Monografik tasvirlash deganda to’plamning bir bo’lagini har tomonlama va chuqur o’rganish tushuniladi.
Asosiy massivni kuzatishda o’rganilayotgan belgi umumiy hajmining o’zgarishiga olib keladigan eng salmoqli o’rin tutgan birliklar ajratib olib o’rganiladi.
Tanlab kuzatish deganda bosh to’plamdan bir qismini tanlab olib tekshirish tushuniladi.
Boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish bevosita kuzatish, hujjatli, savol-javob usullarida amalga oshiriladi.
Bevosita kuzatishda kuzatuvchi o’rganilayotgan to’plam birliklarini birma-bir ko’rib, sanab, tortib va o’lchab, keyin ro’yxatdan o’tkazadi. Hujjatli usulda esa kerak bo’lgan ma’lumotlar faqat maxsus hujjatlardan olinadi. Savol-javob usulida kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar kuzatish varaqasiga yoziladi.
So’roq-javob usuli o’z navbatida uchga bo’linadi: og’zaki usul; o’z-o’zini qayd qilish usuli; korrespondentsiya usuli
3- Statistik jamlash va guruhlash
Statistikada guruhlash deb o’rganilayotgan hodisalarni (ob’ektlarni, birliklarni) muhim belgilariga asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to’plamlarga) birlashtirish yuritiladi. Masalan, aktsioner kompaniyalarni dividend to’lash darajasiga qarab guruhlarga ajratish. Agarda to’plangan ma’lumotlarni jamg’arib umumiyko’rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to’plamlarga tegishli bo’lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz. Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy printsiplarni yaratgan, ular ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat Guruhlash belgilari qilib ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan muhim belgilar ya’ni o’rganilayotgan hodisalarning tub bog’lanishlarini ifodalovchi belgilar olinishi kerak. SHu bilan birga guruhlashni konkret sharoitga moslashtirish, ya’ni sharoit o’zgarishiga qarab guruhlashni tuslantirib, uning belgilarini o’zgartirish - bir sharoitda guruhlarni bir belgi asosida tuzib, ikkinchi sharoitda boshqa unga mos keladigan belgilarga tayanish zarur.
Statistik kuzatishdan olingan tarqoq ma’lumotlar har bir hodisa va jarayonlarni ifodalaydi. Kuzatish to‘plamdagi hodisa va jarayonlarning muhim tamonlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun ularni muxim belgilariga qarab guruhlarga ajratish lozim.
Demak, statistik guruhlash deb hodisa va jarayonlarni har tamonlama, chuqur o‘rganish uchun kuzatish to‘plami ma’lumotlarini muxim belgilariga qarab guruhlarga ajratishdir.
Masalan korxonalarni mulkchilik asosiga ko‘ra davlat, jamoa, aksiyadorlik, qo‘shma, xususiy; korxonalar guruhlarga kattaligiga qarab (kichik, o‘rta va yirik); samaradorlik darajasiga qarab (yaxshi, o‘rta va qoloq) guruhlarga ajratish mumkin.
Ma’lumotlarni guruhlashda eng avvalo guruhlash belgisi va oralig‘i aniqlab olinadi. Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi tushuniladi. Guruhlash uchun asos qilib kuzatish oldiga maqsad va vazifa qilib qo‘yilgan hodisa va jarayonlarning mohiyatini to‘liq ifodalab beruvchi, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmunini yoritib bera oladigan belgilar olinadi.
Guruhlash belgilari ifodalanishiga qarab, miqdoriy va sifat (atributiv) belgilar bo‘lishi mumkin.
Miqdoriy belgilar – bu son bilan ifodalanuvchi belgilardir. Sifat belgisi - o‘rganilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy xodisalar son jihatdan ifodalash mumkin bo‘lmagan faqat mazmun yoki sifat jihatdan bir-biridan farq qiluvchi belgilarga aytiladi. Masalan aholining millati, jinsi, kasbini ifodalovchi belgilar - sifat belgilaridir.
Alternativ belgi – ikki qarama-qarshi, biri-birini taqozo qilmaydigan belgilardir..
Statistik ma’lumotlarni guruhlashda dastlab guruhlash oralig‘ini aniqlab olish lozim. Guruhlash teng oraliqli va tengsiz oraliqli bo‘lishi mumkin. Bu kuzatilgan hodisa va jarayonlar mohiyatidan, guruh soni va belgi xususiyatlariga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |