JAVOB:
31-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish
Yuksak axloqiy fazilatlarga, tegishli ma’lumot va kasb-kor tayyorgarligiga ega shaxslarga davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarida pedagog va tarbiyachi sifatida ishlash uchun ruxsat etiladi.
Pedagok xodimlar bitim asosida Hukumat tasdiqlagan Nizomga muvofiq ishga qabul qilinadilar.
Malakasi pastligi yoki salomatligi kasbiga oid vazifalarini bajarishiga monelik qilayotganligi tufayli o‘z lavozimiga nomunosibligi aniqlangan taqdirda, shuningdek u muallimlik faoliyatini davom ettirish uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan axloqsizlik sodir etgan taqdirda, qonunlarda belgilangan tartibda pedagoglik ishidan chetlashtiriladilar.
Pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanishga to‘sqinlik qiluvchi, tibbiy ko‘rsatkichlarning ro‘yxati va kasb jihatdan nomunosiblikka doir masalalarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi.
32-modda. Pedagog xodimlarning huquqlari
Pedagog xodimlar:
o‘zlarining kasb-kor sha’ni va qadr-qimmatlarini himoya qilish;
ta’lim muassasasini boshqarishda ishtirok etish;
kasb faoliyati uchun shart-sharoitlar bilan ta’minlanish, malakalarini oshirish, qayta tayyorgarlikdan o‘tish, talim shakli, uslubi va vositalarini tanlashda tashabbus ko‘rsatish;
yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni o‘z kasb-kor vazifalarini bajarishdan chalg‘itish taqiqlanadi, qonunlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
33-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
kasb-korning yuksak darajasida ta’lim berishlari, ta’lim oluvchilar o‘quv dasturlarini majburiy hisoblangan davlat talablari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari;
pedagoglarning axloq-odob qoidalariga rioya etishlari, bola, o‘quvchi va talaba shaxsining qadr-qimmatini hurmatlashlari, ularni mehnat, qonunlarga, ota-onalar va xotin-qizlarga, ma’naviy, tarixiy, madaniy-milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashlari;
o‘zlarining butun faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminson axloq qoidalariga haqiqat, adolat, vatanparvarlik, insonparvarlik, yaxshilik va boshqa xayrli xislatlarga nisbatan hurmatni qaror toptirishlari;
o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan avlodni bir-birini tushunish, xalqlar o‘rtasida, shuningdek barcha elatlar, millatlar va diniy guruhlar o‘rtasida tinchlik ahil-inoqlik ruhida tarbiyalashlari;
bolalar va yoshlarni zo‘ravonlik ko‘rinishlaridan himoya qilishlari;
o‘zlarining kasb ko‘nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart.
Pedagog xodimlarning boshqa majburiyatlari ta’lim muassasalarini ustavlarida belgilab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |