partiyasi (ASDP) tuzildi. 1889-yilda 3). Kongo havzasidagi yerlar
Belgiya mustamlakasi deb e‘lon qilindi. 1883-yilda 4).Praga
universitetida o‗qitish ikki tilda (nemis va chex) olib boriladigan
bo‗ldi. 1882-yilda Javob: 1-1884-yilda, 2-1889-yilda, 3-1883-
yilda, 4-1882-yilda
1125
Quyidagilar orasidan Rossiya imperiyasining
O‗rta Osiyoga istilochilik yurishlarining
ikkinchi bosqichi davrida (1865-68) bosib
olingan shaharni belgilang.
A) Turkiston (1864) B) Xiva(1873) C) Andijon (1875-76) D)
Xo‗jand(1866) D) Xo‗jand(1866)
1126
Quyidagilardan qaysi biri misrliklarning asasiy
xudosi emas? Ishtar.
Ishtar. (Anibus, Xatxor, Maat)
1127
Quyidagilardan so'nggi paleolit davriga oid
ma'lumotlarni toping??? 2, 4, 5, 7, 9
(Yaxshilab eslab qoling tartib raqamlar
testdagidan farqli)
1) neandertallar yashagan; 2) kromanyon odamlar yashagan; 3)
paxsa uylar qurilgan; 4) odamlar taqinchoqlar yasay boshlagan; 5)
odamlar urug' jamoalariga birlashgan; 6) gazlamadan kiyim
tayyorlashga o'tishgan; 7) sun'iy olovdan foydalanishgan; 8) tabiiy
olovdan foydalanilgan; 9) turar joy qurilishi boshlangan Urug'
a'zolari bitta manzilgohda yashagan kesuvchi va arralovchi
mehnat qurollari taqinchoqlar - munchoqlar, tumorlar va uzuklar
ixcham guruhlarga - urug' jamoalariga Kiyim-kechak
tayyorlashda hayvonlar terisidan foydalanishgan kromanyon
odami yashagan Turar joylar qurilishi sun'iy olov hosil qilish
insoniyat o'z rivojida yana bir pog'onaga yuksaldi.
1128
Rahmonqulihoji, Mirkarimboylar
boshchiligida odamlar nega norozilik
uyushtirdilar???
Savol tushunarsiz. (Kimgadir shu savol tushgan bo‘lsa, to‘liq
menga 94-630-96-44 ga yozib yuborsa, men shuni to‘ldirib
qo‘yaman, boshqalar foydalanishi uchun). 1880-yil noyabrda
aholi hamma soliqlarni to‗laganligiga qaramay Xo‘jand
uyezdining Xo‗jand va O‗ratepa tumanlaridagi aholidan
qo‗shimcha yer solig‗i olinishini e‘lon qildi. Buning oqibatida
sabr kosasi to‗lgan aholi Rahmonqulihoji, Mirkarimboylar
boshchiligida odamlar uyezd boshlig‗ining mahkamasiga borib,
adolatsiz soliqni bekor qilishni talab qildi. Bunga javoban boshliq
mirshablarga namoyish rahbarlarini hibsga olishni buyurdi.
1129 Rasm Braziliya??? Нотугри жавобни топинг.
1881 йил кичик ер эгаларига мулклари кайтарилди
1130
Rasmda eron xududi nuqta bor. Savolda
yunonlar mil av 490 yil ushbu davlat bilann
jang qilgan.
Marafon jangi. Mil. avv. 490-yil fors harbiy floti Egey dengizini
kesib o'tdi va Attika sohiliga langar tashladi. Marafon tekisligiga
nayza, xanjar va o'q-yoylar bilan qurollangan fors suvoriylari va
piyoda jangchilari kemadan tushadilar.
1131
Rasmda tasvirlangan, shaxs faoliyati bilan
bog‘liq to‗g‗ri javobni aniqlang.
A) 955-yil toj kiydi B) 800-yil imperatorlik tojini kiydi C) 843-
yilda Verden tinchlik sulhini tuzdi. D) jon solig‘ini joriy etdi.
1132
Rasmda tasvirlangan, shaxs faoliyati bilan
bog‘liq to‗g‗ri javobni aniqlang???
Rasm tushdi Buyuk Karl u haqida malumot berilgan. A) Angl-
sakslarning Britaniya oroliga tayziqlarini yarim asrga to‗xtatdi.B)
«Qalqon puli» soligd joriy etdi. C) 879-yilda daniyaliklar bilan
tinchlik sulhini tuzdi. D) Uning hukmronligi davrida franklarda
an'anaviy xalq lashkari o'rnida otliq ritsarlar qo'shini vujudga
kelgan. Uning hukmronligi davrida franklarda an'anaviy xalq
lashkari o'rnida otliq ritsarlar qo'shini vujudga kelgan.
1133
Rembrand tug‗ilgan yilda jahon tarixida
qanday voqea yuz bergan? 1606-yil Avstraliya
kashf
1606-yil Avstraliya kashf etildi.
1134
Reyn daryosining o'ng sohilida yashagan
qabila??? SAKS QABILALARI.
Reyn daryosining o'ng sohilida yashagan saks qabilalariga qarshi
urushlar 30 yildan ortiq (772-804) davom etadi.
1135
Rim imperatori Oktavian davrida yuz bergan
voqealarni aniqlang? 1,2,10
1) Misr Rim provinsiyasiga aylandi; 2) Rim imperiyasiga asos
solindi; 3) armiyasining umumiy soni 500 mingga yetdi; 4)
mamlakatda respublika tizimi o‗rnatildi; 5) senatorlar soni
qisqartirildi; 6) konsul lavozimi qayta tiklandi; 7) Mesopotamiya
Rimga bo‗ysundirildi; 8) armiyadagi jangchilar xizmati 20 yil etib
belgilandi; 9) Kichik Osiyoning g‗arbiy qismi bo‗ysundirildi; 10)
keng ko‗lamli qurilish ishlari olib borildi. Oktavian qo'shin bilan
Misrga yetib keladi. Antoniy va Kleopatra o'z-o'zini o'ldiradi,
Misr esa Rim davlati provinsiyasiga aylanadi. Oktavian Rim
imperiyasining asoschisiga aylanib, bir qator islohotlar
o'tkazdi.Oktavian Imperator keng ko'lamda qurilish ishlari olib
bordi. Milodiy 98-yilda Trayan Suriya va Mesopotamiya
hududlari Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. Savolni tekshirish kerak.
1136
Rim papasi qachon «Iso jamiyati» yoki
iyezuitlar («Iyezus» - Iisus, Iso) ordenini ta‘sis
etdi. 1540-yili.
Reformatsiyaga qarshi kurashish uchun Rim papasi 1540-yili «Iso
jamiyati» yoki iyezuitlar («Iyezus» - Iisus, Iso) ordenini ta‘sis
etdi. Iyezuitlar oldiga «adashgan olomonni cherkovga qaytarish»
vazifasi qo‗yildi. «Iso jamiyati»ning asoschisi ispan zodagoni
Ignatiy Loyola bo‗ldi.
1137 Rim tarixchisini toping? Kvint Kursiy Ruf.
Milodiy I asrda qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf
«Makedoniyalik Aleksandr tarixi» nomli asarni yozib,
makedoniyalik Aleksandrning O'rta Osiyoga harbiy yurishlari
haqidagi ma'lumotlarni keltirgan.
1138
Rim va Karfagen o'rtasidagi urush
boshlanishiga sabab nima??? SITSILIYA
MASALASI.
Aynan SITSILIYA MASALASI Rim va Karfagen o'rtasidagi
urush boshlanishiga sabab bo'ladi. Mil. avv. III asr o'rtalari.
Rimliklar Karfagen bilan uch marotaba urushdilar.
1139
Rim va Vizantiya davrida musulmonlar qaysi
odatni o‘zlashtirib, o‘zlarida ham keng targ‘ib
qilganlar?
Hammом.
1140
Rimda ―oltin asr‖ga sababchi bo‘lgan
hukmdor faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan
javobni aniqlang? Trаyan dаvri
Keng ko‘lamli qurilish ishlari amalga oshiriladi
1141
Rimda nima sababdan 12 jadval qonunlar
qabul qilingan?
Plebeylardan iborat bo‗lgan Rim qo‗shinlari isyondan so‘ng.
1142
Ritsar unvoni qaysi Osiyo davlatida bo‗lgan?
Yaponiya.
Yaponiya aholi tarkibida Yevropa dvoryanlariga monand
oliyhimmat ritsarlar (samuraylar) va knyazlar mavjud bo‗lgan
Sharqdagi yagona mamlakat edi. 8-sinf Jahon tarixi 67-bet.
1143
Rohiblar toat-ibodatdan bo'sh paytlarida
nimalar bilan shug'ullanganlar??? Xattotlik va
bolalarni o'qitganlar.
Yevropada monastirlar IV asrda tashkil etilgan. Rohiblar toat-
ibodatdan bo'sh paytlarida xattotlik bilan shug'ullanganlar.
Ayrimlari esa monastir qoshidagi maktablarda bolalarni
o'qitganlar.
1144
Roman uslubida qurilgan Germaniyadagi eng
mashhur binolar???
Germaniyadagi Laax monastiridagi cherkov (XI asr) roman
uslubining yorqin namunasidir. 2019-yilda menga tushgan.
Shpeyer, Vorms, Maynts, Axendagi cherkov, Laax monastiri.
Roman uslubida qurilgan eng mashhur binolar: Fransiyadagi
Puate, Klyuni, Arl ibodatxonalari; Germaniyadagi Shpeyer,
Vorms, Maynts, Axendagi cherkovlar hisoblanadi.
1145
Rossiya Angliya bilan Afg‗oniston va O‗rta
Osiyodagi chegaralarni belgilash natijalari???
1869-1870-yillarda Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi
Angliya bilan Afg‗oniston va O‗rta Osiyodagi chegaralarni
belgilash to‗g‗risida muzokaralar olib bordi. Natijada chegaralar
Amudaryo bo‗ylab Panj tumanidan o‗tkazilishiga kelishildi.
Buxoro amirligi va Eron o‗rtasidagi chegara 1881-yil 10-dekabrda
Eron shohi bilan Tehrondagi Rossiya elchisi imzolagan maxfiy
shartnomada belgilandi.Rossiya- Afg‗oniston shartnomalari?
1146
Rossiya Federetsiyasidagi TANGLIK
sabablari??? «shok terapiyasi». Savol
tushunarsiz.
Ichki siyosiy hayot. Siyosiy jabhada ham muhim o‗zgarishlar yuz
berdi. 1991-yilgi avgust voqealari, SSSRning tarqalishi va «shok
terapiyasi» jamiyatda IJTIMOIY TANGLIKNI oshirdi. Ish
tashlashlar va siyosiy namoyishlar keng quloch yoydi. ROSSIYA
FEDERATSIYASIda.(1991-yil 23-aprelda Moskva yaqinidagi
Novo-Ogaryovoda SSSR Prezidenti M.Gorbachyov hamda 9 ta
ittifoqdosh respublikalar RSFSR, Ukraina, Belorusiya,
O‗zbekiston, Qozog‗iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‗iziston va
Turkmaniston davlat oliy idoralari rahbarlarining uchrashuvida
―Mamlakatdagi ahvolni barqarorlashtirish va TANGLIKNI
bartaraf etishga doir kechiktirib bo‗lmaydigan chora-tadbirlar
to‗g‗risida qo‗shma bayonot‖ qabul qilindi.)
1147
Rossiya imperatorining 1885-yildagi farmoni
asosida «Rossiya imperatorining siyosiy
agentligi» (1886-1917) tashkil etilgan bo‗lib, u
1868-yildagi shartnoma shartlari bajarilishini
va amirning siyosiy faoliyatini nazorat qilib
borgan. 1885-yil???
1885-yil Farg‗ona qo‗zgolon qaytadan 1885-yilda -
Turkmanlarning batamom bo‗ysundirilishi 1885-yilda Baljuvon
bekligida Vose 1885-yilda Kaspiyorti temiryo‗li
1148
Rossiya imperiyasi O‗rta Osiyoning bosib
olingan hududlarida nimalarni saqlab
qolgan??? Savoli boshqacharoq edi???
Quyi boshqaruv organlari va soliq tizimi saqlab qolingan.
1149
Rossiya imperiyasi qachondan imperiya deb
ataladigan bo‘ldi? 1721-yildan. Pyotr I.
«Shimoliy urush» 1721-yili Rossiyaning g‗alabasi bilan tugadi.
Finland iyaning Nishtadt shahrida Rossiya - Shvetsiya tinchlik
shartnomasi imzolandi. Unga binoan, Rossiya Boltiq dengiziga
chiqish huquqiga ega bo‗ldi. Ayni paytda Rossiya Yevropaning
qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 1721-yili Pyotr I imperator
deb e‘lon qilindi. Rossiya imperiyaga aylandi va mamlakatda
mutlaq monarxiya to‗la qaror topdi.
1150
Rossiya imperiyasining O‗rta Osiyoga
istilochilik yurishlarining to‘rtinchi bosqichi
davrida tashkil etilgan ma‘muriy-hududiy
birlikni toping.
A) Amudaryo bo‗limi 1873-yil B) Zarafshon okrugi 1868-yil C)
Orenburg general-gubernatorligi tarkibidagi Turkiston viloyati
1865 D) Kaspiyorti viloyati 1881-yil D) Kaspiyorti viloyati 1881-
yil
1151
Rossiya O‘rta Osiyoni bosib olishining birinchi
bosqichida qayerlar egallandi?
Birinchi bosqich (1-bosqich) 1847-1865-yillarda Rossiya
imperiyasi tomonidan Qo‗qon xonligining shimoliy-g‗arbiy
viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. Istilo etilgan
hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi
Turkiston viloyati tashkil etildi. Ikkinchi bosqich (2-bosqich)
1865-1868-yillarni qamrab olgan bo‗lib, bunda Qo‗qon xonligi va
Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich (3-bosqich) 1873-1879-yillar davomida Xiva va
Qo‗qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo‗ldi. To‗rtinchi
bosqich (4-bosqich) 1880-1885-yillarda turkmanlarning
bo‗ysundirilishi edi. Shunday qilib, 1864-1885-yillarda 20 yildan
ortiq vaqt davomida Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan
harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urushlari olib borildi.
O‗rta Osiyo xonliklari hududining katta qismi (1583255 kv. km)
bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi.
1152
Rossiyada Janubiy jamiyatga kim asos solgan?
Pavel Pestel.
«Janubiy jamiyat»ning ko‗zga ko‗ringan arbobi Vatan urushi
qatnashchisi Pavel Pestel edi. U yaratgan konstitutsiya loyihasi
«Rus haqiqati» deb ataldi. Dekabristlar harakatining rahbarlaridan
besh kishi, shu jumladan, P. Pestel va N. Muravyovlar ham osib
o‗ldirildi.
1153
Rossiyada mavjud tizimni tubdan o‘zgartirish
tarafdorlari Maksimalistlar.
Maksimalistlar - mavjud davlat tuzumini tanqid ostiga olib,
radikal o‗zgarishlar va islohotlar o‗tkazishni talab etuvchi siyosiy
oqim.
1154
Rossiyadagi islohotlarning «arxitektori» ??? B.
Yelsin prezidentlik vakolatlarini V. Putinga
qachon topshirdi. 1999-yil oxirida.
B. Yelsin tomonidan Bosh vazir lavozimiga taklif qilingan Y.
Gaydar Rossiyadagi islohotlarning «arxitektori» bo‗ldi. 1999-yil
oxirida B. Yelsin prezidentlik vakolatlarini V. Putinga topshirdi.
2000-yil mart oyida bo‗lib o‗tgan saylovlarda V. Putin Rossiya
prezidenti etib saylandi.
1155
Rossiyadan k‘ochib kelganlar (Stolipin) nima
sababdan yana qaytib ketishga majbur bo‘ldi?
Bundan tashqari, ko‗chib ketganlar yana avvalgi joylariga qayta
ko‗chib kelishga majbur bo‗la boshladilar. Chunki ko‗chirish
moddiy jihatdan yetarli ta‘minlanmadi. Turkistondagi mahalliy
aholiga qarashli eng yaxshi yerlarning ko‗chib kelganlarga
berilganligi, yerli aholining esa sharoiti og‗ir yerlarga surib
chiqarilganligi sabab bo‗ldi. Shu tariqa, Stolipinning islohotlari
mamlakatni «tinchlantira» olmadi.Moddiy jihatdan yetarli
ta‘minlanmadi.
1156
Rossiyadan va Xiva o‗rtasida yaxshi
qo‗shnichilik munosabatlarining qaror
topishiga qaysi omillar to‗sqinlik qilmoqda
edi?
Kichik juz qozoqlarini va qoraqalpoqlarni o‗z fuqarolari deb
hisoblashlari, shuningdek, har ikki tomonning o‗zaro savdodan
olinadigan boj hajmi. Biroq har ikki davlat o‗rtasida yaxshi
qo‗shnichilik munosabatlarining qaror topishiga har ikki tarafning
Kichik juz qozoqlarini va qoraqalpoqlarni o‗z fuqarolari deb
hisoblashlari, shuningdek, har ikki tomonning o‗zaro savdodan
olinadigan boj hajmi masalasida uzoq vaqt bir to‗xtamga kela
olmaganliklari ham to‗sqinlik qilmoqda edi.
1157
Rossiyani bizga bosqinini tezlatgan sabablar?
XIX asrning o‗rtalarida bu hududni bosib olish
Rossiya imperiyasining birinchi navbatdagi
vazifasiga aylandi. Bundan tashqari xalqaro
doirada ingliz tovarlarining O‗rta Osiyoga kirib
kelishi, Angliyaning bu hududga nisbatan
qiziqishi ortib borishi Rossiya imperiyasi
hukumatining istilochilik harakatlarini yanada
tezlashtirdi.
XIX asrda Rossiya imperiyasining sanoat xomashyosiga bo‗lgan
ehtiyojining ortishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlari uchun
qo‗shimcha iste‘mol bozorlarining zarurligi, to‗qimachilik sanoati
uchun arzon paxta tolasi yetkazib beradigan hududga ega bo‗lish
muammolari O‗rta Osiyoning bosib olinishini yanada tezlashtirdi.
1158
Rossiyaning G-8 dan chiqishi sabablari va
oqibati??? Savoli boshqacharoq edi???
2014-yili Ukrainada yuz bergan navbatdagi «rangli inqilob»
tufayli hokimiyat almashgandan so‗ng Qrimning Rossiyaga
qo‗shilishi ortidan G‗arb davlatlari Rossiyaga qarshi iqtisodiy
sanksiyalar e‘lon qildi, u «Katta sakkizlik» - G-8 dan chiqarildi.
Rossiya iqtisodiyotida bir qator muammolar paydo bo‗ldi,
rublning qiymati tushib ketdi. Hozir Rossiya BRIKS va SHHT
doirasida hamkorlikni kuchaytirmoqda. MDH davlatlari
o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar ham oson kechmadi. Rossiya
bilan Ukraina o‗rtasida Qora dengiz flotini bo‗lib olish, Qrim
yarimorolidagi Sevastopol shahrining maqomi to‗g‗risida keskin
bahslar ketdi. Rossiya bilan Boltiqbo‗yi davlatlari o‗rtasida ham u
yerda yashovchi ko‗p sonli rusiyzabon aholi huquqlari va hududiy
masalalar bo‗yicha qattiq tortishuvlar bo‗lib o‗tdi. Tojikiston va
Moldova respublikalarida fuqarolararo mojarolar yuz berganda,
Rossiya o‗zining iqtisodiy va strategik manfaatlari yuzasidan bu
muammolarni bartaraf qilishda qatnashdi.
1159
Rossiyaning Germaniya va Avstriyaga urush
elon qilganidan roppa-rosa 2 yil keyin bolgan
voqea?
1914-yil 17-avgust. 1916-yil 17-avgust kuni Ruminiya bilan
Antanta davlatlari o‗rtasida shartnoma Biroq Shliffen rejasi
amalga oshmay qoldi. Bunga Fransiya hukumatining iltimosiga
ko‗ra, 1914-yil 17-avgust kuni Rossiyaning Germaniya va
Avstriya-Vengriyaga qarshi boshlagan hujumi sabab bo‗ldi. 1916-
yil 17-avgust kuni Ruminiya bilan Antanta davlatlari o‗rtasida
shartnoma imzolandi va Ruminiya Avstriya-Vengriyaga qarshi
urushga kirish majburiyatini oldi. (Eski kitob).
1160
Rossiya-Turkiya urushi (1768-yil-1774-yili)
Kuchukqaynarji shartnomasi ???
Usmoniylar sultoni Mustafo III 1768-yili Rossiyaga qarshi urush
boshladi. Urush 1774-yili Kuchukqaynarji shartnomasi bilan
yakunlandi. Urushda Rossiya imperiyasi g‗alaba qozondi.
Shartnomaga binoan, Qrim xonligi Rossiyaga qaram davlatga
aylandi va keyinchalik Rossiya tarkibiga qo‗shib olindi. Rossiya
Qora dengizda harbiy flotga ega bo‗lish huquqini ham qo‗lga
kiritdi.
1161
Rossiyida krepostnoy huquqlari bekor qilingan
vaqtda, dehqonlarga berilgan yer nima deb
atalgan?
CHEK YERLAR.
1162
Ruminiya-Antanta shartnomasi va Taraqqiy
gazetasi(1916-1906) Savol noaniq???
1916-yil avgustda Ruminiya bilan Antanta davlatlari o‗rtasida
shartnoma imzolandi va Ruminiya Avstriya-Vengriyaga qarshi
urushga kirish majburiyatini oldi. Taraqqiy gazetasi(1916-1906).
1163 Rus knyazlarini ishlari bilan moslashtiring.
Qaysi Rus knyazi vizantiya soliq to‘lamagani uchun bostirib
kiradi??? IGOR. 1. Igor Vizantiyaga qarshi ikki marta yurish
qiladi;2. Vladimir slavyan qabilalarining isyonini bostirib, Kiyev
Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal‘alarini qurdiradi. 3.
Yaroslav Kiyev Rusining gullab-yashnagan davri bo‗lgan.
(1,2,3,4,)
1164 Rus knyazlarini moslashtiring.
Igor hukmronligi yillari??? 912-945 yillar.Igor o‗z knyazligini
(912-945)Vladimir (980-1015)Yaroslav (1019-1054)Vladimir
Monomax (1113-1125)
1165
Rus knyazligida Novgorodni boshqarish
huquqi?
XALQ VECHESI saylangan shahar hokimi, saylanadigan «shahar
dumasi» va yepiskop.
1166 Rus milliy teatri Asoschisi kim? Volkov.
Volkov.
1167
Rus qo‘shinlari Xiva xonligi chegarasiga
qachon yetib keldi??? 1873-YIL MAY.
1873-yilda Xiva chegarasiga qaysi guruh yetib keldi? Xivaga 7,5
ming kishigina yetib bordi. Krasnovodsk va Mang‗ishloqdan Xiva
tomon yurgan qo‗shinlar jazirama issiq va suv yetishmasli gidan
aziyat chekkanligi, holdan toyganligi sababli yo‗lning yarmidan
ortga qaytishga majbur bo‗ldi. Faqatgina Toshkent, Orenburg
yo‗nalishidan yo‗lga chiqqan qo‗shinlar 1873-yil may oyida Xiva
xonligi chegaralariga yetib keldi. Toshkent, Orenburg
yo‗nalishidan yo‗lga chiqqan qo‗shinlar. Xivaga qaysi
yo'nalishdagi rus askarlari yetib keldi:J: Toshkent, Orenburg.
1168
Ruslar tomonidan bosib olingan shaharlarni
ket-ketligini belgilang. 1 Turkiston, 2 Xo‘jand,
3 Samarqand 4 Namangan
1 Turkiston, 2 Xo‘jand, 3 Samarqand 4 Namangan
1169
Ruslar tomonidan bosib olingan shaharlarni
ketma-ketlikda joylashtiring. Menga 2021-
yilda tushdi.
Turkiston, Xo‗jand, Samarqand, Namangan. Turkiston (1864-yil
12-iyul kuni N. Veryovkin otryadi Qo‗qon xonligiga qarashli
Turkiston shahrini bosib oldi), Xo‗jand (1866-yil 24-may)
Samarqand (1868-yil 8-iyun) Namangan (1875-yil 18-oktabr)
1170
Rus-yapon urushidan so‘ng AQSh
vositachiligida tuzilgan shartnomaning
Rossiyaga tegishli shartlarini belgilang.
Koreyani Yaponiya ta‘sir doirasi deb tan oldi. .
Saxalin orolining janubiy qismi Yaponiyaga.
AQSH vositachiligida 1905-yilning 23-avgustida shunday
shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko‗ra, Rossiya Koreyani
Yaponiya ta‘sir doirasi deb tan oldi. Yaponiya Port-Arturni
ijaraga olish huquqiga ega bo‗ldi. Saxalin orolining janubiy qismi
Yaponiyaga berildi.
1171
S. Qosimov qaysi lavozimda ishlagan? Oliy
sud raisi.
О‗zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa‘dulla Qosimov 1929-yil
mart oyida lavozimidan bo‗shatilib, qamoqqa olindi. S.Qosimov
va uning 6 nafar safdoshi ustidan SSSR Oliy sudi sayyor sessiyasi
1930-yil Samarqand shahrida sud jarayonini o‗tkazdi. Markazdan
kelgan jazo organlari (sud raisi: Vasilyev Yujin va prokuror
R.Katanyan) ishga ataylab siyosiy tus berishdi. S.Qosimov va
uning tarafdorlari ―bosmachilar‖ni qo‗llab-quvvatlashda,
―aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar‖ a‘zolari bilan aloqa
bog‗laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblanib, ularga
―qosimovchilik‖ yorlig‗i bosildi.
1172
Safaviylardan kim poytaxtni Tabrizga
ko‗chirdi?
Ismoil I Safaviy Poytaxt etib Tabriz shahri belgilandi. Abbos I
mamlakat poytaxtini Tabriz shahridan Isfahonga ko‗chirdi.
1173
Sag‗analarga jimjimador naqshlar qayerda?
Shohizinda (Shayhizinda) va boshqa joylarda.
Samarqandda Bibixonim jome masjidida Qur‘onni qo‗yish uchun
o‗rnatilgan ulkan tosh lavh, Go‗ri Amirdagi nefrit qabrtoshi,
Shohizinda (Shayhizinda) va boshqa joylardagi sag‗analarga
jimjimador naqshlar berilib, o‗ymakor oyatlar, marsiyalar va
tarixiy qaydnomalar yozilgan.
1174
Saidg‗ani Saidazimboy uyida 1884-yilda
qanday voqea bo‘ladi??? Birinchi rus-tuzem
maktabi.
Birinchi rus-tuzem maktabi 1884-yilda Toshkentda Saidg‗ani
Saidazimboy uyida ochiladi. Boshqa davlatmand kishilar ham o‗z
uylarida shunday maktablarni ocha boshladilar. Dastlab bu
maktablarga mahalliy savdogar va ishbilarmonlar o‗z
farzandlarini o‗qishga berishgan.
1175 Saklar - hozirgi Sirdaryo bo‗ylarida???
Yozma manbalarda ta‘kidlanganidek, saklar - hozirgi Sirdaryo
bo‗ylarida, Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‗iston yerlarida,
Farg‗ona vodiysida, (O'rta Osiyoning tog'lik, dasht va cho'l
yerlarida asosiy mashg'uloti chorvachilik bo'lgan saklar istiqomat
qilishgan). Massagetlar - hozirgi Amudaryoning quyi oqimlari va
unga tutash bo‗lgan yerlarda, sug‗dlar esa hozirgi Zarafshon va
Qashqadaryo vohasida hayot kechirganlar.
1176 Saklar.
Yunon-rim tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch guruhga
bo'lingan. Ularning ko'pchilik qismi saka-tigraxauda, ya'ni o'tkir
uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi
Toshkent viloyati va Janubiy Qozog'iston yerlarida yashaganlar.
Ikkinchi guruhi saka-tiay-taradarayya, ya'ni daryoning narigi
tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi
bo'ylarida, Sirdaryoning (qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida
yashaganlar. Pomirning tog'li tumanlarida va Farg'onada saka-
xaumovarka deb ataluvchi ya'ni muqaddas ichimlikka sig'inuvchi
saklar yashagan.
1177
saks qabilalari qayerda yashashgan??? Reyn
daryosining o'ng sohilida.
Buyuk Karl REYN DARYOSINING O'NG SOHILIDA yashagan
saks qabilalariga qarshi urushlar 30 yildan ortiq (772-804) davom
etadi.
1178
SALAMIN BO'G'OZIDAGI JANG (Yunonlar
g‘alabasi) mil. avv. 480-yilda bo'lib o'tdi.
Yunonlarda 200 ta harbiy kema - triyeralar (18
km/soat) mavjud edi.
Yengilganidan keyin Kserks Yunonistonni tark etishga majbur
bo'ldi.
1179
Salavkiylar davlatidagi yirik shaharlar va
madaniy markazlarni belgilang?
Baqtra, Maroqanda, Marg'iyona Antioxiysi (Marv), Termiz.
Baqtra, Maroqanda, Marg'iyona Antioxiysi (Marv), Termiz yirik
shahar va madaniyat markazlariga aylandi. Salavk o'z o'g'li
Antioxni Sharqiy viloyatlar - Parfiya, Marg'iyona, Baqtriya,
So'g'diyonaga noib etib tayinladi. Antiox ulkan davlat boshida
turib, uni 20 yilga yaqin boshqardi.
1180
Samarqandga temiryol kelganda qaysi voqea
yuz bergan?
1888-yil I. G‘aspiralining «Rahbari muallimin yoki muallimlarga
yo‗ldosh» kitobi chop etildi.
1181 Sanoat inqilobi sabablari???
XVIII asr oxiri - XIX asrda fan va texnika sohalaridagi juda ulkan
yutuqlar sanoat inqilobiga olib keldi. O‗z navbatida, sanoat
inqilobi agrar sivilizatsiyadan sanoat ishlab chiqarishi va
industrial sivilizatsiyaga o‗tish uchun asos yaratdi. (XIX asrning
30-yillarida AQSHda sanoat inqilobi boshlandi.)
1182 Sarkofag nima? Tosh tobut.
Qadimgi Misrda vafot etgan fir‘avnlar uchun avval maxsus «uy» -
tobut yasalgan. Bunday «uy» (tobut) sarkofag deb atalgan.
Fir‘avnning mumiyolangan jasadi unga solingan. Keyin bu
sarkofag doimiy turarjoyga - toshdan qurilgan maqbaraga
qo‗yilgan.
1183 SAVAK ???
Ikkinchi jahon urushidan keyin Erondagi xalqqa qarshi maxfiy
politsiya. (SAVAK) Oyatullo tamonidan tuzilgan.
1184
Sayyidlar sulolasi necha yil hukmronlik
qilgan??? 37-yil.
Hindiston mayda knyazliklarga bo'linib ketadi. Oradan o'n yilcha
vaqt o'tib Sayyidlar sulolasi (1414-1451) taxtga keladi.
1185
Sayyidlar sulolasi tugatilgan yilda
Movoraunnahrda nima bo‘lgan? Abu Said
Abulxayrxonga yordamga keldi.
ABULXAYRXON MOVORAUUNNAHRGA
HUJUMI.
Agar, javob variantlari bor bo‘lganda to‘g‘ri javobni o‘zini yozib
qo‘yardim. Eslab qolish kerak. Hindistonda Sayyidlar sulolasi
(1414-1451) taxtga keladi. Abulxayrxon 1451-yilda temuriyzoda
Abu Said Mirzoga Samarqandni egallashda yordam
Shayboniyxon tavallud topdi (1451-1510) Movarounnahrda toj-u
taxt uchun kurash yakunlandi (1449-1451-y.y.). Movarounnahrda
Abu Said Mirzo (1451-1469) hukmronligi boshlandi. Hindistonda
Bahlul Lo‗diy (1451-1489) hukmronligi boshlandi
1186
Shahrisabz hokimi, Ibrohimbiy qayerning
hokimlari bilan til biriktirib, Buxoro
xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand
bo‗lgan davlat tuzishga qaror qildi??? Urgut va
Miyonqol.
Shahrisabz hokimi, kenagas qabilasidan chiqqan Ibrohimbiy
URGUT VA MIYONQOL hokimlari bilan til biriktirib, Buxoro
xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo‗lgan davlat tuzishga
qaror qildi. 1723-yilda Samarqandni egallab, kuyovi Rajab
Sultonni taxtga o‗tqazdi. Ibrohimbiy o‗ziga «amir ul-umaro»
(«ulug‗ amir») unvonini oldi.
1187 Shahrixonda qaysi sohalar rivojlangan???
Marg‗ilonda atlas to‗qish, do‗ppichilik, Rishtonda kulolchilik,
Shahrixonda pichoqchilik, do‗ppichilik, duradgorlik, Chustda ham
do‗ppichilik, pichoqchilik, Qo‗qonda temirchilik, duradgorlik,
zargarlik, Buxoroda zargarlik, Samarqandda zargarlik, Xivada
me‘morchilik, ganchkorlik rivojlangan.
1188
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti deb qachon
o‘zgartirilgan??? 2001-yilda Xitoyda.
2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‗ldi. Unda
O‗zbekistonning ―Shanxay forumi‖ga to‗la huquqli a‘zo bo‗lishi
to‗g‗risida‖gi Bayonotni imzoladi. O‗zbekistonning ―Shanxay
forumi‖ga kirishi munosabati bilan uning nomi ―Shanxay
Hamkorlik Tashkiloti - SHHT‖ deb o‗zgartirildi. Sammit
yakunida «SHHTni tuzish to‗g‗risida‖gi deklaratsiya hamda
―Terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash
to‗g‗risida Shanxay konvensiyasi‖ imzolandi.
1189
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti oliy organlari
qaysilar??? 1,2,3,4,5,6,7, hammasi to‘g‘ri.
SHHTning oliy organlari: 1) «Davlat boshliqlari Kengashi»; 2)
«Hukumat boshliqlari Kengashi (Bosh vazirlar)»; 3) «Tashqi
ishlar vazirlari Kengashi» (2002-yil birinchi majlisi bo‗lib
o‗tgan); 4) «Milliy muvofiqlashtiruvchilar Kengashi»; 5)
«Vazirlar va (yoki) idoralar rahbarlari Yig‗ilishi» (2000-yil
birinchi uchrashuvi amalga oshirilgan); 6) 2002-yil tuzilgan
«Mintaqaviy Antiterror tuzilmasi (МАТТ)»; 7) 2004-yil yanvar
oyidan ish boshlagan Kotibiyat va boshqalar.
1190
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti rasmiy tillari
qaysilar??? Rasmiy til rus va xitoy, ramzi oq
bayroq.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) - submintaqaviy xalqaro
tashkilot bo‗lib, Yevroosiyo hududining 61% ini egallaydi.
SHHTning RASMIY TILI RUS VA XITOY TILLARI, RAMZI
ESA OQ BAYROQ bo‗lib, uning markazida tashkilotning gerbi
joylashgan. Tashkilotning shtabkvartirasi Pekinda joylashgan.
1191
Sharqiy slavyan qabilalari: drevlyanlar,
rodimichlar, tiverlar, dregovichlar, vyatichlar,
sevoryanlar.
Dnepr daryosi havzasida yashaganlar.
1192 Sharqiy turk xoqonligi hududi???
Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo‗g‗uliston), Shimoliy Xitoy.
1193
Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning
janubiy yonbag‗rida tashkil topgan davlat???
Qoraxoniylar.
Qoraxoniylar davlati, Xoqoniya - Sharqiy Turkiston, Yettisuv va
Tyanshanning janubiy yonbag‗rida tashkil topgan davlat.
1194
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni
qaysi orden bilan taqdirladi? ―El-yurt hurmati‖
(2014-yilda ―El-yurt hurmati‖ ordeni bilan R.Ermatov
taqdirlangan).2017-yil sentabrda Nursulton Nazarboyev
O‗zbekistonga keldi. Shavkat uni ―El-yurt hurmati‖ ordeni bilan
taqdirladi.
1195
Shayboniy va Mahmud Sulton qayerdan
boshpana topgan? Turkistondan.
Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana
topdilar.
1196
Shayboniylar davlatida tug'chi qanday vazifani
bajargan? davlat bayrog‗ini qo‗riqlagan.
Qo‗shin tarkibida tug'chi qism ham bo‗lib, u davlat bayrog‗ini
qo‗riqlagan.
1197 Shayboniylar davrida suyurg'ol???
Yer egaligining suyurg'ol shakli dastlab xonga uning egalarini
itoatda tutib turishning kuchli vositasi bo'lib xizmat qildi.
Muhammad Shayboniyxon istagan vaqtda viloyat hokimlarining
o‗rnini almashtira olardi. Markaziy hokimiyatga ozgina itoatsizlik
qilgan suyurg'ol egasini bunday huquqdan mahrum qilardi.
Vaqtlar o'tishi bilan suyurg‗olning otadan bolaga meros bo‗lib
o'tishi belgilandi.
1198
shayboniylar qayta taqsimlashni Jonibek
Sultonga topshirdilar
Samarqand Ko‗chkunchixonga, Toshkent viloyati
Suyunchxo‗jaga, Buxoro va uning atroflari Ubaydulla Sultonga
meros mulk qilib berildi. Miyonqol viloyati Jonibek Sultonning
o‗ziga tegdi.
1199
Shayboniylarda eng quyi mansab qaysi???
AMLOK. Savolni yana bir ko‘rish kerak???
Shayboniylarda (Buxoro xonligida) Boshqaruvning eng quyi
tizimi amlok deb atalgan (ya‘ni bir nechta katta-kichik qishloqdan
iborat boshqaruv tuzilmasi). Amloklarni tuman hokimi tomonidan
tayinlangan shaxs - amlokdor boshqargan. (Harbiylarda o‗nboshi).
1200
Shayboniylarda xon kim tomonidan
qo‘riqlangan? Qurchi.
Qurchi.
1201 Shayboniyxon 1505-yilda
Xorazmga yurish qildi va uni ham egalladi.
1202
Shayboniyxon egallagan hududlar ketma ket?
Samarqand Toshkent,Fargona Xorazm,
HIROT. Menga 2021-yilda tushdi!
Shayboniyxon 1500-yilda Samarqandni qisqa
muddatga bo‘lsada egalladi
1501-yilda esa Samarqandni uzil-kesil bo‗ysundirdi 1503-yilda
Toshkent va Shohruxiya shaharlari egallanadi 1504-yilda esa
Farg‗ona egallandi 1505-yilda Xorazmni egalladi 1506-yilda
Balx, 1507-yilda esa Hirot egallandi
1203
Shayboniyxon hujumi davrida Xorazm qaysi
davlat tarkibida bo‘lgan???
Xuroson.
1204
Shayboniyxon va shoh Ismoil qachon va
qayerda to‗qnashdilar???
Shayboniyxon va 1510-yilda ikki hukmdor qo‗shini to‗qnashdi.
Marv (hozirgi Turkmaniston hududi) yaqinida bo‗lgan jangda
Eron qo‗shini g‗alaba qozondi. Shayboniyxon va uning
safdoshlari jangda halok bo‗lishdi. Bu g‗alaba natijasida shoh
Ismoil butun Xurosonni egalladi.
1205
Shayboniyxon Xorazmni qachon egalladi???
1505-yilda. Menga 2021-yilda tushdi!
Shayboniyxon 1505-yilda Xorazmga yurish qildi va uni ham
egalladi.
1206 Shayboniyxon yashsgan tillar??? (1451-1510).
Shayboniyxon (1451-1510).
1207
SHHT ―Shanxay Hamkorlik Tashkiloti ‖
qachon tashkil topdi??? 1996-YIL 26-APREL.
1996-yil Shanxayda Xitoy, Rossiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston va
Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida chegara hududlari
bo‗yicha harbiy sohada o‗zaro ishonchni mustahkamlash bilan
bog‗liq shartnoma (1996-YIL 26-APREL) imzolanishi natijasida
―Shanxay beshligi‖ vujudga kelgan edi.
1208
Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank
qirolligi kimning davrida Burgundiya va
Provansni bosib oladi??? Xlodvigning vorislari
davrida. Savol boshqacha???
Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi Xlodvigning
vorislari davrida Burgundiya va Provansni bosib oladi. Franklar
germanlarning tyuring, alemann, bavar qabilalarini ham
bo'ysundirib, ularni har yili o'lpon to'lashga majbur etadilar.
1209 Shiroq afsonasi Kim tomondan hikoya qilingan
Poliyen (miloddan avvalgi II asr) keltirgan boshqa bir rivoyat ham
mavjud.
1210
Shohmurod faoliyatiga yuksak baho bergan
kim? Ahmad Donish.
Amir Shohmurod faoliyatiga yuksak baho bergan mashhur olim
Ahmad Donish bunday deb yozgan edi: «U amirlik qalamini
kambag‗allik kiyimi bilan bezadi. Jahon bog'idan dushmanlik va
yomonlikni tomiri bilan sug‗urib tashladi va adolat nihollarini
o‗tqazdi».
1211 Shohmurod tarxon unvonini kimlarga bergan?
Amir Shohmurod mamlakat hayotida savdogar va hunarmand
qatlamining qanchalik ahamiyatga egaligini to‗g‗ri baholay oldi.
Shuning uchun ham savdo va hunarmandchilikning o‗sishi uchun
barcha zarur sharoitlarni ta‘minlab berdi. Xususan, Buxoro
aholisiga Tarxon yorlig‗i yozib berdi. Unga ko‗ra, aholi savdo
daromadidan to'laydigan boj solig‗idan ozod etildi.
Hunarmandlardan pul yig‗ish, ularni majburiy mehnatga jalb etish
taqiqlandi. Asosiy soliq xiroj miqdori kamaytirildi.
1212 Shok terapiyasi ???
1991-yilgi avgust voqealari, SSSRning tarqalishi va «shok
terapiyasi» jamiyatda ijtimoiy tanglikni oshirdi. Ish tashlashlar va
siyosiy namoyishlar keng quloch yoydi.Shok terapiyasi - bu
iqtisodiy nazariya, shuningdek, shu nazariyaga asoslangan keskin
iqtisodiy islohotlar.
1213 Shoshilinch habar beruvchilar nima deyilgan?
Depesha - shoshilinch xabar.
1214
Sibir ma‘muriyatining elchilari Toshkentga
qaysi yillari jo‘natilgan? 1794-yilda, 1796-
yilda.
1792-yili Muhammadxo‗ja va Azizxo‗ja boshliq Toshkent savdo
karvoni Sibirga jo‗naganida Yunusxo‗ja ular orqali Sibir
ma‘muriyati nomiga maktub jo‗natgan. Yunusxo‗janing
elchilariga javoban, Sibir ma‘muriyati 1794-yilda o‗z elchilari A.
T. Beznosikov va T. S. Burnashevlarni Toshkentga jo‗natadi.
Biroq ular Toshkentga kela olmay Buxorodan qaytishga majbur
bo‗ladilar. Sibir ma‘muriyatining 1796-yilda ikkinchi bor
yuborgan elchilari nihoyat Toshkentga yetib keladi. Ularni O‗rta
qozoq juzi Qorakesak bo‗lisi sultoni Bukeyning o‗g‗li Eshim
Sulton kuzatib keladi. Bu faktlar Toshkent ijtimoiy-siyosiy
nufuzining o‗sib borganligini anglatar edi. Toshkent elchilari
1803-yilda Sankt-Peterburgga borib, imperator Aleksandr I
qabulida bo‗ladilar.
1215 Sirdaryo viloyatining hududiga ...?
Sirdaryo viloyatining hududiga, asosan, 1865-yilda tashkil
qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo‗lgan yerlar va Qo‗qon
xonligining bosib olingan shimoliy hududlari kirgan.
1216
Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning
g‗arbiy yonbag‗ridan Dnepr daryosining quyi
oqimiga qadar cho‗zilgan dashtlar.
XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida «Dashti Qipchoq»
deb ataluvchi geogratik hudud tilga olinadi. Bu atama
Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g‗arbiy yonbag‗ridan
Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho‗zilgan dashtlarga
nisbatan ishlatilgan. Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni
sharqiy va g‗arbiy qismlarga ajratib turgan.
1217
Sitorai Mohi Xosa Rasm. 1914-yil. (XX asr
boshlarida) 1914 - Buxoro amirining Sitorai
Mohi Xosa saroyi qurilishi nihoyasiga yetdi.
Sitorai Mohi Xosa Buxoro shahri markazidan 2,5 km janubda
joylashgan. Saroy Buxoro amiri Olimxonning yozgi qarorgohi
bo‗lgan. Bundan tashqari amir chet el elchilarini va rus vakillarini
shu yerda qabul qilgan.
1218 Siyosiy partiyalar
Adolat SDP 1995-yil 18-fevral XDP 1991-yil 1-noyabr (15-
nboyabr) Milliy tiklanish 1995-yil 3-iyun (9-iyun) O‘z LIDep
2003-yil 15-nboyabr (9-iyun) Ekologiya 2008 (2018)
1219
So‗nggi paleolit davri odami manzilgohlari ???
Toshkent, Ko‗lbuloq, Farg‗ona vodiysidan.
So‗nggi paleolit davri odami manzilgohlari Samarqand shahri
hududidan, Toshkent viloyati Ohangaron daryosi vohasidagi
Ko‗lbuloq makonidan, shuningdek, Farg‗ona vodiysidan topilgan
1220 So‘ngi general-gubernator kim?
Turkistonning so'nggi general-gubernatori A. Kuropatkindek
yuqori martabali «zot» ham: «Biz 50 yil tubjoy aholini
taraqqiyotdan jilovladik, uni maktablar va rus hayotidan chetda
tutdik», deb e'tirof etgan edi.
1221
Sobir kamolov davrida sodir bolgan voqea? 15
oy.Sobir Kamolov toshkentlik bo‗lib, u atigi 15
oy davomida respublika partiya tashkilotini
boshqargan.1950-1955 yillarda Amin Niyozov,
1955 -1957 yillarda Nuriddin Muhitdinov,
О‗zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi
sekretari lavozimida 1957-yil dekabrdan 1959-yil mart oyigacha
Sobir Kamolov (1910-1990) faoliyat ko‗rsatdi.Kim davrida
O‗zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish jarayoni ommaviy
ravishda amalga oshirila boshlandi, islom diniga erkinliklar
berildi.
1222
Sobir Rahimov. Gdansk (Dansig) shahrida
halok ...
Stalingrad jangi Ikkinchi jahon urushida tub burilishni boshlab
berdi. Kavkaz uchun bo‗lgan janglarda Toshkentda tuzilgan Sobir
Rahimov qo‗mondonligidagi diviziya 3 oy davom etgan janglarda
dushmanning 8000 nafar askar va ofitserini qirib tashladi.
Gvardiyachi generalmayor Sobir Rahimov 1945-yil 26-mart kuni
Polshadagi Gdansk (Dansig) shahrini shturm qilish vaqtida halok
bo‗lgan. O‗zbek xalqining shonli farzandiga 1965-yil 9-mayda
Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
1223
So'g'diylarning eng yaqin qo'shnilari ...???
Baqtriyaliklar.
Baqtriyaliklar.
1224
So'g'diyona ... hududini aniqlang??? Zarafshon
va Qashqadaryo vohasida.
Yunon yozma manbalarida bu hudud So'g'diyona ...??? Zarafshon
va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi
ko'plab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida bu
hudud So'g'diyona deb nomlangan. Mazkur hududda yashaydigan
aholi so'g'diylar deb atalgan.
1225
Sohibqiron (Amir Temur) qo‗shinida
ayollardan iborat bo‗linmalar bo‗lib ...??? Kim
yozgan? Ibn Arabshoh.
Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, Sohibqiron qo‗shinida
ayollardan iborat bo‗linmalar bo‗lib, ular erkaklar bilan bir safda
turgan, qahramonlik va matonat namunalarini ko‗rsatgan.
1226
Solon islohotlari Solon degan zodagon, xalqqa
yon berishning qattiq tarafdori bo'lgan.
Zodagonlar Solonga ishonishdi va uni Afina hukmdori etib
saylashdi. Mil. avv. 594-yilda Solon davlatni idora qilishning
oldingi tizimini o'zgartirdi. Avvalgi boshqaruv tizimi -
aristokratiya (aslzodalar hokimiyati)ni demokratiya (xalq
hokimiyati)ga almashtirdi. Davlatni boshqarishda faqat erkak
fuqarolar ishtirok eta olardi. Ayollar va chet elliklar (ularni
meteklar deyishgan) qabul qilinayotgan qonunlar muhokamasida
va ovoz berishda ishtirok eta olmasdilar. Solonning taklifi bilan
dehqonlarning qarzlari va qarzdorlarni qul qilish bekor qilinadi.
Davlat boshqaruvidagi islohotlar Xalq majlisi faoliyati tiklanishi
va nasl-nasabidan qat'iy nazar afinaliklar uchun ham davlat
mansablarini egallash imkoniyatini ko'zda tutar edi.
1227
Somma daryosi bo‗yida nima uchun fashistlar
chekinishdi???
Somma daryosi bo‗yida Bu jangda inglizlar urushlar tarixida
birinchi bor yana bir yangi qurol - tankni ishga soldilar. Po‗latdan
yasalgan bu dahshatli qurol dushman qo‗shinini dastlab qattiq
sarosimaga solib qo‗ydi. 1916-yil dekabrdan boshlab nemis
qo‗shini mudofaaga o‗tishga majbur bo‗ldi. 1916-yil 21-dekabrda
Verden jangi nihoyasiga yetdi.har ikki tomondan 2 milliondan
ortiq jangchi halok bo‗lgan. Verden jangining tarixga «Verden
qirg‗ini» nomi bilan kirganligi bejiz emas.
1228
Somoniylar davrida davlat hujjatlari va elchilik
aloqalari devoni qanday atalgan? Amid ul-
mulk.
Amid ul-mulk - davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri. Eski
kitob.
1229 Somoniylar davrida Eloq esa
kumush va qo‗rg‗oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan
zarbxonasi bilan mashhur edi. Yangi kitob.
1230
Somoniylar davrida lalmikor yerlar qanday
atalgan? ―Jamoa yerlari‖.
Qishloq jamoalari tasarrufida ham ma‘lum hajmda yer maydonlari
saqlanib, ular ―jamoa yerlari‖ hisoblangan. Ular asosan lalmikor
va tog‗oldi yerlaridan iborat bo‗lgan.
1231
Somoniylarda ruhoniylarga tegishli yerlar? (5
turi) MULKI XOS
MULKI XOS Mulki sultoniy - Davlat tasarrufidagi yerlar Vaqf
yerlari - Masjid xonaqoh va madrasalarga vaqtincha yoki abadiy
foydalanish uchun berilgan yer hosilning 1/3 hajmida xiroj Mulk
yerlari - Hukmron sulola vakillari, mulkdor dehqon va
aslzodalarning tasarrufidagi katta-katta yer maydonlaridan tortib
mehnatkash qishloq aholisiga tegishli mayda xususiy yerlar Jamoa
yerlari - qishloq jamoalari tasarrufida ham ma‘lum hajmda yer
maydonlari (asosan lalmikor va tog‗oldi yerlari)
1232
Songaini XVI asrda qaysi davlat b osib oldi???
Mrokash.
Mamlakatda yuz bergan o'zaro urushlar, nizolar davlatni
zaiflashtirib borgan. Bundan foydalangan Marokash sultoni XVI
asr oxirida Songaini bosib oladi.
1233
Sopollitepa manzilgohi qaysi davrga oid???
Bronza davri manzilgohlari.
Bronza davri manzilgohlari. Arxeologlar Surxondaryo vohasidan
qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo'lgan Sopollitepani
topishdi (Muzrabod tumani). Qazishmalar davomida bu yerdan
xom g'ishtdan qurilgan uy-joylar, sopol buyumlar, bronzadan
yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona
qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bug'doy va arpa
doni topilgan.
1234
Sovet hokimiyatining dastlabki o‗n yilliklarida
O‗zbekistonda imlo 3 marta o‗zgartirilishi
nimaga qaratilgan edi??? Savol boshqacharoq.
1937-yili 139000 nafar xotin-qizlar o‗qish va yozishni o‗rganib
oldilar. Sovet hokimiyatining dastlabki o‗n yilliklarida
O‗zbekistonda imlo 3 marta o‗zgartirildi. Bu holat tub aholini
savodsiz qilishga, uning asriy qadriyatlaridan mahrum qilib, sovet
madaniyati ruhida tarbiyalashga hamda ruslashtirish siyosatini
amalga oshirishga mo‗ljallangan edi.
1235
Sovuq urushdan keyin AQSH va SSSR
munosabatlari qachon buzildi??? 2014-yil.
«Sovuq urush» yakunlangandan so‗ng xalqaro munosabatlarda,
avvalo AQSH va Rossiya o‗rtasida vujudga kelgan hamkorlik
holati 2014-yilgacha davom etdi. Shu yili Ukrainada boshlangan
siyosiy inqiroz Rossiya va G‗arb davlatlari o‗rtasidagi jiddiy
qarama-qarshilikning yangi bosqichiga olib keldi.
1236
Spetamin rasmi bor shu bn boģliq
ma'lumotlarni moslashtiring.
Aleksandrga qarshi ozodlik 3 yil sug‗diyonalik mohir
lashkarboshi Spitamen rahbarlik qildi. M.Avv. 328-yilda yuz
berdi. Sug‗diyonaliklar Spitamenni katta izzat-ikrom bilan dafn
etdilar.
1237
SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi
bo‗lgan birinchi ayol???
Yodgor Nasriddinova Qo‗qonda tug‗ilgan bo‗lib, komsomol va
Do'stlaringiz bilan baham: |