1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi
Yaponiyada XIX asrning ikkinchi yarimidan asta-sekin burjua davlati
shakllana boshladi. Mutlaq monarxiya burjua tipidagi dualistik
monarxiyaga aylanib bordi. Bu jarayonlar Yaponiyada Angliya va
Fransiyadagi singari g‘olibona burjua inqilobi natijasida yuz bermadi.
Yaponiya XIX asrgacha feodal munosabatlar hukmron bo‘lgan
mamlakat edi. Bu yerda Yangi munosabatlarning rivojlanishiga hukmron
sulolalarning “g‘arb varvarlaridan o‘zini o‘zi ajratib qo‘yish” siyosati
ma’lum darajada to‘sqinlik qildi. XV asrdan boshlab hunarmandchilik va
savdoning o‘sishi, shaharlarning rivoji mahalliy bozorlarning tashkil
topishiga, vorislik huquqiga ega bo‘lgan knyazlar – yirik feodal xonadon
vakillari – daymyoning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligining batamom
o‘rnatilishiga olib keldi. Daymyo egaliklari bir qancha provinsiyalarni
yoki bir necha guruh provinsiyalarni qamrab olgandi. Ular yirik va qudratli
xonadonlar vakillaridan biri syogun (“buyuk lashkarboshi”) boshliq
markaziy harbiy-oligarxiya1 hukumatini faqat nomigagina tan olardilar.
O‘rta asrlar tarixidan bilamizki, yapon imperatorini haqiqatda
hokimiyatdan chetlashtirgan va unda faqat diniy marosimlarga oid
funksiyalarnigina qoldirgan birinchi syogunat Yaponiyada XII asrdayoq
o‘rnatilgan edi.
Yaponiyada harbiy kuchlar yordamida davlat hokimiyatining bir qadar
markazlashtirishga uchinchi syogunat davrida (XVII-XIX asrlar), faqat
Tokugava sulolasidan bo‘lgan syogunlar muvaffaq bo‘ldi. Aynan o‘sha
vaqtda yapon jamiyatining tabaqaviy bo‘linishi rasmiylashdi. Jamiyatning
“si-no-ko-syo”: samuraylar, dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlarga
bo‘linishi qonun va syogun hokimiyati tomonidan mustahkamlandi.
Samuraylar, ya’ni dvoryanlar tabaqasi bir xil emas edi. Feodal
knyazlarning yuqori tabaqasi quyidagicha ikki turkumga bo‘lingan:
1 Harbiy-oligarxiya – hokimiyat bir to'da qudratli kishilar, aristokratlar, asosan harbiylar qo'lida bo'lgan tuzum.
197
Imperator huzuridagi saroy amaldorlari (kuge) ham samuraylar
tabaqasining yuqori qatlamiga mansub edi. Ular syogun ma’muriyatidan
“guruch ulushlari”ni olib, unga to‘liq bog‘liq edilar. Syogun yoki biron bir
daymyo armiyasi tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchi samuraylarning
asosiy qismi ham “guruch ulushlari” hisobiga yashardi.
Samuraylar quyi darajadagi uchta tabaqalarga qarama-qarshi
turardilar. Faqat ularga ma’muriy lavozimlarni, davlat va harbiy
xizmatlarni egallash huquqi berilgan edi. Harbiy xizmat faqat
samuraylarning mashg‘uloti bo‘lgan.
XVIII asrda hunarmandchilik ishlab chiqarishining, xonaki
manufaktura sanoatining rivojlanish darajasiga qarab feodallar
tabaqasining eng quyida turuvchi savdogarlar tabora muhim rol o‘ynay
boshladi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi o‘sib borayotgan
savdo-sudxo‘rlik kapitaliga tobora ko‘proq qaram bo‘lib qolgan
samuraylar tabaqasining yemirilishiga olib keldi. Juda katta Mitsui savdo
uyi XVII asrdan syogunning moliyaviy agenti, keyin esa imperatorning
bankiri bo‘lib qoldi.
Daymyoning kambag‘allashuvi natijasida samuraylar o‘zlarining
homiylarini, shu bilan birga “guruch ulushlari”ni yo‘qotdilar va asta-sekin
hukmron rejimdan norozilar armiyasini to‘ldirib bordilar. Feodallarning
erkinliklarini buzgan syogundan norozilik daymyoning ko‘pchiligida ham
vujudga keldi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan yapon
dehqonlarining tabaqalashuv jarayoni chuqurlashdi. Eng kambag‘al
dehqonlarga nisbatan juda og‘ir ijara to‘lovlari, soliqlar, ochlik,
ma’muriyatning o‘zboshimchaliklari, sudxo‘rlarning talonchiligi avjiga
Fuday-daymyo Todzamo-daymyo
Oliy darajadagi
feodal
knyazlar
Syogun va uning hukumati
“bakufu”
(harbiy dala qarorgohi)
huzuridagi amaldorlar
Boshqaruv ishlaridan
chetlatilgan “tashqi”
knyazlar
198
chiqqandi. Bo‘lar kambag‘al dehqonlarni “guruch isyonlari” deb
nomlangan va tobora xavfli tus olayotgan xalq isyonlarining asosiy
kuchiga aylantirdi.
2-§. Meydzi inqilobi va imperator hokimiyatining qayta tiklanishi
1868-yilda Yaponiya tarixida juda muhim tub burilish bosqichi
boshlandi. Shu yilda bo‘lib o‘tgan voqea “Meydzining1 qayta tiklanishi”,
yoki “Meydzi-isin” deb nomlandi. Ularning dastlabki siyosiy natijasi
syogunning ag‘darilishi va mutlaq monarxiya shaklidagi yapon imperatori
hokimiyatining qayta tiklanishi bo‘ldi. Bu voqealar to‘g‘ridan to‘g‘ri
ma’nodagi burjua inqilobiga o‘sib o‘tmadi. Yaponiyada bu vaqtda burjua
inqilobi maqsadlarini himoya qilishga, jumladan, feodalizmni, mutlaq
hokimiyatchilik rejimini va boshqalarni tugatishga qodir bo‘lgan
burjuaziya ham, boshqa siyosiy kuchlar ham yo‘q edi.
Eslab qoling!
1865-yilda Angliya va keyin AQSH “Yaponiyani ochishga” va uni
o‘zlarining uzoq sharqdagi mustamlakachilik siyosatlarida oldingi punktga
aylantirishga intilib, “kanonerka2 siyosati” yordamida syogunni tengsizlik
shartlaridagi savdo shartnomalarini ratifikatsiya qildirishga yerishdilar. Bu
shartnomalarga k‘ora “quyosh botuvchi mamlakat” savdo munosabatlarida
yarim mustamlaka Xitoyga tenglashtirilgan edi.
Yaponiyaning o‘z mustaqilligini yo‘qotish xavfi milliy harakatni
tezlashtiruvchi turtki bo‘ldi. Bu harakat hukmron doiralar, samuraylar –
“dvoryan inqilobchilar”ning “mamlakatni tiklash va birlashtirish”, uning
mustaqil va erkin yashashini ta’minlay oladigan kuchli markazlashgan
davlat tashkil qilish zarurligini tushunib yetishi darajasiga qarab rivojlanib
bordi. Mamlakat birligiga va kuchli markazlashgan davlat barpo qilishga
erishishning yagona yo‘li – burjua xarakteridagi islohotlar o‘tkazish edi.
Yaponiyada XIX asrning 60-yillari oxirida syogun va imperator
tarafdorlari o‘rtasida boshlangan kurash islohotlar o‘tkazish kerakmi yoki
1 Harbiy-oligarxiya – hokimiyat bir to‘da qudratli kishilar, aristokratlar, asosan harbiylar qo‘lida bo‘lgan tuzum. 2 Kanonerka – bir necha o‘nta kalibrli to‘p bilan qurollangan kichik harbiy kema.
“Meydzining qayta tiklanishi” o‘z mohiyatiga ko‘ra burjua
inqilobining dastlabki bosqichi talablariga mos keladi. Bu talablar
Yaponiyaga g‘arb kapitalining kirib kelishi ta’siri ostida kuchaygan
feodal millatchilikning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib qolgandi.
199
yo‘qmi degan masala bilan emas, bu islohotlarni kim o‘tkazadi degan
masala bilan bog‘liq edi. Syogun hokimiyatini yo‘q qilish va imperator
hokimiyatini tiklash shiorlari islohotchi kuchlarni birlashtiruvchi umumiy
g‘oyaviy platforma bo‘lib qoladi. Bu shiorlar an’anaviy diniy asoslarga
tayandi. Bunda bakufuga qarshi diniy mafkura muhim o‘rin tutdi: buddizm
– syogunning dini imperatorni ilohiylashtiruvchi yaponlarning qadimiy
dini – sintoga qarama-qarshi qo‘yildi.
Samuraylarning uzoqni ko‘ra bilgan doiralari yaponlarni tashqi
xavfga qarshi birlashtira oladigan yagona tayanch – bu imperator taxti,
imperator shaxsi ekanligini tushunib yetgandilar. Yaponiyada aynan shu
vaqtda “tennoizm”1 vujudga kelganligi ham bejiz emas edi.
Tennoizmning joriy qilinishi yaponlarning din erkinligi an’analarini
to‘g‘ridan to‘g‘ri buzishni anglatardi, chunki yaponlar, ma’lumki, turli
dinlarning xudolariga sig‘inardilar.
Hukmron doiralar tennoizmdan xalq ommasini mafkuraviy
bo‘ysundirish quroli sifatida foydalandilar. Tennoizm nafaqat
Yaponiyaning milliy vazifalarini hal qilishga, balki Yaponiyaning keyingi
agressiv tashqi siyosatiga ham xizmat qildi.
Yaponiyada 1868-yilgi davlat to‘ntarishi tinch yo‘l bilan, qon
to‘kilmasdan amalga oshirildi. “Guruch isyonlari” deb nom olgan
dehqonlarning chiqishlari 1866-yildayoq tinchib qolgan edi. Xalqning
1867-1868-yillardagi norozilik chiqishlari Yaponiya uchun an’anaviy
xarakterdagi diniy marosimlarga oid namoyishlar va turli raqs o‘yinlari
edi. Bunday chiqishlar ko‘pincha hukmron doiralar tomonidan go‘yoki
“ikkita xalq noroziligini chiqarish” uchun sahnalashtirildi.
Oxirgi syogun Keyki yakka hokimlik “hozirgi yuzaga kelgan
vaziyatda zaruriy shart” deb ixtiyoriy ravishda taxtdan voz kechdi.
Tarixchilar ta’riflaganidek, “bir lahzali fuqarolar urushi” alanga olmay
juda tez bostirildi. Bu urush faqat syogunning imperatorga bo‘ysunishdan
bosh tortganligi munosabati bilan samuraylarning qisqa vaqt
to‘qnashuvidan iborat bo‘lgan edi. Imperatorni mamlakat ichkarisida ham,
tashqarisida ham siyosiy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydiganlarning
soni kundan kunga ko‘payib bordi. Masalan, janubiy-g‘arbiy
knyazliklarning deyarli barcha mustaqil daymyolari o‘zlarining o‘sha
vaqtdagi zamonaviy qurol-yarog‘lari va qo‘shinlari bilan imperator
tomonida turib kurashdilar. Angliya va AQSH bilan ham ochiqdan ochiq
harbiy to‘qnashuv bo‘lmadi. Yapon hukmron doiralari tez orada g‘arbning
to‘p-zambaraklari ostida “varvarlarni haydash” uchun kurashdan voz
1 Tennoizm – “tenno” – osmon o‘g‘li so‘zidan olingan bo‘lib, yapon imperatorining qadimiy nomi.
200
kechdilar. Yaponiyada siyosiy barqarorlikning kelib chiqishidan g‘arb
mamlakatlari ham manfaatdor emas edilar. Chunki ular Xitoydagi singari
xalq qo‘zg‘olonlari keltirib chiqargan ofatlar va vayronagarchiliklarning
takrorlanishini hech istamasdilar. Shu sababli ular tez orada ilgari syogun
tomonidan olgan tayanchni imperator tomonidan ham hosil qilishga
muvaffaq bo‘ldilar. Yaponiyadagi islohotlar britan missiyasining bevosita
ishtirokida o‘tkazilganligi ham tasodifiy emas edi.
Shunday qilib, Yaponiyaning hukmron doiralari ushbu o‘ziga xos
“yuqoridan turib amalga oshirilgan inqilob”da, ya’ni islohotlar o‘tkazish
davomida ikkita vazifani, birinchidan, mamlakat suverenitetini himoya
qilishdan iborat umummilliy vazifani va, ikkinchidan, xalq harakatlarini
inqilobiy kurashlardan islohotlar yo‘liga burishga qaratilgan ijtimoiy
vazifani hal qildilar.
3-§. XIX asrning 70-80 yillaridagi burjua islohotlari
Meydzi liderlari “boy mamlakat va kuchli armiya barpo qilish” shiori
bilan chiqqan edilar. Shu maqsadda mamlakatda turli sohalarda islohotlar
o‘tkazildi.
Eslab qoling!
Yaponiya yangi hukumati oldida zudlik bilan mamlakat iqtisodiy va
harbiy mavqeyini mustahkamlash vazifasi turardi. Bu siyosatni amalga
oshirish yo‘lidagi muhim qadam 1872–1873-yillaridagi agrar islohot
Yaponiyada 70-80 yillaridagi islohotlar
1871-yilgi ma’muriy islohot
1872–1873-yillardagi agrar islohot
Harbiy islohot
Ta’lim tizimidagi islohot
Islohotlarning asosiy maqsadi:
Yaponiyani zamonaviy davlatga aylantirish bo‘lib, hukumat
oldidagi asosiy vazifa iqtisodiy va harbiy mavqeyini mustahkamlash.
201
bo‘ldi. Islohot muhim ijtimoiy oqibatlar keltirib chiqardi. Islohot o‘sha
vaqtda vujudga kelgan yangicha yer munosabatlarini tartibga soldi, yerga
nisbatan feodal huquqlarni tugatdi. Yer begonalashtiriladigan kapitalistik
mulkka aylandi. Undan foydalanganlik uchun davlat xazinasiga yagona
yer solig‘i olinadigan bo‘ldi.
Agar yerlarni merosiy tartibda ushlab turuvchi dehqonlar ularni mulk
sifatida olgan bo‘lsalar, ammo ijarachi dehqonlar yerga nisbatan hech
qanday mulk huquqini olmadilar. Garovga qo‘yilgan yerga nisbatan mulk
huquqi yer kimga garovga berilgan bo‘lsa, o‘shanga o‘tdi. Dehqonlardan
jamoa yerlari – yaylovlar, o‘tloqlar, o‘rmonlar, bo‘sh yotgan yerlar ham
olib qo‘yildi. Islohot, shu tariqa, yer ijarasining tutqunlik shartlarini
saqlanib qolishiga, dehqonlarning yanada yersizlanishiga, “yangi
pomeshchik” yer egaliklarining kengayishiga ko‘maklashdi. “Yangi
pomeshchiklar” islohot bo‘yicha davlat, imperator mulki deb e’lon
qilingan jamoa yerlarining katta qismini sotib olgan yangi yer egalari
edilar.
Knyazlarga dastlab yerdan olinadigan yillik yalpi daromadning
10 foiziga teng yuqori nafaqa o‘rnatildi. So‘ngra bu nafaqa kapitalga
aylantirildi va knyazlar yer uchun pul kompensatsiyasini (badal) oldilar.
Bu kompensatsiya to‘lovlari hukumatning foizli obligatsiyalari shaklida
berildi. Natijada yapon aslzodalari XIX asrning 80-yillarida bunday
obligatsiyalar yordami bilan bank kapitalining katta ulushi egalari bo‘lib
oldilar. Bu oqibatda ularning savdo-moliya va sanoat burjuaziyasining
yuqori darajasiga o‘sib o‘tishiga ko‘maklashdi.
Ilgarigi uyezd knyazliklari bevosita markaziy hokimiyatga
bo‘ysunadigan prefekturalar qilib qayta tashkil etildi. Knyazlar mahalliy
joylarda yerga nisbatan feodal huquqlari bilan birga siyosiy hokimiyatdan
ham mahrum etildi. Bunga 1871-yilgi ma’muriy islohot ham
ko‘maklashdi. Ushbu islohotga binoan Yaponiyada 50ta yirik prefekturalar
tashkil qilindi. Prefekturalar tepasida markazdan tayinlanadigan va o‘z
faoliyatlari bo‘yicha hukumat oldida qat’iy javob beradigan prefektlar
turardi. Shunday qilib, feodallar separatizmi tugatildi, mamlakatning
birlashtirilishi nihoyasiga etdi. Bu esa ichki kapitalistik bozorning
rivojlanishidagi asosiy shartlardan biri edi.
Agrar islohot “yangi pomeshchiklar”ning, yangi puldor
aslzodalarning, ya’ni sudxo‘rlar, guruch olibsotarlar, qishloq tadbirkorlari,
yerlarni amalda o‘z qo‘llarida to‘plab olgan qishloqning boyigan yuqori
qismi va boshqa shu kabilarning mavqeyi mustahkamlanishiga olib keldi.
Ayni vaqtla islohot mayda yer egalari – dehqonlarning manfaatlariga
202
jiddiy zarba berdi. Yuqori yer solig‘i (endilikda davlatning barcha
daromadlarining 80 foizi ko‘pincha qiymati hosilning yarmigacha
yetadigan yer solig‘idan tushardi) dehqonlarning ommaviy xonavayron
bo‘lishiga, iqtisodiy majburlov vositalari yordami bilan ekspluatatsiya
qilinadigan ijarachi dehqonlar sonining birdaniga o‘sib ketishiga olib
keldi1
.
Islohot muhim siyosiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Bu vaqtda
hali saqlanib qolgan pomeshchik yer egaligi va yapon mutlaq
yakkahokimiyatchiligi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq edi. Pomeshchik yer
egaligi faqat mutlaq yakkahokimiyatchilik davlatining to‘g‘ridan to‘g‘ri
qo‘llab quvvatlashi hisobiga, hatto qishloq xo‘jaligining surunkali
inqirozlari sharoitlarida ham deyarli XX asrning o‘rtalariga qadar daxlsiz
qolishi mumkin edi. Ayni vaqtda “yangi pomeshchiklar” mutlaq
yakkahokimlik hukumatining o‘zgarmas tayanchi bo‘lib qoldi.
Yaponiyani g‘arb mamlakatlari tomonidan ekspansiya qilish xavfi bu
yerda “boy mamlakat, kuchli armiya” shiori ostidagi boshqa
islohotlarning, jumladan, harbiy islohotlarning o‘tkazilishini ham taqozo
qilardi. Bunda, avvalo, aholining quyi tabaqalarini harbiy xizmatdan
chetlashtirishga qaratilgan eski prinsiplarni tugatish lozim edi.
1878-yilda umumiy harbiy majburiyat haqidagi qonun qabo‘l qilinib,
amalga kiritildi. Bu qonunning qabo‘l qilinishiga, birinchidan, samuray
qo‘shinlarining tarqatib yuborilganligi, ikkinchidan, 1871-yilda “hamma
tabaqalar tengligi”ning e’lon qilinganligi sabab bo‘ldi.
Yaponiyada armiya, garchand Yevropadagi armiyalar namunasida
tashkil qilingan bo‘lsa ham, biroq uning mafkuraviy asosini imperator –
“tirik xudo”ga sig‘inish, “ofitser – askar otasi” deb qarash va
hokazolardan iborat samuraylarning o‘rta asrlarga xos axloq qoidalari
tashkil qilgan.
1872-yilda eski unvonlarining tugatilganligi haqida qonun qabo‘l
qilindi. Unda mamlakatning tabaqaviy bo‘linishi soddalashtirilib, aholi
oliy aslzodalar (kidzoku) va quyi dvoryanlar (sidzoku)ga bo‘lindi;
aholining boshqa hammasi “oddiy xalq” tarkibiga kiritildi.
“Tabaqalarning tengligi” harbiy maqsadlardan, aralash nikohlarga ruxsat
berishdan, shuningdek aholining qolgan tahqirlangan kastalari (“eta”)
huquqlarining rasman tenglashtirilishidan nariga o‘tmadi. Yangi armiyada
ham ofitserlik lavozimlarini samuraylar egallab olgandi. Harbiy majburiyat
umumiy bo‘lib qolmadi, undan pul to‘lab quto‘lish mumkin edi.
Shuningdek, amaldorlar, talabalar (asosan badavlat oilalarning bolalari),
yirik soliq to‘lovchilar ham harbiy majburiyatdan ozod qilingandi.
1 Bir necha o‘n yillardan keyin Yaponiyada ijarachi dehqonlar mamlakatdagi butun qishloq aholisining 70 foiziga
yetgan edi.
203
Mamlakatning kapitalistik rivojlanishi savdoning rivojlanishi
yo‘lidagi barcha cheklovlarning, feodal sexlar va gildiyalarning va
provinsiyalar o‘rtasidagi tarif to‘siqlarining tugatilishiga, pul tizimining
tartibga keltirilishiga ko‘maklashdi. 1871-yilda mamlakat bo‘ylab erkin
ko‘chib yurish, shuningdek kasb faoliyatini erkin tanlash joriy qilindi.
Jumladan, samuraylarga savdo va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga
ruxsat etildi. Bundan tashqari, davlat tadbirkorlarga qarzlar, subsidiyalar,
soliq sohasida imtiyozlar berib, temiryo‘llar, telegraf liniyalari, harbiy
sanoat korxonalari va boshqa qurilishlar uchun xazinadan mablag‘lar
ajratib, kapitalistik sanoatning rivojlanishini rag‘batlantirdi.
Eslab qoling!
Meydzi hukumati bu sohada murakkab vazifani hal qilishiga to‘g‘ri
keldi. Uning uchun shu narsa ma’lum ediki, bir tomondan yapon maktabini
modernizatsiya qilmasdan, ta’limni g‘arb namunasida tashkil etmasdan
turib boy, kuchli davlat tashkil qilish mumkin emas edi, boshqa tomondan
esa g‘arb fanlari va g‘oyalarini haddan ziyod ko‘paytirish mustaqil
madaniyatning yo‘qotilishiga, yapon millatining tennoistik mafkuraga
asoslangan bir butunligining barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi.
Shu munosabat bilan begona madaniyat yutuqlarini o‘zlashtirish
qat’iy manfaatparastlik – amaliy xarakterga ega bo‘ldi va yapon
jamiyatining diniy asoslariga daxl qilmadi. O‘sha vaqtlarda Yaponiyada
aytganlaridek, mamlakatning rivojlanishi uchun “yapon tafakkuri va
Yevropa bilimlari” birga qo‘shib olib borilishi lozim edi. Yapon tafakkuri,
avvalo, sintoizm ruhida tarbiyalashni, “tirik xudo” – imperatorni hurmat
qilishni talab qilgan. Sintoizmning hukmronlik mavqeyini ta’minlash
uchun 1873-yilda xristianlik taqiqlangan, buddizm esa to‘g‘ridan to‘g‘ri
davlatning diniy mafkurasi nazorati ostiga qo‘yilgan. 1868-yilda “diniy
marosimlarning birligi va davlat tomonidan boshqarilishi” haqida farmon
qabo‘l qilinib, eskicha namunada “Yerdagi va osmondagi xudoliklar ishlari
bo‘yicha boshqarma” (Dzingikan) tashkil etildi. Shu tariqa Yaponiyada
shunday o‘ziga xos yapon tartibiga asos solingan ediki, bunga binoan
davlatning juda katta siyosiy muammolari diniy urf-odatlar, marosimlar
mazmuni bo‘lib qoldi.
Inqilobiy qayta qurishlar davomida an’anaviy ta’lim tizimiga
asoslangan yapon maktabi ham isloh qilindi. Natijada yapon
maktabida g‘arb fani yutuqlaridan saboqlar berila boshladi.
204
Bunga imperatorning 1868-yildagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
ibodat qilishi misol bo‘lishi mumkin. Imperator ushbu ibodati davomida
sintoizm xudolari “Osmon va Yer” oldida kelajakda “keng majlis” tashkil
qilishga va hamma ishlarni “jamoatchilik fikri asosida” hal qilishga,
“o‘tmishning yomon urf-odatlari”ni tag-tomiri bilan yo‘q qilishga, “butun
dunyodagi” bilimlarni o‘zlashtirishga va boshqalarga qasamyod qilgan edi.
1869-yilda Dzingikan din targ‘ibotchilari institutini ta’sis qiladi. Din
targ‘ibotchilari xalq orasida “diniy marosimlarning birligi va davlat
tomonidan boshqarilishi” haqidagi sulolalar diniy ibodati asosiga
qo‘yilgan tennoistik prinsiplarni tarqatishlari lozim edi.
1870-yilda “umummilliy ibodatlar joriy qilish haqida” va
“taykyo”1
ning buyuk ta’limotini targ‘ib qilish haqida imperatorning ikkita
yangi farmonlari qabo‘l qilindi.
Yaponlarni diniy tarbiyalash va “butun dunyo bilimlarini
o‘zlashtirish” siyosatidagi ochiqdan ochiq qarama-qarshilik, shuningdek
“madaniyat va xalq maorifi” shiori ostidagi harakatning boshlanib ketishi
hukumatni 1872-yilda “Umumiy ta’lim haqidagi qonun”ni qabo‘l qilishga,
buddizmga nisbatan tazyiqni susaytirishga, “Osmon va yerdagi xudolar
ishlari bo‘yicha boshqarma”ni “Diniy ta’lim ministrligi” boshqarma” qilib
qaytadan tashkil qilishga majbur etdi. Ushbu ministrlik amaldorlari
targ‘ibotchilar deb emas, ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni tarqatishga
chaqirilgan “axloq instruktorlari” deb atala boshlandi.
1872-yilgi “Umumiy ta’lim haqida”gi Qonun “birorta ham savodsiz
bo‘lmaydi” deb e’lon qilingan demogogik shiorni amalga oshishiga olib
kelmadi, chunki ta’lim pullik va ilgarigidek juda qiymmat bo‘lib
qolaverdi. Biroq bu qonun rivojlanayotgan kapitalistik sanoatni va yangi
ma’muriy apparatni o‘qimishli kishilar bilan ta’minlash maqsadlariga
xizmat qildi.
4-§. Siyosiy tuzumni demokratlashtirish uchun kurash va
siyosiy partiyalarning shakllanishi
Yaponiyada syogunni ag‘darishda muhim rol o‘ynagan janubiy-
g‘arbiy knyazliklarning daymyosi va samuraylari 1868-yilda imperator
hukumati tarkibiga kiritildi. Hukmron blok burjua emas edi, lekin u
moliya-sudxo‘rlik burjuaziyasi bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib, ma’lum
darajada tadbirkorlik faoliyatiga tortilgan edi.
1 Tayke ta’limoti – yapon davlatining ilohiy kelib chiqqanligi haqidagi ta’limot; u yapon jangovar millatchiligining mafkuraviy quroli bo‘lib qolgan.
205
XIX asrning 70–80-yillari turli ijtimoiy qatlamlar siyosiy faolligining
yanada o‘sish davri bo‘ldi. Keng xalq harakati davomida savdo-sanoat
burjuaziyasi, samuraylar doirasi orasida davlat apparatidagi imperatorga
yaqin turgan aslzodalarning zo‘ravonliklariga qarshi chiquvchi
muxolifatchilik kayfiyatlari kuchayib bordi. Pomeshchiklar va qishloqning
boy yuqori tabaqalarining muayyan doiralari ham soliqlarning
pasaytirilishi, tadbirkorlik faoliyatining kafolatlanishi, mahalliy
boshqaruvda ishtirok etish kabi talablar bilan chiqib, siyosiy jihatdan
faollashib bordi.
Eslab qoling!
“Erkinlik va xalq huquqlari uchun harakat” liderlari fransuz
ma’rifatparvarlarining insonning tabiiy huquqlari haqidagi mafkurasini
qabo‘l qilib olib, uning mohiyatini an’anaviy tushunchalar orqali
tushunishga kalit izlaganlar. Shu tariqa insonning tabiiy huquqlarini yapon
Siyosiy
tuzumni
demokrat-
lashtirish
borasidagi
islohot
va
o‘zgarishlar
“Erkinlik va xalq
huquqlari uchun harakat”
Davlat boshqaruvini
o‘zgartirish va
Konstitutsiya qabo‘l qilish
talablarining kuchayishi
“Osmon in’om qilgan
inson huquqlari “uchun
kurashning kuchayishi
Burjua-liberal muxolifat
tomonidan 1881-yilda
“Liberal partiya” tuzilishi
1882-yilda
Konstitutsiyaviy islohotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |