1 8-sinf geom yangi. 1-8-bet. 2015(boshi). p65



Download 7,4 Mb.
bet40/73
Sana24.04.2022
Hajmi7,4 Mb.
#579874
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
Geometriya. 8-sinf (2014, A.Rahimqoriyev, M.To\'xtaxo\'jayeva)

?l
hunday qilib, aylananing markazidan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqlar uning sim­metriya o‘qlari bo‘ladi.
Savol, masala va topshiriqlar

  1. 1) Shaklning simmetriya o‘qi nima?

  1. Simmetriya o‘qiga ega bo‘lgan jismlarga, shakllarga misollar keltiring. Shakl nechta simmetriya o‘qiga ega bo‘lishi mumkin?

  2. Berilgan burchakning bissektrisasi sirkul va chizg‘ich yordamida qan- day yasaladi?

1) Kvadrat bo‘lmagan rombning; 2) kvadratning; 3) nurning; 4) teng yonli uchburchakning nechta simmetriya o‘qi bor

?


  1. Teng yonli uchburchakning uchidan o‘tkazilgan balandligi (simmetriya o‘qi) undan perimetri 36 sm ga teng uchburchak kesadi. Agar berilgan teng yonli uchburchakning perimetri: 1) 48 sm ga; 2) 60 sm ga;

  1. 40 sm ga teng bo‘lsa, balandligining uzunligini hisoblang.

  1. 1) Berilgan ikki nuqtaning nechta simmetriya o‘qi bor?

2) Kesishuvchi ikki to‘g‘ri chiziqning nechta simmetriya o‘qi bor?

  1. To‘g‘ri to‘rtburchakning diagonallari kesishish nuqtasidan uning tomon- lariga parallel ravishda o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqlar shu to‘g‘ri to‘rtbur- chakning simmetriya o‘qlari bo‘lishini isbot qiling.

  2. Romb diagonallari uning simmetriya o‘qlari bo‘lishini isbotlang.

  3. Agar uchburchakning simmetriya o‘qi mavjud bo‘lsa: 1) u uchburchak uchlarining biridan o‘tishini; 2) uchburchak teng yonli bo‘lishini isbot qiling.

  4. Teng yonli uchburchak ikki tomonining uzunligi: 1) 6 sm va 14 sm;

  1. 10 sm va 5 sm; 3) 21 sm va 24 sm bo‘lsa, asosi va yon tomonining uzunliklarini toping.

  1. Ushbu lotin alifbosidagi harflardan qaysilari: 1) bitta simmetriya o‘qiga ega; 2) ikkita simmetriya o‘qiga ega?

A, B, C, D, E, F, H, I, J, K, L, M, N, P, O, Q, R, S,
T, U, V, X, Y, Z, W

  1. 115-rasmda: 1) ODB va OCA uchburchaklarning tengligini isbotlang;

  1. teng kesmalar juftlarini, teng burchaklar juftlarini toping;

  2. qaysi nuqtalar, kesmalar va uchburchaklar OP dan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqqa (o‘qqa) nisbatan simmetrik bo‘ladi?

  1. k va l to‘g‘ri chiziqlar ABCD to‘g‘ri to‘rtburchakning simmetriya o‘qlari (116-rasm). EF = 20 sm va KL = 15 sm bo‘lsa, EBCF va ABCD to‘rt- burchaklarning perimetrlarini toping.

  2. l to‘g‘ri chiziq ABC uchburchakning simmetriya o‘qi (117- rasm). Uch­burchakning perimetri 46 sm. AO = 6,5 sm bo‘lsa, shu uchburchakning AC va BC tomonlarini toping.

  3. Q anday holda to‘g‘ri chiziq o‘q simmetriyasida unga parallel to‘g‘ri chiziqqa o‘tadi?















16- mavzu.

MARKAZIY SIMMETRIYA VA UNING XOSSALARI




  1. Nuqtaga nisbatan (markaziy) simmetriya. Tekislikda O nuqtadan o‘tuvchi

  1. to‘g‘ri chiziqni qaraylik (118- rasm). To‘g‘ri chiziqdagi A va A1 nuqtalar uchun AO = OA1 shart bajarilsa, ya’ni A va A1 nuqtalar O nuqtadan teng uzoqlikda bo‘lsa, A1 nuqta A nuqtaning O nuqtaga nisbatan simmetrik nuqtasi deb ataladi. Buning aksi ham to‘g‘ri, ya’ni A1 nuqta A ning simmetrik nuqtasi. Bunda O nuqta simmetriya markazi deb ataladi.

1 19- rasmda A va Ab B va B1 nuqtalar O nuqtaga nisbatan simmetrik; C va D nuqtalar esa O nuqtaga nisbatan simmetrik emas, chunki CO Ф OD.





Ta’rif. Agar F? shaklning har bir nuqtasi F shaklning mos nuqtalarining O nuqtaga nisbatan simmetrik nuqtasi bolsa, F va F? shakllar O nuqtaga nis- batan markaziy simmetrik shakllar deb ataladi.
O nuqta F va F1 shakllarning simmetriya markazi deb ataladi.

  1. Markaziy simmetriyaning xossalari.

  1. teorema.

Nuqtaga nisbatan simmetrik shakllarda mos nuqtalar orasidagi masofalar teng hamda burchak kattaligi saqlanadi.
Isbot. F va F1 markaziy simmetrik shakllar bo‘lib, A va B nuqtalar F shakl­ning ixtiyoriy nuqtalari hamda A1 va B1 nuqtalar F1 shaklning A va B ga mos kel- gan simmetrik nuqtalari bo‘lsin (120- rasm). AB = A1B1 ekanini isbot qilish kerak.
Isbot qilish uchun ABO va A1B1O uchburchaklarni taqqoslaymiz. Bu uchbur- chaklarda AO = A1O va BO = B1O, chunki A, B va A1, B1 nuqtalar markaziy simmetrik nuqtalar. Shuningdek, ZAOB =ZA1OB1, chunki vertikal burchaklar. Demak, taqqoslanayotgan uchburchaklarda ikkita mos tomonlar va ular orasi­dagi burchak teng. Uchburchaklar tengligining birinchi alomatiga ko‘ra: AABO = A1B1O. Bundan mos tomonlar bo‘lgani uchun AB = A1B1.
Agar A, B nuqtalar O dan o‘tuvchi bir to‘g‘ri chiziqqa tegishli bo‘lsa, AB = A1B1 ekanligi markaziy simmetriya ta’rifidan kelib chiqadi.
F va unga simmetrik bo‘lgan F1 shakl berilgan bo‘lsin (121- rasm). Bu shakl- larga tegishli uchta A, B, C va ularning aksi bo‘lgan A1, B1, C1 nuqtalarni qaray- lik. Bu nuqtalar bir to‘g‘ri chiziqda yotmasin. U holda AABCv^AA1B1C1 lar mos tomonlarining uzunliklari teng (yuqorida isbot qilingan teoremaga ko‘ra). Uch­burchaklar tengligining uchinchi alomatiga ko‘ra: AABC = AA1B1C1. Bundan uch- burchaklarning burchaklari ham teng ekanligi kelib chiqadi

.






  1. t eorema.

Markaziy simmetriyada kesmalar kesmalarga, nurlar nurlarga, to‘g‘ri chiziqlar to‘g‘ri chiziqlarga o‘tadi.
Isbot. A, B va C nuqtalar bir to‘g‘ri chiziqda, ya’ni C nuqta A va B nuq­talar orasida yotsin. U holda AC + CB = AB. Markaziy simmetrik Ab B1 va C1 nuq­talar uchun A1C1 + C1B1 = A1B1 tenglik bajariladi. Shunday qilib, C1 nuqta A1B1 to‘g‘ri chiziqda A1 va B1 nuqtalar orasida yotadi. Demak, AB kesma A1B1 kesmaga o‘tadi (122- a rasm). O — simmetriya markazi.
Xuddi shunga o‘xshash, AB nur A1B1 nurga, AB to‘g‘ri chiziq to‘laligicha A1B1 to‘g‘ri chiziqqa o‘tishi isbotlanadi.
Masala. Markaziy simmetriya to‘g‘ri chiziqni unga parallel to‘g‘ri chi­ziqqa yoki o‘zini-o‘ziga o‘tkazishini isbotlang.
Isbot. Agar simmetriya markazi berilgan to‘g‘ri chiziqda yotsa, u holda bu to‘g‘ri chiziq markaziy simmetriyada o‘ziga-o‘zi o‘tishi ravshan.
O markaz a to‘g‘ri chiziqqa tegishli bo‘lmasin (122- b rasm). a to‘g‘ri chiziqqa simmetrik a1 to‘g‘ri chiziqning a to‘g‘ri chiziqqa parallel ekanini isbot­laymiz.
a to‘g‘ri chiziqdagi biror A va B nuqtalarni ko‘rib chiqamiz. Ular O markaz- ga nisbatan a1 to‘g‘ri chiziqdagi biror A1 va B1 nuqtalarga o‘tadi. Bunda hosil bo‘lgan OAB va OA1B1 uchburchaklarda markaziy simmetriya ta’rifiga ko‘ra OA = OA1 va OB = OB1, vertikal burchaklar bo‘lgani uchun ZAOB =ZA1OB1. De­mak, uchburchaklar tengligining birinchi alomatiga ko‘ra: AOAB= AOA1B1. Bun­dan ZOAB =ZOA1B1 kelib chiqadi. Bu burchaklar a va a1 to‘g‘ri chiziqlar ham- da AA1 kesuvchidan hosil bo‘lgan ichki almashinuvchi burchaklardir. Demak, a va a1 to‘g‘ri chiziqlar parallel (ikki to‘g‘ri chiziqning parallellik alomatiga ko‘ra).

Download 7,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish