Startyorga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash texnologiyasi
Startyorni nosozliklari. Startyorni asosiy nosozliklari uzatma qotirmasini bo`shab qolishi, cho`tkalar va kollektorni eyilishi va ifloslanishi, uchirgich kontaktlarini oksidlanishi, chulg`amlarni uzilishi va qisqa tutashuvi, erkin yurish muftasi detallarini va shesternya tishlarini eyilishi. Bu nosozliklar statyorni umuman ishlamaslikka, kerakli aylanishlar chastotasiga va quvvatga erisholmaslikka, startyorni ulaganda startyor yakori aylanadi, lekin tirsakli val esa o`rnidan qo`zg`almaslikka, startyorni ishga tushirganda qattiq shovqin chiqishiga olib keladi.
Ulaganda startyor umuman ishlamaydi, tortish relesini xarakterli tovushi (helchok) eshitilmaydi. Sababini aniqlash uchun yoritish chirog`ini va startyorni bir vaqtda ulash lozim. Agar chiroqni yorug`ligi o`zgarmasa, startyorni yordamchi rele zanjirida yoki asosiy ishchi tok zanjirida yomon kontakt yoki uzilish borligini koprsatadi.
Agar chiroqni yorug`ligi juda pasayib ketsa, buning sababi akkumulyatorlar batareyasini zaifligi yoki uning klemmalarida kontaktni buzilishi hamda startyor elektrodvigatelini nosozligi bo`lishi mumkin. Elektr zanjirida kontaktni yomonlashish joyi va uzilishni koprsatilgan elektr zanjirlariga nazorat lampasini ketma-ket ulash bilan aniqlanadi. Lozim bo`lganda akkumulyatorlar batareyasini zaryadlanish darajasini tekshirish lozim. Agar staryorni ishlatganda xarakterli tovush chiqsa, unda tortish relesi sozligini bildiradi.
Startyorni ulaganda tirsakli val juda sekin aylanadi. Buning asosiy sababi akkumulyatorlar batareyasini etarli zaryadlanmaganligi, startyorni ishchi elektr zanjiri kontaktlarini eyilishi va qotirmasini bo`shab ketishi yoki erkin yurish muftasi roliki aylanib ketishidir. Akkumulyatorlar batareyasi soz bo`lganda, nosozliklarni aniqlash va bartaraf qilish uchun startyor echib olinadi.
Startyor ulanganda yakor aylanadi, lekin maxovik aylanmaydi. Buning sababi erkin yurish muftasi nosozligi, mufta o`qini tushib qolishi yoki ‘ishangini sinishi, mufta halqasini yoki bufer prujinalarini sinishidir.
Startyorni ulaganda va ishlatganda uning qotirmasi bo`shab qolishi, tortuvchi rele ushlab turuvchi chulg`amini uzilishi, uzatma shesternyalari tishini va maxovik gardishini sinishi natijasida qattiq shovqin chiqadi.
Dvigatel ishga tushganda qattiq shovqin chiqadi, startyor uzilmaydi. Dvigatelni darov uchirish, akkumulyatorlar batareyasini uzish va startyor qotirmasini tekshirish, lozim bo`lganda uning echib olish va shesternya tishlarini va tortuvchi rele chulg`amini tekshirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |