. Elektr jihozlari bo`yicha nazorat-diagnostika, sozlash ishlari texnologiyasi va kerakli jihozlar. 6. Generator, startyor, elektr simlari, nazorat-o`lchov va yoritish asboblarini o`ziga xos nosozlik va buzuqliklari. 7. Generator, startyor, elektr simlari, nazorat-o`lchov va yoritish asboblariga TXK va T ishlari texnologiyasi. Tayanch so`z va iboralar Akkumulyatorlar batareyalari Akkumulyatorlar batareyalarida uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar. Akkumulyatorlar batareyalariga TXK va T ishlari texnologiyasi. Batareyali o`t oldirish tizimida uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar. Elektr jihozlari bo`yicha nazorat-diagnostika, sozlash ishlari texnologiyasi va kerakli jihozlar. Generator, startyor, elektr simlari, nazorat-o`lchov va yoritish asboblarini o`ziga xos nosozlik va buzuqliklari. Generator, startyor, elektr simlari, nazorat-o`lchov va yoritish asboblariga TXK va T ishlari texnologiyasi.
Akkumulyatorlar batareyalariga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash
Akkumulyatorlar batareyalarini nosozliklari. Akkumulyatorlar batareyasini xizmat muddati uni to`g`ri ishlatilganda va o`z vaqtida xizmat koprsatilganda taxminan 3…4 yil yoki avtomobilni 75000…100 000 km bosib o`tgan yo`lini, yillik bosib o`tgan yo`l kichik bo`lganda 6 yilni tashkil qiladi. Elektrolitlarni ifloslanganligi, yuqori haroratli va sathi past elektrolitni ishlatish va saqlash, avtomobilda akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash tartibini buzilishi, yuqori zichlikka ega bo`lgan elektrolitni quyish akkumulyatorlar batareyalarini texnik holatiga katta ta`sir koprsatadi. Sanab o`tilgan sabablar qo`yidagi nosozliklarni keltirib chiqaradi: o`z-o`zidan razryadlanishni oshishi plastinalarda qisqa tutashuv va plastinani sulfatlanishi. Koprsatib o`tilgan nosozliklar batareyani sig`imini kamaytirishga, yuklama ostida EYUK va kuchlanishni pasayishiga olib keladi. Akkumulyatorlar batareyalarini koprsatilgan nosozliklarini asosiy belgilari dvigatelni ishga tushirishda startyor yordamida tirsakli valni aylantirishni sekinlanishi hamda lampalarni xira yonishi va tovushni signalini pasayishi. Bundan tashqari Ekspluatatsiya davrida batareyalarni yupqa shtirlarida va klemmalarida oksidlanish hamda korpusda yorilish paydo bo`ladi. Bu nosozliklar dvigatelni ishga tushirishda startyorni normal ishlashini buzilishiga va batareyadan elektrolit oqib ketishiga sabab bo`ladi.
Akkumulyatorlar batareyasini ishlatishda va saqlashda qo`yidagi sabablarga ko’ra o`z-o`zidan razryadlanishi mumkin: ichki qisqa tutashuv; batareyani tashqi sirtini ifloslanishi; batareyaga quyish uchun distillangan suv o`rniga tarkibida ishqor va tuz bo`lgan odatiy suvni ishlatish; galvanik juftlik hosil qiluvchi metall zarrachalari va boshqa buyumlarni batareya ichiga tushishi. plastinani faol massasida mahalliy toklarni paydo bo`lishi natijasida batareya o`z-o`zidan razryadlanadi. Bu toklar plastinani faol okislangan massasi va panjarasi orasida paydo bo`ladigan EYUK hisobiga paydo bo`ladi. Bundan tashqari uzoq muddat saqlaganda akkumulyatorlar batareyalaridagi elektrolit tinadi va batareyani pastki qismida elektrolit zichligi yuqori qismiga nisbatan ko’payadi. Bu ‘otentsiallar farqini paydo bo`lishiga va plastina sirtida teng toklarni hosil bo`lishiga olib keladi. Xizmat koprsatilmaydigan, to`la zaryadlangan soz akkumulyatorlar batareyasini sutkalik o`z-o`zidan razryadlanishi 0,2…0,3 foizni tashkil qiladi.
Har xil nomlanishdagi plastinalarda qisqa tutashuv alohida akkumulyatorlarda elektrolitni «qaynashi», sig`imini va kuchlanishni pasayishi bilan kuzatiladi. Bu hodisalarni kelib chiqish sabablari se’eratorlarni shikastlanishi, ‘latinalarni tob tashashi va ulardan faol massalarni to`kilib ketishi bo`lishi mumkin. Faol massalarni to`kilib ketishiga avtomobilda batareyani sistematik ravishda razryadlanishi, qotirmasini bo`shashi natijasida uni doimiy tebranib (vibratsiya) turishi sabab bo`ladi. ‘latinalarda qisqa tutashuv bo`lganda, ular almashtiriladi.
plastinalarni sulfatlanishi ularda katta kristalli qo`rg`oshinni oltinguggurtli oksidini plastinalarda oq dog` koprinishida paydo bo`lishi bilan bog`liq. Bunda akkumulyatorlarni elektrik qarshiligi oshadi. Sulfat qo`rg`oshinni yirik kristallari faol massa g`ovaklarini berkitib, zaryadlashda elektrolitni o`tishiga va faol massani shakllanishiga to`sqinlik qiladi. Buning natijasida plastinani faol sirti kichrayadi va batareyani sig`imi kamayadi. plastinalarni sulfatlanishini sabablari shundan iboratki, batareyani zaryadlashda kuchlanish va elektrolit harorati tez oshadi va elektrolit «qaynaydi», elektrolit zichligini oshishi deyarli sezilmaydi. Bundan keyingi razryadlash va startyorni ishlatganda sig`imni kamligidan batareya tez razryadlanadi. Sulfatlanishni kelitirib chiqishini asosiy sababi batareyani EYUK miqdorigacha razryadlanishi, ya`ni 10,5 V dan kam, elektrolit sathini kamayishi natijasida plastinalarni yalang`ochlanishi, razryadlangan akkumulyatorlar batareyalarini uzoq muddat saqlash, elektrolit zichligini juda kattaligi, dvigatelni yurgizishda startyorni ko’p vaqt ishlatish. Kam miqdordagi sulfatlanishni batareyalarni qayta tiklash zaryadi bilan bartaraf qilish mumkin. plastinalar ko’p miqdorda sulfatlanganda va buning natijasida akkumulyatorlar batareyalarini normal Ekspluatatsiya qilish imkoniyati bo`lmaganda ular almashtiriladi.
Musbat shtirlarni oksidlanishi tashqi zanjirda qarshilikni ko’payishiga va hatto tok o`tmasligiga olib keladi. Bu nosozlikni bartaraf qilish uchun uzatmalar klemmalari shtirlardan olinadi, shtirlar va klemmalar metalsimon yaltirashgacha tozalanadi va klemma shtirga o`rnatiladi. SHundan so`ng klemmalar va shtirlartashqi tomonidan VTV-1 texnik vazelini yoki boshqa kislotaga chidamli moy bilan yupqa qatlamda moylanadi.
Korpusdagi darzlardan elektrolitni to`kilishini kuzatish bilan aniqlash mumkin. Uzatmalar klemmalarini qo`’ol ajratib olish natijasida darzlar ko’pincha batareyalarni shitirlari atrofida hamda korpus mexanik shikastlanganda paydo bo`ladi. plastmassali korpusdagi uncha katta bo`lmagan darzni polietilen ‘archasini kavsharlash qurilmasi yordamida berkitiladi. Korpusidagi shikastlanish sezilarli bo`lsa, batareya almashtiriladi. Darzi bor akkumulyatorlar batareyasini majburiy Ekspluatatsiya qilishda shikastlangan batareyaga doimiy elektrolit quyish lozim, distillangan suv quyish mumkin emas.
Quruq zaryadlangan akkumulyatorlar batareyalarini ishchi holatga keltirish uchun qo`yidagi ishlarni bajarish lozim:
-batareyani shamollatish teshiklaridagi germetizatorlar olib tashlanadi;
-kerakli zichlikdagi elektrolit talab etilgan sathgacha quyiladi;
-elektrodlar elektrolitga to`yinguncha batareyalar ikki soat davomida turadi;
-batareyani texnik holati tekshiriladi: elektrolitni zichligi va harorati tekshiriladi;
-lozim bo`lganda batareyani zaryadlash va elektrolit zichligi va sathiga o`zgartirish kiritish bilan uning texnik holatini tekshirish.
Qo`rg`oshinli akkumulyatorlar batareyasida elektrolit sifatida maxsus akkumulyatorli yoki kimyoviy toza CHDA markali oltingugurt kislotasini suvdagi eritmasi ishlatiladi.
quruq zaryadlangan batareyalarga quyish uchun sotuvda mavjud 1,27 yoki 1,28 g/sm3 li elektrolitdan foydalanish mumkin. Lekin elektrolitni o’timal zichligi Ekspluatatsiya sharoitiga bog`liqligini hisobga olib, kerakli zichlikka ega bo`lgan elektrolitni tayyorlash va uni to`g`rilash lozim bo`ladi.
Kislota bilan ishlaganda uni odamni ochiq badaniga tushishi natijasida kuyish ehtimoli borligini hisobga olib elektrolit tayyorlashda qo`yidagi ehtiyot choralarini koprish lozim.
Kislotani distallangan suv bilan aralashtirishda asosiy qoida kerakli miqdordagi distillangan suvga yupqa oqimli kislotani asta-sekin quyiladi, quyish vaqtida plastmassa kaltakcha yoki qoshiq bilan aralashtirib turiladi.