1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi


Chet elliklarga qarshi kurash va ularning



Download 103,92 Kb.
bet18/19
Sana30.04.2022
Hajmi103,92 Kb.
#597295
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
MUNIRA OPA

Chet elliklarga qarshi kurash va ularning 1862-1864-yillardagi bosqinchiliklari. Syogun bilan feodal muxolifat o‘rtasida kelishuvga erishilganidan keyin butun Yaponiya bo‘ylab chet elliklarga qarshi qisman hukumat tomonidan keltirib chiqarilgan, yoki o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan chiqishlar yuz bera boshladi. Ko‘plab Sharq mamlakatlarida bo‘lganidek, Yaponiyada ham g’arblik xristianlarga «yovvoyilar» nomi berilgandi. «Yovvoyilar»ga bo‘lgan dushmanlik odatda samuraylarning chet elliklarga qarshi kichik hujumlari shaklini olgandi. Tanazzulga uchray boshlagan va o‘z ahvolidan norozi bo‘lgan samuraylar ayni paytda hali o‘z aslzodalik g’ururlarini hamda baʼzi bir jangovar sifatlarini saqlab qolgandi. Samuraylarning chet elliklarga qarshi chiqishlari tobora ko‘payib borardi va hukumatning kapitalistik davlatlar bilan nomiga bo‘lsada do‘stona munosabatlarni saqlab turishi tobora qiyinlashayotgandi.
1862 yili knyaz Simadzuning samuraylari bir guruh inglizlarga qarshi hujum uyushtirdi. Natijada angliyalik Richardson o‘ldirildi. Bunga javoban Аngliya syogunatga qatʼiy talab qo‘ydi. 1863 yili ingliz floti knyaz Simadzu mulkining poytaxti Kagoyeimaga yaqinlashdi. Ingliz kemalariga Qagosima qurgonidan ut och- dilar. Bunga javoban ingliz harbiy kemalari Qagosima shahriga dahshatli hujum uyushtirdilar. Simadzuning samuraylari inglizlarga qarshi janglarda qatnashish uchun Uzlari 1862 yili egallagan Kiotoni tarq etdilar va Satsumaning janubiga shoshildilar. Аmmo chet elliklardan ham, syogunatdan ham uz noroziliklarini ochiqdan-ochiq namoyish qilayotgan Tyosyu knyazligining samuraylari Kiotoda qoldilar.
Bir necha oy davomida Kiotoda hokimiyat past toifa hisoblanuvchi Tyosyu samuraylari va faqat Tokugavalargagina emas, boshqa hamma knyazlarga va umuman aholining barcha imtiyozli qatlamlariga qarshi bo‘lgan roninlarning qUlida bo‘ldi. Biroq bu erqin samuraylar hech qanaqa aniq haraqat rejasiga ega emas va mustaqil haraqat qilayotgan halq ommasi bilan aloqa Urnatishga urinmas edi. Bunday sharoitda syogunat mugambirlik qilishga urindi: bir tomondan u chet elliklarga zarba berish uchun tayyor eqanligini bildirdi va avvaliga Richardsonning ulimi uchun tovon tulash haqidagi Аngliya talablarinn rad etdi, boshqa tomondan, Аngliya bilan Satsuma samuraylari O‘rtasida vositachilik qilishini surab Fransiyaga
murojaat qildi.
Аna shu davrdan boshlab syogunat uz taqdirini ochiqdan-ochiq chet elliklarning, jumladan, Napoleon III ning qullab-quvvatlashi bilan bogladi. Tokugavalar chet elliklar yordamida ichki muxolifatni bostirishni va feodal tuzumni mustahqamlashni uylagandilar.
1864 yili Yaponiyaning janubidagi Tyosyu knyazligining port va istehqomlarini ingliz-fransuz-golland-amerika birlashgan floti bombardimon qildi. Bu 1863 yilning may oyida «yovvoyilarni quvish» qaroriga binoan chet el kemalarining Uqqa to‘tilganligiga qarshi javob edi. Bunday vayron qiluvchi bombardimondan keyin, chet elliklarga kesqin qarshi bo‘lgan mahalliy knyazь Mori taslim bo‘ldi. Bu orada syogun yangi kel ishuvni imzolashga majbur bo‘ldi, unga qura chet elliklar mamlakatga qiritayotgan barcha mahsulotlar uchun boj tulovi tannarhning 5 foizigacha pasaytirildi.
Bundan tashqari syogunat Аngliya va Fransiya uz savdo vaqolathonalarini qUriqdash uchun Yaponiyaga qUshin qiritishiga rozilik ber­di. Bu mamlakatlardan yordam olgan syogun Yaponiyaning chet el kapitalnga qaramligini sezilarli darajada oshirdi. Аmmo Tokugava hukumatining uzi ishonchli harbiy yordam va aniq siyosiy foyda ololmadi. Fuqarolar urushi bilan band bo‘lgan АQSh vaqtincha uz mustamlaqachilik hdraqatlarini tuhtatib turdi. Fransiya syogunning qushinini qurol-yarog bilan taʼminlar va uzi uchun alohida savdo imtiyozlari berilishini talab qilib, haqamlik rolini uynashga urinardi. Fransuzlarning mavkei quchayib ketishini istamayotgan Аngliya esa yaqindagina uzi tor-mor qilgan knyazlar Mori (Tyosyu) va Simadzu (Satsuma) ustidan homiylik qila boshladi.
Bo‘larning barchasi mamlakatda muʼtadil ichki vaziyatni saqlab turish imqonini bermasdi. Dehqonlar feodal zulmga qarshi qo‘zg‘olon qutarishda davom etdilar. Syogun muholnfatga qarshi chet elliklar yordamida kurashayotganligidan quplab samuraylar gazablanayotgandi. Yapon burjuaziyasi mamlakatga qiritilayotgan maheulotlar uchun boj tulovlari 5 foizgacha pasaytirilganligidan norozi edi. Bu hali oyoqqa turib ulgurmagan yapon sanoati uchun yangi zarba bo‘ldi va ayni paytda dehqonlarning hunarmandchiligini ham qiyin ahvolga solib quydi. Keng oqim bo‘lib qirib kel ayottan chet el mahsulotlari yapon bozorlarini to‘ldirib yuborgandi. Bundan tashqari, chet ellik tadbirqorlar Yaponiya bilan tashqi bozorlar- dagi oltin va qumush bahosining farqidan (oltin va qumushning narhi O‘rtasidagi farq Yaponiyada 1:5, Yevropa va Amerikada 1:15 edi) foydalanib, oltinni olib chiqishdan, choy, ipaq, guruch eqsport qilishdan boyib borar edilar. Bu mamlakatda narh-navoning, ayniqsa oziq-ovq;at mahsulotlari narhining kesqin oshib ketishiga olib kel di. Keng halq ommasi, ayniqsa dehqonlar uzlarining honavayron bo‘lganliklarini, chet elliklarni mamlakatga qiritgan va Yaponiyada ochiqdan-ochiq hujayinlik qilishlariga yul qUygan syogunning siyosati bilan boglardilar. Tokugavalarga sarshi ittifoqning shaqllanishi. Mamlakatning ijtimoiy hayotida ruy berayotgan dezintegratsion jarayonlar feodallarning bir qismi va burjuaziyaning syogunatga qarshi siyosiy ittifoqi yuzaga kel ishiga qumaqlashdi. 1850-1860-yillarda yapon shaharlaridagi muxolifatchilik haraqatlari, iqtisodiy qiyinchiliklarning bevosita taʼsiri ostida rivojlanib, quchayib bordi. Chet el kapitalining suqulib qirishi oqibatida mavjud feodal munosabatlarning tulik buzilganligi ayniqsa shaharlarda aniq qurinib qoldi. Pul tizimi izdan chiqib, hunarmandchilik tanazzulga uchradi, shahar aholisining qupchiligi qashshoqlashdi va honavayron bo‘ldi. Ular Tokugavalarga qarshi haraqatning eng faol quchiga aylandi. Yaponiyada shaharliklarning eng ilgor qismi ziyolilar hisoblanardi. Bu uz tarqibi va kelib chiqishiga qura olaquroq qatlam edi. Uning bir qismi samuraylar safidan chiqqan (roninlar) bo‘lsa, boshqa qismi burjua oilalaridan chiqqandi. Shaqllanayotgan ziyolilar toifasida sinfiy mansubligini yuqotgan samuraylardan chiq,qanlar qupchilikni tashqil etardi. Shunga qaramasdan, ziyolilarning bu yangi qatlami maʼlum darajada burjua mafqurasi va inqilobi goyasining yetaqchilari bo‘ldilar. Bu holatda ziyolilar, hali siyosiy mavkega va taʼsirga ega bo‘lmagan, ammo mamlakat ijtimoiy hdyotida rivojlanib borayotgan hamda usayotgan yangi, yosh sinfni uzida namoyon qilayotgandi.
Tokugavalarga qarshi muxolifatning qupchilik faol arboblari janubiy va janubi-garbiy knyazliklarndan chiqqan edi.
Tyosyu knyazligidagi Mori, Satsuma knyazligidagi Simadzu qabi eng boy knyazlar va ularning todzama-daymiolardan bo‘lgan qushnilari uz mulqlarining marqazdan yiroqda joylashganligi tufayli syogundan nisbatan mustaqil edilar. Bu holat isyonchi knyazliklarning syogunatga qarshi kurashdagi rollariga uz taʼsirini utqazdi. Janubiy knyazliklar 1863-1864-yillarda chet elliklarga qarshi shiorlar ostida qo‘zg‘olon qutardilar, ammo maglubiyatga uchrab, tor-mor qilindilar. 1863-1864-yillardagi janglardan keyin janubiy knyazliklarda hokimiyatga oddiy samuraylardan chiqqan qishilar kel di. Siyosiy arboblarning bu yangi avlodi Farbga unchalar qattiq nafratni his qilmasdi, ular barcha yangi va foydali narsalarni, hdtto mustamlaqachi- lardan bo‘lsa ham qabo‘l qilishga tayyor edilar. Ular samuraylar orasida mavjud bo‘lgan ichki toifaviy tusiqlarni (qatlamlarga ajratishni) beqor qilish tarafdorlari edilar. Janubi-garbiy knyazliklardagi siyosiy arboblarning yangi avlodlari, tabiiyqi,
Tokugavalarga qarshi muxolifatning eng faol ishtiroqchilari sifatida maydonga chivdilar. Muxolifatchilar ittifoqi «Imperatorga hurmat» shiori osti­da haraqat qilardi. Аyni paytda «Yuqolsin yovvoyilar!» degan esqi shior ham qun tartibidan olib tashlanmagan edi. U asosan safsatabozlik maqsadlarida tarqatilgan bo‘lib, Yaponiyaga tengsiz shartnomalar va sharmandalik kel tirgan syogunni tugatishga chaqiriq sifatida izohdanardi. Tokugavaga qarshi harbiy ittifoqqa keqsa knyazьdaymiolar emas, amalda oddiy samuraylar vaqillari rahbarlik qilar edi. Qo‘zg‘olonlarning boshida mamlakatda «yoshlar» deb nom olgan siyosiy arboblar - Saygo, Oqubo, Goto va boshqalar turishardi. Tokugava zarba tayyorlanayotganligini bilardi, biroq uning oldini olishga butunlay ojiz edi. Syogunning Tyosyu knyazligiga qarshi jazo eqspeditsiyasi 1866 yilda Tokugavaning maglubiyati bilan yaqunlandi.
1868 yildagi intsilob, yangi hukumatning ijtimoiy negizi va siyosati. 1866 yilning boshlari - 1867 yilning ohirlarida dehqonlar qo‘zg‘olonlari ayniqsa keng qamrovga ega bo‘ldi. Baʼzi bir shaharlar syogun maʼmuriyatiga bo‘ysunishdan bosh tortdilar.
Yirik savdogarlar hukumat amaldorlari bilan tobora qamroq hisoblashishardi va qatta erqinliklarga erishgandi. Faqat poytaht Edoda burjuaziya syogunni qutqarib qolishga urinardi, chunqi qo‘pgina yirik firmalar hukumatni mablag bilan taʼminlagan va uning щщirozidan manfaatdor emasdi.
1867 yili imperator Qomey vafot etganidan so‘ng tahtga 15 yoshli Mutsuhito ugardi. Syogunga qarshi ittifoq yetaqchilari bundan foydalanib, yangi imperator nomidan syogunga, darhol hokimlikni imperatorga qaytarish va qilmishlari uchun javob berish talabi bilan bayonnoma tuzdilar. Bu bayonnoma 1867 yilning oqtyabrida knyazь Tosa tomonidan syogun Qayqiga topshirildi.
Uz raqiblarining qatta quchga ega eqanliklarini hisobga olgan syogun bayonnomadagi talablarga rozi bo‘ldi, lekin kurashga faol tayyorlanish boshlandi.Muxolifat ham qurolli kurashga tayyorlanish boshladi. Beshta knyazlikning qurolli quchlari qatta qushinga birlashdi, lekin syogun ham qupshn tuplashga va uni Kioto tomonga yunaltirishga muvaffaq bo‘ldi. 1868 yilning yanvarida Fusima va Toba yaqinida bo‘lgan jangda syogun maglubiyatga uchradi va Edoga qochdi. 1868 yilning may oyida muxolifat qushinlariga jangeiz taelim bo‘ldi va uzining otameros mulqiga junab ketdi. Biroq Tokugava tarafdorlariga qarshi harbiy haraqatlar davom etdi. Oqtyabrda syogun tarafdorlari Honsyu orolida maglubiyatga uchradi, 1869 yilning bahorida hukumat floti va qushinlari Hoqqaydo orolida tuplangan harbiy quchlarni tor-mor etdi. Syogunat tugadi. Bu yillardagi vokealar Yaponiya tarihida «Meydzi» inqilobi nomini olgan. Bu nom shuning bilan boglikki, imperator Matsuhito huqmronligi rasman Meydzi deb atalib, aynan «maʼrifatli boshqaruv»ni anglatardi.
Tokugava urniga kel gan yangi siyosiy tuzum qiyin ahvolda qolgandi. Imperator hukumatining tepasida burjualashgan dvoryanlarning yorqin vaqillaridan bo‘lgan ikki qishi - Oqubo Tosimiti va Qido Taqamasalar turardi. Ularning har iqqalasi ham kelib chiqishi jihdgidan past toifadagi samuraylardan bo‘lib, qarindoshlik aloqalari buyicha savdo burjuaziyasiga yaqin edi.
Hukumatdagi bu yangi yulboshchilarning asosiy maqsadlari Yaponiyaning siyosiy tarqoqdigiga cheq qUyish, Farbdan zamonaviy harbiy tehniqa va maʼmuriy tuzumni uzlashtirib olish, lekin ayni paytda dvoryanlik imtiyozlarini saqlab qolish edi. Аmmo Uzgarishlarning ana shu cheqlangan rejasini ham amalga oshirish qatta qiyinchiliklar bilan boglik edi. Tokugava syogunatini agdargan quchlar hilma-hilligi bilan ajralib turardi va turli, qupincha manfaatlari jihatidan bir-birlariga qarama-qarshi bo‘lgan sinflarning aralashmasi sifatida uzini namoyon qilardi.
Tokugavaga qarshi asosan uchta quch kurashgandi: 1) feodal tuzumga qarshi kurashgan dehqonlar; 2) hali zaif va shaqllanmagan, qariyb tulaligicha ular manfaatini himoya qilgan oddiy samuraylarning «dvoryanlik plashchi» ostida quzgalgan burjuaziya; 3) feodal zoda-gonlar - Tokugavalarning siyosiy raqiblari.
Syogunatni agdargan ittifoqdosh quchlar burjuaziya va feodal knyazlarning vaqtinchalik biriqmasi edi. Galabadan keyin bu omonat biriqmada ichki kurash boshlanib ketdi. Dehqonlar syogun Keyqini imperator Meydzi bilan almashtirganlikdan hech qanaqa uzgarish sezmadilar va ayovsiz ezishlarga qarshi kurashda davom etdilar.
Аgar 1866 yili, syogun agdarilishidan bir yil oldin Yaponiyada minglab qishi qatnashgan 17 ta yirik qo‘zg‘olon hisobga olingan bo‘lsa, syogunat agdarilganidan bir yil Utgach, 1869 yili 42 ta yirik dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lib utdi. Dehdonlar urushi va hokimiyatni mustahqamlash zarurati uzgarishlarning muhim sabablaridan biri bo‘ldi. Bu holat qupincha imperator hukumatida feodallar bilan burjuaziya tarafdorlari O‘rtasida kel ishmovchiliklarni kel tirib chiqardi. Buning oqibatida burjua islohotlari qupincha nomuqammal, cheqlangan haraqterga ega bo‘ldi. Shuning uchun ham inqilobning uzi Yaponiya va jahon tarihshunosligida «Meydzi tugallanmagan burjua inqilobi» nomini oldi.
Meydzining burjuacha islohotlari. 1871 yilda mamlakatning yagona davlatga birlashish jarayoni yaqunlandi. Feodal yer mulqlari tugatildi va tUfidan-to‘g‘ri marqaziy hukumatga buysunuvchi prefeqturalar joriy qilindi, tabaqalar soni uchtagacha qisqartirildi: unvonli aslzodalar, zodagonlar va oddiy halq.
Аslida bu islohotlar namoyishqorona haraqterga ega bo‘lib, samuraylar uz imtiyozlarini mutlaqo yuqotmagan edilar.
1872 yili umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi, bu esa samuraylarniig qurol taqib yurishga bo‘lgan monopoliyasiga rasman cheq qUYdi. Dehqonlarga harbiy hizmat bilan boglik bo‘lgan qUshimcha majburiyatlar yuqlandi. Ofitserlik lavozimlari avvalgideq samuraylarniig qulida qoldi.
Hukumat amalga oshirgan eng muhim uzgarish 1872-1873-yillardagi yer islohoti bo‘ldi. Kengayib borayotgan dehdonlar kurashidan havotirga tushgan hukumat ularning rahbarlarini uz tomoniga ogdirish va bu bilan uz ijtimoiy tayanchini mustahdamlab olishni istardi. Bundan tashqari, hukumat unga sodiq; bo‘lgan, syogunat davrida yerlarni noqonuniy egallab olgan yangi boylar: savdogarlar, sudhurlar, ijaradorlar, amaldorlar va shu qabilar orasida ham uz mavkeini oshirishi keraq edi. Аna shu maqsadda, qonun chiqarilayotgan paytda amalda yerga egalik qilayotgan barcha shahslar uz yerlarining qonuniy egalari deb eʼlon qilindi. Umuman olganda, bu ijobiy haraqat edi: yerga feodallarning yaqqa egaligi tugatildi va Yaponiyada birinchi marta yerga egalik qilishning burjuacha printsipi urnatildi.
Аmmo bu islohotlar natijasida dehqonlarning asosiy qismi amalda yerga ega bo‘lmadi. 1868 yilgi inqilobdan ancha ilgari dehdon jamoalarn tomonidan ishlov beriladigan yerlarning qatta qismi turli hil garovga quyish, sovga qilish va boshqa shu qabi hujjatlar asosida sudhUrlar, savdogarlar va qishloq oqsoqollari qullariga utgandn. 1872-1873-yillardagi islohotlar bu turdagi barcha kel ishuvlarni legallashtirdi va dehqonlarning yerlarini yangi mulqdorlar foydasiga eqspropriatsiya qilish jarayonining qonuniyligini tan oldi. 1872 yili yer oldi-sottisiga quyilgan taqiq rasman beqor qilindi. Tabiiyqi, buNday islohot yer masalasini hal qila olmasdi. Faqat yirik feodal yer egaligi yuq qilindi, holos. Davlat juda qatta pulga (200 mln yendan ortiq) sobiq feodal knyazlardan yer mulqlarini sotib oldi. O‘rta va qichiq yer egalari feodal yer egaligi belgilarini sezilarli Darajada saqlab qolgandi. Dehdonlar ijara tulovi sifatida hosilning yarmidan qam bo‘lmagan qismini ularga berardilar. Lekin islohot qishloqda kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi va aholining tabaqalashuvi jarayonini tezlashtirdi. Yer islohoti misolida Yaponiyadagi burjua inqilobining tugallanmaganlik haraqteri yorqin namoyon bo‘ldi. Shunga qaramasdan, 1868 yilgi burjua inqilobi Yaponiya tarihida eng muhim marra bo‘ldi. Kapitalizm rivojlanishi turli hil feodal qoldiqlar bilan qiyinlashgan bo‘lsada, inqilob uning keyingi taraqqiyoti uchun ragbatlantiruvchi omil bo‘ldi. Yagona davlat doirasida yapon burjua millati shaqllandi.
XIX asrning 70-90-yillarida Yaponiyaning kapitalistik taraqqiyoti. 1880-yillari Yaponiya tezqor industrial rivojlanish davriga qirdi. Bu jarayon oldingi davrda imperatorlik hukumati hususiy tadbirqorlikni faol qUllab-quvvatlaganligi bilan boglik edi. 1868-1880-yillarda hukumat bir qator «namunali qorhonalar» tashqil qilib, keyinchalik ularni savdo va tadbirqorlik firmalaridan hukumat qarzlarini uzishi hisobiga yoqi uncha qatta bo‘lmagan tulovlar evaziga hususiy shahslar quliga utqazishni rejalashtirdi. Shunisi haraqterliki, «namunali qorhonalar»ni sotishda yoqi ijaraga berishda hukumat bir necha imtiyozli firmalarni maʼqul qurdi. Bunday firmalar qatorida Mitsui, Mitsubisi, Furuqavalar bor edi.
Davlat yangi fabriqa va zavodlar qurilishiga anchagina mablag qiritib, sanoatning rivojlanishini qUllab-quvvatladi. Bunda davlat byudjeti asosan qishloq aholisi hisobiga shaqllantirildi. Davlat oladigan soliklarning 80 foizdan ortigini yer soligi tashqil qilardi. Yer egalari, Uz navbatida, bu harajatni ijara tulovini yanada oshirish bilan qoplardi. Yapon sanoatini yaratishning dastlabqi davrida ijara tulovlari kapitalistik jamgarmaning muhim manbai edi. Sanoatga nisbatan proteqtsionistiq tadbirlar tizimi ikki hil mohiyat qasb etdi. U yetarli bo‘lmagan dastlabqi qalitalni mehtsatqashlar hisobiga tUddirishi va shu bilan birga yapon burjuaziyasini past boj tulovlari oqibatidan asrashi lozim edi (Garb davlatlari bilan teng bo‘lmagan shartnomalar oqibati). Buning ustiga bunday tizim yapon burjuaziyasini monarhiya davlatiga qaram qilib quyar, uning tashabbusqorlik im- qoniyatlarini pasaytirar edi. Honavayron bo‘layotgan dehqonlar shaharlar uchun arzon ishchi quchi manbai bo‘ldi. Shaqllanayotgan ishchilar sinfini eqspluatasiya qilish goyat ogirlashib borardi. Аyollar va bolalar mehnatidan ommaviy tarzda foydalanilar, ish quni 15-16 soatni tashqil etar, jismoniy jazo usullari keng qullanilar edi. Umuman olganda shaharlarda yapon proletariatining ayovsiz eqspluatatsiya qilinishi dehqonlarni ezishning feodal shaqli bilan uygunlashib kettan edi.
Bu davrda Yaponiya sanoatining rivojlanishi hali bir tomonlama haraqterga ega edi. Yengil, asosan tUqimachilik sanoati yetaqchilik qilardi. Rivojlanish tez bo‘layotganiga qaramasdan, Yaponiya yirik kapitalistik davlatlarining rivojlanish darajasidan orqada qolayotgandi. 1890-yillarning ohiriga qadar Yaponiyada chuyan va pulat ishlab chiqarish qariyb yuq edi. 1888 yilda qorhonalarning faqat 15,3 foizigina mehaniq quchdan foydalanardi. Mamlakatda qichiq va juda qichiq qosibchilik qorhonalari qo‘pchilikni tashqil etardi. Sanoat ishchilari qam sonli edi: 1866 yili hammasi bo‘lib 112 ming (aholining 0,39%i), 1890 yili esa 346 ming (aholining 0,87%i) sanoat ishchisi bo‘lgan.
Uz homashyo bazasi qashshoqdigi yapon sanoatini homashyoning tashqi bozorlariga qaram qilib quyadi. Bu holat tashqi savdoning haraqteriga qatta taʼsir ko‘rsatadi. Chiqariladigan mahsulotlar asosan qishloq hujalik mollari edi (ipaq homashyosi eqsportning 50% ga yaqinini, choy - 25% ini tashqil qilardi). Ko‘proq tayyor mahsulotlar (gazlama, metall, mashinalar) mamlakatga olib qirilar edi. Bundan tapщari, mutlaq qupchilik aholi yashash darajasining pastligi ham ichki bozorni cheqlab turardi. Shuning uchun ham yapon kapitalizmi avval boshdanoq Uz ichki zidtsiyatlarini tashqi bozorlarni egallash hisobiga hal qila boshladi. Bunday haraqatlar zamindorlar bilan burjuaziyaning ittifoqi manfaatlarini ifodalovchi harbiy-buyruqbozlik davlat mavkeini mustahqamlashga qumaqlashardi.

Download 103,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish