4. Navoiyshunoslikka oid ilk tadqiqotlarning manbalari.
Navoiy hayoti va ijodiy merosini ilmiy asosda o’rganish o’zbek adabiyotshunosligida ХХ asrning 20-yillaridan boshlandi.
Bu boradagi dastlabki izlanishlar taniqli o’zbek ijodkori professor Abdurauf Fitratga qalamiga mansubdir. Uning “Navoiyning forsiy shoirlig’i ham uning forsiy devoni to’g’risida”, “Farhod va Shirin” dostoni to’g’risida” nomli maqolalari bu boradagi jiddiy ilmiy tadqiqotlardandir.
Abdurauf Fitrat bizga o`zining maqolasida Navoiyning cgig`atoy adabiyoti eng ulug` namoyondasi bo`lganini, fors tazkirachilaridan Davlatshoh Samarqandiy, Som Mirzo, Rizo Qulixon Xidoyat, Kamoliddin Xusayn Voiz Koshifiylar navoiyning kuchli forsiy shoir ekanligini tasdiqlaganlagani haqida ma`lumotlar keltiradi.
Bundan tashqari, qadimda shoirlar Navoiyni forsiyda “Fanoiy” tahallusida ijod qilgan deb tahmin qiladilar, lekin Z. M. Bobur o`zining “Bobornoma”sida “Foniy” tahallusida ijod qilganini aytadi. Bundan tashqari Navoiyning o`zi ham “Lison ut- tayrda” o'zining forsi(y)chada «Foniy» unvonli ekanini ochiq qilib aytadi. Uzining
«Muhokamatul-lug'atayn»i- da yozganiga ko'ra: Navoiy o'n besh yasharligidan qirq yasharligigacha fors adabiyoti bilan juda kuchli suratda mashg'ul bo'lg'an, zamonida mavjud fors devonlarining hammasini bo'lmasa ham ko'pini ko'rgan. Forsiy she`rlarini o`ziha ustoz deb bilgan Xusrav Dehlaviy, Xofiz Sheroziy va haqiqiy ustozi Abdurahmon jomiylarning forsiyda yozgan she`r va g`azallariga nazira shaklida, yoki ular ta`sirida yozgan. Uning forsiycha devoni olti ming baytdan ortiqdir.
“Mavlono Jomiydan boshlab, u zamonning eng katta fors shoirlari o'z she'rlarini ko'rsatgan, tuzatib berishini so'raganlar. Navoiy ularning she'rlarini haqli bir suratda tanqid ham tas'hih etgan. Navoiy zamonining forsiy shoirlari bilan adabiy munozaralar qilib turgan. Bu kun u munozaralarning unda-munda tarqalib turgan bir- ikki namunasi fors adabiyotida uning qanday chuqur bir kishi ekanini e'lon qilib turadi.” – deydi Fitrat o`zining maqolasida
“Adabiyotimnzning bobosi bo'lg'an Navoiyning fors tilida bo'lg'an bu iqtidorini keng suratda ochib ko'rsatish, uning fors shoirlarining haysilaridan ko'brak ta'sir olg'anini anihlab olish adabiyotimizning tarixi uchun, albatta, muhimdir. Bu muhim adabiy xizmati uchun uning forsi(y)cha devoni lozimdir. Navoiyning forsi(y)cha devoni bizning xususiy, umumiy kutubxonalarimizda bu kungacha yo'q edi. Ovrupa kutubxonalarida ham borlig'ini eshitmadik. Mundan uch-to'rt oy burun adabiy tekshirishlar uchun Samarqanddan Buxorog'a kelgan Vadud Mahmudiyning axtarishlari natijasida o'rtoq Muso Saidjonovning xususiy kutubxonasida Navoiyning forsi(y)cha devoni borlig'i onglashildi, to'rt yarim ming baytdan ortuq bo'lg'an bu devon qo'lyozma bir «Bedil» devonining hoshiyasida «yarim shikasta» bir xat bilan yozilg'an, yanglishi juda ko'b.”, - deb yozadi Abdurauf Fitrat, ushbu devonning ilk bor topilishi to`g`risida.
Do'stlaringiz bilan baham: |