partiyasi tashkil qilindi.
1390
XIX asr boshlarida Xiva va Afg‗oniston
o‗rtasida elchilik munosabatlari o‘rnatildi.
Muhammad Rahimxon I hatto Afg‗onistonda
hokimiyat uchun kurashayotgan
shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishida
yordam ham berdi. Buning evaziga Afg‗oniston Xiva xonligi
savdogarlariga Kobul bozorida erkin savdo qilish huquqini berdi.
1391
XIX asr boshlarida Xiva xonligi bilan qaysi
davlat o‗rtasida elchilik munosabatlari
o‘rnatildi. Savol КУХИНУР varianti.
Afg‗oniston o‗rtasida.
XIX asr boshlarida Xiva va Afg‗oniston o‗rtasida elchilik
munosabatlari o‘rnatildi. Muhammad Rahimxon I hatto
Afg‗onistonda hokimiyat uchun kurashayotgan shoh Mahmudning
ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishida yordam ham berdi.
Buning evaziga Afg‗oniston Xiva xonligi savdogarlariga Kobul
bozorida erkin savdo qilish huquqini berdi.
1392
XIX asr o‘rtalarida Braziliyaning boshqa Lotin
Amerikasi davlatlaridan farqi? Monarxiya
saqlanib qoldi. 8-Jahon tarixi.
Braziliyadan tashqari barcha Lotin Amerikasi mamlakatlarida
Respublika tuzumi o‗rnatildi.A) Monarxiya saqlanib qolgan. B)
Sanoat inqilobi yuz bermagan. C) Milliy mustaqillik yuz
bermagan. D) Birinchi bo‘lib Ispaniyadan mustaqil bo‘lgan.
1393
XIX asr o‘rtalarida Toshkent aholisi qancha?
80 mingga yaqin.
XIX asr o‗rtalarida shahar aholisi 80 mingga yaqin kishini tashkil
qilgan. Toshkent to‗rtta (4 ta) - Beshyog‗och, Ko‗kcha, Sebzor va
Shayxontohur dahalariga bo‗linib, har bir daha o‗z oqsoqoli
tomonidan boshqarilgan.
1394
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yaponiya
Xitoyda egallab olgan hududlari ketma-
ketligi???
1879-yilda Ryukyu orolini bosib oldi.
1395
XIX asr oxirida O‗rta Osiyoda yangi usuldagi
maktablar sanoqli bo‗lgan bo‗lsa, 1911-yilga
kelib ularning soni 63 taga, o‗quvchilarning
soni 4106 nafarga yetdi.)
XIX asr oxirida O‗rta Osiyoda yangi usuldagi maktablar sanoqli
bo‗lgan bo‗lsa, 1911-yilga kelib ularning soni 63 taga,
o‗quvchilarning soni 4106 nafarga yetdi.)
1396
XIX asr oxiriga kelib Afrikada qaysi 2 ta
davlat mustaqilligini saqlab qoldi? Liberiya va
Efiopiya.
XIX asrning 70-yillaridan boshlab qit‘aning ichkari qismini ham
mustamlakaga aylantirish boshlandi. XIX asr oxiriga kelib qit‘a
hududining 90 foizi mustamlakachilar qo‗liga o‗tdi. Faqat ikki
davlat - LIBERIYA VA EFIOPIYAGINA o‗z mustaqilligini
saqlab qola oldi, xolos.
1397
XIX asrda amalga oshirilga qurilishlar sirasiga
kirmagannini toping. Menga 2021-yilda
tushdi! C) Mo‗yi muborak madrasasining
qurilishi yakunlangan (XX asr boshida)
A) Hazrati Imom majmuasi ta‘mirlandi (XIX) B) Baroqxon
madrasasini ta‘mirlash ishlari boshlanadi(1859-yilda) C) Mo‗yi
muborak madrasasining qurilishi yakunlangan (XX asr boshida)
D) Tosh madrasasi qurildi (1841)
1398
XIX asrda Eronda qabul qilinayotgan
qonunlarning shariatga muvofiqligi ustidan
nazorat uchun qanday tadbir belgilangan
edi?
Bеsh ulug‘ ulаmо
1399
XIX asrda jamiyat hayotining muhim
voqealaridan biri ???? O‘rta qatlamning
shakllanishi.
XIX asrda jamiyat hayotining muhim voqealaridan biri o‘rta
qatlamning shakllanishi bo‗ldi. «Erkin kasb» egalari bo‗lgan
muhandislar, ixtirochilar, shifokorlar, o‗qituvchilar, moddiy
ahvolning har holda to‗kisligi bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi
yarmida o‗rta qatlam vakillari orasida, ayniqsa, huquqshunoslar
toifasi ajralib turardi.
1400
Xix asrda sodir bo‘lgan qo‘zg‘olon?
Dinnosirbek 1804-yil.
Chunonchi, Amir Haydarning ukasi Dinnosirbek hokimlik
qilayotgan Marv viloyati aholisi 1804-yilda qo‗zg‗olon ko‗tardi.
1401
XIX asrda Toshkentda amalga oshirlmagan
qurilish qaysi??? Menga 2021-yilda tushdi!
Mo‗yi muborak madrasasining (XX asr boshida) qurilishi
yakunlangan (Tillashayx jome masjidi). Shayx Xovandi Tohur
me‘moriy majmuasi XIX asrning birinchi yarmida hozirgi
ko‗rinishda shakllantirildi. Zayniddin bobo uchun yangi maqbara
XIX asrning birinchi yarmida qad ko‗tardi. Toshkentda XIX
asrning o‗rtalarida qadimiy inshootlardan Hazrati Imom
majmuasini bunyod etildi
1402
XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmida
Napoleon III mavqeiga putur sabab deyilgan?
Buyuk Britaniya va Germaniyadan ortda qolishi.
1403
XIX asrning 70-yillari Qaysi xalqlar uzoq vaqt
gabsburglarga qaram bo‘lganlar?
Xorvatlar, slovenlar, g‗arbiy slavyanlar (chex, Slovak, polyak)
ning bir qismi ham Gabsburglar hukmronligi ostida edi.
Polyaklarning ikkinchi qismi Germaniya, uchinchi qismi esa
podsho Rossiyasi zulmidan azob chekardilar. Kimlar Gabsburglar
hukmronligi ostida edi? Xorvatlar, slovenlar, g‗arbiy slavyanlar.
1404
XIX asrning 80-yillarida ishlab-chiqarish,
sanoat va dengiz savdosidagi yetakchi davlat?
Buyuk Britaniya.
Buyuk Britaniya.
1405
XIX asrning o‗rtalariga kelib Buxoro
amirligining aholisi soni??? 2 million atrofida.
XIX asrning o‗rtalariga kelib Buxoro amirligining aholisi soni 2
million atrofida bo‗lib, aholining etnik tarkibi, asosan, o‗zbeklar,
tojiklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlardan tashkil topgan.
Lekin savolda XVI asr so‘ralgan?
1406
Xo‘qand hozir o‘liklar shahri degan dahshatli
ibora bilan tugaydigan maqola qaysi gazetada
bosilgan? ―Ulug‗ Turkiston‖ gazetasi.
―Ulug‗ Turkiston‖ gazetasi chuqur qayg‗u bilan xabar berganidek,
―1918-yil 20-fevral Xo‗qand (Qo‗qon) tarixining eng dahshatli
kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko‗rsatganlar...‖ Gazetadagi
ushbu maqola ―Xo‗qand hozir o‗liklar shahri‖ (Qo‗qon hozir
o‗liklar shahri) degan dahshatli ibora bilan tugaydi.
1407
Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa,
Qoratepa ???
Hunarmandchilik ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Surxon
vohasidagi Kushon davlati yodgorliklari Xolchayon,
Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa va boshqalarni
o'rganish jarayonida aniqlangan topilmalar ham buni tasdiqlaydi.
1408 Xolisa qaysi davlatda??? Dehli sultonligida.
Yer egaligining yana bir turi - xolisa deb nomlangan. Xolisa
davlat ixtiyoridagi yerlar bo'lib, undan olinadigan soliqlar
xazinaga tushib, davlat xarajatlari va maxsus qo'shinni ta'minlash
uchun ishlatilgan.
1409
Xon va shahzodalar o‗rtasidagi munosabatlar
bilan kim...? Xon yasovuli.
Xon va shahzodalar o‗rtasidagi munosabatlar masalasi bilan xon
yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug‗ullangan. Buxoro
xonligi.
1410
Xorazm an‘anaviy teatrida qanday turlar bor
edi? XX asr??? Kulgili va xatarli o‗yin.
Xorazm an‘anaviy teatrida esa ikki turkum tomoshalar kulgili va
xatarli o‗yin turlari yaxshi shakllandi.
1411
Xorazm davlati kimning davridan Xiva xonligi
eb atalgan??? Arab Muhammadxon
Parokandalik Arab Muhammadxon davrida (1602-1623) yuqori
nuqtasiga yetdi. Amudaryo o‗zanining o‗zgarishi bu davrda ham
davom etdi. Natijada, Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini
Urganchdan Xivaga ko‗chirishga majbur bo‗ldi. Xorazm davlati
endilikda Xiva xonligi deb atala boshlandi.
1412
Xorazm faxri deb ulug'langan alloma???
Zamaxshariy.
Zamaxshariy ―Arab va g‗ayri arablar ustozi‖, ―Xorazm faxri‖ kabi
sharafli nomlar bilan ulug‗langan.
1413
Xorazm kimlar bilan diplomatik aloqalar olib
borgan??? Ilk o‘rta asrlarda? Vizantiya va
turklar.
III asrda Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud
bo‗lgan. Xorazm xioniylar, kidariylar, eftallar hamda Turk
xoqonligi davrida ham o‗zining siyosiy mustaqilligini saqlab
qoladi. Xorazm Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib
borgan.
1414 Xorazm kimning qo‘l ostida edi?
Husayn Boyqaro. Xuroson.
1415
Xorazm mustaqilligi uchun kurashgan
hukmdor. Elbarsxon.
Xorazmning bo‗lajak hukmdori hokimiyatining qonuniy
maqomga ega bo‗lishi juda muhim edi. Shu sababli mustaqillik
uchun kurashning rahnamolari Xorazm taxtiga Dashti
Qipchoqdagi Shaybon avlodidan bo‗lgan Berka Sultonning o‗g‗li
Elbarsxonni taklif etdilar. Berka Sultonning xonadoni
Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo‗lsa-da,
bir-biriga dushmanlik munosabatida edilar. 1480-yilda o‗zaro toj-
u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o‗z
bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning
o‗ldirilganligi buning sabablaridan biri edi. Elbarsxon 1512-yilda
Xorazm taxtiga o‗tqazildi.
1416 Xorazm shaharlari... Bog‘ot Mo‘ynoq Taxta.
XX asr boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch, Qo‗ng‗irot,
Toshhovuz, Gurlan singari shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy markazlarga aylandi. Bog‗ot, Mo‗ynoq, Taxta singari
yangi shaharlar vujudga keldi.
1417 Xorazmning qadimgi markaziy shahri?
Kozaliqir, Qal'aliqir , Tupqoqal‘a, Qo'yqirilganqal'a, Jonbosqal‘a.
Xorazmda shaharsozlikning boshlanishi miloddan VII asrga borib
taqaladi (Ko'zaliqir shahri xarobalari). Bu yerda mahalliy
hukmdorning qarorgohi bo'lgan ulkan qal'a bunyod etilgan edi
(Qal'aliqir shahri xarobalari).
1418
Xorazmshoh davlatning oliy va mutlaq hokimi
hisoblanardi. Gurganchda shoh qarorgohi,
markaziy boshqarma - devonxona tashkil
etildi. .
Uning tarkibida ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq, shahar va
qishloqlarda osoyishtalikni saqlash uchun harbiy ishlar bilan
shug‗ullanadigan mahkamalar faoliyat ko‗rsatgan. Davlatning eng
yuqori lavozimlaridan biri vazirlik - xo‗jayi buzruk unvoniga ega
bo‗lgan. U devonxona ishlariga mas‘ul bo‗lgan. Harbiy safarlar
vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora etgan
1419
Xorazmshohlar davlati IX-X asrlarda
TOHIRIY, SAFFORIY VA SOMONIYLAR
qo‗l ostida bo‗lgan. X asr oxirlarida Xorazm
iqtisodiy jihatdan yana tez rivojlana boshlagan.
X asrning oxiriga borganda VIII asr boshlaridagi mavjud uchta
shaharlarning soni o‗ttiz ikkitaga yetgan. X-XI asrlarda Xorazm
mintaqadagi yirik savdo markazlaridan biriga aylangan.
1420 Xorazmshohlar ketma-ketligi ???
Anushteginni Xorazmga noib Qutbiddin Muhammad (1097-1127)
―xorazmshoh‖ unvonini tiklab Otsiz (1127-1156) turkman va
qipchoqlar Sirdaryo etaklari va Mang‗ishloq yarimoroli Kaspiy
dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o‗rta oqimi Elarslon (1156-
1172) Sultonshoh Mahmud (1172) Takash (1172-1200) Otsizning
nabirasi Takash davrida juda kengayadi. 1187-1193-yillarda u
Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi. 1194-yilda esa
saljuqiylar sultoni To‗g‗rulga qaqshatqich zarba berib, Eronni
Xorazmga bo‗ysundiradi. Alovuddin Muhammad (1200-1220)
Jaloliddin Manguberdi (1220-1231)
1421 Xoriyen kim?
Spitamanning o'limi so'g'diylar va baqtriyaliklar irodasini buka
olmadi. Aleksandr so'g'd zodagonlari - Xoriyen va Oksiartning
Hisor tog'larida joylashgan qal'alarini qo'lga kiritib, Oksiartning
qizi Ravshanakka uylanadi. Shunday qilib, Makedoniyalik
Aleksandr e'tiborli so'g'd zodagonlaridan biri bilan qarindosh
tutinadi.
1422
Xose San-Martin qaysi davlatni ozod qildi?
Argentinani.
1810-yili boshlandi. Kurash boshlangan 25-may sanasi tarixda
Argentina xalqining milliy bayrami kuni bo‗lib qoldi. Argentinani
Xose San-Martin qo‗mondonligidagi inqilobiy qo‗shin ozod qildi
va Argentina mustaqillikka erishdi.
1423
Xristian dini tarqalishi natijasida 1 Rim
imperiyasida boshqa dinlar taqib qilina
boshlandi 2/4
2 yunonistonda Olimpiada to‘xtadi 3 german qabilalari xujumi
kuchaydi 4 Xristian dini tarqalishi natijasida xudo Zevs sharafiga
bag'ishlangan Olimpiya o'yinlari man qilinadi. Mil. 394-yilda
sodir bo'lgan zilzila oqibatida Olimpiya o'yin maydoni vayron
bo'lib, qadimgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish butunlay to'xtab
qoladi.
1424
Xronologik xato. 452 vandallarning rimga
hujumi.
Milodiy 452-yilda xunnlar Italiyaga bostirib kirdilar. Milodiy
455-yilda Rimga germanlarning vandal qabilalari hujum qildi.
Ular ikki hafta davomida shaharni taladilar.
1425
Xudoybergan Devonovni (suratchini) qaysi
xon o‘z himoyasiga olgan??? Muhammad
Rahimxon II.
Ularning eng yoshi ulug‗i Vilgelm Penner yoki mahalliy
odamlarning tili bilan Panor buvada qiziquvchan Xudoybergan
birinchi marta fotoapparatni ko‗rgan va undan foydalanishga
ruxsat so‗ragan. Keyinchalik Panor buva shogirdining
muvaffaqiyatlaridan xursand bo‗lib, unga fotoapparatni sovg‗a
qilgan.
1426 Xudoyorxon o‘rdasi (1863-1870 yy.)
Xudoyorxon saroyi (1863-1870) alohida o‗rin tutadi. U o‗zining
bezaklari, naqshlari rang-barangligi, yorqin jilosi bilan ajralib
turadi.
1427
Xumlarda saqlangan bug'doy va arpa doni
topilgan yodgorlik qaysi??? xumlarda
saqlangan bug'doy va arpa doni topilgan
Sopollitepani (Muzrabod tumani) Qazishmalar davomida bu
yerdan xom g'ishtdan qurilgan uy-joylar, sopol buyumlar,
bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan
ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan
bug'doy va arpa doni topilgan.
1428
XV asrning 30-yillarida Volgabo‗yi yerlarida
tashkil topgan davlat??? Ashtarxon (Hoji
Tarxon) xonligi.
Jo‗jixon ulusi - Oltin O‗rda amalda bir nechta mustaqil
xonliklarga bo‘linib keta boshladi. Ulardan biri XV asrning 30-
yillarida Volgabo‗yi yerlarida tashkil topgan ASHTARXON
(HOJI TARXON) XONLIGI edi. Hozirgi Rossiya Federatsiyasiga
qarashli Astraxon (Ashtarxon) shahri uning poytaxti bo‘lgan.
Rossiya bu xonlikni 1556-yilda bosib oldi.
1429
XVI asr boshlarida (1506-yil) Xuroson
davlatida qo‗shhokimiyatchilik qachon
boshlandi? Husayn Boyqaro vafotidan keyin.
1506-yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etdi. Shundan keyin
mamlakatda qo‗shhokimiyatchilik vujudga keldi. Badiuzzamon va
Muzaffar Husaynlar bir vaqtda hukmdor deb e‘lon qilindilar. Bu
esa shuningsiz ham og‗ir kunlarni kechirayotgan Xuroson
davlatini parokandalikka olib keldi.
1430
XVI asr boshlarida Shayboniyxonning harbiy
yurishlari davomida Movarounnahr va
Xorazmga 500-600 ming Dashti Qipchoq
o‗zbeklari kirib kelgan.
XVI asr boshlarida xonlik aholisi ko‗chib kelgan o'zbeklardan
tashqari «turk chig‗atoy» va tojiklardan iborat bo‗lgan.
Manbalarda XVII asr oxirlarida esa o‗zbek va tojiklardan
iboratligi qayd etilgan. (XVI asr boshlarida Osiyo qit'asida uch
siyosiy kuch maydonga keldi. Bular - shayboniylar, safaviylar va
boburiylar edi. Eski kitob)
1431
XVI asr boshlarida Shayboniyxonning
yurishlari davomida Movarounnahr va
Xorazmga? 500-600 ming.
XVI asr boshlarida Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida
Movarounnahr va Xorazmga 500-600 ming Dashti Qipchoq
o‗zbeklari kirib kelgan.
1432
XVI asrdagi reformatsiya natijasida
quyidagi qaysi hududda protestantlikning
kalvinizm oqimi tarqalgan?
SHveytsariya ittifoqi
1433
XVI asrning ikkinchi yarmidagi shayxlar???
Boshqa savol.
Buxoro yaqinidagi Jo‗ybor qishlog‗ida istiqomat qiluvchi,
Muhammad Islom va uning avlodlari o‗zlarining kelib chiqishini
ota tomonidan Muhammad payg‗ambar avlodlariga, ona
tomonidan esa Chingizxon va Jo‗jiga bog‗lar edilar. XVI asrning
ikkinchi yarmida Muhammad Islom, keyinchalik uning o‗g‗li
Abubakr Sa‘d Buxoroda shayxulislom lavozimida faoliyat
yuritdilar. Abdullaxon II piri.
1434
XVI ASRNING IKKINCHI YARMIDAN
iqtisodiy tushkunlik ham boshlandi.
Bu, avvalo, Germaniyaning 300 dan ortiq mayda-mayda knyazlik
(davlat)larga bo‗linib ketganligi oqibati edi. Siyosiy tarqoqlik
yagona ichki bozorning vujudga kelishiga imkon bermadi.
1435
XVI asrning ikkinchi yarmidan Yevropaning
savdo chorrahalari ... qirg‗oqlariga ko‗chdi.
Shimoliy dengiz.
XVI asrning ikkinchi yarmidan Yevropaning savdo chorrahalari
Shimoliy dengiz qirg‗oqlariga ko‗chdi. Bu yerda asosiy savdo
markazi Niderland qirolligining Antverpen shahri bo‗lib qoldi.
Ammo Antverpen ham tezda o‗z mavqeyini yo‗qotdi. London
shahri Yevropaning asosiy savdo markaziga aylandi. Temza
daryosi bo‗yida joylashgan London juda tez rivojlandi, shaharda
yangi portlar, ishchilar uchun ko‗pqavatli uylar, savdo rastalari va
istirohat bog‗lari paydo bo‗ldi.
1436
XVI asrning oxirigacha faqat qaysi davlat qul
savdosi bilan faqat qaysi davlat shug‗ullandi?
XVI asrning oxirigacha qul savdosi bilan faqat PORTUGALLAR
shug‗ullandi.
1437
XVII asrda Tayvan orollarining bir qismi
kimlar tomonidan bosib olingan? Gollandlar.
XVII asrda Xitoy qirg‗oqlarida golland kemalari paydo bo‗ldi.
Ular Tayvan orollarining bir qismini egallab oldi. Shuningdek,
Angliya ham bu hududlarga qiziqish bildira boshladi. Inglizlar
Guanchjou hududiga o‗rnashib, bu yerda savdo olib borish uchun
Xitoy hukumatidan ruxsat oldi.
1438
XVII asrning ikkinchi yarmida qo‗g‗irchoq
davlat??? Germaniya.
Ichki siyosiy tarqoqlik XVII asrning ikkinchi yarmida
Germaniyani Yevropaning kuchli davlatlari qo‗lida qo‗g‗irchoqqa
aylantirib qo‗ydi.
1439
XVII asrning ikkinchi yarmidan mustamlaka
bozorlarini egallash uchun qaysi davlatlar
qo‘shildi?
Mustamlaka bozorlarini egallash uchun qaysi davlatlar qo‘shildi
(XVII asr)?
1440
XVIII asr boshlariga kelib Boburiy imperiya
parchalana boshladi va kimlar bostirib
kiradi??? Eronliklar, so‗ngra afg‗onlar
(inglizlar).
XVIII asr boshlariga kelib, imperiya parchalana boshladi. Armiya
o‗zining avvalgi qudratini yo‗qotdi, mahalliy hukmdorlarning
mustaqilligi oshdi. Shunday holatda Hindistonga avval eronliklar,
so‗ngra afg‗onlar bostirib kirib, mamlakatni taladi. Boburiy
hukmdorlarning hokimiyati tobora zaiflashib bordi. Mamlakat
feodal tarqoqlikka qaytib, yevropaliklarning kirib kelishi uchun
qulay sharoit yaratildi.
1441 XVI-XVII asrlarda Buxoro axolisi ...
Ko‗chib kelgan o'zbeklardan tashqari «turk chig‗atoy» va
tojiklardan iborat. XVI asr boshlarida Movarounnahr kimlar
yashagan??? Savol tushunarsiz. (Kimgadir shu savol tushgan
bo‘lsa, to‘liq menga 94-630-96-44 ga yozib yuborsa, men shuni
to‘ldirib qo‘yaman, boshqalar foydalanishi uchun).
1442
XX asr boshlarida barpo etilgan Sitorai Mohi
Xosa qurilishida yuqorida nomlari zikr etilgan
me‘morlar, ustalar faol qatnashgan edilar.
Majmuaning maxsus Oqsaroy zaliga pardoz
berish ishini Usta Shirin Murodov
boshchiligida bir guruh usta ganchkorlar
amalga oshirdilar.
Buxoro amirining yozgi saroyi - Sitorai Mohi Xosa, Xiva xoni
Muhammad Rahimxon II tomonidan qurilgan Nurullaboy nomi
bilan ataluvchi saroyda (1904-1912) ham ko‗zga tashlanadi.
1443
XX asr boshlarida Xivada vujudga kelgan
yangi shsharlarni aniqlang. Bog‘ot, Mo‘ynoq,
Taxta .
XX asr boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch, Qo‗ng‗irot,
Toshhovuz, Gurlan singari shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy markazlarga aylandi. Bog‗ot, Mo‗ynoq, Taxta singari
yangi shaharlar vujudga keldi.
1444
XX asr so‘ngi 50 yili ichida qilingan eng
mashur ixtironi toping? Integral
mikrosxemalar.
Integral mikrosxemalar.
1445
XX asrning 20yillari haqida qaysi mulohaza
to‗g‗ri??? Milliy-hududiy chegaralanish.
SSSRda milliy-hududiy chegaralanish o‗tkazilgan XX asrning 20-
yillarida sovet respublikalari o‗rtasidagi chegaralarni belgilashda
etnik omil yaxshi inobatga olinmagan, natijada ko‗plab aholi o‗z
milliy respublikalari hududidan tashqarida qolib ketgan. Bu
muammo ayniqsa Kavkazorti respublikalari va O‗rta Osiyoda
SSSR qulagandan so‗ng yaqqol sezilib qoldi. Bu hududlarda
ko‗plab etnoslararo mojarolarning kelib chiqishiga sabab
bo‗ldi.(Milliy rahbar xodimlarni lavozimlaridan chetlatib, ularni
―g‗oyaviy‖ jihatdan tor-mor qilayotgan sovet rejimi XX asr 20-
yillarining oxiriga kelib jismoniy jihatdan yo‘qotishga kirishdi.)
1446
XX asrning 20-yillarida qaysi partiya Buyuk
Britaniya siyosiy tizimida ikkinchi partiya
sifatida o‗rnashib oldi. Boshqa savol?
Leyboristlar.
Leyboristlar
1447
XX asrning ikkinchi yarmida san‘atda G‗arb
va Sharq san‘ati, o‗tmish va zamonaviy
uslublar, folklor va ommaviy madaniyat
elementlarini o‗zida jamlagan uslubi???
Postmodernizm.
Postmodernizm.
1448 XXR ni 1960 yilgi islohoti nomi???
1960-yillarda Xitoyni rivojlantirishning dassturi qanday
nomlangan? «Katta sakrash»
1449
XXSR harbiy ishlar noziri, alohida О‘zbek
otliq askarlar polkining komandiri va
komissari, 19-tog‗li otliq О‗zbek diviziyasi
komandiri lavozimlarida ishlagan Mirkomil
Mirsharopov sovet rejimi tomonidan
Maykopda 1937-yil 28-oktyabrda qamoqqa olindi. U O‗zbek
diviziyasini milliylashtirish va bu diviziya yordamida
O‗zbekistonni SSSR tarkibidan ajratib olish va mustaqil davlatni
barpo etishga urinishda ayblandi. Dastlabki О‗zbek diviziyasi
tarqatib yuborildi hamda M. Mirsharopov boshchiligida 18 nafar
o‗zbek harbiy komandirlari va askarlari Toshkent atrofida 1938-
yil 10-oktyabrda otib tashlangan.
1450 XXSR yillar ketma-ket?
Yosh xivaliklar partiyasi 1914-yil tashkil topgan edi. Junaidxon
1918-yil noyabrda Amudaryodan o‗tib, To‗rtko‗lga hujum qildi.
1451
XXSRning yosh hukumati BXSR, Turkiston
ASSR, RSFSR davlatlaridan tashqari qaysi
davlatlar bilan savdo-sotiq va iqtisodiy
aloqalarni olib borishga harakat qilgan???
Finlyandiya, Shvetsiya, Germaniya, Turkiya, Afg‗oniston, Eron.
XXSRning yosh hukumati BXSR, Turkiston ASSR, RSFSR
davlatlaridan tashqari Finlyandiya, Shvetsiya, Germaniya,
Turkiya, Afg‗oniston, Eron kabi xorijiy davlatlar bilan ham
mustaqil ravishda savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalarni olib borishga
harakat qilgan. Masalan, 1921-yil 24-noyabrda Afg‗onistonga
qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida maxsus elchilik
hay‘ati jo‗natilgan.
1452
Yangi asrlarda Italiyaga ta‘sir ko‗rsatish uchun
tez-tez ziddiyatlar bo‘lib turgan davlatlar???
Bu davrda manfaatlari doim bir-biri bilan to‗qnashgan davlatlar
Fransiya, Ispaniya va Angliya edi. Ayniqsa, bir-biri bilan
chegaradosh bo‗lgan Fransiya va Ispaniya o‗rtasida chegara
hududlar va qo‗shni davlatlar, birinchi navbatda, Italiyaga ta‘sir
ko‗rsatish uchun tez-tez ziddiyatlar bo‗lib turardi. Bu ziddiyatlar
oxir-oqibatda, Italiya urushlariga olib keldi. Urush natijasiga
ko‗ra, Italiya ispan qiroliga bo‗ysundirildi. Fransiya, Ispaniya.
Eslab qolish kerak.
1453
Yangi davrda Yevropada savdo sotiq nimaga
rivojlandi???
Birja va banklar Yevropada savdo va sanoatning rivojlanishida
juda katta rol o‗ynadi. XV asrda zamonaviy ko‗rinishdagi ilk bank
- Genuyadagi Avliyo Georgiy banki paydo bo‗ldi.
1454
Yangi tarixning muhim mazmuni Yevropada
industrial sivilizatsiyaning jadval rivojlanishi.
Yevropada industrial sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi Yangi
tarixning asosiy mazmunini tashkil etadi.
1455
Yapon «iqtisodiy mo‗jizasi» nimaga
asoslangan? ARZON NEFTGA.
Yapon «iqtisodiy mo‗jizasi» ARZON NEFTGA asoslangan
bo‗lib, 1970-yillardagi neft inqirozi Yaponiyani o‗z iqtisodiy
tizimini keskin o‗zgartirishga majbur qildi.
1456
Yapon qo‗shinlari tomonidan Xitoy hududini
bosib olishni to‗xtatish qaysi hujjatda edi?
Boshqa savol?
1919-yil Parij konferensiyasida Xitoy o‗z talablari bilan ishtirok
etdi. Bu talablar yapon qo‗shinlari tomonidan Xitoy hududini
bosib olishni to‗xtatish, Shandun orolini ozod qilish, Xitoyning
suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishdan iborat edi.
Talablar Xitoy ilgari G‗arb davlatlari bilan imzolashga majbur
bo‗lgan shartnomalarning ham bekor qilinishini nazarda tutardi.
G‗arb davlatlari bunga rozi bo‗lmadi va Xitoyga rasman rad
javobi berildi.
1457
Yaponiya boshqalardan himoyalanish uchun
nima qilgan. Harbiylashgan.
Harbiylashgan.
1458
Yaponiya modeli asosida kapitalistik
taraqqiyot yo‗lidan rivojlanayotgan va bunda
yuqori natijalarga erishayotgan ikkinchi to‗lqin
davlatlari ???
Tayland, Malayziya, Indoneziya, Filippin.
1459
Yaponiya nimaga Xitoy oldiga qo‗ygan qator
talablaridan voz kechdi??? Savol boshqacharoq
edi??? 1915-yil 18-yanvarida Yaponiyaning
Xitoy hukumati oldiga qo‘ygan talablari???
(sanasi eski kitob).
Yevropada borayotgan urush harakatlari Uzoq Sharq va Tinch
okeanda Yaponiyaning harbiy harakatlari uchun qulay sharoit
tug‗dirdi. U 1915-yil yanvarida Xitoy hukumati oldiga Shandun
viloyatini Germaniya ta‘sir doirasidan Yaponiya ta‘sir doirasiga
o‗tkazish; Sharqiy Ichki Mo‗g‗uliston va Janubiy Manjuriyada
Yaponiyaning mavqeyini yanada mustahkamlashga imkon berish;
Port-Artur, Janubiy Manjuriya va Andun-Mukden
temiryo‗llarining ijara muddatini yana 99 yilga uzaytirish;
Yaponiya fuqarolarining Janubiy Manjuriya va Sharqiy Ichki
Mo‗g‗ulistonda yer maydonlariga ega bo‗lish kabi talablarni
qo‗ydi. Ayni paytda, Yaponiya voqeaga AQSHning aralashuvi
mumkinligidan tashvishga ham tushib qoldi. Shu tufayli, Xitoy
oldiga qo‗ygan qator talablaridan voz kechdi.
1460
Yaponiyada budda diniga etiqod
qilmaydiganlarni mamlakatdan chiqarib
yuborish togrisidagi qaror nechinchi yilda?
1614-yilda.
1614-yilda.
1461
Yaponiyada o‘rta asrlarda xankelarning
vassallari kimlar? Ryokalar.
Ryokalar.
1462
Yaponiyada qo‘shhokimiyat qachon? XII аsr
охiridаn.
Yaponiyada XII аsr охiridаn mаhаlliy mulkdorlаrdаn biri
Minаmоtо tоmоnidаn o‗rnаtilgаn. U sаmurаylаrdаn tuzilgаn
qo‗shini bilаn rаqiblаrini yеngib, impеrаtоr pоytахti Kiоtоni
qo‗lgа kiritаdi. Lekin Minаmоtо dаvlаtni o‗zining Kamakurаdаgi
qаl‘а - sаrоyidаn turib bоshqаrаdi. Shu tаriqа Yaponiyadа qo‗sh
hоkimiy atchilik pаydо bo‗lаdi.
1463
Yaponiyada yirik yer egalari qanday toifalarga
bo'lingan? Yaponiyada yirik yer egalari
ma'lum toifalarga bo'lingan. eng nufuzlilari -
xanke deb nomlangan.
Xankelarning vassallari ryokalar bo'lgan. Harbiy bo'linmalar
jangchilari esa - samuraylar deb nomlangan. Ularga xo'jayinlari
harbiy xizmat evaziga yer-mulk berganlar. Yillar o'tib Yaponiya
samuraylarining bir qismi Yevropa ritsarlari kabi alohida toifa,
mayda dvoryanlarga aylangan.
1464
Yaponiyada Yosimune tokugava davrida
(1716-1745 yillar) amalga oshirgan
islohotlarini belgilang.
Savol murakkabroq. Xato bandlarni yozmasdan olib tashladim. 6
ta yoki 7 ta edi. 1) qo'riq yerlarni o'zlashtirish hisobiga
dehqonchilik qiluvchilarni rag'batlantirish siyosatini yuritdi; 2)
sug'orish inshootlari tizimini takomillashtirdi; 3) yerni sotish,
sotib olish yoki garovga qo'yishni taqiqlovchi qonun chiqardi; 4)
Mamlakat va jamiyat hayotini tartibga solishda u joriy etgan «100
moddali Farmon» deb ataluvchi qonunlar to‗plami katta
ahamiyatga ega bo‗ldi. Menga 2021-yilda tushdi!
1465
Yaponiyadagi syogunning hokimiyatdan
ag'darilishini kimlar uyushtirgan? Samuraylar
tashkil etdi.
Syogun hokimiyatini ag‗darish uchun ommaviy harakatning
asosiy kuchini samuraylar tashkil etdi. Fuqarolar urushi natijasida
syogun hokimiyati ag‗darildi.1867-yili tokugava sulolasining
oxirgi syoguni imperator Mutsuxitoning foydasiga oliy
hokimiyatdan voz kechdi. Shu yili unga imperator Meydzi
(«ma‘rifatli boshqaruv») nomi bilan toj kiydirildi.
1466
Yaponiyaga harbiy islohot uchun qayerdan
harbiy mutaxassislar taklif etildi???
Fransiyadan.
Harbiy islohotga ko‗ra, Yaponiyada umumiy harbiy majburiyat
joriy etildi. Samuraylar avvalgi qiyofasini yo‗qotdi. Endi ular
doimiy harbiy xizmatda bo‗lish imtiyozidan mahrum bo‗ldilar.
Yevropacha shakldagi yangi qo‗shinni tuzish boshlandi.
Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi. Qo‗shin
Yevropadan sotib olingan zamonaviy qurollar bilan qayta
qurollantirildi. Garchand qo‗shin yevropacha andoza asosida
tuzilgan bo‗lsa-da, uning mafkurasi yaponcha bo‗lib qolaverdi.
1467
Yaponiyaning quyosh xudosi ... xohishiga
ko‗ra paydo bo‗lganligi??? Amaterasu.
Bundan tashqari, yaponlar ongiga Yaponiyaning quyosh xudosi
Amaterasu xohishiga ko‗ra paydo bo‗lganligi, shuning uchun ham
bu davlat Osmon va Yer kabi abadiy mavjudligi, imperatorga
xudo Amaterasudek mehribonlik xos ekanligi, uning hech qachon
nohaq bo‗lishi mumkin emasligi ta‘kidlandi.
1468
Yaponlar tomonidan asos solingan qo‗g‗irchoq
davlat??? Manchjou-Go.
Yaponiyada shakllangan militaristik totalitar rejim uning
tajovuzkor tashqi siyosatini belgilab berdi. Bu siyosat 1931-yili
Xitoyning Manchjuriya provinsiyasining bosib olinishiga va bu
yerda yaponlar tomonidan Manchjou-Go qo‗g‗irchoq davlatining
tuzilishiga olib keldi. Millatlar Ligasi bu qo‗pol bosqinchilikka
keskin qarshi chiqqanligi uchun Yaponiya 1933-yili bu
tashkilotdan chiqdi.
1469
Yaponlar xitoyliklardan nimalarni o'zlashtirib
olganlar??? Shoyi ipak, metallar, lak.
Yaponlar xitoyliklardan shoyi ipak, metallar, lak ishlab
chiqarishni o'zlashtirib olganlar.
1470 Yaroslav (1019-1054) boshqaruvi
Kiyev Rusining gullab-yashnagan davri bo'lgan. Yangi knyaz
davrida Kiyev ostonalarida paydo bo'lgan - bijanak qabilalari uzil-
kesil mag'lub etilib,g'alaba sharafiga Kiyevda 0041vliyo Sofiya
ibodatxonasi qurilgan. - Yaroslav davrida rus yerlarining dastlabki
yozma qonunlari to'plami - «Rus haqiqati» tuzilgan. - Knyaz
davrida avval Kiyevda, so'ng Novgorodda yilnomalar tuzila
boshlaydi. Yaroslav davrida Rusning Yevropa mamlakatlari bilan
munosabatlari rivojlangan.Yaroslav Novgorodda uch yuz ruhoniy
tayyorlaydigan bilim yurtini ochadi.
1471
Yaroslav davrida Rusning Yevropa
mamlakatlari bilan munosabatlari rivojlangan.
hujjatlarda nomi qayd etilgan Piastlar sulolasining birinchi knyazi
kim??? Meshko I. Solnomachining yozishicha, knyazlikning
afsonaviy asoschisi Piast ismli kambag'al kishi bo'lgan. Lekin
hujjatlarda nomi qayd etilgan Piastlar sulolasining birinchi knyazi
Meshko I dir. Knyaz Meshko X asr o'rtalarida Visla daryosi
havzasida polyak qabilalarini birlashtirib, Polsha davlatiga asos
solgan. U o'z qo‘shini bilan xristianlikni qabul qilgan.
1472 Yassaviy ...
Turkistonda XII asrda Yassaviya. Ahmad Yassaviy asos soladi.
Tariqatning asoslari Yassaviyning mashhur ―Hikmat‖ asarida
bayon etiladi. Ahmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat,
tariqatsiz ma‘rifat, ma‘rifatsiz haqiqat bo‗la olmaydi. Ularning har
biri ikkinchisini to‗ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviya
tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali
yetishish g‗oyasi olg‗a suriladi.
1473
Yekaterina II (1762-1796) tashqi siyosatda
qator yirik muvaffaqiyatlar qaysilar???
Turkiya bilan urushda qozongan g‗alabasi tufayli 1774-yilda uni
Rossiyaga qulay Kuchukqaynarji shartnomasini imzolashga
majbur etdi. Unga ko‗ra, Rossiya Qora dengiz bo‗yida harbiy flot
qurish huquqini qo‗lga kiritdi. Shuningdek, uning savdo kemalari
O‗rta Yer dengiziga olib chiquvchi Qora dengiz bo‗g‗ozlaridan
hech qanday to‗siqsiz o‗ta olish huquqiga ega bo‗ldi. 1783-yilda
Qrim xonligi qo‗shini tor-mor etildi va u Rossiya tarkibiga
qo‗shib olindi. Eski kitob.
1474
Yetti yillik urush (1756-1763) natijasida qaysi
davlat yetakchi??? Angliya.
Yevropa davlatlarining deyarli barchasi ishtirok etgan Yetti yillik
urush (1756-1763) natijasida Yevropadagi chegaralar o‗zgarmadi.
Urushdan eng katta foydani Angliya oldi. Hindiston va Shimoliy
Amerikadagi fransuz mustamlakalari Angliyaga o‗tdi. Angliya
dunyoning yetakchi mustamlaka imperiyasiga aylandi.
1475
Yetti yillik urushda eng katta foydani qaysi
davlat oldi??? Angliya.
Yevropa davlatlarining deyarli barchasi ishtirok etgan Yetti yillik
urush (1756-1763) natijasida Yevropadagi chegaralar o‗zgarmadi.
Urushdan eng katta foydani Angliya oldi. Hindiston va Shimoliy
Amerikadagi fransuz mustamlakalari Angliyaga o‗tdi. Angliya
dunyoning yetakchi mustamlaka imperiyasiga aylandi.
1476
Yettisuv viloyati Tarkibiga Verniy, Jarkent,
Kopal, Lepsinek, Pishpak, Pgevalsk uyezdlari
kirgan.
Yettisuv viloyati - Markazi Verniy shahri (hoz. Almati). 1924-yil
tugatilgan. Tarkibiga VERNIY, JARKENT, KOPAL,
LEPSINEK, PISHPAK, PGEVALSK uyezdlari kirgan.
1477
Yettus viloyati hududini aniqlang.
Semipalatinsk viloyatining Sergiopol, Kopal
va Olatavsk.
Dastlab Turkiston general-gubernatorligi ma‘muriy jihatdan ikkita
viloyat: Sirdaryo (markazi Toshkent) va Yettisuv (markazi
Verniy) viloyatlariga bo‗lingan. Sirdaryo viloyatining hududiga,
asosan, 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli
bo‗lgan yerlar va Qo‗qon xonligining bosib olingan shimoliy
hududlari kirgan. Yettisuv viloyati esa Semipalatinsk viloyatining
Sergiopol, Kopal va Olatavsk okrugi yerlari va sobiq Turkiston
viloyatining bir qismidan iborat holda tashkil qilindi.
1478 Yettusuv viloyati hududini aniqlang?
Sergiopol, Kopal va Olatavsk okrugi yerlari va sobiq Turkiston
viloyatining bir qismi.Yettisuv viloyati esa Semipalatinsk
viloyatining Sergiopol, Kopal va Olatavsk okrugi yerlari va sobiq
Turkiston viloyatining bir qismidan iborat holda tashkil qilindi.
1479 Yevropa Kengashining oliy organi qaysi???
Tashqi ishlar vazirlari Qo'mitasi va Parlament Assambleyasi
Yevropa Kengashining oliy organi - Tashqi ishlar vazirlari
Qo'mitasi va Parlament Assambleyasidir. Yevropa Kengashining
vazifasi demokratiya va qonuniylikni, shuningdek, inson
huquqlarini rivojlantirishga va himoya qilishga ko'maklashishdan
iboratdir.
1480
Yevropa tarixiga «Ma‘rifat asri» qachon???
XVIII asr.
XVIII asr Yevropa tarixiga «Ma‘rifat asri» nomi bilan kirdi. Ilgari
faqat tor doiradagi olimlarning mulki bo‗lgan ilm-fan universitet
chegarasidan chiqib, keng jamoatchilikka tarqala boshladi.
1481
Yevropada qaysi hukmdor o'zi yoqtirmagan
papalardan birining ustidan sud jarayonini
uyushtirib, uni tahqirli holatda vazifasidan
chetlatgan??? Otton I (Otton III esa o'zining
ustozi Gerbertning Silvestr III (999-1003)
nomi bilan Rim papaligiga saylanishiga
erishgan.)
Otton I bu borada yanada ilgarilab ketadi. U Germaniyadagi
yepiskop va abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko'plab
huquq va imtiyozlar beradi. Natijada cherkov zodagonlari o'z
imkoniyatlari, hokimyatlari bo'yicha gersog va graflardan kam
bo'lmagan. Ular har qanday kishini hukmdor irodasiga
bo'ysundirishga qodir edilar. Imperatorning o'zi esa kerakli
odamni cherkov lavozimiga tayinlagan, zarur bo'lsa yepiskoplarni
va hatto, Rim papalarini hech qiyinchiliksiz almashtirgan.
Xususan, Otton I Rimda ko'plab yepiskoplar ishtirokida o'zi
yoqtirmagan papalardan birining ustidan sud jarayonini
uyushtirib, uni tahqirli holatda vazifasidan chetlatgan. Uning
vorisi Otton III esa o'zining ustozi Gerbertning Silvestr III (999-
1003) nomi bilan Rim papaligiga saylanishiga erishgan.
1482
Yevropada savodxonlikning oshishi uchun
muhim omil??? Injilni o‘qish.
Injilni mustaqil o‗qish ehtiyoji kishilarni savodli bo‗lishga undadi,
protestantlik mamlakatlarida savodxonlikning oshishi uchun
muhim omil bo‗ldi.
1483
Yevropalik olimlar Osiyodan qaysi fanlarni
o‘rgandilar??? Matematika, tibbiyot,
astronomiya, kartografiya.
Yevropalik olimlar Osiyo mamlakatlarining matematika, tibbiyot,
astronomiya, kartografiya sohalaridagi yutuqlarini
o'zlashtirishgan. O‘rta asrlarda.
1484
Yoqubxon Buyuk Britaniya bilan 1879-yilda
Gandamak bitimini imzoladi. Unga ko‗ra …?
Afg‗oniston amalda mustaqilligini yo‗qotdi. Kobulda ingliz
rezidensiyasi ochildi.
1485
Yosh buxoroliklar qanday g‘oya uchun
kurashdilar??? Xalqni jaholatdan uyg‗otish va
ma‘rifatga da‘vat etish bilan birgalikda milliy-
ozodlik va mustaqillik g‗oyalari.
Yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida 1910-yildan faoliyat
ko‗rsata boshladilar.Namoyandalari (Abdulvohid Burhonov,
Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‗jayev, Usmon
Xo‗ja, Abduqodir Muhitdinov, Musojon Sayidjonov va boshqalar)
Fayzulla Xo‗jayev rahbarlik qilgan Yosh buxoroliklar va
bolsheviklarning birgalikdagi harakatlari bilan Buxoroda davlat
to‗ntarishi tayyorlandi.
1486
Yosh xivaliklar partiyasi? Asfandiyorxon
(1910-1918) davrida?
Yosh xivaliklar partiyasi 1914-yil tashkil topgan edi.
1487
Yosh xivaliklar tarkibi??? Polvonniyoz hoji
Yusupov, Bobooxun Salimov, Bekjon
Rahmonov, Nazir Sholikorov, Jumaniyoz
Sultonmurodov.
Yosh xivaliklar harakati rahbarlari Polvonniyoz hoji Yusupov,
Bobooxun Salimov, Bekjon Rahmonov, Nazir Sholikorov,
Jumaniyoz Sultonmurodov kabi taraqqiyparvarlar bo‗lib, ular
Xorazmda katta nufuzga ega bo‗lishgan.
1488 yoyiq qaysi daryo? Ural.
Yoyiq (Ural).
1489
Yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya ni bosib
olishiga omil???
Tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo'lishi. Yunon-Baqtriya
davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo'ladiki, bu hol
uning kuchsizlanishiga sabab bo'ldi. Bundan foydalangan
ko'chmanchi yuechji qabilalari mil. avv. 140-130-yillar oralig'ida
Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar.
1490 Yuliy Sezar islohotlari???
Pompey uchun birdan-bir xavfli raqib Yuliy Sezar bo'lib qoldi.
Galliya urushlaridagi g'alabalar tufayli Sezarning nufuzi va
obro'yi ancha ortgandi. Yuliy Sezar mil.av. 46-yilda yangi
kalendar joriy etdi va yil boshini 1-yanvarga ko‗chirdi. Yangi
kalendar Yuliy kalendari deb ataldi. 44-yilda Yuliy Sezar
hukmronligi tugadi.
1491
Yuliy Sezar islohotlari??? A) Imperiyaga asos
solgan B) Respublikaga asos solgan C)
Lavozimlarga saylovsiz tayinlangan D) ...
A) IMPERIYAGA ASOS SOLGAN
1492
Yuliy Sezarni mashxur qilgan urush?
Galliyadagi.
Yuliy Sezar mil. avv. 49-yilda Galliyadagi zafarli urushdan keyin
Rimga qaytayotganida Rubikon daryosidan kechib o'tar ekan,
yakka hokimlik uchun oshkora kurashni boshlab yubordi. Sezar
o'shanda o'zinig mashhur: «Qur'a tashlandi!» iborasini aytgan.
1493 YUNISEF qachon a‘zo? 1994-yilda.
O‗zbekiston Respublikasi 1994-yilda unga a‘zo bo‗lib kirdi va u
bilan doimiy hamkorlik olib bormoqda.
1494
Yunon alifbosidagi kushon bitiklari qayerdan
topilgan??? SURXKO'TAL.
Kushon podsholigida yozuv qadimdan mavjudligini
SURXKO'TAL (Afg'onistondagi Qunduz shahri yaqinida)
yodgorligidan topilgan yunon alifbosidagi kushon bitiklari ham
tasdiqlaydi.
1495
Yunon-Baqtriya davlatiga Mil. avv. 140-130-
yillar Yuechjilar hujum qilgach...???
Mil. avv. 140-130-yillar oralig'ida ko'chmanchi yuechji qabilalari
Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. Yuechjilar Baqtriya
yerlariga kelib o'rnashadilar va milodiy I asrda Guyshuan
(Kushon) xonadonining boshlig'i barcha yuechji mulklarini o'z
hokimiyati ostida birlashtirib, Kushon davlatiga asos soladi.
1496
Yunon-Baqtriya hududiga kirmagan hududni
aniqlang? Xorazm.
Xorazm.
1497
Yunon-Baqtriyaga kirgan hududlarni aniqlang?
So‗g‗diyona va Marg‗iyona, Hindiston.
Baqtriyadan tashqari, So'g'diyona va Marg'iyona ham kirgan.
Demetriy hukmronligi davrida Hindistonning bir qismi bu
davlatga qo'shib olindi.
1498 Yunoncha atamalarni toping?
metek, goplit, oykumena
1499
Yunonistonga oid atamalarni toping. Plebey,
goplit, ilot, konsul,
Goplit - Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya
armiyalarining og'ir qurollangan piyoda jangchisi.Sparta eng yirik
yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan
mahalliy aholi - ilotlar ham aslida yunonlar bo'lib, ular bilan bir
tilda so'zlashgan. Janubiy Yunoniston (Lakonika) Rimda -
konsullar hech bir saylovsiz Senatda o'rin egallab oladigan va
uning umrbod a'zosiga - senatorga aylanadigan mavqega
erishdilar.Plebeylar Rim qonunchiligida.
1500 Yunonlarga oid boʻlmagan atama?
Spartada to'la-to'kis huquqlarga ega bo'lmagan, shaxsan ozod
kishilar - perieklar ham yashagan. Sagaris - jangovar oybolta.
Sagaris.
1501
Yunon-makedon istilolaridan keyin O'rta
Osiyo tarixida qanday o‘zgarishlar sodir
bo‘ldi?
Antik davr boshlandi. Bu yurishlar oqibatida G'arb va Sharq
o'rtasida madaniy munosabatlar kengayishi sodir bo'ladi.
Baqtriyada yunon yozuvi, yunon og'irlik o'lchov birliklari, pul
munosabatlari, hunarmandchilik va san'at buyumlari tarqaldi. O'z
navbatida yunonlar ham Baqtriyaning binokorlik va
hunarmandchilik an'analarini o'zlashtirdilar.
1502
Yunon-makedon istilolaridan keyin O'rta
Osiyo uchun ijobiy oqibatlari? Antik davr
boshlandi. yunon yozuvi, yunon og'irlik
o'lchov birliklari, pul munosabatlari,
hunarmandchilik va san'at buyumlari
Yunon-makedon istilolaridan keyin O'rta Osiyo tarixida antik
davr boshlandi. Bu yurishlar oqibatida G'arb va Sharq o'rtasida
madaniy munosabatlar kengayishi sodir bo'ladi.Baqtriyada yunon
yozuvi, yunon og'irlik o'lchov birliklari, pul munosabatlari,
hunarmandchilik va san'at buyumlari tarqaldi. O'z navbatida
yunonlar ham Baqtriyaning binokorlik va hunarmandchilik
an'analarini o'zlashtirdilar. (Bu shaharlar uning nomi bilan
Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg'iyona
Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan. Mahalliy va yunon
madaniyatlari an'analarining qo'shilishi yuz berdi. Ellinizm)
1503
YUnon-makedon qo‘shinlari bosqini
davrida Qashqadaryo vohasining sharqiy
qismi qanday atalgan?
Nautaka
1504 Yunusobod metrosi???
2001-yil avgustda Yunusobod yo‗nalishining 6 ta bekatdan iborat
birinchi qismi foydalanishga topshirilib, yo‗lovchi tashish yo‗lga
qo‗yildi.
1505 Yurtimizda Orta asrlar qachon???
IV-XV asrlar
1506 Yusuf Xos Hojib ...
Yusuf Xos Hojib (XI asr) ―Qutadg‗u bilig‖ dostonining muallifi.
1069-yilda ―Qutadg‗u bilig‖ (―Saodatga eltuvchi bilim‖) asarini
Bolasog‗unda yoza boshlaydi va 1070-yilda Koshg‗arda tugatadi.
Asarni qoraxoniylar hukmdorlaridan bo‗lgan Tavg‗och
Bug‗roxonga taqdim etadi. ―Qutadg‗u bilig‖ Tavg‗och
Bug‗roxonga ma‘qul kelib, Yusufga ―Xos Hojib‖ (eshik og‗asi)
martabasini beradi. ―Qutudg‗u bilig‖da oddiy xalq, mehnatkash
inson alohida ehtirom bilan tasvirlanadi. ―Qutudg‗u bilig‖da
axloq, odob, sadoqat va va sevgi kabi masalalar haqida hikmatli
so‗zlar yuritadi. U ilm va ma‘rifatga saodatning kaliti deb qaraydi.
Shuning uchun ham o‗z dostonini ―Qutudg‗u bilig‖ deb ataydi.
1507 Yutlar qachon Kent viloyatini bosib oladi???
V asr o'rtalarida. Yutlar V asr o'rtalarida Kent viloyatini bosib
oladi.
1508
Yuz yillik urushda fransuzlarning dastlabki
mag'lubiyati sababi nima? Ritsar mustaqil
harakat qilgan.
Qo‗shinda yagona boshqaruv va harbiy intizom bo‗lmagan.
Fransiya qo‗shini alohida ritsarlik bo‗linmalaridan tashkil topgan
bo‗lib, har bir ritsar mustaqil harakat qilgan. Qo‗shinda yagona
boshqaruv va harbiy intizom bo‗lmagan.Ingliz qo‗shinlаrining
intizоmi, sоn jihаtidаn ust un bo‗lishi, puхtа tаyy orgаrligi
Аngliya ustunlig ini ta‘minlаydi. Erkin dеhqоnlаrdаn tuzilgаn
kаmоnchilаr bo‗linmаsi hаm g‗аlаbа оmill аridаn biri bo‗lаdi.
1509 Zamaxshariy ...
Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning
Zamaxshar qishlog‗ida dunyoga kelgan. Ilmga bo‗lgan chanqoqlik
uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‗dod, Hirot va
Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni,
xattotlik san‘atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur
o‗rganishiga sabab bo‗ldi. U mintaqa geografiyasiga doir
ma‘lumotlarni to‗playdi.arab tili fonetikasi va morfologiyasiga
bag‗ishlangan ―Al-Mufassal‖, Qur‘oni karim tafsiriga oid ―Al-
Kashshof‖ asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy
―Arab va g‗ayri arablar ustozi‖, ―Xorazm faxri‖ kabi sharafli
nomlar bilan ulug‗langan. U ko‗p asarlarini Makkada yozganligi
uchun ―Jorulloh‖ (―Allohning qo‗shnisi‖) degan sharafli nomga
muyassar bo‗ladi. Qohiradagi dunyoga dong‗i ketgan Al-Azhar
diniy dorilfununining talabalari hozir ham ―Al-Kashshof" asosida
Qur‘oni karimni o‗rganadilar. U, shuningdek, tarixdagi birinchi
ko‗p tilli lug‗at - arabcha-forscha-turkiy lug‗atning asoschisi
bo‗lgan. Mahmud Zamaxshariy 1144-yilda Xorazmda vafot
etgan.1995-yilda O‗zbekistonda Mahmud Zamaxshariyning 920
yilligi keng nishonlandi.
1510
Zamonaviy qaysi davlatda bizdagi baxshilikka
o‘xshash san‘at turi bor? Koreya.
Yangi davrda Koreyada ham bizdagi baxshilik san‘atiga o‗xshash
qo‗shiqchilik keng tarqaldi.
1511
Zarafshon okrugi qachon tashkil qilingan???
1868-yilda.
1868-yilda Buxoro amirligiga qarashli yerlarda Zarafshon okrugi
(markazi Samarqand) tashkil qilingan.
1512 Zariasp qaysi shahar?
Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo'ldi.
1513
Zebo G‗aniyeva nima bilan mukofotlandi???
Qizil Bayroq ordeni.
28 nafar fashistni otib ofldirgan snayperchi Zebo G‗aniyeva ham
bo‗lib, u mardligi va jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan
mukofotlandi. ―Moskva mudofaasi uchun‖ maxsus medali bilan
mukofotlanganlar orasida O‗zbekiston jangchilaridan 1753 kishi
bo‗lgan.
1514
Zevar qaysi juzga mansub??????? Zevar emas
Zarliqni so‘ragan shekilli???
Ernazarbiy Rossiya ta‘sirida bo‗lgan qozoq urug‗ boshliqlaridan
biri Zarliqni xon qilib ko‗tarish va imperiya tobeligiga o‗tishga
intilardi. 1999-yilda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi
nishonlandi. Nukusda Ajiniyoz maydoni barpo etildi va unga
haykal o‗rnatildi.
1515 Ziriyab nimalarni taklif qilgan???
Mavsumga qarab kiyim kiyish ....
1516 Ziriyab qachon yashagan? IX asrda yashagan.
Musiqachi va qo'shiqchi Ziryab IX asrda yashagan. U mavsumga
qarab kiyim kiyishni joriy etgan. Yupqa shisha idish oltin va
kumush idishga nisbatan qulay va nafis ekanligini isbotlagan.
Tantanalarda dasturxonga taom tortishning qat'iy tartibini belgilab
bergan: dastlab suyuq taom (sho'rva kabi), ortidan go'shtli taom,
so'ng parranda go'shti va nihoyasida shirinliklar tortilgan.
1517 Аlkimyogarlar nimani qidirganlar???
Аlkimyogarlar hаr qаndаy ma‘dаnni oltinga аylаntiruvc hi «sеhrli
tоshni» izlаgаnlаr. Tаjribаlаr yangi kimyoviy birikmаlаr,
kislоtаlаr, minеrаl bo‗yoqlаr оlishgа imkоn bеrаdi. Munаjjim vа
аlkimyogarlar o‗z izlаnishlаri dаvоmidа kimyoviy pеch, tоzаlаsh,
hаydаsh, filtrlаsh аsbоb-uskunаlаrini iхtirо qilgаnlаr.
1518 Аlоuddin Хiljiy islоhоtlаri ???
Аlоuddin Хiljiy islоhоtlаr o‗tkаzib, dаvlаt хаzinаsi dаrоmаdlаrini
ko‗paytirаdi. Xiljiy kuchli qo‗shin tuzib, o‗zbоshimchа
fеоdаllаrni bo‗ysundirаdi. Bu dаvlаt vаqtinchаlik bo‗lsа-dа
o‗zining аvvаlgi qudrаtini tiklаshigа yordаm bеrаdi. Dеhli
sultоnligining kuchli vа intizоmli qo‗shini bo‗lishi shimоldаn
mo‗g‗ullаr hujumlаrini qаytаrish imkonini beradi.
1519
Аmudаrе bulimi bоshligi impеriya vаkili
sifаtidа???????
Uning boshlig‗i ayni mahalda Rossiya imperiyasining Xiva
xonligidagi vakili sifatida mamlakatni boshqarishda xonning
hamma harakatlari ustidan nazoratni amalga oshirar edi.
1520
Хivа хоligidа хоn fаrmоnnini elоn qilаngа
qаndа sоliq to‘lаngаn. Boshqa savol.
Xiva. Xon farmonlarini e‘lon qiluvchi jarchi foydasiga afanak puli
yig‗gan.
Do'stlaringiz bilan baham: |