- bu soʻz tub hisoblanadi
- ot
- ravish
419. Ba’zi paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. Bolalikdagi oʻynoqi damlarni eslab quvnayman. Meni oʻtloqlarda dumalatgan, chang koʻchalarda oʻynatgan damlarni eslab qiynalaman.
Ushbu parchadagi tovush tarkib oʻzgargan soʻzlar qaysi turkumlarga mansub?
+ ot, fe’l, sifat, olmosh
- ot, olmosh
- fe’l, olmosh
- ot, fe’l, sifat
420. Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson koʻproq nafratlanadi.
Ushbu gapda sodda yasama soʻzlarning yasalish asosi qaysi soʻz turkumiga tegishli?
+ ot, sifat va fe’l
- sifat va fe’l
- ot va sifat
- ot va ravish
421. Oshar yeldin yelganda oting,
Quyosh yangligʻ jahonni tutti oting.
Ushbu baytda ishtirok etgan oʻzaro shakldosh yetakchi morfemalar qaysi soʻz turkumlariga mansub?
+ ot-fe’l; ot-ot
- ot-fe’l; ot-fe’l
- fe’l-ot; ot-fe’l
- ot-ot; ot-ot
422. Qoʻshma ot tarkibida fe’l turkumiga mansub boʻlgan soʻz mavjud boʻlmagan javobni toping. +kaltakesak
- iskabtopar
- beshotar
- husnbuzar
423. Qaysi gapda sodda yasama mavhum ot qoʻllangan?
+ Saxiylik va olijanoblik ulugʻvor fazilatdir.
- Nedin gʻamnok koʻrinasiz?
- Seni hur va ozod kuylaymen.
- U baxtidan sarmast koʻrinardi.
424. Tarkibida sifat ishtirok etmagan qoʻshma otlarni aniqlang.
1) mingoyoq; 2) achchiqtosh; 3) qizilishton; 4) havorang; 5) oybolta; 6) karnaygul; 7) olaqargʻa
+ 1, 5, 6
- 1, 4, 5, 6
- 1, 4, 5
- 2, 3, 4, 7
425. Berilgan soʻzlar ichidan ot + ot qolipli turdosh otlar miqdorini aniqlang.
Oqqoʻrgʻon ,tinchliksevar, makkajoʻxori, Sirdaryo, sovuqmijoz, devqomat, qoʻlbola, izzattalab, qoʻziqorin, bodomnusxa
+ 2 ta
- 5 ta
- 4 ta
- 3 ta
426. Birinchi qismida faqat tor unli, ikkinchi qismida faqat keng unli qatnashgan qoʻshma otni toping.
+ ildizpoya
- xushovoz
- huzur-halovat
- shirinsuxan
427. Qaysi gapda ham tub sifatdan, ham yasama sifatdan yasalgan otlar mavjud?
+ Maqtanchoqlik qarilikning birinchi belgisidir
- Ilk sevgi bahor osmonidagi bulut kabidir.
- Mehrga bemehrlik bilan javob berish odamzodag teggan kasal.
- Oʻz vaqtida qilinmagan yaxshilik yomonlikka yoʻl ochadi.
428. Qaysi gapda birgina portlovchi undoshdan iborat ot yasovchi qoʻshimcha qoʻllangan?
+ Ijodkor xalqning ogʻriqlariga tutashmogʻi lozim.
- Biz shoiraning ovozlarini, chiroyli qarashlarini, iliq qoʻllarini sogʻindik.
- Birdan lov etib, alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq boʻladi.
- Koʻrik belgilangan vaqtda boshlandi.
429. -dosh affiksi qanday otlardan shaxs oti yasamaydi?
+ barchasidan yasaydi
- ayrim payt otlaridan
- oʻrin-joy otidan
- narsa otidan
430. Koʻksingda savoling boʻlmasa, dunyoga nega kelding, otingdan aylanay, inson.
Otga xos sintaktik shakl yasovchilar sonini aniqlang.
+ 5ta
- 4 ta
- 7 ta
- 6 ta
431. Kosa, piyola, choynak, stakan, bankalar, tovoqlar va oshxonaga taalluqli boshqa idishlar tuz bilan yuvilgandan soʻng toza suvda chayib olinadi.
Berilgan gapdagi narsa-buyum otlari miqdorini aniqlang.
+ 9
- 6
- 7
- 8
Do'stlaringiz bilan baham: |