1 ―9+1‖ (to‗qqiz respublika + Markaz) 1991-yil 23-aprelda Moskva yaqinidagi Novo-Ogaryovoda sssr


partiyasining zo‗ravonligiga chek qo‗ydi. U, hatto dvoryan



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana04.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#528201
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ATTESTATSIYA TARIX TO\'LIQ


partiyasining zo‗ravonligiga chek qo‗ydi. U, hatto dvoryan 
bo‗lmagan qatlamlar - savdogarlar, o‗ziga to‗q mayda yer 
egalarining ayrim vakillariga ham davlat xizmatiga kirish 
imkoniyatini yaratdi. 
586 
Hindidtonda yagona savdo solig‗i kimning 
davrida joriy etildi? Akbarshoh. 
Akbarshoh markazlashgan davlat va kuchli hokimiyatni barpo 
etish maqsadida imperiyani viloyatlarga ajratib, ularga o‗z 
noiblarini tayinladi. Soliq tizimi ham isloh qilinib, imperiya 
hududida yagona savdo solig‗i joriy etildi, xolisa va jogirdorlar 
yerlaridan teng miqdorda soliq undiriladigan bo‗ldi. Butun 
imperiya uchun bir xil uzunlik va og‗irlik o‗lchov birliklari hamda 
Mirzo Ulug‗bek tizimiga asoslangan yagona taqvim joriy qilindi. 
587 
Hindiston va Amerikaga dengiz yo‗llarining 
ochilishi qaysi davlat shaharlari savdosiga 
ta‘sir qildi? 
ITALIYA SHAHARLARI. Savol boshqacha bo‘lishi mumkin. 
Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz 
yo‗llarining ochilishi, bir qator shaharlarning jadal rivojlanishiga 
olib keldi. Dastlab Portugaliyaning Lissabon va Ispaniyaning 
Sevilya shaharlari jadal rivojlandi. Bu shaharlarga Hindistondan 
tovarlar, Amerikadan qimmatbaho metallar ko‗plab keltirilar edi. 
Yangi savdo yo‗llaridan chetda qolgan ITALIYA 
SHAHARLARI, aksincha, o‗zlarining avvalgi ahamiyatini 
yo‗qotdi. 
588 
Hindistonda Kimning davrida hamma uchun 
majburiy soliq joriy etilgan. Avrangzeb 
Olamgir. 
Avrangzeb Olamgir parchalanayotgan imperiyani saqlab 
qolishning yo‗li sifatida islom dini qoidalarini qat‘iy joriy qilishga 
kirishdi. Musulmon bo‗lmaganlardan olinadigan jizya solig‗ini 
qayta tikladi, hindlar uchun qolgan barcha soliqlarni ikki hissaga 
oshirdi, ularga o‗z bayramlarini nishonlashni taqiqladi, hind 
ibodatxonalarini buzib tashlashni buyurdi. Oqibatda, mamlakat 
bo‗ylab xalq qo‗zg‗olonlari boshlanib ketdi. 
589 
Hindistonda Sipohiylar qo‗zg‗oloni davrida 
kim hukmdor edi??? Bahodirshoh II. 
Hindistonda Sipohiylar qo‗zg‗oloni 1857-yili boshlandi. Ular 
shoh saroyiga bostirib kirishdi, Bahodirshoh II hind xalqini 
mustamlakachilarga qarshi qo‗zg‗olon ko‗tarishga chorlovchi 
chaqiriqni imzolashga majbur bo‗ldi. 
590 
Hindistonga boriladigan dengiz yo‗lini kim 
ochdi? VASKO DA GAMA. 
1498-yilda Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan 
dengiz yo‗lini portugaliyalik sayyoh VASKO DA GAMA 
ochishga muvaffaq bo‗ldi. 
591 
Hindistonning bir qismini qo‘shib olgan 
Yunon Baqtriya hukmdorini aniqlang? 
Demetriy. 
Yevtidemning o'g'li Demetriy hukmronligi davrida Yunon-
Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo'ldi. 
Hindistonning bir qismi bu davlatga qo'shib olindi. 
592 
Hinditonda Tilak ,,Kesari― (Slier) gazetasini 
tashkil etdi. «kuch ishlatmaslik» yo‗li. 
593 
Hindlar qaytadan «jizya» solig‗i to‗lashga 
majbur etildi. Hatto hindlarning muqaddas 
ziyoratgohlarga boruvchilaridan ham soliq 
olinadigan bo‗ldi.
Musulmon savdogarlari soliqdan ozod qilingani holda, hind 
savdogarlariga tovarning besh foizi miqdorida soliq joriy etdi. 
Avrangzebning bu siyosati oxir-oqibatda Boburiylar 
hokimiyatining zaiflashuviga olib kelgan. (Eski kitob) 
594 
Hirotdagi shuhrat qozongan madrasa??? 
Feruzshoh madrasasi. 
Hirot tevaragida joylashgan amir Feruzshoh madrasasi va 
xonaqohi ayniqsa shuhrat qozongan edi. 


595 
Hokim Oyim madrasasi qachon qurilgan? 
Hokim Oyim madrasasi (1869-1870). 
Qo‗qon xonligida bu davrda Hazrati Kalon Sohibzoda madrasasi 
(1862), Hokim Oyim madrasasi (1869-1870), Sulton Murodbek 
madrasasi (1872) qurib bitkazilgan. Ularning ichida XIX asr 
ikkinchi yarmi noyob arxitektura yodgorligi hisoblangan yuzdan 
ortiq xonadan iborat Xudoyorxon saroyi (1863-1870) alohida 
o‗rin tutadi. U o‗zining bezaklari, naqshlari rang-barangligi, 
yorqin jilosi bilan ajralib turadi. 
596 
Hokimiyat kimning qo'liga o'tishi bilan u 
Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi??? 
Mitridat I. 
Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo'liga o'tishi bilan u Baqtriyaga 
harbiy tazyiqni kuchaytiradi.Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz 
urushlar olib borishga majbur bo'ladiki, bu hol uning 
kuchsizlanishiga sabab bo'ldi. Bundan foydalangan ko'chmanchi 
yuechji qabilalari mil. avv. 140-130-yillar oralig'ida Yunon-
Baqtriya davlatini bosib oladilar. 
597 
Hozirda industrial rivojlangan mamlakatlarda 
intellektual mehnat bilan band bo‗lgan aholi 
soni qancha??? Boshqa savol. 
Agar Afrikada aholining 2/3 qismi qishloq xo‗jaligi sohasida band 
bo‗lsa, AQSHda bu ko‗rsatkich 3% dan oshmaydi. AQSHda 
axborot texnologiyalari sohasida 80% aholi mehnat qilmoqda. 
598 
Hozirgi Istanbuldagi Qahriya masjidi qaysi 
masjid???
Xori monastiri 
599 
hozirgi Milliy teatr asoschisi kim??? Mannon 
Uyg‗ur. 
1916-yildan hozirgi Milliy teatr asoschisi Mannon Uyg‗ur va 
o‗zbek teatrining birinchi aktrisasi Ma‘suma Qoriyeva san‘atga ilk 
qadamini tashladi. Shu tariqa asta-sekin Andijonda, Xivada, 
Buxoroda ham dastlabki milliy teatrlar tashkil topa boshladi. 
Buxoro shahridagi teatrning tashkil etilishida Mannon Uyg‗urning 
xizmatlari beqiyos edi. 
600 
Hozirgi Suriya hududida vujudga kelgan 
qo'shni Mitanni podsholigi 
xettlarning xavfli raqibiga aylandi. 
601 
Hukmdor faoliyatini moslashtiring.Konstantin, 
Troyan. A) xristianlik boshqa dinlarga teng 
dindir degan farmon chiqardi. (Konstantin). B) 
Suriya va Mesopotamiya hududlari Rim 
imperiyasi tarkibiga kirdi. (Trayan). C) Dunay 
daryosi bo'ylarida yashovchi daklar bilan 
urushlar olib borildi. (Trayan). 
Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa 
dinlarga teng dindir degan farmon chiqardi. Trayan Suriya va 
Mesopotamiya hududlari Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. Trayan 
Rim imperatori taxtini egalladi. Trayan zamonida Dunay daryosi 
bo'ylarida yashovchi daklar bi-lan urushlar olib borildi. 
602 
Husayn Boyqaro Xorazmga qo‗ng‗irot 
qabilasidan chiqqan
Chin So‗fini noib etib tayinlagan. 
603 
I. B. Tito boshchiligidagi ozodlik harakati 
qayerda katta rol o‗ynadi??? 
YUGOSLAVIYADA. 
Fashizmga qarshi kurashda Italyan - German qo‗shinlari 
tomonidan zabt etilgan hududlardagi milliy-vatanparvar kuchlari - 
general de Goll boshchiligidagi «Ozod Fransiya» Qarshilik 
harakati, I. B. Tito boshchiligidagi YUGOSLAVIYAning ozodlik 
harakati katta rol o‗ynadi. 
604 
Ibn al-Asir tomonidan Jaloliddin Manguberdi 
faoliyatiga bag‗ishlab yozilgan asarni yozing. 
Ibn al-Asirning ―al-Komil fit-tarix‖ (― Tarix haqida mukammal 
kitob)‖ asaridir. ―Al-Komil fit-tarix‖ Yaqin va O‗rta Sharq 
mamlakatlari tarixining islom tarqalishidan to 1231-yilgacha 
bo‗lgan davr haqida ma‘lumot beruvchi eng qimmatli 
manbalardan biri sanaladi. Muallif Jaloliddinning faoliyatiga keng 
o‗rin ajratadi va ko‗pincha o‗zining muhim va aniq ma‘lumotlari 
bilan boshqa manbalarni sezilarli darajada to‗ldiradi. 
605 
Ibn Sino ... 
Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan, tibbiyotga doir 43 ta asar 
yozgan. Uning 5 jildli ―Al-qonun fit-tib‖ (―Tib qonunlari‖). Abu 
Ali ibn Sino (980-1037) Buxoro shahri yaqinidagi Afshona 
qishlog‗ida tug‗ildi. «Tib qonunlari» XII asrda Yevropada lotin 
tilida chop etildi va Ibn Sino Yevropada «Avitsenna» nomi bilan 
mashhur bo‗ldi. «Tib qonunlari» XVII asrgacha 
Yevropamamlakatlari universitetlarida darslik sifatida xizmat 
qildi. 2000-yilda Yevropaning Belgiya davlatida uning xotirasiga 
haykal o‗rnatilganligi buning yana bir dalilidir. Maktabni 
bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, riyoziyot va 
fiqh ilmlarini o‗rganadi. O‗n olti yoshidan boshlab turli fanlar 
bo‗yicha Sharq va G‗arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil 
o‗rgandi. Ayniqsa, u tabobat ilmining qadimgi allomalari 
Gippokrat va Galen hamda o‗rta asr Sharqining buyuk hakimi va 


mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziyning (865-925) asarlarini puxta 
o‗rganadi. Ibn Sino o‗n yetti yoshidayoq e‘tiborli hakim va olim 
bo‗lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, 
somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. 
Ibn Sino taqdir hukmi bilan Gurganchdagi (Urganch) Xorazm 
Ma‘mun akademiyasi olimlari qatorida ijod qiladi. U 1037-yilda 
vafot etadi va Hamadonda dafn etiladi. Sharqda ―Shayx ur-rais‖, 
G‗arbda esa ―Avitsenna‖ 
606 
Ichan qal‘a qachon qurib bitkazilgan? 
Noyob me‘morchilik obidasi bo‗lgan Ichan qal‘a 1961-yilda 
me‘moriy yodgorlik sifatida alohida muhofazaga olindi va muzey-
qo'riqxonaga aylantirildi. Uning maydoni 26 ga. ni tashkil etadi. 
Unda 54 ta tarixiy-me‘moriy obida joylashgan. 1969-yildan 
muzey-qo‗riqxona «Ichan qal‘a muzey-qo‗riqxonasi» deb ataldi. 
1990-yilda Ichan qal‘a Butunjahon yodgorliklari ro‗yxatiga 
kiritildi. 
607 
Ichterlama kasalini kim aniqladi??? K. Eber. 
1880-yilda nemis olimi K. Eber ichterlama, 1884-yilda F. Lyofler 
bo‗g‗ma tug‗diruvchi mikrobni topdilar. 
608 
Igor, Svyatoslav, Yaroslav moslashtiring. Igor 
o'z knyazligini (912-945) ko'chmanchi 
bijanak qabilalariga qarshi urushdan boshlaydi. shartnoma 
Konstantinopol tomonidan bajarilmaganligi tufayli Igor 
Vizantiyaga qarshi ikki marta yurish qiladi. Natijada Vizantiya 
jangsiz tinchlik shartnomasini tuzib, katta o'lpon to'laydi.Igor 945-
yilda drevlyan qabilalari bilan to'qnashuvda halok bo'lgan 
609 
Ikkinchi jahon urushi yillarida qurilgan suv 
ombor??? 
Kosonsoy va Rudasoy suv omborlari qurildi. Kattaqo‗rg‗on suv 
ombori suvga to‗ldirila boshlandi. 
610 
Ikkinchi jahon urushida qancha odam vafot 
etgan??? 60 mln. dan ortiq kishi halok bo‗ldi. 
Olti yil ichida 60 mln. dan ortiq kishi halok bo‗ldi. 90 mln. dan 
ortiq kishi esa yarador va mayib-majruh bo‗lib qoldi. Gitlerchilar 
o‗zlari bosib olgan hududlarda nafaqat katta yoshdagilarni, hatto 
bolalarni ham ishlatish uchun olib ketishdi. Ular va asir olingan 
askarlar maxsus lagerlarda saqlandi. Bunday lagerlarda 
saqlanganlarning 16 mln. nafari azob-uqubatlarda o‗lib 
ketishdi.Ikkinchi jahon urushi 6 yil davom etdi. Urushda 60 dan 
ortiq davlat qatnashdi. 
611 
Ikkinchi jahon urushidan keyin Buyuk 
Britaniya AQSHning qayerdagi irqchilik 
rejimlarni qo‘llab quvvatlagan? 
Janubiy Afrika va Janubiy Rodeziyadagi irqchilik rejimlarini. 
612 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi 
konfrensiyalar??? Tehronda (1943), 
Qrim(1945), Potsdam (1945). 
SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya liderlarining uchrashuvlarida 
hal qilindi. Urush davomida shunday uchrashuvlar uchta 
Tehronda (1943) (Tehron konfrensiyasi), Qrim (Yalta)a (Qrim 
konfrensiyasi) (1945-yil, fevral), Potsdamda (1945-yil, iyul-
avgust) (Potsdam konfrensiyasi) bo‗lib o‗tdi. Germaniyaning 
taslim bo‗lishi. 1945-yil 16-apreldan 2-maygacha Berlin 
operatsiyasi amalga oshirilib, shu vaqt ichida Uchinchi reyxning 
poytaxti o‗rab olindi va shturm bilan zabt etildi. Reyxstag ustida 
sovetlarning qizil bayrog‗i o‗rnatildi. 
613 
ikkinchi jahon urushidan so‘ng Qaysi davlat 
iqtisodiyotning «Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor 
xo'jaligi» modeli tanlandi??? Germaniya 
Demokratik Respublikasida GDR. 1949-yil 7-
oktabrida Sharqiy Germaniya hududida 
Germaniya Demokratik Respublikasi 
tuzilganligini e'lon qildi. Eski kitob. 
Germaniya Demokratik Respublikasida K. Adenauer hukumati 
ichki siyosatining bosh vazifasi mamlakat iqtisodiyotini tezroq 
tiklash edi. Bu maqsadni ro'yobga chiqarish vositasi sifatida 
iqtisodiyotning «Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor xo'jaligi» modeli 
tanlandi. 
614 
Ilk o‘rta asrlarda Shaharsozlikning o‗zagi 
nima??? Shahriston. 
Shaharsozlikning o‗zagi bo‗lgan shahristonlar, ular atrofida 
rabotlar, bog‗-u rog‗lar, asosan, sersuv manzillarda bunyod 
etilgan. Shahriston maydoni dastlab 15 gektardan oshmagan. 


615 
Ilk o‘rta asrlarda tabaqalanishning asosiy 
sabablari? Yerda ishlash tartiblarining tubdan 
o‗zgarishi. 
Qaysi omil O‘rta Osiyoda (Ilk o‗rta asrlarda) tabaqalanishni 
yanada kuchaytirdi? Ilk o‗rta asrlarda ―qishloq hokimi‖ deb 
atalgan katta yer egasi - ―dehqor‖lar va ularning ekinzorlarida 
ishlovchi yersiz ―kadivar‖lar shakllandi. Yerda ishlash 
tartiblarining tubdan o‗zgarishi aholi o‗rtasida tabaqalanishni 
yanada keskinlashtirgan. Yokiy yerni xususiy mulkka aylanishi 
tufayli. 
616 
Imom al-Buxoriy ... 
1998-yil oktabrda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy 
tavalludining 1225 yilligi nishonlandi.Samarqand yaqinidagi 
Xartang qishlog‗ida ―Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuyi‖ barpo 
etildi. 4 jildli ―Al-jome‘ as-sahih‖ kitobi ilk bor o‗zbek tilida 
nashr etilib, kitobxonlarga taqdim etildi. 
617 
Imperator Roman IV Diogen qaysi jangda asir 
olinadi??? MANSIKERT JANGIDA. 
Vizantiyaning yollanma qo'shini esa Saljuqiylar sultoni Alp 
Arslon lashkari tomonidan 1071-yilda Mansikert jangida tor-mor 
etiladi. Imperator Roman IV Diogen jangda asir olinadi. Bu 
mag'lubiyatdan so'ng vizantiyaliklar deyarli qarshilik ko'rsata 
olmaganligi tufayli ko'p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo'l 
oladi. 
618 
Indoneziyaga 1990-yillardagi «Osiyo inqirozi» 
juda qattiq ta‘sir ko‗rsatdi. Kim ketdi??? 
Suxarto. 
Indoneziyaga 1990-yillardagi «Osiyo inqirozi» juda qattiq ta‘sir 
ko‗rsatdi. Iqtisodiy o‗sish sur‘atlari pasayib ketdi. Bu aholining 
ommaviy noroziligini keltirib chiqardi. Prezident Suxarto 
iste‘foga chiqishga majbur bo‗ldi. 
619 
Ingliz, fransuz, nemislar qaysi Afrika davlatini 
qul savdosi bahonasida bosib olgan? Zanzibar. 
Zanzibar. 
620 
Inglizlar Kobulni egalan yili (1879) Ruslar 
Turkmanistonga kim qo‗mondonligida qoshin 
yubordi??? I. Lazerev (I.Lazerov deb yozilib 
qolibdi familiyadagi e o bo‘lib qolgan). 
Vafot etgan Sheralixon o‗rniga taxtga o‗tirgan o‗g‗li Yoqubxon 
1879-yilda Gandamak bitimini imzoladi. Unga ko‗ra, Afg‗oniston 
amalda mustaqilligini yo‗qotdi. Kobulda ingliz rezidensiyasi 
ochildi. 1879-yil iyulda Krasnovodskdan I. Lazerev 
boshchiligidagi harbiy qo‗shin turkmanlar yashaydigan 
hududlarga jo‗natildi. 
621 
Inklarda hosilning 2/3 qismini kimlarga 
berishgan??? 
Inklardan bo'lmagan aholi jamoa bo'lib yashab, hukmron toifa 
uchun ishlagan. Jamoa dehqonlar oilalaridan tashkil topib, 
ularning har biriga ma'lum yer, ekin maydoni biriktirib qo'yilgan. 
Jamoalar yetishtirgan hosilning 2/3 qismini davlat va 
ibodatxonalarga topshirganlar. Mamlakatda rasman 
qulchilikbo'lmasa-da, jamoa a'zolari shafqatsiz ishlatilgan va 
deyarli huquqsiz bo'lgan. 
622 
Inqilobining ikkinchi davri. 1907-1911-yillar 
Eron inqilobining ikkinchi davri deyiladi. 
Harakat endi, asosan, mustamlakachilarga 
qarshi qaratildi.
Demokratik harakat ta‘siri ostida shoh zamindor zodagonlarning 
nafaqasini qisqartirdi. Feodal zamonga xos bo‗lgan unvonlarni 
bekor qildi. Poraxo‗rlik, tamagirlikka qarshi kurash to‗g‗risida 
qonun e‘lon qildi. Shoh Eron konstitutsiyasining eng muhim 
demokratik mazmundagi moddalarini tasdiqlab imzo chekishga 
rozi bo‗ldi. Qonun oldida hamma teng, shaxs va mulk daxlsizligi, 
jamiyatlar tuzish, majlislar o‗tkazish, dunyoviy sud (shariat sudi 
bilan bir qatorda), qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi davlat 
organlarini ajratish kabi moddalar muhim ahamiyatga ega edi. 
623 
Ippolito Irigoenning muhim yo‘nalishlari??? 
Irigoyen Argentinaning milliy suverenitetini. 
Argentinada 1930-yili harbiy to‗ntarish amalga oshirilib, Ipolito 
Irigoyenning ikkinchi hukumati ag‗darib tashlandi, hokimiyatga 
konservator guruhlar qaytdi. 
624 
Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar: 
sulola a‘zolari - amirzodalar va yirik 
mansabdorlarga in‘om etilgan. Iqto mulklari 
avvalda bir umrga emas, balki ma‘lum 
muddatga berilib, nasldan naslga 
o‗tkazilmagan. Iqtodorlar…? 
O‗ziga in‘om qilingan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan 
soliqlarning ma‘lum qismini yig‗ib olish huquqiga ega bo‗lganlar. 
625 
Iqto tarzida esa ayrim viloyat yoki shaharlar va 
tumanlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan 
oliy tabaqa zodagonlar: sulola a‘zolari - 
amirzodalar va yirik mansabdorlarga in‘om 
etilgan. Iqto mulklari avvalda 
bir umrga emas, balki ma‘lum muddatga berilib, nasldan naslga 
o‗tkazilmagan. Iqtodorlar o‗ziga in‘om qilingan hududlarda 
yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning ma‘lum qismini yig‗ib 
olish huquqiga ega bo‗lganlar. 


626 
Iqto yer egalari dastlab qanday huquqqa ega 
bo‘lganlar? X asrda yirik mansabdorlarning 
davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan 
iborat katta-katta mulklar in‘om qilina 
boshlaydi. Bunday mulk ―iqto‖. 
Soliqlarning ma‘lum qismini yig‗ib olish huquqiga ega bo‗lgan. 
627 
Iqto yer egalari. Xalifa davlat yerlarini iqto 
tariqasida in‘om qilgan. 
Iqto (arabcha) - chek, taqsimlab berilgan yer, hukmdor tomonidan 
katta xizmatlari uchun in‘om qilingan chek yer.Hukmron sulola 
hamda oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga 
hadya qilingan yerlar - mulki iqto yerlari deb yuritilgan. 
Somoniylar. 
628 
Irredentizm bu...? 
Irredentizm - Italiyaga qo‗shni bo‗lgan davlatlarda italyanlar 
qisman yashaydigan hududlarni qo‗shib olishni targ‗ib qiluvchi 
millatchilik harakati. 
629 
Is‘hoqxon Ibrat qayerdan??? FARG‗ONA 
VODIYSIDAN. 
Samarqandda Mahmudxo‗ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, 
Saidahmad Siddiqiy-Ajziy, Toshkentda Munavvarqori 
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‗ja 
Asadullaxo‗jayev, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, 
Fayzulla Xo‗jayev, FARG‗ONA VODIYSIDA Hamza 
Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho‗lpon, 
Is‘hoqxon Ibrat, Xivada Bobooxun Salimov, Polvonniyoz hoji 
Yusupov va boshqalar edi. Ular vatanparvar, ma‘rifatparvar, 
Turkiston o‗lkasida jadidchilik harakatining asoschilari va 
rahnamolari hisoblanadi. 
630 
Ish haqi minimumi to‗g‗risidagi qonun 
bandlari to‗g‗ri berilgan javobni toping Buyuk 
Britaniyada. 
1911-yilda Buyuk Britaniyada. Unga ko‗ra, ish tashlashlar vaqtida 
korxonalar ko‗rgan zararning tred-yunionlardan undirilishi 
taqiqlandi. 
631 
Iskandari soniy (Ikkinchi Iskandar) kim edi??? 
Alovuddin Muhammad. 
Xorazmshoh Takashdan so‗ng uning o‗g‗li Alovuddin 
Muhammad (1200-1220). 
632 
Iskаndаr Zulqаrnаynning dаvоmchisi kim??? 
Muhаmmаd Tug‗luq. 
Muhаmmаd Tug‗luq o‗zini «Iskаndаr Zulqаrnаynning 
dаvоmchisi» dеb nomlagan sultоn dаvridа Hindistоn yarimоrоli 
to‗liq birlаshtiriladi. 
633 
Islom Karimov tomonidan qachon yangi 
Konstitutsiyasini tayyorlash g‗oyasi ilgari 
surildi. 1990-yil mart. 
Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‗yicha komissiya necha 
kishidan iborat??? 64 kishidan ishladi. Loyihaning dastlabki 
varianti 1991-yilning oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo‗lindi. U 
dastlab muqaddima, olti bo‗lim va 158 moddadan iborat edi. Bu 
loyiha hali mukammal emasligi, boisi uning ustida yanada 
jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash zarur edi. 1992-yil 
bahorida esa loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti 
ishlab chiqildi. 1992-yilning kuz oylarida O‗zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi 
uchun 2-marta matbuotda e‘lon qilindi. Umumxalq muhokamasi 
davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. 
634 
Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrda 
bo‗lib o‗tgan
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va 
Senatining qo‗shma majlisidagi ―Mamlakatimizda demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi‖. 
635 
Islomgacha arablarda oy xudosi? Oy xudosi - 
SIN. 
636 
Islomgacha arablarda oy xudosi? Oy xudosi -
Astar «Tonggi yulduz» ko'rinishida tasavvur 
etilgan.
Oy xudosi - Sin, ona xudo - Lat bo'lgan. Quyosh xudosi dahshatli 
va halokatli hisoblangan. 
637 
Islomxo‘jani bosh maqsadi nima? 
Bosh vazir Islomxo‗ja boshchiligida xonlikdagi savdo-sanoat 
korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini birlashtirdi. 
Mazkur oqim o‗z oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab 
qolgan holda islohotlar o‗tkazilishini maqsad qilib qo‗ydi.So‗l 
oqim esa qozikalon Bobooxun Salimov rahbarligida 
sarmoyadorlar, hunarmandlar va boshqa tabaqa vakillarini 
birlashtirib, yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq 
ommasining siyosiy faolligiga erishmoqchi bo‗ldilar. 


638 
Ismoil G‗aspiralining «Rahbari muallimin yoki 
muallimlarga yo‗ldosh» kitobida nima 
yozilgan??? 
Ismoil G‗aspirali 1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroyda birinchi 
jadid maktabiga asos soldi. U o‗zi tuzgan ta‘lim dasturi asosida 
darslik tayyorladi. Shu dastur bo‗yicha 40 kunda 12 ta 
o‗quvchining savodi chiqarildi. Bu usul «usuli savtiya» harf 
tovushi usuli, ya‘ni «usuli jadid» nomi bilan keng tarqaldi. Uning 
1888-yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‗ldosh» 
kitobi chop etildi. Unda yangi usul maktablarining ta‘lim tizimi, 
dars o‗tish va uning tashkil qilinishi, o‗quv xonalarining 
jihozlanishi, dars jadvali, ta‘tillar, imtihonlar bayon etilgan. Unda 
yangi usul maktablarining ta‘lim tizimi, dars o‗tish va uning 
tashkil qilinishi, o‗quv xonalarining jihozlanishi, dars jadvali, 
ta‘tillar, imtihonlar bayon etilgan. 
639 
Ismoil I Safaviy qanday tahallus bilan ijod 
qildi??? Xatoiy. 
XVI-XVII asrlarda ham Eronning qadimiy madaniy an‘analari 
davom ettirildi. Xatoiy (Ismoil I Safaviy) ijod qildi. 
640 
Ismoil Obidov nashri qaysi? «Taraqqiy». 
1906-yilda Ismoil Obidov muharrirligida ilk bor o‗zbek milliy 
gazetasi «Taraqqiy» nashr etildi. Gazetaning birinchi soni chiqqan 
sana, ya‘ni 1906-yil 27-iyun hozirda O‗zbekistonda Matbuot va 
ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. 
641 
Ismoil Safaviy qaysi shahar hokimi? Ardabil 
shahri. 
Eronni yagona davlatga birlashtirish hayotiy zaruratga aylanib 
qoldi. Bu tarixiy vazifa sarkarda, Eronda katta siyosiy nufuzga 
ega bo‗lgan Ardabil shahri hokimi Ismoil Safaviy tomonidan 
amalga oshirildi. 
642 
Ispaniyada fuqarolar urushi davrida (1936-yil 
18-iyul) qaysi davlat respublikachilarga 
yordam berdi? 
SSSR. 
643 
Ispravniklar huquqi kimlarga berildi? Uyezd 
boshliqlariga. 
Yangi «Nizom» shahar va qishloqlarning har bir mavzesini 
nazorat ostida saqlab turgan avvalgi politsiya tuzilmalariga 
qo‗shimcha tarzda Devonbegi va uyezd boshliqlariga ispravniklar 
huquqini ham berdi. 
644 
Isroil qachon FATXNI tan oldi? 1993 yil. 
Norvegiya hukumati taklifiga ko‗ra Oslo shahrida Isroil bilan 
FATX o‗rtasida muzokaralar boshlandi. Muzokaralar natijasida 
1993-yili Isroil va FATX bir-birini tan olganligi e‘lon qilindi. 
Falastin davlatini tuzish yo‗lidagi dastlabki muvaffaqiyatlar. 
1993-yili Vashingtonda Isroil va FATX delegatsiyalari Falastin 
avtonomiyasini tuzish to‗g‗risida kelishuvni imzoladi. 
Avtonomiyani tuzish bosqichma-bosqich 5 yil ichida amalga 
oshirilishi ko‗zda tutildi. 
645 
Istiqlolchilik harakati?
1918-yil erta bahorida avval Farg‗ona vodiysida, so‗ngra butun 
Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi qurolli istiqlolchilik 
harakati boshlandi.1924-yil oxirida Turkiston mintaqasida 
istiqlolchilik harakatining birinchi davri yakunlandi. Lekin hali 
oldinda kurashning to‘liq o‗n yili turar edi. 1935-yilga kelib 
Turkistondagi istiqlolchilik harakati mag‗lubiyatga uchradi. 
646 
Italiya bilan Fransiya o‗rtasidagi bitim qachon 
imzolandi??? Savoli boshqacharoq edi??? 
Italiya bilan Fransiya o‗rtasidagi keskin munosabatlami bartaraf 
etishga erishdi. 1902-yilda bu ikki davlat o‗rtasida bitim 
imzolandi. Bitimga ko‗ra, tomonlar ikki davlatning biri boshqa 
davlatning hujumiga uchraydigan bo‗lsa, o‗zaro qat‘iy betaraflik 
majburiyatini oldilar. 
647 
Italiya va Fransiya o‘rtasida 1902-yilda 
imzolangan bitimga ko‘ra.??? Qat'iy betaraflik. 
Italiya Fransiya bilan o‗rtasida 1902-yilda bitim imzolandi. 
Bitimga ko‗ra, tomonlar ikki davlatning biri boshqa davlatning 
hujumiga uchraydigan bo‗lsa, o‗zaro qat'iy betaraflik 
majburiyatini oldilar. 
648 
Ivan IV qachon taxtga o‗tirgan??? 1547-YILI. 
1547-YILI taxtga o‗tirgan Ivan IV Rossiya tarixida birinchi bor 
podsholik tojini kiydi va «sar» deb ataldi. Rusda hukmdorlar 
ilgari «Buyuk knyaz» deb atalar edi. Ivan IV ga podsholik 
unvonining berilishi uni G‗arbiy Yevropa qirollari bilan 
tenglashtirdi. Ivan IV ichki siyosatining asosiy maqsadi 
dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali boyarlar mavqeyini 
zaiflashtirishga qaratildi. Shu maqsadda 1549-yili u birinchi bor 
erkin aholi turli toifalari vakillarining yig‗ilishini - Zemstvo 
soborini chaqirdi. 


649 
Ixetuanlar qo‗zg‗oloni qacon bo‘lgan???
1899-yili. Хитойда 1899-yili «Ixetuan» harakati qo‗zg‗olon 
tusini oldi. Ixetuanlar Yaponiyaga tovon to‗lashni to‗xtatish, 
Tayvanni Xitoyga birlashtirish kabi talablarni qo‗ydilar. Sin 
hukumati qo‗zg‗olondan cho‗chib qoldi. Chunki Ixetuanlar 
poytaxt va viloyatlarning qariyb yarmini qo‗lda tutib turgan 
edilar. 1900-yili hukumat qo‗zg‗olonchilarga qarshi yuborgan 
qo‗shin yengildi. 
650 
IX-X asrlarda Xorazmshohlar davlati kimlar 
qo‗l ostida bo‗lgan??? 
TOHIRIY, SAFFORIY VA SOMONIYLAR 
651 
IX-XII asr boshlarida me‘morchilik bilan birga 
naqqoshlik va o‗ymakorlik san‘ati ham ancha 
rivoj topadi. 
Imoratning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli 
mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi. 
652 
IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda ijod qilmagan 
olimlar kimlar? Qozizoda Rumiy Ali Qushchi 
(G‗iyosiddin Jamshid Koshoniy, mavlono 
Shamsiddin Muhammad Xavofiy). 
1420-yilda ochilgan Samarqand madrasasi ikki qavatli, ellik 
hujrali bo‗lgan. Har bir hujra uch xonaga: qaznoq (omborxona), 
yotoqxona va darsxonalarga bo‗lingan. Madrasada o‗sha 
zamonning iqtidorli olimlaridan mavlono Shamsiddin Muhammad 
Xavofiy yetakchi mudarris bo‗lgan. O‗rta asrlarning mashhur 
olimlari Qozizoda Rumiy, G‗iyosiddin Jamshid Koshoniy, Mirzo 
Ulug‗bek va uning shogirdi Alouddin Ali Qushchilar turli 
fanlardan dars berganlar. Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni 
Shamsiddin Muhammad Xavofiy o‗qigan, darsda tolibi ilmlardan 
to‗qson nafari qatnashgan. Madrasada ilmi hay‘at 
(astronomiya)dan darsni Qozizoda Rumiy bergan. Demak XV asr. 
653 
Izofa - ??? Zaxira (rezerv). 
Manglay bilan qo‗shinning asosiy qismlari oralig‗ida esa 
qo‗mondonning qarorgohi va uning yon-atrofida zaxira (rezerv) 
qismlar joylashgan bo‗lib, u ―izofa‖ deb yuritilgan. 
654 
J. Meyjor qachon Buyuk Britaniya Bosh vaziri 
etib saylandi??? Bosh vazir 1990-yil 28-
noyabr. 
Buyuk Britaniyada 1990-yillar ikkinchi yarmidan iqtisodiy 
o‗sishning boshlanishi ham konservatorlar partiyasining obro‗yini 
ko‗tarmadi. J. Meyjor «Tetcherizm»dan qat‘iy uzoqlashib, 
o‗zining mustaqil kursini ishlab chiqa olmadi. (1990-yil 28-
noyabr Buyuk Britaniya Bosh vaziri etib Jon Meyjorning 
saylanishi. (Eski kitob)). 
655 
Jadid marifatparvarlari faoliyatlari1. Abdulla 
Avloniy, 2. Munavvarqori Abdurashidxonov, 
3. Mahmudxo‗ja Behbudiy, 4. Hamza 
Hakimzoda Niyoziy 
1. Abdulla Avloniy - c) 1907-yil «Shuhrat» gazetasiga asos soldi 
2. Munavvarqori Abdurashidxonov - b) «Adibi avval», «Adibi 
soniy», «Yer yuzi» kabi darslik yaratdi 3. Mahmudxo‗ja 
Behbudiy - 1875-yil 19-yanvar Samarqand yaqinidagi Baxshitepa 
qishlog‗ida tug‗ilgan 4. Hamza Hakimzoda Niyoziy - «Zaharli 
hayot yo xud ishq qurbonlari» pyesasi muallifi D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-

656 
Jadid marifatparvarlari faoliyatlarini 
moslashtiring??? 1. Abdulla Avloniy, 2. 
Munavvarqori Abdurashidxonov, 3. 
Mahmudxo‗ja Behbudiy, 4. Hamza Hakimzoda 
Niyoziy 
a) «Zaharli hayot yo xud ishq qurbonlari» pyesasi muallifi b) 
maktab lar uchun «Adibi avval», «Adibi soniy», «Yer yuzi» kabi 
darsliklarni yaratdi, c) 1907-yil «Shuhrat» gazetasiga asos soldi, 
d) 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa 
qishlog‗ida tug‗ilgan, D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a 
657 
Jadidchilik harakati markaziga aylangan 
shaharlar??? 
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Qo‗qon, Xiva shaharlari 
jadidchilik harakati markaziga aylandi. Bu shaharlarda ochilgan 
madaniy-ma‘rifiy yo‗nalishdagi jamiyat va uyushmalar 
Turkistonda jadidchilikning keng yoyilishiga olib keldi. 
658 
Jahon urushlari oralig‗ida Hindiston milliy 
ozodlik harakatining asosiy kuch kimlar? Hind 
dehqonlari. 
Hind qishlog‗ida kasta tizimi, qabilachilik va tabaqalarga bo‗lish 
hukmron edi. Shunga qaramasdan, jahon urushlari oralig‗ida 
Hindiston milliy ozodlik harakatining asosiy kuchini hind 
dehqonlari tashkil qildi. 1920-1940-yillarda hindlarning 
zo‗ravonliklarsiz ommaviy chiqishlarini tashkil qilishda hind 
xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandining roli beqiyos bo‗ldi. 
659 
Jahon urushlari oralig‗ida Tunis, Jazoir 
Marokashda kimlar milliy-ozodlik harakatiga 
bosh??? 
Jahon urushlari oralig‗ida Jazoirda - Farhod Abbos, Tunisda - 
Habib Burg‗iba, Marokashda - Abdul Karim boshchiligida milliy-
ozodlik harakatlari avj oldi. 


660 
Jaloliddin Manguberdiga oid ma‘lumotlar??? 
Xorazmshoxlar davlatining (Anushteginiylar 
sulolasining) so‘ngi vakili. Sind daryosi 
bo‗yidagi jang - Jaloliddin Manguberdi va 
Chingizxon qo‗shinlari o‗rtasidagi jang (1221-
yil 24-26-noyabr). Jangda Chingizxon 
qo‗shinlari muvaffaqiyat qozonadi 1224-yili bu 
yerda o‗z noiblarini tayinlab, o‗zi esa Iroqqa 
yo‗l oladi. 
1198-1231 yillarda yashagan. Shiki Xutuxu no‗yonni 45 minglik 
qo‗shini ustidan G‗azna yaqini Parvon jangida g‗alaba qozondi. 
Ozarbayjon egallangach, Jaloliddin Manguberdi o‗z qo‗shinini 
Gurjiston tomon boshlaydi. 1225-yil avgustda Garni qal‘asi 
yaqinida gurjilarning 60 minglik qo‗shinini tor-mor keltiradi va 
Tiflisga qarab yuradi. 1226-yilda Gurjiston to‗liq egallanadi. 
1227-yil sentabrda Isfahon yaqinida Jaloliddin Manguberdi 
mo‗g‗ullarning Taynol no‗yon boshliq qo‗shinini yengadi. Taynol 
no‗yon Jaloliddin Manguberdini jangdagi mardligiga qoyil qolib 
―Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‗z tengqurlarining sarvari 
ekan‖, degan. Hindistonda 3 yil hukmronlik qilgan. 1999-yilda 
Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. 
Jaloliddin Manguberdiga Xorazmda haykal o‗rnatildi. 1225-yil 
mayda Jaloliddin Manguberdi Marog‗a shahrini jangsiz qo‗lga 
kiritadi. Tabriz va G‗azna ham Xorazmshohga taslim bo‗ldi. 
1231-yilda Kurdiston tog‗larida (Hozirgi Turkiya) qaroqchi 
kurdlar qo‗liga asir tushib, fojiali halok bo‗lgan. 
661 
Jaloliddin Manguberdiga taslim bo‘lgan 
joylar? Marog‗a, Tabriz va G‗azna. 
1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marog‗a shahrini jangsiz 
qo‗lga kiritadi. Tabriz va G‗azna ham Xorazmshohga taslim 
bo‗ldi. 
662 
Jaloliddin Manguberdini ―Zamonasining 
haqiqiy bahodiri ekan, o‗z tengqurlarining 
sarvari ekan‖ deb kim aytgan? Taynol no‗yon. 
Taynol no‗yon Jaloliddin Manguberdini jangdagi mardligiga qoyil 
qolib ―Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‗z tengqurlarining 
sarvari ekan‖, degan. 
663 
Jaloliddin mo‘g‘ullar bilan qaysi janglarda 
to‘qnashgan??? 
Parvon jangi, Valiyon qal‘asidagi jang, Sind daryosi bo‗yidagi 
jang, mo‗g‗ullar 1231-yilda Ozarbayjonga bostirib kirib Jaloliddin 
Manguberdiga (Arzinjon) 
664 
Jaloliddin o‗z qo‗shini bilan dastlab Kirmon, 
keyin Sheroz va Isfahonga borib, mahalliy 
hukmdorlar bilan kelishib, biroz mustahkam 
kuchga ega bo‗ladi. Ammo bu yerlar kimga 
tegishli edi? Ukasi G‘iyosiddinga. 
Ukasi G‘iyosiddinga. 
665 
Jamiyat baxt saodati kaliti... ilm va ma‘rifatga. 
Yusuf Xos Hojib ―Qutudg‗u bilig‖da axloq, odob, sadoqat va va 
sevgi kabi masalalar haqida hikmatli so‗zlar yuritadi. Yusuf Xos 
Hojib ilm va ma‘rifatga SAODATNING KALITI deb qaraydi. 
Shuning uchun ham o‗z dostonini ―Qutudg‗u bilig‖ deb ataydi. 
666 
Janubiy Koreya;2) Tayvan;3) Singapur;4) 
Gonkong; оsiyo yo‘lbаrslаri 
«Osiyo yo‘lbarslari» 
667 
Jazoir, Tunis va Marokash.
Fransiyaning mustamlakalari bo‗lib, Birinchi jahon urushidan 
keyin ham shu holat saqlanib qoldi. Jahon urushlari oralig‗ida 
Jazoirda - Farhod Abbos, Tunisda - Habib Burg‗iba, Marokashda 
- Abdul Karim boshchiligida milliy-ozodlik harakatlari avj oldi. 
Marokashda - Abdul Karim 
668 
Jo‘ji vafotidan so‘ng Dashti Qipchoqning 
sharqiy qismi kimga tekkan? Shaybonga. 
Oltin O‗rda Jo‗jixonning o‗g‗illari o‗rtasida uluslarga bo‗linishi 
natijasida, Dashti Qipchoqning sharqiy qismi Jo'jixonning 
beshinchi o‗g‗li Shaybonga tegdi. 
669 
Jon Makleod , Fredrik Banting, Aleksandr 
Fleming, Boris Crobovskiy shulardan Nobel 
olmagani qaysi ekan? Boris Crobovskiy. 
Jon Makleod , Fredrik Banting, Aleksandr Fleming, Boris 
Crobovskiy shulardan Nobel olmagani qaysi ekan? Boris 
Crobovskiy. 
670 
Jul solig‘i. (Amir Shohmurod). 
Shuningdek, urush kelib chiqqanida qo‗shinning xarajati uchun 
jul deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi. 
671 
Kadrlarni mahalliylashtirish jarayoni va islom 
diniga erkinliklar berildi kimning davrida? 
Sobir Kamolov. Kimning davrida islom diniga erkinliklar berildi? 
672 
Kalka daryosi bo'yidagi jangda kimlar 
to‘qnashadi??? Qipchoqlar va ruslarga qarshi 
mo‘g‘ullar. 
Mo‘g‘ullar 1223-yilda Dashti Qipchoqqa chiqadi. Kalka daryosi 
bo'yida qipchoqlarning ittifoqchisi sifatida ularga yordamga 
kelgan ruslar qo'shini mag'lub etiladi. XIII asrda. 
673 
Kamol Binoiy asari «Shayboniynoma». 
Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» asari Dashti Qipchoq 
va Movarounnahrning XV asr o‗rtalaridan XVI asr boshlarigacha 
bo‘lgan davr voqealarini o‗z ichiga oladi. Shuningdek, 
shayboniylar bilan Eron safaviylari o‗rtasidagi munosabatlar 
haqida muhim ma‘lumotlar beradi.. 


674 
Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti 
qachon ta‘sis etildi? 1997-yil 23-yanvar. 
Islom Karimovning 1997-yil 23-yanvardagi farmoniga binoan 
Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta‘sis etildi, Milliy 
rassomlik va dizayn institutiga Behzod nomi berildi. 
675 
Kapetinglar sulolasi hokimiyatga kelganda 
O‘rta Osiyoda qanday voqea bo‘lgan? X asr. 
(Farjak madrasasi. Somoniylar o‘rnida Qoraxoniylar va 
g‘aznaviylar vujudga keldi.) Qarluqlar va o‘g‘uzlar islomnni 
qabul qildi. 
676 
Kapital - o‗z egasiga daromad keltiruvchi 
xususiy mulk (fabrika, zavod, kon, bank va 
boshqalar) hamda mablag‗, o‗zini o‗zi 
ko‗paytiruvchi sarmoya. Bu sarmoyaning 
asosida
erkin tadbirkorlik faoliyati yotadi. Shu sababli kapitalistik 
jamiyatda xususiy mulk va yollanma mehnatdan 
foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratildi. 
677 
Karfagen shahar-davlati qaysi davlat 
koloniyasi bo‘lgan? Finikiya. 
Afrikaning shimoliy sohilida joylashgan Finikiya koloniyasi 
Karfagen shahar-davlati ham ularga qo'shildi. 
678 
Karl V amalga oshirgan ish. Dengiz flotini 
tuzdi 
Fransiya qiroli Karl V harbiy islohotlar o'tkazib, kuchli flot va 
to'pchilar qo'shini tuzishga kirishadi. Yagona qo'mondonlik joriy 
etilib, uning vakolatlari kengaytiriladi. Dyugeklan. 
679 
Kaspiy ortidan Samarqandga birinchi poyezd 
kelgan yilda bo‘lgan voqeani aniqlang. 
Samarqand shahriga dastlabki poyezd kelgan 
yili qaysi voqea bo‘ldi??? Boshqa savol??? 
Ko‗lob bekligida dehqonlar qo‗zg‗olonlari. 
1888-yili Ko‗lob bekligida boshlangan yirik 
dehqonlar qo‗zg‗olonlari Pomir chegara 
qo‗shinlarining yordami bilan bostirildi. 
1888-yil I. G‘aspiralining «Rahbari muallimin yoki muallimlarga 
yo‗ldosh» kitobi chop etildi. Buxoro amirligi temiryo‗l orqali 
Toshkent, Orenburg va Moskva bilan bog‗langandi. 1888-yilga 
kelib Buxoro amirligi hududida rus qishloqlari vujudga kela 
boshladi. 
680 
Kaspiyorti viloyati (markazi Ashxobod shahri) 
qachon tashkil qilingan??? 1881-yilda. 
1881-yilda Kaspiyorti viloyati (markazi Ashxobod shahri) tashkil 
qilingan. 
681 
Kattaqo‗rg‗onlik urush nogironi Hamid 
Samadov nechta bolani tarbiyalab olgan? 13. 
Hamid Samadov 13 bola Shoahmad Shomahmudovlar oilasi 15 
bola Samarqandlik kolxozchi ayol Fotima Qosimova 10 bola 
682 
Kavkazorti va O‗rta Osiyoda milliy-hududiy 
chegaralanish qachon??? 
1924-yili Kavkazorti va O‗rta Osiyoda milliy-hududiy 
chegaralanish o‗tkazilib, milliy sovet respublikalari tashkil qilindi. 
683 
Kebekxon islohotlari ...??? o‗troqlikka o‗tish. 
Movarounnahrdek madaniy o‗lka bilan 
mustahkam aloqa o‗rnatish
Nasaf shahri yonida o‗ziga saroy qurdiradi. Qarorgohini birinchi 
bo‗lib Movarounnahrga ko‗chiradi. ikki xil pul: zarb qildirdi.
Oltin O‗rda kumush tangalari namunasida ikki xil pul: og‗irligi 8 
grammlik katta kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb 
etilgan. Katta tanga ―dinor‖, kichigi ―dirham‖ deb atalgan. 
―Kepaki‖ deb nom olgan bu tangalar Samarqand va Buxoroda 
zarb etilib, muomalaga chiqarilgan. 
684 
Kebekxon islohotlari. XIV asrning birinchi 
yarmida Chig‗atoy ulusida mo‗g‗ullarning 
o‗troqlikka o‗tish jarayoni kuchayib, ularning 
ijtimoiy hayotida jiddiy o‗zgarishlar sodir 
bo‗la boshlaydi. Movarounnahrdek madaniy 
o‗lka bilan mustahkam aloqa o‗rnatishga va 
o‗troq hayot kechirishga intilgan
Chig‗atoy xonlaridan biri Kebek (1318-1326) edi. U hokimiyatni 
bevosita o‗z qo‗liga olib, Qashqadaryo vohasidagi qadimgi Nasaf 
shahri yonida o‗ziga saroy qurdiradi. Saroy mo‗g‗ul tilida 
―Qarshi‖ deb yuritiladi. Kebekxon o‗z qarorgohini mo‗g‗ul 
hukmdorlari orasida birinchi bo‗lib Movarounnahrga ko‗chiradi. 
U shu saroyda turib mamlakatni idora qiladi. Keyinchalik saroy 
atrofida yangi binolar qad ko‗taradi va eski Nasaf shahri bilan 
qo‗shilib ketadi. Shundan e‘tiboran bu shahar Qarshi deb atala 
boshlanadi. 
685 
Kebekxon pullariqaysi davlatlar namunasida 
edi? Oltin orda va xulakiylar. 
Erondagi Xulokiylar davlati va Oltin O‗rda xonligining kumush 
tangalari namunasida ikki xil pul: og‗irligi 8 grammlik katta 
kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etilgan. Katta 
tanga ―dinor‖, kichigi ―dirham‖ deb atalgan. ―Kepaki‖ deb nom 
olgan bu tangalar Samarqand va Buxoroda zarb etilib, muomalaga 
chiqarilgan. 
686 
Kejim nima? Otlarni o'qlardan himoya qilish 
vositasi. 
Buxoro xonligida Harbiy yurish chog‗larida otlarni o'qlardan 
himoya qilish uchun otlar ustiga kejim deb ataluvchi maxsus 
yopinchiq yopishgan. Bunday yopinchiq Yevropadan ham olib 
kelingan. 
687 
Kichik inoq vazifasi nima? Buxoro amirligida. 
Kichik inoq chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni 
qabul qilib olgan. Shuningdek, amir muhri uchun javobgar 
bo‗lgan. Buxoro amirligida. 


688 
Kil kanali qaysi dengizlarni tutashtirdi??? 
Shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan. 
Shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan tutashtirgan Kil kanali 
ochildi. Reyxstag harbiy flot qurishning ulkan dasturini qabul 
qildi. Bu narsa Buyuk Britaniya bilan munosabatni yanada 
keskinlashtirdi. Germaniya Marokashga da‘vosi esa Fransiya 
bilan munosabatlarni yanada yomonlashtirdi. 
689 
Kim 1384-yilda Misr sultoni Barquq bilan 
uchrashuvda Amir Temurni yo‗q qilish 
taklifini kiritadi. 
To‗xtamishxonning elchisi. 
690 
Kim 1494-1495??? 
Sulton Mahmud (1494-1495). 
691 
Kim 1875-yil 22-sentabrda taslim bo‗ldi va fon 
Kaufman bilan shartnoma imzoladi? 
Nasriddinbek. 
692 
Kim Buxoroning Registon maydonida amir 
qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, 
mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan 
edi? Nasr II (914-943). 
Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida amir 
qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu 
maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors 
tillarini puxta egallab olgan, Qur‘onni va shariatning asosiy 
qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo‗lgan 
savodli aslzodalardan tanlab olingan. 
693 
Kim davrida O‗zbekistonda kadrlarni 
mahalliylashtirish jarayoni ommaviy ravishda 
amalga oshirila boshlandi, islom diniga 
erkinliklar berildi??? Sobir Kamolov. 
U toshkentlik bo‗lib, u atigi 15 oy davomida respublika partiya 
tashkilotini boshqargan. Bu davrda O‗zbekistonda kadrlarni 
mahalliylashtirish jarayoni ommaviy ravishda amalga oshirila 
boshlandi, islom diniga erkinliklar berildi. Bu holat Markaz 
rahbariyati (N.Xrushchyov, M.Suslov va b.)ga yoqmay, u o‗z 
lavozimidan olib tashlandi. Sobir Kamolov (1910-1990) davridagi 
islohotlar? Kadrlarni mahalliylashtirish jarayoni, islom diniga 
erkinliklar berildi. 
694 
Kim Filipp IV ning cherkovdan xoliligini 
tantanali e'lon qilmoqchi edi??? BONIFATSIY 
VIII. 
Rim papasi BONIFATSIY VIII Filipp IV ning cherkovdan 
xoliligini tantanali e'lon qilish uchun tayyorgarlikka kirishadi. 
695 
Kim hatto dvoryan bo‗lmagan qatlamlar - 
savdogarlar, o‗ziga to‗q mayda yer egalarining 
ayrim vakillariga ham davlat xizmatiga kirish 
imkoniyatini yaratdi??? Li Xa In. 
1863-yili 12 yoshli Li Sze Xvan Qirol Kojon nomi bilan taxtga 
o‗tqazildi. Hokimiyatni vaqtincha tevongun (hokim) bo‗lgan 
uning otasi Li Xa In egallab oldi. Tevongun eng muhim davlat 
lavozimlariga o‗z odamlarini qo‗yib olgan noron (oqsoqollar) 
asilzodalar partiyasining zo‗ravonligiga chek qo‗ydi. U, hatto 
dvoryan bo‗lmagan qatlamlar - savdogarlar, o‗ziga to‗q mayda yer 
egalarining ayrim vakillariga ham davlat xizmatiga kirish 
imkoniyatini yaratdi. Koreyaning ilgari hal qiluvchi ta‘sirga ega 
bo‗lgan asilzodalarining qudrati bir qadar zaiflashdi. 
696 
Kim Jahon urushlari oralig‗ida (1920-1940-
yillarda) Hindiston Milliy kongressi (HMK) 
Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish