1.Avtobus tezliklarini me’yorlash 2.Yo‘nalishlarda tezliklarni xronometraj usulida me’yorlash
Avtobus saroylarida avtobuslar turli tarkibdan tashkil top- gan bo‘ladi. Ular bir-biridan gabarit o‘lchamlari, sig‘imi, dvigatelining turi va boshqa belgilari bilan ajralib turadi.
Yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashish uchun avtobuslarni to‘g‘ri tanlash aholiga transport xizmatini ko‘rsatish sifatiga va harakatlanuvchi tarkibdan samarali foydalanishga hamda harakat xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Avtobuslarning sig‘imi yo‘lovchi oqimining quvvatiga, uning vaqt va yo‘nalish uzunligi bo‘yicha taqsimlanishiga hamda yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda tanlanishi kerak.
Sig‘imi katta bo‘lgan avtobuslarni yo‘lovchi oqimining quvvati kichik bo‘lganda qo‘llash, avtobuslar harakat inter- valining ortib ketishiga va buning oqibatida yo‘lovchilar ko‘p vaqtlarini avtobuslarni kutishga sarflashlariga olib keladi.
Kichik sig‘imli avtobuslarni yo‘lovchi oqimi katta bo‘lgan joylarda qo‘llash yo‘lovchilarning avtobusni kutish vaqtining kamayishiga olib kelishi bilan bir paytda yo‘nalishdagi avto- buslar sonini, yo‘llardagi harakat jadalligini, yo‘llarning yuk- lanish darajasi ortishiga va harakat xavfsizligini ta’minlashning murakkablashishiga olib keladi.
Avtobuslar turini va sig‘imini shunday tanlash kerakki, ularni ishlatish iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiq bo‘lsin va shu bilan bir paytda, harakat intervali belgilangan me’yordan oshmasin va harakat xavfsizligi ta’minlansin.
Harakat intervali deb, avtobus yo‘nalishining ma’lum bir joyidan o‘tayotgan avtobuslar oralig‘idagi vaqtga aytiladi. Shahar ichi yo‘nalishlarida harakat intervalining qiymati
20 daqiqadan ortmasligi kerak. Qolgan tashishlarda harakat intervali yo‘lovchilar oqimining quvvatiga qarab belgilanadi va u quyidagicha topiladi:
bu yerda:
taq — aylanma qatnov vaqti, daq.;
Aish — ishdagi avtobuslar soni, dona.
Shahar ichi yo‘nalishlarida ishlaydigan avtobuslarning sig‘i- mini yo‘nalishning tig‘iz paytida eng ko‘p yuklangan qismidagi yo‘lovchi oqimining quvvatiga qarab quyidagicha tanlash tavsiya etiladi:
Tig‘iz paytda yo‘nalishning eng og‘ir Avtobusning
qismidagi yo‘lovchilar soni umumiy sig‘imi
350 tagacha yo‘lovchi 30—35 o‘rin
350—700 yo‘lovchi 50—60 o‘rin
701—1000 yo‘lovchi 80—85 o‘rin
Yo‘lovchilar soni 1000 tadan ko‘p 100—120 o‘rin
Yo‘nalishda yo‘lovchilarni tashish uchun avtobusning si- g‘imi tanlab olingach, ularning soni quyidagicha topiladi:
1.Harakat chastotasi (yo‘nalishning ma’lum bir nuqtasidan bir soat ichida o‘tayotgan avtobuslar soni) aniqlanadi:
= ,1/soat;
bu yerda: Qmaks — kunning soatlari bo‘yicha yo‘nalishdagi eng ko‘p yo‘lovchi oqimi, yo‘l/soat;
qn — avtobusning nominal sig‘imi, yo‘lov.
Avtobusning aylanma qatnov vaqti quyidagicha aniq- lanadi
=2( + * + ),daq.
2.Yo‘nalishda qatnaydigan avtobuslar soni quyidagicha aniqlanadi:
À y Àch tayl , avt.
Agar kunlik yo‘lovchilar tashish hajmi ma’lum bo‘lsa, yo‘nalishda zarur bo‘lgan avtobuslar sonini quyidagicha ifodalash mumkin:
= ,avt;
bu yerda: lo‘rt — o‘rtacha tashish masofasi, km;
— sig‘imdan foydalanish koeffitsiyenti;
Tish — avtobuslarning o‘rtacha ish vaqti, soat;
qo‘rt — avtobuslarning o‘rtacha sig‘imi, nafar.
Umumiy hollarda avtobuslar soni, yo‘lovchilar oqimining taqsimlanishi notekislik koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda quyidagicha topiladi.
= , dona.
Avtokorxonalarning texnik-tasarruf ko‘rsatkichlarini reja- lashtirish uchun birinchi galda avtobuslarning har bir yo‘na- lishdagi tezliklarini aniqlash va me’yorlash zarur bo‘ladi. Buning uchun yo‘nalishlarda avtobuslarning harakat tezliklarini kuzatish va olingan ma’lumotlarni matematik-statistik usullar yordamida qayta ishlash kerak.
Harakat tezliklarini kuzatishning bir qancha usullari mav- jud bo‘lib, ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1.Mexanik kontaktli o‘lchash usuli. Bu usulda tezlik pnev- matik, elektron kontaktli yoki boshqa turdagi datchiklar yorda- mida amalga oshiriladi.
2.Avtomobillarni nurlash usuli. Bu usulda tezlik infraqizil nurli, ultratovushli yoki radiolokatsion datchiklar yordamida amalga oshiriladi.
3.Fotoelektrik usul. Bu usul harakatni suratga yoki kinoga olish orqali amalga oshiriladi.
4.Maxsus harakatlanuvchi avtomobil-laboratoriyadan foydalanish usuli. Bu usulda avtomobil-laboratoriya tezlikni o‘lchovchi asboblar bilan jihozlangan bo‘ladi.
5.«Beshinchi g‘ildirak» yordamida tezlikni aniqlash usuli. Bu usulda avtomobilga taxometr o‘rnatilgan beshinchi g‘ildirak biriktiriladi. Avtomobil harakatlanganda dinamik kuchlar ta’sirida g‘ildiraklarning radiuslari o‘zgarib turadi va o‘lchash ishlariga xatoliklarni kirgizadi. Beshinchi qo‘shimcha g‘ildirakka dinamik kuchlar ta’sir etmaganligi uchun undan foydalanganda o‘lchash ishlari aniq bo‘ladi. Taxometr har ondagi tezlikni ko‘rsatib boradi va bu tezlik biron-bir turdagi asbob vositasida o‘ziyozar asbob, taxograf yordamida yozib olinadi.
O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda keng foyda- lanilayotgan «Mercedes-Benz Low Floor» rusumli avtobuslarga taxograflar zavodning o‘zida o‘rnatilgan va ular qatnaydigan yo‘nalishlarda tezlikni me’yorlash ishlarini juda osonlashtiradi.
6.Sekundomer yordamida tezlikni aniqlash va me’yorlash usuli. Bu usulda maxsus kuzatuvchi har bir bekat oralig‘ini avtobus qancha vaqtda bosib o‘tganini, uning oraliq va oxirgi bekatlarda to‘xtash vaqtini maxsus jadvalga qayd qilib boradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan 1—4-usullar yordamida avtomo- billarning oniy tezliklari aniqlansa, qolgan 5- va 6-usul yorda- mida butun yo‘nalish uzunligi bo‘yicha o‘rtacha tezlik aniq- lanadi.
5-usuldan foydalanilganda yo‘nalish va bekatlar orasidagi masofa avtomatik ravishda aniqlanib boriladi. Bu usuldan foydalanish chog‘ida kuzatish uchun tajribali haydovchilarni tanlash va ularga yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda maksimal xavfsiz tezlikda harakatlanish bo‘yicha yo‘riqnoma berish kifoya qiladi.
6-usulda esa tajribalarga qo‘shimcha ravishda yo‘nalish va bekatlar orasidagi masofani eng ko‘pi bilan 10% gacha xatolik bilan aniqlash yuklanadi, aks holda kuzatuv natijalari qoni- qarsiz deb hisoblanadi. Masofalarni o‘lchash uchun bugungi kunda maxsus asbob «Kurvimetr» ishlab chiqilgan bo‘lib, uning o‘lchash xatoligi har 1000 m ga 10 sm dan ortmaydi, ya’ni o‘lchash xatoligi 1% dan ham kichik.
Do'stlaringiz bilan baham: |