432. -lik qoʻshimchasi haqidagi quyida keltirilgan hukmlardan nechtasi toʻgʻri?
1) faoliyat-jarayon oti yasaydi; 2) shaxs oti yasaydi; 3) mavhum ot yasaydi; 4) atoqli otni turdosh otga aylantiradi; 5) narsa oti yasaydi.
+ beshtasi
- uchtasi
- toʻrttasi
- ikkitasi
433. Fe’ldan yasalmagan yasama otni aniqlang.
+ toʻkinlik
- chiqindi
- surma
- tilagim
434, Qaysi gapda -lar qoʻshimchasi birlik ma’nosini oʻzgartirmagan?
+ Asablarim charchab ketdi.
- Gullarni narigi bogʻga oʻtkazdik.
- Bolalar stadion tomon yugurishdi.
- Kechalari Bedil gʻazallarini mutolaa qilar ekan.
435. Qaysi javobda faqat asliy sifatlar berilgan?
+ keng, baland, aqlli, badjahl
- shirin, muattar, oilaviy, kuzgi
- chiroyli, goʻzal, devoriy, katta
- toza, oq, xalqaro, kunlik
436. Qaysi qatorda sifat + ot shaklidagi qoʻshma sifatlar berilgan?
+ ochkoʻz, shoʻrtumshuq, balandparvoz
- bodomqovoq, sheryurak, qirqoyoq
- erksevar, devqomat, kamchiqim
- uzunquloq, xushbichim, jigarrang
437. Quyida berilgan gapdagi sifat turkumiga oid soʻzlar sonini aniqlang.
Auditoriyaga qomatli, xushbichim, oʻziga yarashgan kostyum-shim, ustidan yupqa qavilgan beqasam toʻn kiygan, oyogʻida zamonaviy tufli, boʻynida chiroyli galstugi, koʻzida tilla gardishli koʻzoynagi bor, kalta moʻylov qoʻygan, moshrang doʻppili viqor bilan kirib keldi.
+ 9
-10
- 8
-11
438,Qaysi gapda otlashgan sifat qatnashgan?
+ Ahmoqlarning yuragi ogʻzida, donolarning tili yuragidadir
- Maqtanganning uyiga bor, kerilganning toʻyiga bor.
- Birni koʻrib shukr qil, birni koʻrib fikr qil.
- Koʻpi ketib, ozi qoldi.
439. Qaysi javobda bir xil shakldagi qoʻshimchalardan hosil qilingan yasama sifatlar ishtirok etgan?
+ dumaloq, quvnoq, yarqiroq
- iliq, qiliq, silliq
- sotqin, bosqin, joʻshqin
- ochiq, tiniq, quruq
440,. Qaysi qatorda takroriy sifat tarkibi sifatdan iborat emas?
+ Toʻp-toʻp daraxtlar tagʻin lipillab orqada qolib ketdi
- Yirik-yirik tomchilar yer-u koʻkni savalay ketdi.
- Koʻchani shoʻx-shoʻx bolalar toʻldirib oʻtishdi.
- Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlar bilan qirga koʻtarila boshlashdi.
441. Temur baland qadli, uzun boʻyli, tik qomatli, goʻyo u qadimiy pahlavonlar avlodidan boʻlib, keng peshonali, katta boshli, gʻoyatda kuchli va salobatli, qoʻl-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yogʻon, poychalari semiz, sersoqol yoʻgʻon ovozli edi. (Ibn Arabshoh)
Ushbu gapda tub sifat necha oʻrinda qatnashgan?
+ 9
-10
- 8
- 7
442, Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
+ xususiyat, tafsilot
- daromad, sabzovot
- saxovot, zokovat
- halovat, forosat
443,. Qaysi javobda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud?
+ Boshing ko‘kga yetgan bo‘lsa ham, Ustozlar ilmiga quloq sol har dam.
- Og‘ir yukdan zo‘riqqan qo‘llariga biroz dam berdi.
- Yuziga urilgan salqin shabada uni yana ham tetiklashtirdi.
- Boqqaning ikkita echki, O‘shqirganing yer tebratar.
444. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
+ buloqning ko‘zi
- tog‘ cho‘qqisi
- qalin taxta
- shabadaning yugurishi
445. Qaysi javobda ot turkumi doirasida o‘zaro shakldoshlik hosil qila oladigan so‘z berilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |