Vatan tarixini o`qitishning ahamiyati
Taraqqiy etgan millatlarning o`z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e'zozlashi ko`z qorachig`idek asrashining ko`pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bо`lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog`liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab. o`z o`tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.
Boshqacha bir ma'noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to`g`ri anglagandagina, xalqlar o`z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi AAvgustian (354-430-y.) hozirgi eramiz boshidayoq, ya'ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o`rnini ko`rsatib, shunday degan edi; "G`aflatda yotgan xalqni uyg`otish uchun avvalo, uning tarixini uyg`ot".
XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy ham bu fikrni o`zining quyidagi to`rtligida yanada teran ma'noda mana bunday bayon etadi:
Kimki tutmas qalbida tarixni,
U inson ham emas, olim ham emas.
Biroq kimki uqsa o`tmishini,
Ko'p boyitar o`z tunnushini.
Salkam bir yarim asr hukraronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o`rnini to`g`ri anglab, ongli ravishda tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o`chirib, uni abadiy, qalban ma'naviy qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar.
Shu o`rinda, Farg`ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning ushbu wovinistik shiorga araal qilganligini aytib o`tish joizdir: "Millatni yo`q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo`q qilsangiz bas, tez orada o`zi adoyi tamom bo`ladi".
Mustamlakachi kommunistik partiya tomonidan mahalliy millatlar tarixiga nisbatan olib borilgan siyosat, uning Siyosiy byurosi topshirig`i asosida SSSR Davlat xavfsizlik qo`mitasi (KGB)sining 1947-yilda mutlaqo maxfvylikda ishlab chiqqan ko`rsatmasida o`z aksini quyidagicha topgan edi: "Tarix darslarida o`tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan ravnaqi uchun xizraat qilishgani yoki xizmat qilishga urunishgani xaqida gapirish mumkin emas, e'tiborni faqat podsholar zulmi va ularga qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozirn".
Shuning uchun ham o`tgan chorakam bir asrlik kommunistik mustamlaka davrida O`zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq ta'limi sohasida o`qitiladigan fanlar tizimiga fan sifatida kiritilmadi. Faqat. maktabning 5-sinflaridagina "O`zbekiston tarixidan hikoyalar" degan "hikoyalar" predmeti o`qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda o`z o`tmishiga nisbatan nafrat ruhini tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani shakllantirishdan iborat bo`ldi. Bu mash'um siyosatning "samarasi" o`laroq muborak istiqlolning dastlabki yillarida ayrira koramunistik mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O`zbekiston tarixini oliy o`quv yurtlarida o`qitilishiga har xil bahonalar bilan qarshilik ko`rsatdilar. Bu antiqa "qarshilik" to 1993-yilning sentabrigacha davom etdi. Mana shu o`quv yilidan boshlab Vatanimiz tarixi tarixda birinchi bor oliy o`quv yurtlarida o`qitiladigan fanlarning orasida o`zining qonuniy o`rni va nufuziga ega bo`ldi.
O`zbekiston hukumati mustaqillikdan so`ng Vatan tarixi haqida odilona siyosat yuritdi. Uning millat ma'naviyati va mafkurasi, xalqj ta'limida tutgan o`rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biri darajasiga ko`tardi.
O`zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va muqaddas istiqlolimiz ila bir yarim asrlik mustamlakachiiik g`aflat uyqusidan ko`z ochib uyg`ongan xalqimiz istiqbolimizni belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayyorlashda eng zaruriy dasturilamaldir,
Umuman, Ona tarixni o`qitish va o`rganish hozirda avj olib rivojlanayotgan islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj rnilliy ma'naviy-mafkuraviy uyg`onish, madaniy va iqtisodiy. yuksalishlarga bо`lgan ehtiyojlarning bosh mezoni hisoblanadi. Tarixga bо`lgan millat ehtlyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg`onishning asosidir.
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o`rganish va o`qitish shuning uchun ham kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g`oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. Vatan tarixini o`qitish va o`rganish yana shuning uchun ham zarurki, xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmaslik, qayta mustamlaka qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo`ysinmaslik, begona e'oya va mafkura hamda zug`umlar ta'siriga berilmaslik ma'naviyatiga ega bo`ladi. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat.
O`zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo`lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g`oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g`urur va o`zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash. To`rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e'zozlash. asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo`ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e'tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida tarbiyalash.
O`zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o`zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo`shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o`rni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e'tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o`zi guvoh. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog`imiz lozimdir.
Mahmudxo`ja Behbudiy "Turkiston tarixi kerak" nomli maqolasida yozadi: "Tarixning foydalaridan ba'zisi ushbudirki, bir millatning na tariqada, qaysi yo'l ila taraqqiy etganin o`qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo`lib (tugab-bitib) ketganin o`quv mundan ham istifoda etmak mumkindir"
Nushiravon. Yovushev esa "Turkiston tarixi" nomli maqolasida tarixga quyidagicha baho beradi: "O`z milliy tarixini bilmagan millat, o`z otasini bilmagan ... bir bolaga o`xshaydur... Tarix millatning joni-ruhi, moddiy va ma'naviy hayotidur".
Xulosa shuki, O`zbekiston tarixini o`qitishning ahamiyati behad katta. Shuning uchun ham yurtboshimiz I.A.Karimov tarixni o`qitishga katta e'tibor berib, tarixchilarga qarata da'vatkorlik bilan shunday deydi: «... Millatimizning haqqoniy tarixini yaratib bering, toki xalqimizga ma'naviy kuch-qudrat baxsh etsin, g`ururini uyg`otsin».
2. O‘zbekiston xududida urug‘chilik jamoasining shakllanishi va rivojlanishi.
Qadimgi tosh asrining so’nggi Polеolit davrining oхiri mеzolit davriga kеlib
12 ming yillikda ibtidoiy odamlar mеhnat qurollarining yaхshilanib borishi, ishlab-
chiqarish kuchlarini bo’linishi bilan ibtidoiy to’da davridan urug’chilikka o’ta
boshlaydilar.
Urug’chilik davrida ham odamlarning hammaliri tеng mеhnat qilganlar.
Mеhnat taqsimotlari umumiy bo’lgan. Urug’chilik tuzumi ikki bosqichni-ona va ota urug’ bosqichlarini o’z ichiga oladi. Dastlab ona urug’i paydo bo’lgan. CHunki urug’ning butun hayotida ona katta rol o’ynaydi. Ona urug’i juft nikoх kеlguncha, ya’ni odamlar mеtallni kashf qilgunlaricha davom etgan. Markaziy Osiyoda so’nggi polеolit davriga mansub topilmalar, yodgorliklar, shundan dalolat bеradiki, urug’chilik tuzumi davrida tasviriy san’at rivojlangan. Odamlar toshdan qurilgan uylarga rasmlar solganlar, tosh va suyaklarga хayvonlar, baliqlar va odamlarning qiyofasini o’yib ishlaganlar. Tosh va suyakdan yasalgan хaykalchalarda ona urug’iga e’tiqod qilganliklarini tasvirlaganlar. Dеmak, so’ngi polеolit davrida jamiyatda to’da o’rnini matriarхat-ona urug’i jamiyati egallaganligini ko’ramiz.
Ayollar jamiyatda еtakchi mavqеni egallaganlar. Jinslar o’rtasida mеhnat
taqsimoti kеlib chiqqan. Ayollar oziqovqatlarni saqlash, ovqat tayyorlash, oilani zarur yoqilg’i bilan ta’minlash, bolani boqish va tarbiyalash ishlari bilan mashg’ul bo’lganlar. Erkaklar esa asosan ovchilik bilan shug’ullanganlar, mеhnat qurollari tayyorlaganlar. Bu davrda qarindoshurug’iga birbiri bilan uylanish ta’qiklangan, ya’ni ekzogamiya paydo bo’lgan. Bu narsa odamning biologik jihatdan takominlashib borishini ta’minlagan.
O’rta tosh asri ya’ni mеzolit davriga kеlib (bundan 12-7 ming yil avval)
muzlik erib iqlim dеyarli hozirgi zamon iqlimiga yaqinlashgan. Arхеologik
tadqiqotlar natijasida olinayotgan ma’lumotga ko’ra mеzolit davrida O’rta Osiyoiqlimi sеrnam bo’lgan daryo bo’ylari va botqoqliklarda to’qay va o’rmonlar paydo bo’lgan. Natijada odamlar yashaydigan maydonlar kеngaygan. Bu davrni muhim yangiligi o’q-yoyning, boltaning va idishlarning iхtiro qilinishi bo’ldi.
Bu davrda bir joyda yashagan bir nеcha urug’lar birlashib qabilani tashkil
qilganlar. Qabiladagilar bir tilda gaplashganlar, o’z urf-odatlariga ega bo’lganlar.
O’rta Osiyodagi qabilalar хo’jalikni ikki yo’nalishda rivojlantirib borganlar.
Janubda yashagan qabilalar madaniy o’simliklarni o’stirishga o’ta boshlaganla
O’rta Osiyoning shimoliy dasht va cho’l hududlarida yashagan qabilalar esa
ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanganlar.
Eramizdan avvalgi 6-4 ming yillikda ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti
yangi tosh asriga ya’ni nеolit davriga kiradi. Bu davrda qabilalar rivojlanadi, juft
oila ajralib chiqadi. Хayvonlarni o’rgatish yaхshilanadi. 1930 yilda O’zbеkiton
hududidagi Urganch yaqinidagi Amudaryo sohilida nеolit davrida yashagan
odamning manzilgohi topilgan. Bunday manzilgohlardan yana 18 tasi ochilib
ularning hammasini (ularni kashfiyotchisi akadеmik S.P.Tolstov) Kaltaminor
madaniyati dеb atalgan. Uning ma’nosi shundan iboratki, qabilalar uy-joylarini qamish va yog’ochlardan qurganlar, ovqatlanishda sopol idishdan foydalanilganlar, sopol idishlar sirtini qizil bo’yoq bilan bo’yaganlar. Katta bir uyda (17-24 mеtrli) butun bir jamoa taхminan 100200 kishi yashaganlar. Juft oila ajralib chiqqan bo’lsada, lеkin uning alohida хo’jalik o’chog’i bo’lmagan. Kaltaminor madaniyati ovchilar va baliqchilar madaniyatidir.
Mеtalldan qachon foydalanila boshlangan?. O’rta Osiyo hududida yashagan
qabilalar mеtalldan birinchi marta eramizdan avvalgi 4-ming yillikda foydalanishni
bilib olganlar. Avval хo’jalikda misni qo’llay boshlaganlar. Mis sof mеtall sifatida
uncha qattiq va mustahkam emas. SHuning uchun ham misdan uncha mustahka
bo’lmagan qurollar va bеzaklar tayyorlash uchun foydalanganlar. SHu sababli
dastlabki davrda misdan foydalanish ishlab-chiqarish kuchlari taraqqiyotining
kеskin burilishiga ta’sir etolmagan. Bu davrda yashagan qabilalar tosh qurollarsiz
yasholmaganlar. SHuning uchun mеtallni qo’llashning bu dastlabki davri enеolit ya’ni mistosh asri dеb ataladi. Bu davrda dехqonchilikda va chorvachilikda bir muncha malaka хosil qilganlar. YAshash uchun zarur bo’lgan o’simliklardan sun’iy o’stirishga o’ta boshlaganlar, ba’zi хayvonlarni qo’lda boqish odat tusiga kira borgan edi.
Dехqonchilik va chorvachilik qachon kеlib chiqqan?. Ibtidoiy dехqonlar va
chorvachilikning o’troq jamoalari asta sеkin mеhnat qurollarining takomillashtirib
mеtallar, mis, qalay, kumush, oltin eritish, quyish ulardan foydalanish yo’llarini o’rganganlar. Ishlabchiqarishda bronzaning ishlatila boshlanishi bilan jamiyt
taraqqiyotida eramizdan avvalgi 3-ming yillikda bronza davri boshlanadi. Bronza,
mis va qalay aralashmasidan iborat. U misga qaraganda afzalliklarga ega. U ishlov
bеrish uchun juda qulay va turli mеhnat qurollari tayyorlashga juda bop. Bronza qurollarining tarqalishi o’sha davr jamiyatining хo’jalik ijtimoiy va madaniy hayotining hamma sohalarida muhim siljishlarni tug’diradi. Mis, bronza ish
qurollaridan foydalanish natijasida dastlabki mеhnat taqsimoti sodir bo’ladi:
dехqonchilikdan chorvachilik ajrab chiqadi. Suv nisbatan sеrob bo’lgan Amudaryo
quyi oqimi, Farg’ona va Zarafshon vodiylarida yashagan qabilalar dехqonchilikka,
iqlimi quruq bo’lgan Qashqadaryo, Surхandaryo, Buхoro noхiyasidagilar
chorvachilikka iхtisoslashdilar. Bronza davrining хo’jalik sohasida eng katta
yutuqlaridan biri qadimgi dеqonchilikning kеng yoyilishi va miloddan avvalgi 2-
ming yillikning ikkinchi yarmida chorvachilikning dеhqonchilikdan ajralib
chiqishidir. Dеmak хo’jalikning bu ikki tarmog’i eramizgacha 3-2-ming yillikda
vujudga kеladi.
Yirik ijtimoiy mеhnat taqsimoti sodir bo’lishi mеhnat qilishni
og’irlashtiradi. Jismoniy kuchli bo’lgan erkaklarning ijtimoiy turmushdagi roli
ortib boradi. Rivojlanib borayotgan dехqonchilik va chorvachilik madaniyati a iqtisodi zaminida katta oila jamoalarida erkaklar mavqеining oshib borishi
matriarхatning еmirilishigava ota хuquqini-patriarхatni qaror topishiga olib kеladi.
SHunday qilib ona urug’i o’rniga ota urug’i vujudga kеladi. Bronza davridan
boshlab urug’chilik otaga qarab olib boriladigan bo’ldi. Jamoalarning mol
mulklarini qo’riqlash eхtiyojini harbiy qabila ittifoqini vujudga kеltiradi.
Tеmirdan qachon foydalana boshlandi? Odamlar tеmirdan buyum yasashni
o’rganganlaridan kеyin haqiqiy mеtall-asri boshlandi. O’rta Osiyoda tеmir
eramizdan avval I ming yillik boshida tarqaladi. Ishlab chiqarishda tеmir
qurollardan foydalanish dехqonchilik va hunarmandchilikdagi tехnika
taraqqiyotida muhim rolь o’ynaydi.
Tеmirning paydo bo’lishi bilan undan qilichlargina yasabgina qolmay, balki,
omoch, bеlkurak va boshqa mеhnat qurollari ham yasay boshladilar. Omoch va bеlkurakning paydo bo’lishi suv taqsimlagich shaхobchalari bo’lgan uzunligi bir chaqirimdan uzoqroq sug’orish anхorlari qurish imkoniyatini tug’dirdi.
Eramizgacha 1 ming yillikda O’rta Osiyoda ko’pgina mintaqalarda damba va
tug’onlar paydo bo’lib,ular suvni dala va ekinzorlarga kеragicha taqsimlash
imkonini bеrgan. Hunarmandlar tеmirdan pichoqlar, o’roqlar va boshqa qurollarni yasashni o’rgandilar. Qulolchilik charхi, naqsh bilan bеzatilgan ganch va suvq paydo bo’ladi. Tеmirchilik bosqoni, qo’l tеgirmoni vujudga kеladi, mеtallga ishlov
bеrish rivojlanadi. Tеmirdan qilingan ish qurollarining takomillashuvi natijasida dехqonchilikni katta ko’lamda rivojlantirish uchun chеksiz imkoniyat tug’ildi,
mеhnat unumdorligi oshdi, ibtidoiy odamlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta
o’zgarishlarga olib kеldi. Bu o’zgarishlar tufayli mulkiy tеngsizlik kеlib chiqadi.
3. “Avesto”da qadimgi ajdodlarimizning davlat boshqaruv tizimi
“Avesto” asarida patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning so’nggi qismi “Videvdodda” iqtisodiy tengsizlik sinfiy tabaqalanish haqidagi muommolar ochiladi. Jamiyatninig ijtimoiy tarkibi va undagi sinfiy tabaqalanish jarayoni to’g’risida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Shunday qilib “Avesto” mil.av. IX-VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot haqida g’oyatda muhim ma’lumotlar beruvchi xalqimizning boy ma’naviy merosidir.
“Avesto” da keltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqidagi ma’lumotlarga suyanib fikr yuritadigan bo’lsak, mil.avv. I mingyillikning birinchi choragida O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, ilk sinfiy jamiyat tarkib topayotgan jarayonining guvohi bo’lamiz63.
Avesto ma’lumotlarini arxeologik materiallar bilan qiyosiy o’rgangan olimlarning fikricha, mil.avv. II ming yillikning o’rtalariga kelib O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotida o’zgarishlar sodir bo’lib, davlatchilikning ilk ko’rinishi shakllana boshlaydi. Bu davrda ushbu hududlarda yashagan aholining katta qismi yirik vohalarni jadallik bilan o’zlashtirilishi natijasida chorvador ko’chmanchilikdan o’troq dehqonchilikka o’ta boshlaydi. Bu esa keyinroq Baqtriya, Xorazm, Marg’iyona, Parfiya, So’g’diyona kabilarda davlatchilik tizimining vujudga kelishiga asos bo’lgan edi. Misol uchun, Avestoning “Vandidod” kitobida Oliy xudo Axuramazda yaratgan o’n oltita mamlakat (o’lka)ning hududiy –ma’muriy, siyosiy hamda qonunchilik tizimiga oid ma’lumotlar berilgan.
Ushbu ma’lumotlarga ko’ra davlatni, kavi ya’ni, boshqaruv tizimi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalar bilan shug’ullanuvchi shaxs (podsho) boshqargan. O’z navbatida davlatni boshqarish huquqi sulolaning bir vakili qo’lidan ikkinchisiga meros sifatida o’tishi diniy va dunyoviy jihatdan qonunlashtirilgan.
“Avesto” davlat boshqaruvining murakkab tizimi haqida ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlarga ko’ra mil.avv. VII-VI asrlarda O’rta Osiyo jamiyatining asosi kichik-kichik oilalardan iborat bo’lib, har bir oila o’rtacha 5-6 kishidan tashkil topgan. Ular katta patriarxal oila a’zolari hisoblangan. Katta oila esa 20-25 kishidan tashkil topgan. Jamoalar hayotida urug’chilik tuzumining arim hususiyatlari saqlanib qolgan. Katta oila a’zolari tomonidan xujalikni tashkil etish, yerga birgalikda egalik qilish va umumiy turur joyda – uy-qo’rg’onlarda yashash odati yuqoridagi fikr dalilidir.
Davlatning boshqaruv tizimi oilalar yoki uy-joy birlashmasi- “nmana” yoki “dmana”, katta oila oqsoqoli-“nmanapati”, urug’ jamoasi boshlig’i- “vis”, katta qishloq oqsoqoli -“vispati”, qabila boshlig’i- “zantupati”, viloyat hokimi- “daxyupati”, bir necha viloyatlar hokimi- “kavi”lardan tashkil topgan. “Avesto”da oila, urug’ va qabila anglatish uchun “pati” so’zi ishlatilgan. “Kavi” yoki “sastar” mamlakatni idora qilgan shaxsga nisbatan ishlatilgan. Avestoning Yasht kitobida quyidagicha ma’lumot bor: “Ko’p yaylovlarga ega bo’lgan Mitrani biz ulug’laymiz. Unga hyech kim yolg’on gapira olmaydi: uyda oila boshlig’i, urug’ oqsoqoli, qabila yo’lboshchisi va mamlakat hokimi ham yolg’onchi bo’lsa, g’azablangan Mitra butunlay oilani, urug’ni, qabilani, mamlakatni va ularning boshliqlarini ham tamoman yo’q qiladi”.
Ayrim tadqiqotchilar (H.Boboyev, T.Do’stjonov, S.Hasanov, Ya.Ollamov) ilmiy tahlillarga asoslanib “Avesto”da tasvirlangan va O’rta Osiyo hududida shakllangan ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelishi jarayonini quyidagi uch davrga ajratadilar:
Birinchi davr- eng qadimgi davr bo’lib, bunda adolat va insoniy baxt-saodat hukmron bo’lgan.
Ikinchi davr- yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o’rtasidagi adolat uchun kurash davom etgan.
Uchinchi davrda- aql-idrok va adolat tantana qilib, dehqonlar badavlat, davlatning siyosiy va qonunchilik tizimi mustahkam bo’lgan.
Bizning kunlarimizga qadar yetib kelgan “Avesto” kitobi va zardushtiylarning an’analari hamda ta’limoti, inson hayoti va odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy munosaatlari ma’lum qonun-qoidalarga yoki ma’lum huquqiy tartibga asoslangani haqida ma’lumot beradi.
Tarixiy ma’lumotlardan ma’lumki, Zaratushtra yashagan davr ijtimoiy-siyosiy munosabatlar qaror topayotgan notinch va murakkab davr edi. Bir necha bor adolatsizlik, shavqatsizlik va zo’ravonliklarning guvohi bo’lgan Zaratushtra o’zining dastlabki ta’limotini yovuzlik va zo’ravonlikka qarshi qaratadi. Aynan shuning uchun ham Zaratushtra ta’limotining asosini tartibga chaqirish, huquqiy normalarni belgilash, adolatga intilish, hulq-odob tantanasi, tinchlikka intilish hamda ezgulikka da’vat etish tashkil etgan.
“Avesto”da kishilarning o’zaro muomala va munosabatlarida berilgan va’daning ustidan chiqish, majburiyat va qasamiga sodiq qolish odatiy qonunlar ekanligini kuzatish mumkin. Agar qasam ichib ahd qilgan kishi o’z ahdini bajarmagan yoki buzgan bo’lsa, da’vogar o’z haqligini isbotlash uchun sinash va jazolanish usulidan foydalangan. Adolatli sud qilish sinash va jazolashning 33 ta usuli mavjud bo’lib, agar so’z qasami buzilsa, suv bilan sinash, agar shartnomaga oid bo’lsa, olov bilan sinash jarayonida aybdorga o’zining haqligini isbotlashga imkon berilgan64.
“Avesto”da jinoyat va jazo masalalari har tomonlama tartibga solinganligini kuzatish mumkin. Misol uchun, jinoyatlar quyidagi turlarga bo’lingan: dinga qarshi jinoyat, shaxsga qprshi jinoyat, tabiatga qarshi jinoyatlar kabilar.
Shaxsga qarshi harakatlar ichida qurol olib tahdid solish, birovni kaltaklab hushidan ketkazish, unga jarohat yetkazish, qonini oqqizish, suyagini sindirish, boshini yorish kabi harakatlar qattiq jazolangan. Mulkiy jinoyatlardan o’g’irlik, firibgarlik, talon-taroj, bosqinchilik, qarzdorlik kabilar “Avesto”da gunoh hisoblangan.
Dinga qarshi jinoyatlar, qasddan qilingan jinoyatlar va takroriy jinoyatlar uchun ayniqsa qattiq jazolar belgilangan. Birovni qasddan urib, uning qonini to’kkan kimsani, ellik qamchidan to’qson qamchigacha savalashgan. Shuningdek, agar kimki birovni urib suyagini sindirsa, jinoyatchiga nisbatan otning terisidan yasalganqamchi bilan, yetmishdan to’qson qamchigacha urish jazosi belgilangan.
“Avesto” oilani, farzandlarni, uy-joyni asrab-avaylashga chaqiradi: “kimning uyi bo’lsa, u uysiz bexonumon odamdan yaxshiroqdir”. Oila va jamiyatdagi, xususan, ma’lum xonadon egasi va oila a’zolari, er va xotin, ota va o’g’il, kuyov va qaynota, qo’ni-qo’shnilar o’rtasidagi ahloqiy va huquqiy munosabatlar keng qamrovli bo’lib, ular yolg’on, zo’ravonlik va nohaqlikka qarshi qaratilgan. Nohaqlik va jinoyatga to’siq qo’yish, ularning oldini olish machsadida “Avesto” qonunlari inson va jamoaning huquqiy nazorat qilishga qaratilgan.
“Avesto”ning tub ma’no-mohiyati belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal”, degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rishmumkin. “Ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechog’li mustahkam hayotiy asosga ega ekani, ayniqsa, e’tiborlidir”65, deb yozadi Islom Karimov
“Avesto”dagi diniy-falsafiy va madaniy ta’limot, davlatchilik va qonunchilik tizimi o’sha davrdagi jamiyat va fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini boyitishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan edi. Ushbu muqaddas kitobda yuksak ahloq, pokiza vijdon, marhamatlilik, bag’rikenglik, insonlarga va ona zaminga nisbatan doimiy g’amxo’rlik targ’ib etilgan. “Avesto”ning asosini tashkil etgan bunday tushuncha, yo’l-yo’riq, komil insonga xos fazilatlar, qat’iy xulosa va fikrlar davlatning siysiy, ijtimoiy va iqtisodiy qudratini oshirib, uni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan. Bu muqaddas kitobning o’sha davrdagi qadr-qimmati hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini saqlab qolganligi shubhasizdir
4. Qadimgi Baqtriya davlati
Hozirgi Afg‘onistonning shimoli-sharqi, O`zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g`arbida joylashgan hududlar turli yozma manbalarda Bahdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika, Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib o`tiladi. Zamonaviy adabiyotlarda uni Baqtriya deb atash e’tirof etilgan (“Shohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti).
Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, milloddan avvalgi II ming yillik o`rtalariga kelib Surxon vohasida qadimgi dehqonchilik madaniyatining jadallik bilan rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o`tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishning o`ziga xos xususiyat va qonunlariga ega edi. Agar davlatchilik asosini shahar madaniyati tashkil etilishini hisobga oldigan bo`lsak, bu jarayon O`zbekistonning janubida, Baqtriya hududida milloddan avvalgi II ming yillik birinchi yarmidayoq shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan edi. A.Asqarovning fikricha, agar Sopollitepa o`zining qadimgi shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar, ya’ni, Avestoda tilga olingan “vara” inshootini eslatsa, Jarqo`ton yodgorligi O`zbekiston hududida birinchi bor shakllangan tom ma’nodagi shahar edi. Jarqo`ton qadimgi Sharq shaharlaridan tarkibiy jihatidan farq qilmaydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Jarqo`ton ko`rinishidagi ko`hna shaharlarni qadimgi Sharqdagi nom-davlatlar shakllari bilan qiyoslash uchun dalillar yetarli. Ammo, Mesopatamiya nom-davlatlarining asosiy belgilaridan bo`lgan yozuv Jarqo`tonda mavjudligi hozircha bahslarga sabab bo`lmoqda. Umuman olganda, milloddan avvalgi II ming yillikning so`nggi choragiga kelib qadimgi Baqtriya hududlarida davlatchilikning nom yoki voha tipidagi siyosiy uyushmalari shakllana boshlaganligiga ilmiy asoslar bor.
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmi Baqtriya hududlarida ko`pgina tarixiy-madaniy o`zgarishlar bo`lib o`tadi.Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi:
Temir buyumlarning paydo bo`lishi va keng tarqalishi.1
Qal’alari bo`lgan qishloqlarning paydo bo`lishi va keyin ularning shaharlarga aylanish.
Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o`zgarishi.
Sharqiy Eron qabilalarining migratsiyasi.
Arxeologik nuqtai nazardan, yuqoridagi davr Marg`iyona tipidagi Yoz I madaniyati mavjud bo`lgan davrga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotchilar Yoz I madaniyati davrini milloddan avvalgi II-I ming yillik bo`sag`asi - VIII-VII asrlar bilan belgilaydilar. Surxon vohasidan aynan mana shu madaniyatga o`xshash yodgorliklar ko`plab ochib o`rganilgan. Bu davrda Baqtriyaning to`rtta- Ulonbuloqsoy, Bo`stonsoy, Urgul va Halqajar vohalari o`zlashtirilgan bo`lib, arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko`ra, Kuchuktepa, Jarqo`ton, Bandixon va Qiziltepa ularning marakazlari edi. Yuqoridagi vohalar o`troq ziroatkorlar va chorvador-sastarlar harbiy boshliqlarining mulklari, markazlar esa ularning qarorgohlari bo`lgan bo`lishi mumkin.
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga Marg`iyona va Sug`diyona ham kirganligi taxmin qilinadi. Bu haqda turli hal ma’lumotlar mavjud bo`lib, qadimgi fors podshosi Doro I Marg`iyonada bo`lib o`tgan Frada boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (milloddan avvalgi 521 yil) bostirgani haqidagi Behistun yozuvlarini “mana men nimalarni qildim Baqtriyada” deb, hulosalaydi. Doro III davrida Baqtriya va Sug`diyona birlashtirilgan o`lka bo`lib, unda Bess nomli satrap hokimlik qilgan davrda Baqtriya, Marg`iyona hamda Sug`diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga ancha o`xshash bo`lgan.
Tarixning otasi Gerodotning “Tarix” asarida Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olnadi. Yunon tarixchisi Ktesiy Knidskiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tarixchi davlatdagi ko`plab shaharlar, mustahkam poytaxt shahar Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiart, 1uning bitmas-tuganmas boyliklari haqida hikoya qiladi. Tadqiqotchilarning fikrlarga qaraganda Qadimgi Baqtriya podsholigi qudratliligi jihatdan qo`shni viloyatlardan ancha ustun bo`lib, ular orasida alohida mavqega ega bo`lgan. Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari hududda ham Old Osiyoga qadar mashhur edi. Ayniqsa, Badaxshon lojuardi (lazurit) va la’li juda qadrlangan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, milloddan avvalgi VIII-VI asrning o`rtalari qadimgi Baqtriya davlatining (aynan Baqtriya, Marg`iyona va Sug`diyona viloyatlarining ma’lum qismlari sifatida taxmin qilinadi) rivojlangan davri bo`lib, bu yirik davlatning hududiy chegaralari: Murg`ob vohasi, Hindiqush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro hududlariga taqalgan bo`lishi mumkin. Bu davrda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davlati va sak-masagetlarning harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli o`lkalar chegaradosh bo`lgan.
Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi o`lkalar va mamlakatlar orasida to`rtinchi bo`lib go`zal va bayroqlari baland ko`tarilgan Bahdi mamlakati” atamasi uchraydi. Ayrim olimlarning fikricha bu “baxtar” atamasiga mos kelsa kerak. Baqtriya haqidagi keyingi qadimgi ma’lumotlar Axamoniylar podsholarining mixxatlarida va bo`rtma tasvirlarida uchraydi. Misol uchun, Axamoniylar podsholarining markazlaridan biri Persepol shahridagi saroy devorlarida bo`rtma rasmlarda baqtriyaliklar idishlar ko`targan va ikki urkachli Baqtriya tuyalari bilan tasvirlanadi. Demak, Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Axamoniylar davlatining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan.
A.Sagdullayevning tadqiqotlariga ko`ra, Baqtriya haqidagi turli ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchilari-Gerodot, Ktesiy, Arrian, Strabon, Kursiy Ruf, Diador,Pliniy kabilarning asarlarida ham mavjud bo`lib, ular bu podsholikning qadimiyligi va yuksak madaniyati haqida ma’lumotlar beradi. Xususan, Ktesiy Knidskiy Ossuriya podshosi Nin Belidning Baqtriyaga qilgan yurishi, uning baqtriyalik ayol Semiramidaga uylanganligi, Baqtriya podshosi Oksiart va uning boy xazinasi haqida ma’lumot beradi. Ktesiyning Baqtriya chegaralari haqidagi ma’lumotlari ham qiziqarlidir. Uning xabar berishicha: g`arb tomondan Baqtriya tekisligiga boradigan yo`lni tog`lar to`sib turadilar, ulardan faqat dovonlar orqali o`tib borish mumkin. Baqtriya Tanaisdan Hind daryosiga cho`zilgan bo`lib, Tanais uni Yevropadan, Hind daryosi esa Hindistondan ajratib turadi.
Gerodot o`zining “Tarix” asrarida Baqtriya va baqtriyaliklarni 45 marta tilga oladi. “Baqtriya” atamasi Esxilning milloddan avvalgi V asrda sahnaga qo`yilgan “Fors”lar tragediyasida ham uchraydi. Yana bir qadimgi tarixchi Strabon Baqtriyani “oriylar o`lkasining javohiri” sifatida ta’riflaydi.
Yozma manbalar ma’lumotlari ko`p hollarda arxeologik ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi. Arxeolgiya ma’lumotlarining guvohlik berishicha, milloddan avvalgi VII-VI asrlarda Baqtriyada shaharlar shakllanib bo`lgan edi. Oltindilyortepa (Aorn), Baqtriya (Boloi Hisor) va Qiziltepa kabi ko`hna shaharlar mustahkam himoya devorlar bilan o`rab olinadiki, ular bu hududlarda davlatchilik rivojlanishining asosi edi.
Baqtriyaning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlar nisbatan ko`pchilikni tashkil etadi. Arxeologiya ma’lumotlariga ko`ra, milloddan avvalgi I ming yillikning o`rtalariga kelib, Amudaryodan kechuv joyida va daryo yoqalab yo`llar bo`yida qal’alar (SHo`rtepa, Talashqon, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu holatni olimlar Ahamoniylar ma’muriyatining Baqtiriyadan Sug`dga o`tuvchi yo`llarni qattiq nazoratda tutgan bo`lishi mumkinligi bilan izohlaydilar. Bu davrga kelib Baqtriya aholisi joylashuvida ham sezilarli o`zgarishlar bo`lib o`tadi. Bronza davrida o`troq dehqonchilik manzilgohlari asosan Baqtriyaning shimoli-g`arbida markazlashgan bo`lsa, keyinroq bu ko`lam kengayib shimoli-sharqiy qismlarni ham qamrab oladi. Tog` oldi hududlaridagi vohalarda aholi turmush tarzi yanada qizg`inlashib borgan bo`lsa, Surxondaryo, Konfirnihon, Vaxsh, Yavansuv atroflarda yangi vohalar o`zlashtiriladi.
E.V.Rtveladze Baqtriyadagi bu davrga oid tadqiqotlarni umumlashtirib, ushbu hududlardagi aholi joylashuvining quyidagi o‘nta vohasini ajratadi:
Ulanbuloqsoy-Amudaryoning irmog`i bo`lgan Ulanbuloqsoy vohasini egallagan bo`lib, uning hududlarida Kuchuktepa va Dabilqo`rg`on joylashgan.
SHerobod-Amudaryoning irmog`i bo`lgan SHeroboddaryoning o`rta oqimida joylashgan. Bronza davrida o`ng qirg`oq SHeroboddaryoda manzilgohlar paydo bo`ladi va keyinchalik chap qirg`oq hududlari o`zlashtirilib vohaning chegarasi Angorgacha cho`ziladi.
Urgul (Bandixon)-Bandixonsoyning o`rta oqimida joylashgan. Ilgarigi o`ng qirg`oqdagi Bandixon I va II inqirozga uchrab, chap qirg`oqda yangi manzilgoh - G`ozimullatepa I paydo bo`ladi.
Halqajar-Surxondaryoning o`ng irmog`i Halqajar vohasi hudularini egallaydi. Bronza davrida bu yerdagi irmoqlar havzalari o`zlashtirilgan bo`lsa, milloddan avvalgi VII asrdan boshlab daryoning chap qirg`og`ida manzilgohlar paydo bo`ladi. Bu vohadagi eng yirik yodgorlik Qiziltepa ko`hna shahri hisoblanadi.
Yuqori Surhon-Surxondaryoning o`rta oqimi havzasida joylashgan bo`lib bu vohada ham ikkita manzilgoh aniqlangan. Ulardan biri SHerobodsoyning o`ng qirg`og`ida, ikkinchisi esa Dashnobodsoyning o`rta oqimida joylashagan.
O`rta Surxon-Surxondaryoning o`rta oqimi havzasida joylashgan bo`lib, bu vohadan ham ikkita manzilgoh-Hayitobodtepa va Bandixonsoyning Surxondaryoga quyilishi joyida joylashgan Nomsiztepa aniqlangan.
Amudaryo-Termizdan Boldirgacha bo`lgan Amudaryoning o`rta oqimi havzasida joylashagan. Bu vohada Termizning pastki qatlamlari va Kampirtepadagi 0,5 km. g`arbda joylashgan Nomsiztepa milloddan avvalgi I ming yillik o`rtalariga oiddir.
Vaxsh - Yavan - Vaxsh va Yavansuv daryolarining o`rta oqimida joylashagan. Bu vohadan uchta manzilgoh - Tomoshatepa, Boldaytepa va SHo`rchi yaqinidan Nomsiztepa aniqlangan.
Quyi Kofirnihon - Kofirnihon daryosining quyi oqimlarini egallaydi. Bu vohadan uchta - Qalaimir, Munchoqtepa va Xirmontepa manzilgohlari aniqlangan.
Boytudasht-Panj vohasining yuqori qismidagi Boytudasht mavzesida joylashgan. Bu vohadan unchalik katta bo`lmagan sakkizta manzilgoh aniqlangan.
Shunday qilib, milloddan avvalgi I ming yilikning o`rtalariga kelib qadimgi O`zbekistonning janubida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bog`liq ko`plab o`zgarishlar bo`lib o`tadi. Yuqoridagi sanab o`tilgan vohalarning har biri ma’lum hududiy-siyosiy birlashmani tashkil etgan bo`lib, o`z nomiga, ma’muriy markazlariga, yirik shaharlariga ega bo`lgan bo`lishi mumkin edi. Misol uchun, Surxondaryodagi Qiziltepa ko`hna shahri atrofida to`rtburchak shaklda qurilgan qadimgi uy-qo`rg`onlari (Qizilcha) 3-4 ta qo`shni uylardan iborat bo`lib, alohida joylashgan qishloq jamoasini tashkil etganlar. Har bir katta oila jamoasini ma’lum uy-joy, chorva va yerga egalik qilib, ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bo`lgan. Qishloq jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy davrlarga oid urug`-qabilaviy birlashuvdan tubdan farq qilib, ilk davlatchilik shakllari paydo bo`lganligidan dalolat beradi.
Milloddan avvalgi VII-VI asrlar Baqtriya jamiyatida hududiy bo`linish shakllanib, alohining o`troqlashuv jarayonlari yanada kuchayadi. Ko`hna shaharlar qishloq xo`jalik atroflariga ega bo`lib, qal’alar paydo bo`ladi, muhim savdo yo`llari bo`ylarida tayanch istehkomlar barpo etiladi. Turli binolar bunyod etishda mudofaa inshootlarining ahamiyati yetakchi o`rin egallaydi.
Qadimgi Baqtriya dehqonchilik rayonlarining tuzilishi tabiiy-geografik joylashuv va shart-sharoitlarga qarab turlicha bo`lgan. Manzilgohlarning soni va o`zlashtirilgan yerlarning umumiy maydoniga qarab madaniy-xo`jalik vohalar bir nechta guruhlariga bo`lingan. Vohalarning chegaralari sug`orma dehqonchilik hududlari va sug`orish tarmoqlarning chegaralari bilan o`zviy bog`liq edi.
Tarixiy tahlil shuni ko`rsatadiki, davlatchilik jamiyatning ichida, o`z ichki qonuniyatlari asosida paydo bo`ladi va rivojlanadi. Shakllana boshlagani 3,5 ming yildan kam emasligi ilmiy jihatdan asoslangan Baqtriya davlatchiligi buning yorqin misolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |