1.5.7. To‘xtatgichlar va tormozlar
Qurilish mashinalarining mexanizmlari tormozlar va to‘xtatgichlar
bilan
jihozlanadi. To‘xtatgichlar chig‘irlar, tallar, domkratlarda qo‘llanilib, ular ko‘tarilgan yoki
tushirilgan yuklarni ma’lum vaziyatda ushlab, vallarni teskari
aylanib ketmasliklarini
ta’minlash uchun ishlatiladi. Tuzilishi bo‘yicha xrapovikli
—
tashqi ilashishli (1.31-rasm,
a)
va ichki ilashishli (1.31-rasm, б) hamda friksion- rolikli
va ponali turlarga bo‘linadi.
Vazifasi bo‘yicha to‘xtatkichlar tushiruvchi va to‘xtatuvchi, ishlash usuli bo‘yicha
—
normal yopiq va normal ochiq, boshqarilish turi bo‘yicha — avtomatik va
boshqariladigan xillarga bo‘linadi.
1.31-rasm. To‘xtatgichlar va tormozlar.
Har qanday xrapovikli to‘xtatgich valga yoki barabanga bikir qilib mahkamlangan,
maxsus shakldagi
tishi bor, tashli g‘ildirak 1 dan va qo‘zg‘almas
o‘kda erkin o‘tiradigan tishlagich 2 dan iborat. Yuk ko‘tarilganda tishlagich g‘ildirak
tishlarida erkin sirpanib uni aylanishga to‘sqinlik qilmaydi. Yuk tushayotgan g‘ildirakni
aylanishga to‘sqinlik qiladi.
Tormozlar barabandagi yoki mexanizm validagi burovchi momentni;
tormozning
bir-biriga tegib turuvchi qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas elementlari orasida ishqalanish
kuchlari tufayli hosil bo‘ladigan burovchi momentni qisman yoki butunlay muvozanatlaydi.
Tormozning qo‘zg‘aluvchan elementi (shkiv, disk)
tormozlanadigan val bilan
qimirlamaydigan qilib biriktirilgan bo‘ladi, qo‘zg‘almas elementi esa (lenta, kolodka, disk)
mashina korpusi bilan birlashtirilgan.
Tormozlar vazifasi bo‘yicha dvigateldan uzib qo‘yilgan mexanizmlarni to‘xtatish
uchun mo‘ljallangan to‘xtovchi (stopor) tormozlarga va tushirilayotgan yukning tezligini
rostlash uchun mo‘ljallangan, yukni tutib turish va tushirish tormozlariga bo‘linadi.
Tormozlar ularning bir-biriga tegib turuvchi ish
elementlarining konstruktiv
bajarilish nuqtai nazaridan kolodkali, lentali, diskli va konusli tormozlarga bo‘linadi. Lentali
va kolodkali tormozlar qurilish mashinalarini mexanizmlarini to‘xtatish va ishga tushirishda
keng qo‘llaniladi.
Nazorat uchun savollar
1.
Po‘lat sim arqon (tros)ni tuzilishini tushuntirib bering.
2.
Strop
nima uchun xizmat qiladi, turlari va tuzilishlarini tushuntiring.
3.
O‘qlar to‘g‘risida tushuntirib bering, vallarning
turlari nima uchun xizmat
qilishini ayting.
4.
Podshipnik turlarini izohlab tushuntiring.
5.
Mufta nima? Qanday muftalarni bilasiz?
6.
Blok va polispastning ishlatish sohasi.
7.
To‘xtatgich va tormozlarning vazifasi va ularni xillarga bo‘linishi.